Turkiy Guliston yoxud Axloq



Download 423,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/40
Sana26.03.2022
Hajmi423,48 Kb.
#510986
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Bog'liq
2 5224527737888180673

 
SADOQAT
Sadoqat deb kishi o’z vazifasini to’g’rilik ila ishlamakni aytilur. Sodiq
kishi din va millatiga, vatan va davlatiga to’g’rilik ila xizmat qilub, obro’ va
mukofotlar olur. Sadoqat gulshani salomat, bo’stoni najotdur. Sadafdan inju,
ilondan zahar hosil bo’ldug’i kabi rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil
bo’lur.
Janobi Haq sodiqlarni suyar, yolg’onchilarni suymaz. To’g’rilikdan
yo’qolgan kishi yo’q, xiyonatdan yo’qolganlar cho’qdur. Rostlik ila xiyonat
ikkisi jam’ kelmas.
Agar bir kishining diliga to’g’rilik tuxumi ekilsa, har qancha och va suvsiz
bo’lsa ham to’g’rilik o’sar. Xiyonat ko’karmas. Axloq yuzasidan to’g’ri faqir
yolg’onchi boydan e’tiborlidur. Chunki sodiq kishi ahdig’a vafo qilur.
Yolg’onchi esa va’dasida turmay o’zini xijolat, boshqalarni ovora qilur.
Sadoqat bir fayzi ma’naviydurki, u fayzdan hissasini olmak har bir kishining
muqaddas vazifasidur. Hazrati imom Husaynga hazrati Ali: «So’zingda
to’g’ri bo’l, yolg’onchilar kabi munofiq o’linmassan», – deb nasihat
qilmishlar. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam
afandimiz: «To’g’rilikni ixtiyor qilingiz, garchi halokat kabi ko’rinsa ham,
najot to’g’rilikdadir. Har qancha najot kabi ko’rinsa ham, yolg’ondan
saqlaningiz, zeroki oqibati halokatdur», – demishlar.


 
Sidq-u safoyi rostlig’ o’lsa qarobating,
Shuldur jahonda rohat, fayz, saodating.
Olamda to’g’rilikcha yo’q odamning ziynati,
Qalbing alifdek o’ldimi, ayni sharofating.
 
ADOLAT
Adolat deb boshqalarning mol va nomusini rioya qilmakni aytilur.
Adolat yaxshi xulqlarning foili, zulmning muqobilidur. Adolat va
marhamatli kishilar o’ziga loyiq ko’rmagan bir ishni o’zgalarga ravo
ko’rmas. Kishi adolat va insoniyat vazifasini yolg’uz o’zi buzuq ishlardan
saqlanmak ila ado qilolmas, balki o’zi ila barobar jinsdoshlarining xato va
fanoliqlarini tuzatmak va yaxshi yo’lga sa’y qilmak ila ado qila bilur.
Adolatni rioya qilgan kishilar hech bir kishiga jabr-u zulmni xohlamas va
jonli narsalarga bekorga ozor bermas. Aql va shariatga muvofiq ravishda
harakat qilur. Jabr-u zulm ila boshqalarning dilini ozor qilgan kishilarning
yoqalari jazo qo’lidan qutulolmas. Zero, janobi Haqning adolati zolimlarning
jazo va sazosini bermakdadur. Rasuli akram sallollohu alayhi vasallam
afandimiz: «Alloh rizosini istar esangiz, bolalaringiz haqqinda ham adolat
qilingiz! Yana, mazlum kishining duosindan kofir ham bo’lsa saqlaningiz!
Chunki mazlumning duosi doimo maqbuldir» – demishlar. Har bir millatning
taraqqiy va taoliysi, davlat va hukumatlarning uzun yashamog’i adolatga
bog’lidur. Adolatdan ayrilgan podshohlarning davlatlari yo’q bo’lub, tarix
sahifalarida faqat ismlari qolganligi hammaga bilgulidur.
 
Adl o’lsa podshohing, oyog’ ostida palos,
Boshingda bo’lgusidur oning toji barqaror.
G’olib bo’lurga chiqsa, agar yengidan qo’li,
Bo’lg’ay nasib gardanig’a hiyladan tumor.

Download 423,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish