Turkistonda rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash


IV. XIX asr oxirlari – XX asr boshlaridagi Rossiya hukmronligiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari xususida



Download 37,19 Kb.
bet7/7
Sana15.01.2022
Hajmi37,19 Kb.
#367634
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish NOZLIYA AXMATOVA

IV. XIX asr oxirlari – XX asr boshlaridagi Rossiya hukmronligiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari xususida

Rus hukmronligi Turkiston o‘lkasida o‘rnatilgandan so‘ng, boshqaruv tizimi mustabid tuzumga aylanib, Rossiya manfaatlariga xizmat qila boshladi. Shu sababli ruslar tajovuzlarining dastlabki yillarida boshlangan mustaqillik uchun kurash Turkistonda Rossiya hukmronligi davrida ham to‘xtamasdan davom etaverdi. Bu hol 1892, 1898 va 1916 yillarda ko‘tarilgan milliy-ozodlik harkatlarida o‘z ifodasini topdi.



1892 yil qo‘zg‘aloni. XIX asrning 80-90 yillarida og‘ir vaziyat Toshkentda ham yuzaga keladi. Soliqlarning oshishi, vaqf mulklari qisqartirilishi, aholi yashash sharoiti og‘irligi, yer-mulklarni ruslarga berilsihi, barcha imtiyozlardan faqat ruslar foydalanishi, jabr-zulm xalqni og‘ir ahvolga solib qo‘ygan edi. Vaboning tarqalishi va aholi orasida shu bilan bog‘liq noroziliklar, jumladan, qabristonlar yopilishi hamda bu boradagi qozikalonning adolatsizligi, ayol bemorlarni erkak feldsherlar tekshirishi va nojo‘ya harakatlar qilishi xalqni jumbushga keltiradi. 24 iyun kuni xalq qozikalon Muhammad Yaqubdan o‘ch olish maqsadida ko‘chaga chiqishadi va bu qo‘zg‘alonga aylanib ketadi. Leytenant-mayor Grodekov boshliq askarlar va qurol yordamida xalq harakati bostiriladi. 93 kishi tergov qilinib, 57 kishi qamoqda saqlanadi. Sud hukmiga ko‘ra, qo‘zg‘alonning asosiy aybdori sifatida sobiq qozikalon Inog‘omxo‘ja ko‘riladi. U va hamrohlari surgunga hukm qilinadi. Xalq harakatini oldini ololmagan rus ma’murlaridan Grodekov va Putinsev ishidan olinadi. Qo‘zg ‘alon yengilsa-da, uning aks-sadosi butun Farg‘ona vodiysiga yoyiladi.

1898 yil: Dukchi Eshon qo‘zg‘aloni. Farg‘ona ahli jabr-zulm oqibatida og‘ir ahvolda edi. Shu bois ham xalq qo‘zg‘aladi. Mazkur qo‘zg ‘alon Andijon uyezdining Mingtepa, Tojik, Qashqar singari qishloqlaridan boshlanadi va butun Andijonga yoyiladi. 17 may kuni qo‘zg‘alonchilar Andijon sari yo‘lga chiqishadi. Dukchi Eshon ming otliq va ming olomon bilan harbiy garnizonga hujum qiladi. U yerdan chiqib, Andijon shahriga kirishadi. 1898 yil 19 may kuni farg‘ona viloyati harbiy gubernatori qo‘shin bilan yetib keladi. Andijon uyezdi bo‘ylab jazo otryadlari kezib, qo‘zg‘alonga daxldor kishilarni tutib qamoqqa oladi. Jami 777 kishi hibsga olinib, tergovdan so‘ng 415 kishi sud qilinadi. 32 kishi oqlanib, 380 kishi o‘limga hukm qilinadi. Imperatorning “marhamti” bilan 380 kishidan 18 kishi osib o‘ldiriladi. Qolganlar esa turli jazolar bilan jazolanadi.

1916 yil qo‘zg‘aloni. Jabr-zulm baribir to‘xtamadi. Mahalliy aholini asoratga solish davom etaverdi. Buning ustiga Birinchi jahon urushi sababli yana ham og‘ir sharoit yuzaga keldi. Soliqlar oshirilib, xalqning bor budi musodara qilinishi bilan birga aholini front ortiga jalb qilish haqidagi imperator farmoni mahalliy aholini jumbushga keltirdi. Qo‘zg‘alon dastavval 4 iyul sanasida Xo‘jandda boshlandi. 5 iyulda esa Samarqandning boshqa qishloqlari, jumladan, Angor, Urgut, Siyob, Xo‘ja Ahror qishloqlarida xalq bosh ko‘tarib, mardikorlik ro‘yhatlarini yirtib tashladi. 15 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on uyezdining Chimboy va Kalqo‘rg‘on bo‘limlarida ham harkat boshlanib, qozi Nazarov o‘ldirildi. G‘alayon 11 iyul kuni Toshkentda ham boshlandi. 13 iyulda Andijonda, 10 iyulda Marg‘ilonda xalq bosh ko‘taradi. Qo‘zg‘alonlar qiyinlik bilan bostiriladi Shunday bo‘lsa-da, ular rus ma’muriyati vakillarini mavqeyiga zarba berib, dovdiratib qo‘ygan.

Umumiy xulosa shuki, 1916 yil qo‘zg‘aloni chor hukumatining mustamlakachilik siyosa qo‘zg‘aloni chor hukumatining mustamlakachilik siyosati avjiga mingan kezda yuz berdi. U milliy zulmga, o‘lkaning xomashyo manbayi va tayyor mahsulotlar bozoriga aylanishi qarshi qaratilgan. Qo‘zg‘alonning tarixiy ahamiyati esa u butun Turkiston yerlarida turli elat va millatlar siyosiy ongining o‘sishiga olib keldi. Unda ayollarning qatnashuvi muhim voqea bo‘ldi.



XULOSA

Hamid Ziyoyevning “Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash” asari Rus va Turkiston xalqlari orasidagi munosabatlar, Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasini bosib olishi, bu yerda o‘z hukumatini o‘rnatishi, jabr-zulmga asoslangan boshqaruviga qarshi mahalliy aholi kurashlari xususida manbalar, adabiyotlar, arxiv manbalar, rus matbuoti va adabiyotlaridan ma’lumot olib, taqqoslash orqali xulosalar asosida yozilgan.

Ruslarning turkiy xalqlarga tajovuzi turli bosqich va davrlarda amalga oshirilgan.

Dastlab ruslar Oltin O’rdaga qarashli yerlarni bosib olishi bilanuning turkiy dunyoga qarshi tajovuzining birinchi bosqichi yakunlangan.

Pyotr I davrida esa navbatdagi bosqich amalga oshirilgan. Buxgols, Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyalari tashkil qilinib, O’rta Osiyo xonliklari bosib olish rejasi tuziladi. Mazkur bosqich qozoq yerlarini egallanishi bilan yakunlangan.

Uchinchi bosqich XIX asr birinchi yarmiga to‘g‘ri kelib, Xiva va Qo‘qon xonliklariga qarashli chegara istehkom va qal’alarni egallash bilan kechgan.

Keyingi bosqichda XIX asr 60-70 yillaridagi ruslarning harbiy harakatlari bilan izohlanadi. Turkiston general-gubernatorligi tashkil etiladi.

Beshinchi bosqichda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklariga qarshi qaratilgan yurishlar va tajovuzlar bo‘ladi. Buxoro va Xiva protektoratga aylantirildi, Qo‘qon xonligi esa butkul tugatildi.



Navbatdagi bosqich Rossiyaning Turkistonda mutlaq humronligi o‘rnatilishi va mustamlakchilik tuzumi hukm surishi bilan bog‘liq edi. Rus istibdodiga qarshi xalq harakatlari bo‘lib o‘tdi. 1892, 1898 va 1916 yilgi qo‘zg‘alonlar fikrimiz dalilidir.
Download 37,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish