Turkistonda rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash


Ruslar bilan Qo‘qon xonligi, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi o’rtasida kechgan qonli urushlar. Rus istilosi. Qo’qon xonligining tugatilishi



Download 37,19 Kb.
bet5/7
Sana15.01.2022
Hajmi37,19 Kb.
#367634
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish NOZLIYA AXMATOVA

Ruslar bilan Qo‘qon xonligi, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi o’rtasida kechgan qonli urushlar. Rus istilosi. Qo’qon xonligining tugatilishi

Ruslar dastlab qozoq va qirg‘iz yerlarini bosib olishga harakat boshlaydi. Ammo bu hududlar Qo‘qon xonligi tarkibida bo‘lib, XIX asr boshlarida istehkomlar qurib tashlagan edi. Farg‘ona vodiysidan tashqari Toshkentdan to Oqmasjidgacha, Tyanshan, Pomir va xitoy chegaralarigacha yoyilgan bepoyon yerlar Qo‘qon harbiy istehkomlari bilan qamrab olingan edi. Bu istehkomlar, o‘z navbatida, Rus davlati yo‘lini to‘sib turgan qalqonlar edi. Shu sabab ham Rossiya uzoqda joylashgan Xiva xonligini emas, balki Qo‘qon xonligini bosib olishga intildi. Qozoq yerlari nazorati ustidan Rossiya va Qo‘qon xonligi orasida xat almashinuvlari bo‘lib o‘tadi. XIX asrning 40-yillaridan boshlab, bir tomondan, Qo‘qon xonligida taxt uchun kurashlar tobora avjiga chiqadi, ikkinchi tomondan, uning Buxoro xonligi bilan aloqasi keskinlashib, qonli urushlar qizib borardi. Oqibatda Qo‘qon xonligi ichki va tashqi tashvishlar botqog‘iga botib borardi. Bu esa Rus davlatiga juda qo‘l kelgan. 1843 yili Qozog‘istonda Rossiya hukmronligiga qarshi qahramona kurashayotgan Sulton, Kenesari polkovnik Bozanov boshchiligidagi harbiy qism tomonidan mag‘lubiyatga uchratiladi va o‘ldiriladi. Bu Qozog‘istonda Rus davlati hukmronligini yanada mustahkamlandi. 1846-1847 yillari Katta Juz qozoqlarining qolgan qismining ham Rus davlati tobeligini qabul qilishi Peterburg ta’sir doirasini yanada kengaytirdi. 1852 yili Orenburg general-gubernatori Perovskiy 400 kishidan iborat qo‘shinga polkovnik Blarambergni boshliq etib tayinlaydi va u 18 iyul kuni Oqmasjid qal’asi oldida joylashadi. Biroq Oqmasjid qal’asi mudofaachilarining jasorati va qahramonona kurashi orqasida rus qo‘shinlari orqaga qaytishga majbur bo‘ladi. Oqmasjidni egallash qayta tashkil qilindi. 4500 rota, 1250 nafar askar va 36 zambarakdan iborat qo‘shin va Perovskiy yo‘lga chiqadi. Qo‘shinning umumiy soni 2840 kishidan iborat bo‘lib, 400 kishilik boshqird komandasi ham bor edi. Qo‘shinda 2600 ot, 1359 tuya va 500 kishidan iborat qozoq xizmatchilari ham bor edi. Oqmasjid qamalini boshqarishni general-mayor Xrulev olib borgan. Oqmasjidga xonlik tomonidan yordam ko‘rsatilmaydi. Salkam bir oylik qamaldan so‘ng 1853 yil 28-iyulda Oqmasjid egallanadi nomi Perovskiy portiga o‘zgartirildi. Shundan so‘ng Pishpak va To‘qmoq qal’alari bosib olinadi va buzib tashlanadi. Mazkur qal’alarning qo‘ldan ketishi xonlik uchun katta zarba bo‘ladi. 1864 yili rus harbiy qismlarining tajovuzlari yanada avj olgan. Polkovnik Mixail Chernyayev Avliyoota shahri tomon yurish boshladi. Avliyoota himoyachilari dushman bilan mardona kurashganlariga qaramasdan shahar ruslar qo’liga o’tadi. Xullas, 1847—1864 yillarda Rus davlati Qo‘qon xonligining hozirgi Qozog‘iston va Qirg‘iziston yerlaridagi mavqeiga qattiq zarba berib, ko‘p joylarni qo‘lga kiritdi.

Turkistonni egallash va xunrezliklar qilishga Veryovkin rahbarlik qildi. Ular hatto Ahmad Yassaviy maqbarasini buzib tashlashdan ham qaytishmagan. 1864 yil 12 iyunda shahar butkul egallandi. O‘z imtiyozlarini saqlashga harakat qilgan shahar kattalari Veryovkinga maktub yozishadi. Ammo bilishmasdiki, ular “yomg‘irdan qochib do‘lga tutilgan” edilar. Keyingi e’tibor Chimkentga qaratildi. Chimkent uchun bo’lgan hal qiluvchi jangda ruslar mag’lubiyatga uchradi. Lashkarboshi Alimquli boshchiligidagi xonlik qo’shinlari mardonavor kurashib, rus qo’shinlarini qochishiga erishishdi. Shtabs-mayor Meyer va polkovnik Lerx boshchiligidagi rus askarlari Avliyoota va Turkiston hududlariga chekinishga majbur bo’ladi. Ammo biroz o‘tib 1864 yil 22 sentyabr kuni Chimkent ham bosib olindi.

Asarda keltirilishicha, Olimqul (Alimqul) haddan tashqari qo‘pollik va zo‘ravonlik bilan ish yuritib bir bahona bilan tajribali sarkardalarni o‘ldirgan. Ayniqsa, uning qozoqlarga nisbatan yurgizgan siyosati, qozoq biyi Boyzoqbiyni yoshi ulug‘ligiga qaramay to‘pga solib ottirganligi vaziyatni yanada keskinlashtirgan. Shu sabab ham qozoqlar ruslarga yordam berib, ularni safida urushda ishtirok etishgan.

1864 yil 1 oktabrida Chernyayev Toshkent shahrining sharqiy tomonidagi Darvishak qopqa degan joyiga yetib keladi. Toshkent mudofaasi boshlanib, shahar aholisi nufuzli eshon mullalar chorlovi bilan g’azotga, mudofaaga otlanishadi. Podpolkovnik Obux 2 rota askari va 4 ta to’p bilan devorni teshishga muvaffaq bo’ladi va Obux va Lerx askarlari bilan shaharga kiradi. Ammo qo’qonliklarning qattiq qarshiligiga uchragan ruslar chekinishga majbur bo’lishadi. Ularga kech yetib kelgan Chernyayev boshchiligidagi askarlar ham yordam berolmaydi. Ammo 4 oktyabr kuni yengilgan Chernyayev sharmandalarcha Chimkentga ortga qaytishga majbur bo‘ladi. Ruslarning keying mag‘lubiyati Iqonda ro’y beradi. Alimquli sovuq bo’lishiga qaramasdan 12 ming yigitni olib Turkistondan kofirlarni haydab chiqarishga otlanadi. Iqonda ular ruslarni mag’lubiyatga uchratishadi. Iqon jangida rus askarlari va zobitlaridan 57 nafari o’ldirilib, 43 nafari jarohatlangan edi.

1865 yil 28 aprelida general Chernyayev Niyozbek qal’asini bosib oldi. Toshkentga ruslarning ikkinchi hujumi boshlandi. Yurt xoini Abdurahmonbek Shodmon o’g’lining maslahatiga binoan Chernyayev Bo’zsuv to’g’onini buzishga buyruq beradi.

Muhammad Solih shahar mudofaachisi hamda muarrix sifatida lashkarboshisi Alimqulning Toshkent mudofaasi uchun ko’rgan chora tadbirlari xususida zo’r ko’tarinkilik bilan qalam tebratadi. Datslabki hujum mudofaachilar foydasiga hal bo’ladi. Ammo keying hujumda Alimqul qattiq yaralandi va bu mudofaachilarga qattiq ta’sir ko’rsatadi. Bu voqealardan so’ng qirg’iz va qipchoq elatlari xiyonat ko’chasiga kirib, Qo’qonga qaytib ketishadi. Alimquli esa vafot etadi. Mazkur davrda xonlikning ichki siyosiy hayotida betartiblik hukm surardi. General Chernyayev esa shaharni to’pga tutishda davom etardi. Uning zarbdor kuchlari Sirdaryo qirg’oqidagi Chinoz qal’asini egalladi. 15 iyun kuni polkovnik Abramov boshchiligidagi qo’shinlar kamolon darvozasidan shaharga kirishga muvaffaq bo’lishadi.

42 kunlik qamalda aholi og’ir ahvolga tushishi Chernyayevning shaharni olishini osonlashtiradi. Keyinchalik Toshkentni ishg’ol etilishi xalqaro maydonda yomon kayfiyat uyg’otmasin uchun Chernyayev Toshkentning ixtiyoriy topshirilganligi haqida soxta hujjat tayyorlaydi. Qarshilik ko’rsatganlarni esa Sibirga yuborish bilan jazolaydi.

Chernyayev Toshkentga bostirib kirgandan so'ng, yarashish ahdnomasi tuzildi. Toshkentning Rossiya tarkibiga kiritilishi har jihatdan yasama ravishda hujjatlashtirildi.

Bu vaqtda Qo‘qon xonligida siyosiy vaziyat chigal bo‘lib, buning ustiga 1865 yil 15 iyulida Buxoro amiri Muzaffarxon harbiy yurish uyushtiradi va panohidagi Xudoyorxonni taxtga o‘tqazadi. Xudoyorxonning siyosati tobora xavf solayotgan ruslarga qarshi kuch to‘plashga emas, balki xalqqa zulm o‘tkazib, boylik orttirishga qaratildi. Bundan tashqari Rus davlatiga nisbatan itoatkorlik siyosatini qo‘lladi va Romanovskiyga bir necha bor maktub yo‘llaydi. Xudoyorxon rus hukumatiga shu darajada sajda qiladiki, Romanovskiy uning ixtiyoridagi joylarni urushsiz egallash mumkinligini boshlig‘iga bildiradi. Xudoyorxon va Rossiya davlati orasida savdo bitimi imzolanadi. Garchi bu bitimda asosan savdoga doir masalalar nazarda tutilgan bo‘lsa-da, lekin uning qabul qilinishi xonlikning siyosiy jihatdan ham Rus davlatiga qaramligini ta’minladi.




Download 37,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish