Turkistonda rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash


Rossiya imperiyasining xonliklarni bosib olishining dastlabki bosqichlari



Download 37,19 Kb.
bet4/7
Sana15.01.2022
Hajmi37,19 Kb.
#367634
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish NOZLIYA AXMATOVA

Rossiya imperiyasining xonliklarni bosib olishining dastlabki bosqichlari

Mazkur qismda ruslar va turkiy aholi o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning boshlanishi Oltin O‘rda va Turkiston, shu bilan birga rus kyazliklari bilan aloqalar, temuriylar davrida bu aloqalarning davomi hamda xonliklar davriga kelib ruslarning datlabki bosqinchilik yurishlari xususida fikr yuritilgan. Asarda ko‘rsatilishicha, slavyanlarning turkiy qabilalar bilan dastlabki to‘qnashuvi 375 yili sodir bo‘lgan, ya’ni bu Dunay va Tisla daryoalari oralig‘i hamda Qora dengiz qirg‘oqlarida yashagan turkiy Xun imperiyasining qo‘shinlari slavyanlarga hujumi bilan izohlanadi. Ros daryosi atrofida hayot kechirgan slavyanlar shu nom bilan “ros” yoki “Rus” deb nom olganligi eslatiladi. Taxminan ikki ming yil mobaynida “Xitoy devori”dan Sibir, Yoyiq, va Itil bo‘yi hamda Dnepr va Qora dengiz qirg‘oqlarigacha istiqomat qilgan turli turkiy qabilalarning slavyanlar, shu jumladan, ruslar bilan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari borgan sari kuchayib borgan. Ruslarning keyingi davrdagi aloqalari mo‘g‘ullar istilosi bilan bog‘liq. Bu yerda Oltin O‘rda davlati tashkil etilgach, mazkur davrda turkistonliklar bilan rus knyazliklar o‘rtasidagi aloqalar ancha jonlangan. Oltin O‘rda hukmdorlarining taxt uchun olib borilgan o‘zaro dahshatli urushlari ruslarga juda qo‘l kelgan. Bu borada Amir Temurning Oltin O‘rdaga qarshi harbiy yurishlari rus knyazliklarining mustaqillikka erishishida katta imkoniyatlar tug‘dirgan. Amir Temurning o‘zi Oltin O‘rdaning kelajakda siyosiy va iqtisodiy jihatdan xavfliligini yaxshi bilgan holda Oltin O‘rdani zaiflashtirgan. Amir Temurning Oltin O‘rdaga zarba berib, uni halokatga olib kelishi ko‘proq Rossiyaga foyda keltirdi. Agar u Oltin O‘rdaning belini sindirmaganida, rus knyazliklarini burchakka siqib turgan to‘g‘on buzilmagan bo‘lar edi. Shundagina rus knyazliklari qudratli imperiyaga aylanmagan bo‘lardi, ehtimol. Shu bilan birga ruslarning o‘z mustaqilligi uchun tinimsiz kurashgani ham ahamiyatga molik. Vaqtlar o‘tishi bilan sobiq Oltin O‘da yerlarida rus shaharlari, harbiy istehkomlari, konlari va zavodlari ko‘paygandan ko‘payib bordi. Rus davlati o‘z mavqeyini mustahkamlab olgandan keyin Turkistonni ham bo‘sundirish harakatiga tushib qolgan. Dastlabki e’tibor Xivaga qaratilgan va bu XVII asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Dastlabki hujumlar kazaklarning qaroqchilik yurishlari bilan izohlanadi. Ular Urganchga bostirib kirib, aholini talashgan, ammo xon qo‘shinlari tomonidan qirib tashlangan. Ataman Nechay boshliq kazaklar bostirib kirganda ham ular qirg‘inga uchragan. Keyinchalik Xiva xonlaridan Shohniyoz o‘z elchisi sifatida Do‘stbek Bahodirni Pyotr I huzuriga yo‘llab, Xiva tobeligini izhor qiladi. Rus imperatori unga yorliq ham yuboradi. Ammo vaziyat taqozosi bilan Xiva xonligi ustidan nazorat amalga oshmaydi. 1713 yildagi Xoja Nasafning Peterburgga sayohati va hikoyalari ruslarni yanada Xivaga qiziqishini oshirgan. Shu sabab Buxgols ekspeditsiyasi tashkil qilinadi. 1714 yilda Yamishchev ko‘li atrofida istehkom qurgan ekspeditsiya a’zolariga qalmoqlar hujum qilib talofat yetkazadi. 1716 yilning 14 fevralida pyotr I harbiy yurishning boshlig‘i qilib tayinlangan Bekovich-Cherkasskiy bilan shaxsan suhbatlashib, amalga oshirilajak vazifalarni belgilab beradi. Muntazam qo‘shindan 4000, dragunlardan 1500, piyoda askarlardan 2000, kazaklardan 2000 kishi ajratildi. Bekovich-Cherkasskiy Xiva xoniga o‘zini do‘stlik va tinchlik elchisi sifaida kelayotganiga ishontirishga harakat qiladi. Ammo Sherg‘ozixon ruslarning hiylasi va tajovuzidan allaqachon xabardor edi. Cherkasskiy Amudaryo o‘zanini burib yuborishga intilgan, biroq Amudaryo haqida to‘liq ma’lumot ololmagan. Sherg‘ozixon sir boy bermasdan elchilarni qabul qilgan, 1717 yil 29 avgust kuni Cherkasskiyning 200 kishilik qo‘shini 5 ga bo‘linib, 5 tarafga tarqatilib, Cherkasskiyning o‘zi hamrohlari Mixail Zamonov, Kiryak Ekonomov bilan birgalikda Sherg‘ozixon buyrug‘iga binoan qilichdan o‘tkazildi. Shu tarzda Sherg‘ozixonning o‘ta ehtiyotkorlik va bilimdonlik bilan yuritgan siyosati uch ming kishilik rus qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi.

Pyotr I o‘zbek xonliklarini egallashda qiyinchiliklarni anglab yetib, avvalo, Qozog‘istonni bosib olish rejasini tuzadi. Pyotr I ning bu orzusi o‘limidan ko‘p o‘tmay osonlik bilan amalga oshdi. 1731 yilning 19 fevralda imperator Anna Ivanovna Kichik Juz qozoqlarining ixtiyoriy ravishda Rus davlati tobeligiga o‘tkazilishi haqida yorliqqa imzo chekadi. 1739-1740 yillarda O‘rta Juz qozoqlari ham Rus davlati tobeligiga o‘tdi. Rus davlati qozoq juzlarining orasida salmoqli o‘rin egallagan Abulxayrxonning tashabbusi va harkatlari bilan Kichik va O‘rta juzlarda o‘z hukmronligini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. 1734 yilda K.Krillov boshchiligida Orenburg ekspeditsiyasi tashkil qilinib, shuning negizida 1735 yilda Orenburg shahri barpo etildi. 1744 yilda esa Orenburg guberniyasi tashkil topdi.

Xiva xonligiga Ruslar tomonidan yuborilgan yana bir talafotli ekspeditsiya bu Perovskiy ekspeditsiyasi edi. 1835 yili Orenburg general gubernatori V. Perovskiy imperator Nikolay I ga maktub yo‘llab, Xiva xonligini bosib olishga undaydi. 1837 yili Nikolay I Xiva xonligini bosib olish haqida Perovskiyga farmon berdi. 1839 yil 14 noyabr kuni 4250 askar, 18 to‘p, 2090 kishidan iborat qo‘shin yo‘lga chiqadi. Bir qism rus qo‘shinlari Cho‘chqako‘l degan joyda xon qo‘shinlari bilan kichik jang bo‘ladi. Ob-havoning yomonligi urushni davom ettirisga yo‘l bermadi. Xon askarlari Xivaga qaytadi. Bu voqeadan keyin Cho‘chqako‘lga yetib kelgan general Perovskiy qo‘shini ham qattiq sovuq va bo‘ron ostida qolib odamlar birin-ketin o‘la boshlaydi. Qo‘shin orasida turli kasalliklar ko‘payadi. Ob-havoning o‘ta noqulayligi va og‘ir sharoit ekspeditsiyani davom ettirishga imkon bermadi. Shu bois Perovskiy 1840 yil fevralida qo‘shinni Orenburgga qaytarishga majbur bo‘ldi. Bu harbiy yurish Rus davlati uchun katta zarar keltirgan.

Xiva xonligiga qarshi qayta harbiy yurish uyushtirish harakati boshlanadi. Harbiy vazirning 1840 yil 17 martda hukumatga yozgan axborotida Xiva xonligiga qarshi yuboriladigan qo‘shin bir general , 140 ofitser, 6668 askar va xizmatchilarni o‘z ichiga olishi kerak edi. Perovskiyning ta’kidlashicha, 1839 yilgi yurishdan farqli bu yurish ko‘lami 3-4 baravar oshiqroq bo‘lishi kerak edi. Biroq general shuncha istasa ham, imperator bu yurishni kechiktirishga farmon beradi. Xivani bosib olishdan avval yaxshilab o‘rganish kerak degan xulosa qilinadi.




Download 37,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish