Turkistonda rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash



Download 37,19 Kb.
bet1/7
Sana15.01.2022
Hajmi37,19 Kb.
#367634
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish NOZLIYA AXMATOVA


O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI III BOSQICH TALABASI AXMATOVA NOZLIYANING O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN

TURKISTONDA ROSSIYA TAJOVUZI VA HUKMRONLIGIGA QARSHI KURASH” ASARI ASOSIDA TAYYORLAGAN





MUSTAQIL ISHI

TUZUVCHI: AXMATOVA NOZLIYA

TEKSHIRUVCHI: K. TO’XTABEKOV

TOSHKENT – 2020

HAMID ZIYAYEVNING “TURKISTONDA ROSSIYA TAJOVUZI VA HUKMRONLIGIGA QARSHI KURASH”ASARI TAHLILI

REJA:

Kirish


  1. Rossiya bosqini arafasida O’zbek xonliklari ahvoli.

  2. Rossiya imperiyasining xonliklarni bosib olishining dastlabki bosqichlari.

  3. Ruslar bilan Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi o’rtasida kechgan qonli urushlar. Rus istilosi. Qo’qon xonligining tugatilishi.

  4. XIX asr oxirlari – XX asr boshlaridagi Rossiya hukmronligiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari xususida.

Xulosa

KIRISH

G‘aflatda yotgan xalqni uyg’otish



uchun uning tarixini targ‘ibot qilish kerak”.

Avgustin

O‘zbekiston bugungi mustaqilligiga qadar turli davrlarni boshdan kechirdi. O’tmishda ota-bobolarimiz Vatan ozodligi va himoyasi uchun kurashlar olib borganligiga tarix shohiddir. Bu borada Rossiya imperiyasi tajovuziga qarshi olib borilgan harakatlar va kurashlar juda ahamiyatli bo‘lib, katta bir jarayonni o’z ichiga oladi. Mazkur davrdagi ruslarning bosqinchiligi, istilosi va zulmkor siyosati xaspo’shlab ko’rsatildi. “Bosib olish” tushunchasi “qo‘shib olish bilan almashtirilib, go‘yoki ruslar Turkistonning “to‘pori” aholisi madaniyatga olib chiqildi. Bundan qarashlar O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan barcha katta-kichik ishlarda ko‘zga tashlandi. Hamid Ziyayevning “Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash” asari yuqoridagi qarashlarga oydinlik kiritgan holda haqqoniy tarixni yoritishga xizmat qildi. Asar qamrab olgan davr XVIII- XX asr boshlari bo‘lib, xonliklar davridan boshlab 1916 yilgi qo‘zg‘alon bilan yakunlangan va 1998 yilda nashr etilgan.

Ushbu asarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, u rus istibdodi tugaguniga qadar mavjud bo‘lgan qalbaki kommunistik g‘oyalarni va xatolarni uloqtirib tashlagan holda yozilgan. Bundan tashqari, asarni yozishda tarixiy hujjatlarni, voqealarni umumiy va ortiqcha sharhlovchi quruq so‘zlar bilan ko‘mib yubormaslikka harakat qilingan. Boshqacha qilib aytganda, manba ma’lumotlaridan uzoqlashmasdan, haqqoniy tarixni yoritish yo‘lidan borilgan. Asarni yozish jarayonida mahalliy tarixnavislardan Muhammad Solih Toshkandiy, Avaz Muhammad Attor Xo‘qandiy, Mulla Niyozmuhammad, Abdulazim Somiy, Ahmad Donish, Mulla Olim Mahdumhoji, Ahmad Zakiy Validiy, Muhammad Yusuf Bayoniy asarlari qo‘lyozmalariga bevosita murojaat qilinib, keng foydalanilgan. Qo‘shimcha ravishda arxivlardagi ma’lumotlar, o‘z davri adabiyoti va matbuotidan ham foydalanilgan.

Yana bir e’tiborli jihati shundaki, mazkur asar yozilguniga qadar rossiya tajovuzlarining boshlanishidan to oxirigacha yaxlit bir mavzu sifatida o‘rganilmagan edi. Bu asarning yozilishi esa mazkur muammoni bartaraf etdi deb ayta olamiz. Qolaversa, XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi yirik qo‘zg‘alonlar va milliy ozodlik harakatlari Rossiya tajovuziga qarshi kurashlar jarayonida yuzaga kelgan mustaqillik va ozodlik kurashlarining mantiqiy davomi va mahsuli sifatida yoritildi. Asarning tahlilini quyida ko‘rib o‘tamiz.




Download 37,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish