Туркистон даврий матбуотида ўлкадаги ижтимоий аҳволга доир серқирра маълумотлар орасида аҳолига тиббий ёрдам кўрсатиш масалалари алохида урин тутган


I I Bob.Turkiston madaniy hayotiga doir ma’lumotlar matbuot sahifalarida



Download 0,52 Mb.
bet9/13
Sana11.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#340955
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Turkisonning ijtimoiy hayoti, madaniyati fan va matbuot talqinida

I I Bob.Turkiston madaniy hayotiga doir ma’lumotlar matbuot sahifalarida

3.Turkiston matbuotida an’anaviy ta’lim masalalari

Ma’lumki XIX asr oxirida Turkistonda asrlar buyi jamiyatning ilm o’choqlari bo’lib xizmat qilgan maktab va madrasalar faoliyat yuritgan. Rossiya imperiyasi XIX asrning ikkinchi yarmida o’lkani bosib olgan dastlabki davrlarda an’anaviy ta’lim ishlariga aralashmay, uni atroflicha o’rganish bilan cheklangan edi. 1885 yilda Turkiston general-gubernatori N.O.Fon Rozenbax o’lkadagi maktab va madrasalar ustidan nazorat o’rnatish to’g’risida ko’rsatma beradi. Unda aytilishicha, Turkistonda taxminan to’rt mingdan ortiq maktab bo’lib bularda o’n minglab yoshlar ta’lim olishgan hamda ularning faoliyatini taqiqlash noqonuniy edi. Lekin hukumat ular ustidan nazoratni ko’chaytirishni zarur deb hisoblab nazoratni amalga oshirish uchun o’quv boshqarmasida mavjud ikki nafar mutaxassis etarli emasligini qay etgan.

Yangi madrasalar ochish yoki ularni berkitish general-gubernatorning ruhsatnomasi bilan, maktablar esa uezd boshlig’ining ruxsati bilan tashkil etilgan. Bundan ko’zlangan maksad esa maktab va madrasalarni doimo nazoratda tutishdan iborat bo’lib, ayniqsa, ularni madrasalar faoliyati tashvishga solgan. Bu haqda N. Rozenbax: “Eski maktablar biz uchun hech qanday xavf-xatar tug’dirishi mumkin emas lekin madrasalar biz uchun katta xavf tug’dirishi mumkin”, -degan edi.35

Turkiston matbuotida an’anaviy ta’lim masalalariga alohida ahamiyat berilgan bo’lib, ularning uzoq tarixga ega ekanligi e’tirof etilgan hamda maktab va madrasalarga doir statistik ma’lumotlar berib borilgan.

Matbuotda maktab dasturiga oid ma’lumotlar ham uchraydi. Xususan. 1889 yilda “Turkestanskie vedomosti” gazetasida ta’kidlanishicha, maktabda dastlab savod chiqarish eski o’zbek yozuvi o’rganishdan boshlanib, domla ularni maxsus tunuka taxtaga yozgan. Undan keyin halflarni qo’shib o’qish o’rganilgan hamda Haftiyak va Chor kitobni o’qishgan.O’quvchilar fors tilidagi bu kitoblarning mazmunini yaxshi tushunmasdan o’qiganlar: o’zbek o’quvchilar fors tilini bilmaganidan uning ma’nosini tushunmagan bo’lsalar. tojik bolalar ular adabiy tilda yozilgani uchun tushunmaganligini maqola muallifi e’tirof etgan edi. To’rt yillik o’qish mobaynida o’quvchi mexanik ravishda o’qishni va harfni yozishni. ba’zan orginal matndan ko’chirib yozishni o’rgangan.

Matbuotda ular maktabda o’rgangan bilimlarini kundalik turmushda qo’llay olmaganidan tezda unutishganligi bu bilim ularga faqat madrasaga qirishda yordam berganligi, madrasaga qiradigan bolalar soni ozchilikni tashkil etishi qayd etilgan.

Bundan tashqari, gazetada chop etilgan maqolalarda maktabga qatnayotgan o’quvchilarning soni yil fasliga qarab o’zgarib turishi ta’kidlanadi. Ulardan qish faslida maktabga boruvchi bolalar soni yozdagiga qaraganda ko’proq borganligi qo’rinadi.

Matbuot sahifalarida madrasalarning moliyaviy ahvoliga ham to’xtalib. ularni moliyaviy jihatdan ta’minlashda batsila asosiy o’rin tutganligi aytib o’tilgan.

Madrasa talabalarining tarkibiga doir ma’lumotlar ham keltirilib ularda nafaqat 15 yoshdan katta bolalar, balki katta yoshli kishilar va hatto qariyalar ham ta’lim olishi, talabalar orasida o’lkaning turli shahal va qishloqlaridan kelganlar, shuningdek, tatar talabalari, Xitoydan kelgan talabalarni ham uchratish mumkinligi e’tirof etilgan. Madrasa talabalariga, kam bo’lsada shaxsiy xarajatlari uchun madrasa daromadidan pul berilgani, xususan, Toshkent madrasalarida talabalarga 50 qop. dan 1 tillagacha (4 rubl) pul berilgani e’tirof etilgan.36

1890 yilda “Turkestanskie vedomosti” gazetasining uchta sonida chop etilgan N. Vasilevning (N. S. Likoshinning tahallusi S. Sh. maqolasida gazetaning 32- sonida shu mavzuga bag’ishlab yozilgan V. Nalivkin maqolasiga munosabat bildirilgan. V. Nalivkinning o’z maqolasida Turkistonliklarning ta’lim sohasida “qorongilikda qolgan” degan xulosaga kelishi, balki bu masalaga nisbatan bir yonlama yondashuvdir, masala yoritilganda maydadetallardir.Bu masala yuzasidan musulmonlarning o’zlarini fikr bildirishga chaqiradi va faqat ular bildirgan fikrlarni ham hisobga olinsagina to’g’ri xulosa chiqarish mumkin, deb e’tirof etadi. O’z navbatida. N. Vasilev: “Musulmonlarning maktab tizimi diniy qarashlari bilan uzviy bog’liq bo’lganligi tufayli ular bu masala yuzasidan fikrini aytmasdan sukut saqlasalar kerak”, - degan eli. Maqola muallifi buni e’tiborga olib, 1889 yilda Franstiyada franstuz tilida nashr etilgan M.G.Delfenning' “Fest, uning universiteti va musulmonlarning oliy ta’limi” degan kitobini tahlil qilib,N. Vasilev, o’z navbatida, maqola so’nggida musulmon o’quv maskanlarn ularning diniy e’tiqodlari bilan o’zviy bog’lik bo’lganligi sababli diniy bilim berishda etarli bo’lganligi, ammo zamonaviy bilimlarni taraqqiyot yuqligi va hal bir tarixiy davrda o’z darajasiga muvofiq ilmlar egallash lozimligi haqida xulosa qiladi. U, “Sharq kishilari ajdodlari tayyorlab ketgan joyda qolgan”, “ularning maktabi inqirozga uchragan”, deb yozar ekan, musulmon o’quv maskanlarini isloh qilish zaruriyati paydo bo’lganligi, ammo ulardan hech kim bu yo’lda harakat qilmayotganliginini tanqid ostiga olgan.

XX asr boshlaridan Turkiston matbuotida ta’lim tizimidagi mavjud kamchiliklar to’g’risida maqolalar nashr etila boshlandi, Jumladan. 1900 yilda “Turkiston viloyatining gazeti” sahifasida maktablarda o’quvchilar to’rt-besh yil o’qib, undan keyin madrasalarda yigirma-o’ttiz yil tahsil olsalar-da, arabcha kitoblarni o’qish va ojizligi ta’kidlangan. Maktablarda ham ahvol shunday ekanligi ta’kidlanib yuzdan ziyod o’quvchisi bo’lsa, ularning aksariyati xat-savodi ham chiqmay, ba’zilari qori bo’lib, faqatgina ularning to’rttasi madrasada taxsilni davom ettirganligi qayd etiladi.Sayfi Majidov o’z maqolasida “eski usuldagi maktab va madrasalarda 20 yildan kam o’qiganlarning savodi chiqmaydi”, deyilsa, xato bo’lmasligini ta’kidlab, “Shul miqdor o’qigan hammasi imomatlikdan boshqa ishga yaramaydur”, - deb yozgan. Jadid matbuoti ham eski maktablarda o’qigan bolalarning undan to’qqiz foizi savodsiz bo’lib qolayotganini qayd etgan.

Shuningdek, matbuot sahifalarida madrasalarda zamonaviy bilimlar o’qitilmasligi qattiq tanqid qilinadi. Chunonchi, Munavvar Qori Abdurashidxonovning“Bizning jaholat jahli murakkab” nomli maqolasida jamiyatdagi salbiy illatlar qalamga olinar ekan, maktab va madrasalarning qoloqligi, muallimlarning zamonaviy ta’lim-tarbiya usullaridan bexabarligi hamda diniy va dunyoviy bilimlarni bolalarga yaxshi etkazib bera oladigan kitoblar deyarli yo’qligi nadomat bilan yoziladi. Muallif maqolada bunday jaholat millatni ma’naviy tanazzulga olib borishini ta’kidlab, quyidagilarni yozadi:37Bu jaholat natijasida o’zimiz erlik musulmonlardan , musofir rus va yaxudiylar eshigida mardikor va xizmatchi bo’lduk va bu jaholat xohishidurki, millat foydasi uchun jonini qurbon qilmoqqa loyiq arslon kabi yigitlarimiz butun millatni uylaridan chiqarib, istedod va g’ayratlarini choyxona va pivaxonalariga sarf etmaqdadurlar”.Masalan. “Sadoi Turkiston” gazetasida qayd etilishicha, “Madrasalarimizda fanun tabiiy va riyoziyotdan na ruh ila falsafadan va mashhur usulga dahli bo’lgan sarf,mantiqga mutolik ma’lum asarlardan boshqa narsalarning hech o’qitilmagani kabi na tarbiya va na pedagogika bo’lsin ma’lumot berilmas. Madrasa idoralalari tarbiya va salomatlik qonunlariga tatbiq etilmaydir.38Savodi chiqmagan va ona tilining qoidalarini bilmaganlarga hamda u «ila bir marotaba arabcha eshitmagan kishilarga arab tili qoidalarini o’qitish foydasiz ekanligi ta’kidlangan, maorif manbalari deb hisoblangan madrasalarning XX asrda, diniy va zamonaviy nuqtai nazardan qaraganda,“uch pullik” qimmatlari qolmaganligi qayd etilgan.Rauf Mo’zaffarzoda:”Ijtimoiy jihatdan qaragan:bu madrasalarning naqadar ahamiyatsiz bir mavqeda to’rganliklarini yozib turishga ham xojat yo’qdir. Bir jihatdan, qancha vaqflar yo’lsiz isrof bo’lmoqda, hamma g’ayrat qum ustiga solingan suvdek bo’lib ketmoqdadir”, deb yozgan.

1914 yilda “Sadoi Turkiston” gazetasi sahifasida yozilishicha, maktablarning ilmiy va ma’naviy jihatdan tubanlashuviga sabab sifatida Turkistonda xaqiqiy muallimlar etishtiruvchi dorululmuallimin, usuli ta’lim va tarbiya ko’rslari yuqligi ko’rsatilgan.Maktablar saviyasini oshirish uchun dorululmuallimin ochilgunga qadar usuli tarbiya va ta’lim ko’rslari ochish hamda “usuli tarbiya va ta’lim” risolasi yaratilishi kerakligi ta’kidlangan.Shuningdek,“Turkiston viloyatining gazetida maktabdagi ba’zi muallimlar ham savodsizligi va etarli darajada malakaga ega emasligi tanqid qilingan bo’lsa. “Sadoi Turkiston”da mullalarining fikrlash darajasi to’g’risida fikr bildirilar ekan, ular bilan ijtimoiy mavzularda umuman suhbatlashib bo’lmasligi, ularning dunyoqarashi tor ekanligi qayd etilgan.Bu boradagi muammolardan yana biri maktablarning moddiy jihatdan nihoyatda yomon ahvolda ekanligi aytib o’tiladi. 1913 yilda “Turkiston viloyatining gazeti”da ta’kidlanishicha, maktab va madrasalarning aksariyatining imorati ta’mirga muxtoj bo’lib, ularda deraza urniga qog’ozdan darpardalar qilinganligidan xona qorong’u bo’lgan, bu esa, o’qishni qiyinlashtirgan, yomgir yoqqanida, tomdan chakki o’tib, qish kunlari esa sovuq bo’lgan.39

Maktablarda o’quvchilardan turli yo’llar bilan pul yig’ish ishlari qattiq tanqid qilingan edi. Xususan, har ikki xayitda xayitlik va baxorda navro’zlik, bahor va yozda bir necha marotaba buyra puli, ya’ni yozda maktabxonaga buyra solmoq uchun va kuzda qamish puli, ya’ni maktabda bolalar o’tiradigan joyga qamish solmoq uchun, qishda maktabni isitish uchun ko’mir puli yig’ib olish maksadlari bo’lib qolganligi ta’kidlangan.

Matbuotda domla tomonidan bolalarning jismoniy jazolanishi tanqid qilingan, hatto maktabdan uch-to’rt kun qochgan bolalarni maxsus dorlarga oyog’idan osib urganligi aytilgan hamda eski uslub maktab domlalarini jadid maktablaridagi yangi usulda o’qitishdan ibrat olishga chaqirgan.

1906 yilda “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida bolaning maktabdagi birinchi qadamidanoq uni maktabga qiziqtirish o’rniga otasi: “Bu bolaning go’shti va terisen - siz muallimniki, suyagi esa meniki”. — deyishi va muallimning qo’lidagi kalttakni ko’rishi bilan bolada maktabga nisbatan salbiy munosabat paydo bo’lardi, deb ta’kidlanadi.

Jadid matbuotida ham eski maktabga borgan bolalarning u erdagi yomon sharoit va o’qitish jarayonidagi bunday jazo usullarining qo’llanilishi tufayli maktabdan qochib ketishini va uzoq vaqt bormay qo’yishini e’tirof etgan.

Matbuotda eski uslub maktablardagn ayrym muallimlarnnng jadid maktablariga bo’lgan salbiy munosabatini ochib berishga halakat qilishb, uning bir necha sabablari ko’rsatib o’tilgan.Birinchidan. “Qadimchilarning fikricha, yangicha usulda o’qitish ancha murakkab bo’lib, muallimdan doimiy izlanishni hamda o’quvchiga e’tiborni kuchaytirishni talab qilgan. Ikkinchidan, jadid maktablarida ta’lim berilayotgai kitoblar. ularning nazdida, islomiy aqidalarga to’g’ri kelmaydigan kitoblar bo’lgan.Bundan tashqari, matbuotda jadid va qadim maktablaridagi o’qitish usullari o’rtasidagi farqlar ham ko’rsatib berilgan,qadim maktablarida ko’p o’qituvchilar bolalarga besh-o’n yil dars bersalarda, ularning o’zlari shariat asoslarini yaxshi bilmaslari tanqid etilgan.

XX asr boshida matbuot sahifalarida eski maktablarni engil- elpi isloh qilish tarafdori bo’lgan maktabdorlar ham o’z fikrlarini bildirib, o’quvchilarni kaltak bilan jazolash usulini bekor qilish, ularni jamoa qilib o’qitish va davomatni tartibga solishni taklif etgan hamda o’z maktabida shu tartibda ish olib borgani haqida yozilgan.1907 yilda Munavvarqori Abdurashidxonov taklifi bilan Toshkentga kelgan hamda shahardagi maktablar, xususan, yangi va eski maktablar ishi bilan tanishgan Isxoqxon Ibrat nomigagina islohot o’tkazgan maktabdor Mulla Xusanxo’jani qattiq tanqid qilgan. Ibrat farzandlarimizni kaltak, qamchi yo’q bahonasida” besh-o’n yillik umrini zoe o’tkazishiga achingan edi. Gazetaning yana bir sonida ham eski maktablar ishini tanqid qilib: “Bolalarni eski maktablar ila jamoalarga taksim qilib. kelib-ketish, kaltak ila qamchi masalalarini isloh qilmoqda, albatta, lozimdur. Lekin o’qilajak kitoblar mazkur eski kitoblar, o’qitajak domlalar eski domlalar bo’lganidan bu masalalar ming martabalar isloh etilsada bekor, bexudadir", deb yozgan.

Matbuotda madrasalar va maktablar ahvolini tubdan o’zgartirish tadbirlari ham taklif qilina boshlangan edi. Xususan, “Sadoi Farg’ona” gazetasida Sh. Muxtorov tomonidan o’lka madrasalarida ta’lim ijtimoiy turmush va milliy manfaatlardan juda uzoqlashib ketganligi va ularda umuman dunyoviy ilmlar o’rgatilmasligi tufayli ishni ibtidoiy maktablarni islog’h qilishdan boshlash lozimligi ta’kidlangan.40 Ammo Sh. Muxtorovning maqolada keltirilgan fikrlariga gazetaning boshqa sonlarida munosabat bildirila boshlanadi, ularda madrasalar islohga muxtojligi tan olingan holda, uni faqat tanqid qilavermasdan, uning moddiy ahvoli va imkoniyatlarini o’rganaylik, degan fikr bildiriladi. Boshqa bir maqolada esa madrasalarni tanqid qilish baxonasida ularni butunlay erga urmaslik zarur. Chunki ulardan boshqa oliy taxsil oladigan dargohimiz yuq, deb yoziladi va madrasalar o’quv dasturidagi bunday munozaralar o’lka aholisi o’z maktabiga befarq qaramaganligini ko’rsatadi.

Ushbu maqolada dunyodagi boshqa davlatlar ham o’zining ajnabiy fuqarolariga qarashli maktablarni doimo nazorat qilib turishga alohida upg’y berilgan holda, “musulmon maktabxonalarida xukumat nazorati tayii qilinsa albatta ul o’z g’amini emas, balki har xil tashvishlarlin tashqari bo’lsa kerak’’, deyilgan.

Rossiya imperiyasi xukumati madrasalarda rus tilini o’qitishni yo’lga qo’yish buyicha ba’zi choralar ko’rishga harakat qilgan. XX asr boshlarida esa madrasalarda rus tilini o’qish joriy qilinsin, degan ko’rsatmaga binoan 1913-1917 yillarda ba’zi madrasalarda rus tilini o’qitish joriy qilingan edi. 1913 yil 20 noyabrda Farg’ona viloyati o’quv muassasalari nozirining Viloyat harbiy gubernatoriga maxfiy ravishda bergan ma’lumotida ta’kidlangan nazoratni kuchaytirishgan 1914 yilda Eshonquli va Beklarbegi madrasalarida rus tili darslari o’qitila boshlagani haqida xabar qilingan. Buning uchun hukumat tomonidan o’qituvchiga maosh ajratilgan edi. Eshonquli madrasasi mudarrisi Xo’jaxon Olim va Beklarbegi mudarrisi Hoji Abdumalik sa’y-harakati bilan ushbu madrasalarda rus tili o’qitila boshlangai. Maqolada ta’kidlanishicha, ushbu darslar mullavachchalarda katta qiziqish uyg’otgan edi ular bu vaqtgacha ham rus-tuzem maktablarida va kechki kurslarda rus tilini o’rganishga qirishganlar. Toshkentning ikkita madrasasida rus tili o’qitila boshlaganligi tarixiy adabiyotida ham qayd etilgan.

Davr o’zgarishi bilan ta’lim tizimida ham o’zgarishlar qilish zaruriyati paydo bo’ldi. Ayniqsa, jahonning ilg’or mamlakatlarida bolalarga zamonaviy bilimlar berilishi natijasida hamda o’quv dasturlari taqomillashtirilishi sababli ilm dargohlari ancha ilgarilab ketganligini ko’rsatayotgan edi. O’rta asrlarda jahonga mashhur olimu fuzalolarni etkazib bergan maktab va madrasalar bu davrga kelib avvalgi nufuzini yo’qotgan. Bunga sabab nafaqat xonliklarning o’zaro urushlari hamda Rossiya imperiyasi hukumatining siyosati, balki diniy bilimlarni o’qitishga xaddan ziyod berilib ketib, dunyoviy bilimlar o’rgatilmasligi va jahonning ilg’or g’oyalarini singdira olmaganlgi edi. Chunki bu davrga kelib dunyo o’zgarib sanoatlashish jarayoni kuchayishi natijasida hayotning barcha jabhalarida transformastion jarayonlar tezlashib ketgan. O’lka ta’lim maskanlari yangi bilimlarni o’zlashtirishdan umuman chetda qolgan edi. Shuning uchun o’lkada ta’lim tizimini islox qilish extiyoji vujudga kelib, bu davrda yangi usul maktablari tashkil topa boshlagan. Shunday maqolalardan birida maktablarning ochilishini mahalliy aholi ishonchsizlik bilan hatto xavfsirash qabul qilganligi, bu maktablarga diniy e’tiqodlari e’tirof etilgan. Ba’zi ota-onalar o’z bolalari o’rniga boshqa bolalarni bunday maktablarga o’qishga jo’natganligi aytiladi.Ushbu maktablar sonining ortishiga ta’sir etgan omillardan biri sifatida 1891 yilda Turkiston general-gubernatorining “Rus tilini biluvchi mahalliy aholini turli ma’muriy ishlarga jalb qilish to’g’risida”gi farmoyishi e’lon qilinishi ko’rsatilgan.41

1898-1899 yillarda Turkiston general-gubernatori tashabbusiga ko’ra Rossiya imperiyasining qudratli davlat ekanligini ko’rsatish maksadida rustuzem maktabi o’quvchilarining Rossiyaga sayohati uyushtirilgan edi. Bu sayohat to’g’risida “Turkestanskie vedomosti" va “Turkiston viloyatining gazeti” batafsil ma’lumot berib borgan va shu orqali ham mazkur maktablarni aholiga targ’ib qilgan.

Matbuotda Toshkentgi rus-tuzem maktabi o’quvchilaridan yillik imtihon olish jarayoni ham o’z aksini topgan.

Turkistonda yangi maktablarning ochilishi munosabati bilan o’lkadagi rus-tuzem maktablari ahvoliga alohida e’tibor berila boshlangan. Bu davrda matbuot sahifalarida ushbu maktabning muammolari haqida ko’plab maqolalar e’lon qilingan. Mazkur maktablarning o’quv dasturiga ham matbuotda alohida ahamiyat berilib, ularda mahalliy aholi bolalari rus tilida gapirishni, o’qish, yozishni o’rganishi, bundan tashqari, Rossiya tarixi va geografiyasi, tabiatshunosligi to’g’risida qisqacha ma’lumotga ega bo’lishi e’tirof etilgan. Lekin gazetalarda o’quvchilar uchun eng muraqqab vazifa rus tilida so’zlashish ekanligi qayd etilgan.

Milliy matbuotda ularning o’quv dasturlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Xususan, ularda “musulmoncha” o’quv, yozuv, islom dini asoslari, shuningdek, rus tili, hisob, geografiya kabi zamonaviy fanlar o’tilgan. “Sadoi Turkiston” gazetasi xabariga ko’ra, 1914 yilda Toshkentgi ikkita rus-tuzem maktablarining o’quv dasturlariga musiqa darslari ham qiritilgan. Bunday maktablarning rashidiya qismida (Turkistonda bunday maktab bitta — Toshkentdagi ikki sinfli maktab edi) tabiat, xayvonot olami kabi fanlardan ta’lim berilgan. Mazkur maqolada ushbu maktablarning, bir tarafdan, o’quv dasturi kengligi va foydaliligi, ularda ta’lim beruvchi muallimlarning usuli ta’limdan, ya’ni yangicha o’qitish usullaridan xabardorligi hamda “hukumat tili”, ya’ni rus tilining yaxshi o’rgatilishi e’tirof etilgan.Muallif ularning tashkil etilganligiga 30 yil bo’lsa-da, Turkistonning ko’p shahar va qishloqlarida ularning soni bir ikkitadan oshmagani, faqatgina Toshkent ularning soni saqqiztaga etganini qayd etgan.O’lkada rus-tuzem maktablari faoliyatidagi nuqsonlar haqida rus tilidagi xususiy gazetalar ham yozgan.42 Chunonchi, 1907 yilda “Sredneaziatskaya jizn” gazetasi yozishicha, o’quvchi 3-4 yil maktabda o’qib, u erdan o’qish, yozish va hisobni, biroz gapirishni bilib chiqadi, ammo amalda undan foydalanmaganligi uchun tezda olgan bilimlar unutiladi. Mazkur maqola muallifi rus-tuzem maktablarining asosiy kamchiligi sifatida ularning asosiy qismida ruslar o’qimasligi, bu maktablar mahalliy aholi yashaydigan joylarda joylashganligi, ularni ruslar yashaydigan shahal va qishloqlarga yaqin joylarda ochish hamda ularda internat bo’lishini ta’minlash orqali muammolarni hal etish mumkinligi aytilgan. Bunday maktablarda internat ochish masalasiga boshqa gazetalarda ham alohida e’tibor berilgan. 1909 yilda “Turkestanskiy kurer” gazetasida Toshkent shahrida hamda boshqa joylarda rus-tuzem maktablarida 4 yil dars bergan, shuningdek, eski maktabda o’qigan va madrasada ham biroz vaqt ta’lim olgan

G.Andreevning maqolasi gazetaning bir necha sonida e’lon qilinadi. Maqola muallifi bu muammoga nafaqat o’zining tajribasidan kelib chiqib balki 10 yillab bunday maktablarda ta’lim berayotgan yaqin qarindoshlarining ham fikr-muloxazalarini hisobga olgan xolda yondashgan. Uning yozishicha, Toshkent rus-tuzem maktablarini o’rtacha hisobda yiliga 4-5 o’quvchi bitirib. ulardan deyarli hammasi tarjimon mayda amaldor bo’lib xizmat qilgan yoki savdo operastiyalarida ularning rus tilini bilishidan foydalangan. O’lkaning boshqa joylarida esa rus-tuzem maktablarini yiliga 1-2 o’quvchi bitirgan, ba’zida esa umuman bitiruvchilar bo’lmagan, ya’ni o’qishni boshlagan bo’lsa-da, oxiriga etkazmasdan tashlab ketgan. Maqolada jadid maktablari vujudga kelib, masalan, faqat Qo’qonning o’zida 20 ga yaqin bunday maktablar ochilib, ularda o’qish uchun o’quvchi 1—5 rubl tulashi, shunga qaramasdan, 43Har bir maktabda o’rtacha 100 nafar o’quvchi ta’lim olayotganligi (bu erdagi rus-tuzem maktablarida 30 nafar bola o’qigan), agar ular tez orada o’quv dasturiga rus tilini ham qiritsa, rus-tuzem maktablarining ahvoli yanada yomonlashishini qayd etib o’tadi. Ushbu maqolada rus-tuzem maktablarida “musulmoncha” darslarga kunlik dare soatlarining yarmi ajratilishini ortiqcha deb hisoblaydi, bunday darslarga kichik sinflarda bir kunda 1 , 1,5 soat vaqt ajratilishi etarli, katta sinflarda esa umuman bunday darslarga vaqt ajratishga xojat yo’qligi e’tirof etilgan.

Jadid matbuotida esa, aksincha, ushbu maktablarning o’lka halqlari orasida mavqega ega emasligiga sabab sifatida “musulmonga” o’quv, yozuv, til va din darslari nixoyatda oz qo’yilganligi hamda o’z tili va xatini yaxshi bilmagan 7 yashar musulmon bolalariga birinchi sinfdan boshlab rus tilida dare berilishi ko’rsatilgan. Bu xavda “Turkiston viloyatining gazeti”da ham shu kabi fikr bildirilib:”Besh yil o’qib chiqib, ozroq ruscha yoza bilib, musulmoncha, ya’ni o’zini milliy tilini mutlaqo bilmasa, albatta, boshqalarda ko’rqib maktabga bormaslar”, - deb yozgan.

Gazeta sahifalarida halqni ma’rifatga undovchi maqolalar bosib chiqariladi. Bu maqolalarda yoshlarni diniy bilim bilan birga, dunyoviy bilimlarni ham egallashga, turli kasblarni o’rganishga chaqiriladi. Xususan. Maxmudxuja Bexbudiy “Samarqand” gazetasida ushbu fikrlarni bayon etadi: “Peterburgdagi tibbiya, hakimiya, ta’limiya va adliya maktablarida o’qig’onlarimiz, tabib, muallim, axli huquq va xaqim bo’lib, davlat ishlariga va xuqumat mansablariga aralashib, bizga naf etkazganlar. O’zimizdan duxtur,tabib, gimnaziya muallimi va advokat, injener va chlen sud va xokim va uezniy nachalnik bo’lsa yomonmi?” 44.

Jadidlar jaholatdan qutulish yo’llari, jamiyatni isloh qilish va Turkistonni taraqqiyot yo’liga olib chiqish vazifalari haqida muloxaza qiladilar. Masalan,M.Bexbudiy Turkiston halqi dunyoning boshqa halqlariga qaram bo’lmasligi uchun millat diniy ilm bilan birga, dunyoviy ilmni egallashi lozimligini ta’kidlagan xolda: “zamona ilm va fanidan bebaxra millat boshqa millatlarga poymol bo’lur”, - deb yozadi.

Milliy matbuotda, xususan, “Sadoi Turkiston” gazetasida bola tarbiyasiga oid maqolalar ham chop etiladi Xususan.Xolid Saidning maqolasida bolalarni kichikligidan mustaqil fikr bildirishga o’rgatish lozimligi, agar bir mahallada adabsiz va axloqsiz bir bola bo’lsa, uni tarbiyalash butun mahalla odamlarining xaqlari ekanligi, umuman, bundaylarning ta’siriga berilmasligi uchun bolalarni 7-8 yoshidan maktabga berib tarbiya va ilm berish kerakligi ta’kidlangan.Rauf Muzaffarzodaning maqolasida esa inson vujudini hosil qiluvchi ikki narsa, ya’ni vujud va ruhni tarbiyalashga, ayniqsa, inson ruhini tarbiyalashga e’tibor qaratish lozimligi qayd etilgan.”Buning uchun ta’lim va tarbiya usullarini mukammallashtirmak va bolalarimizni ilmi ruh va ruhiy tarbiya ila ochmoq, lozim,deb yozgan.

Rossiya imperiyasi hukumati halq orasida yangi usuli jidid maktablarining obro’si oshib ketayotganidan xavfsirab shuning uchun ham rus-tuzem maktablarini islox etib, mahalliy aholi orasida uning axamiyatini oshirish hamda bu maktablar; ularni jalb qilishni maksad q;ilgan. Hukumat siyosatini o’zida aks ettirgan rasmiy matbuotda rus-tuzem maktablarini islox qilish masalalari ham ko’tarilgan. Ularda mazkur maktablarning musulmoncha qismini islox qilish taklif etilib, maktablarda rus muallimlarining soni 2-3 kishi bo’lgan xolda, musulmon muallimlar bittagina ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, unda aytilishicha. borgan sari dars soatlari ham qisqarib borgan, masalan, 4 sinfga borganda rus tilida o’qitiladigan fanlar 4 soatdan o’qitilgan holda, mahalliy muallimlarning darsi bir soat yoki yarim soatii tashkil etgan. Maqolada ta’kidlanishicha,45 “holbuki, darslarning ko’pligi va qiyinligiga qaraganda, musulmon muallimlari rus muallimlaridan ko’p bo’lmak va o’qish soati rus sinfidan musulmon sinfida ortiqroq; bo’lmog’i lozim edi":. Bundan tashqari, rus-tuzem maktablaridagi musulmon o’qituvchilarining ish xaqini shu maktabdagi rus o’qituvchilarining ish xaqi bilan tenglashtirish masalasi ko’tarila boshlangan.Ushbu maktablar ishini isloh qilish jarayonida musulmon muallimlarga ham rus muallimlari kabi moyana belgilash, ularning huquqini tenglashtirish hamda ularning sinf xonalarini ham rus tilida o’quvchi bolalar xonasi kabi keng va ozoda xonalar bilan ta’minlash zaruriyati aytilgan. Muallif ahvol shu tarzda davom etsa,rus-tuzem maktablarining musulmonlar orasida ahamiyati yo’qolishi havfi mavjudligini ta’kidlagan edi.

O’lkada nashr etilgan rus tilidagi xususiy gazetalar ham rasmiy matbuotda aytilgan fikrlarga monand muloxazalar bergan. Chunonchi, 1909 yilda “Turkestanskiy kurer”gazetasida yozilishicha, musulmon muallimlar rus o’qituvchilar bilan tengma-teng ishlasalarda, ulardan past maosh olib. ularga maktab qorovuli bilan deyarli teng ish xaqi belgilangan. Gazetalar xabariga ko’ra, bu maktabda olinadigan bilim etarli emasligidan mahalliy millat bolalaridan hali bironta ham bola gimnaziya va real bilim yurtlarida tahsil olmagan.

1916 yilda “Turkestanskie vedomosti” gazetasi rus-tuzem maktablari o’qish dasturlari buyicha jadid maktablaridan past bo’lmasligi kerakligi hamda o’lka qishloqlaridagi bunday maktablarda o’qishni dastlabki ikki yilda faqat o’zbek tilida olib borish fikri aytilgan.

Shunday qilib, rasmiy gazetalar '”Turkestanskie vedomosti” va "Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida XIX asrning 70- yillaridan boshlab tashkil etila boshlangan rus-tuzem maktablari faoliyati to’g’risida ma’lumot berib borilgan. Ayniqsa, Turkistonda yangi usul maktablarining vujudga kelishi bilan bundan qattiq tashvishga tushgan Rossiya imperiyasi hukumati o’z gazetasi orqali mahalliy aholi orasida rus-tuzem maktablarini targ’ib qila boshlagan. Shunga qaramasdan, mazkur gazetada chop etilgan maqola va xabarlardagi ma’lumotlar tadqiqotchilar uchun muhim hisoblanadi, Chunki, bir tomondan, bu materiallar Rossiya imperiyasi hukumatining ta’lim sohasidagi siyosatini ochib bersa, ikkinchi tomondan. aholining bu maktablarga bo’lgan munosabatini oydinlashtirishga yordam beradi.Davriy matbuot Turkistonda 1866 yilda rus aholi uchun ochilgan birinchi maktab,1876 yilda Toshkent o’g’il va qiz bolalar uchun tashkil etilgan to’liksiz gimnaziyalar (progimnaziyalar), gimnaziyalar, 1879 yilda ochilgan Toshkent o’qituvchilar seminariyasi. 1894 yilda vujudga kelgan real maktabi kabi o’quv maskanlarining ochilishi va faoliyati to’g’risida o’zlarining mushtariylarini muntazam ravishda xabardor qilib borgan.

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda tashkil etilgan dastlabki hunar sinflari keyinchalik kasb-hunar bilim yurtlari Turkistondagi kasb hunar ta’limining rivojlanishida yangi bir bosqichni boshlab bergan edi. O’rganilgan ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish buyicha amalga oshirilgan ishlar, asosan. aholining rusiyzabon qatlamiga qaratilgan.

Jadid taraqqiyparvarlari jamiyatni islox qilishda ilm egallashga va maktablarga alohida e’tibor qaratishgan. Chunki faqat zamonaviy bilimga ega bo’lgan yoshlar bilan jamiyatni isloh qilish mumkin edi. Bu siz oldinga siljish mumkin emasligini dunyo mamlakatlari tajribasi yaqqol ko’rsatgan. Rossiya musulmonlari ham jadid maktabining ochilishi bilan Rossiya musulmonlari ta’lim tizimida yangilik yuz bergan va bu bilan jadid maktabiga asos solingan. I. Gasprinskiyning sa’y-harakati tufayli Turkistonda ham yangi usul maktablari vujudga kela boshlagan.Matbuot sahifalarida o’lkadagi yangi usul maktablarinnng vujudga kelishi jarayoni. ularning faoliyati va ahvoliga doir ko’plab ma’lumotlar berilgan.

Rasmiy matbuotda xususan,“Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida usuli jadid maktablariga qarshi fikrlarga ham o’rin berilib: “usuli jadid degan qaerdan chiqdi, masalan, ota-bobolarimiz usuli qadim ila o’qub mullo bo’lgonlar. Va biz ham usuli qadim uqub bir nima bilib edik. Usuli jadid degan bir tariqa bid’atdirki, yaqin fursatda chiqmishdir”.deb yozilgan. Behbudiy”Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida chop etilgan bunday fikrlarga o’z vaqtida javob qaytardi. U usuli jadid maktablari haqida: “Durust bo’lsa rivoj bersunlar, nodurust bo’lsa dalil ila isbot qilsinlar. Ko’r-ko’rona tosh oturlar.Hovlimizga maktab ochsak, biz ma’lum avlodi musulmonga imon, islom, qiroat, tajvid, amaliyot, hisob, jug’rofiya, tarix va boshqa kerakli narsalarni ta’lim bersak, bid’at, zalolat bo’lurmiz, - deb yozar ekan, ularga maktablar ishini muntazam ravishda quzatishni va bahs etishni taklif etadi.

Matbuotda usuli jadid maktablarining qanday maktab ekanligi haqida tushuncha berishga halakat qilingan. 1908 yilda "Turkiston viloyatining gazeti”da chop etilgan maqolada ta’kidlanishicha. usuli jadida yangi usul bo’lib, yangi usul deganda e’tiqod va ibodatda yangilik emas, balki murakkab axvolga tushib qolgan maktab va madrasalarni islox qilish.Matbuotda jadid maktablarining dasturi qo’llanilayotgan tajribalar haqida ma’lumotlar berib borildi.Ayniqsa,Maxmudxuja Behbudiy yangi maktablarda tarix fani o’qitilishi masalalariga katta e’tibor berib, u haqida to’xtalib o’tgan.Bu davrda matbuot sahifalarida yangi maktablarning hayotidagi kamchiliklar ham ruy rost aytilgan. Jadidlar matbuot orqali ba’zi yangi usul maktablarining o’quv dasturlari talabga javob bermasligini tanqid qilgan. Xususan Andijon, Marg’ilon. Qo’qon. Xo’jandga borib, usuli jadid maktablarining ahvoli bilan shaxsan tanishgan Maxmudxuja Bexbudiy ularning o’quv dasturiga geografiya va tarix fanlari kiritilmaganligini afsus bilan ta’kidlagan. Quqondagi maktabda esa unnng muallimi Mulla Salohiddin geografiya, hisob, xandasa va rus tilidan xabardor bo’lgan.Shunga qaramay, jadid maktablari "ilmi diniy va olami zamoniy"ni o’zida mujassalashtirishga halakat qilganligi e’tirof etilgan.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish