Туркистон даврий матбуотида ўлкадаги ижтимоий аҳволга доир серқирра маълумотлар орасида аҳолига тиббий ёрдам кўрсатиш масалалари алохида урин тутган


Bitiruv malakaviy ishning tuzulish hajmi



Download 0,52 Mb.
bet7/13
Sana11.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#340955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Turkisonning ijtimoiy hayoti, madaniyati fan va matbuot talqinida

Bitiruv malakaviy ishning tuzulish hajmi: Bitiruv malakaviy ish Turkistonning ijtimoiy hayoti, fan va madaniyati matbuot talqinida

(1870-1917) yillarini o’z ichiga olgan holda. Kirish , 1 bob va ikki reja va 2 bob va ikki reja hamda xulosa va tavsiyalardan, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



I Bob.Turkiston davriy matbuotida ijtimoiy ahvolning yoritilishi

1.Aholiga tibbiy yordam ko’rsatish va xotin-qizlar masalalari

Turkiston davriy matbuotida o’lkadagi ijtimoiy ahvolga doir serqirra ma’lumotlar orasida aholiga tibbiy yordam ko’rsatish masalalari alohida o’rin to’tgan. Davriy matbuotda keng yoritib borilgan maqola va xabarlarda o’lkada tashkil qilingan shifoxonalar,ularning faoliyati, aholi orasida tarqalgan kasalliklar ularning oldini olish borasidagi tadbirlar kabi masalalarga e’tibor qaratilgan.

Tahlil natijalari yana shuni ko’rsatadiki, o’sha davr matbuoti sahifalarida, o’lkada 1883- yilda tashkil etilgan dastlabki shifoxona – xotin-qizlar va bolalar shifoxonasi haqida ma’lumotlar ham berib borilgan. N.N.Gundius, A.V.Poslavskaya va E.N Mandelshtamm Toshkentda mahalliy ayollar uchun ambulatoriya tashkil etish tashabbusi bilan 1882 yilda Turkiston general-gubernatoriga murojaat etganlar hamda ular ushbu ambulatoriyaning birinchi shifokorlari etib tayinlanganlar. Mazkur ambulatoriyani tashkil etish to’g’risidagi Nizomga10 ko’ra, shifoxonada faqat tibbiyotchi ayollar xizmat qilishgan. Yordam so’rab murojaat qilgan ayollar va bolalarga bepul yordam ko’rsatilgan,shu jumladan, dorilar, suv muolajalari, oddiy operastiya va yaralarni bog’lash ishlari ham tekin amalga oshirilgan.

Matbuot xabarlaridan ma’lum bo’lishicha, keyinchalik Turkistonning boshqa shaharlarida ham bunday ambulatoriyalar birin-ketin tashkil etila boshlangan.Xususan 1885 yilda Samarqand shahrida bunday kasalxona vujudga kelib,uSamarqand shahri boshqarmasi tomonidan moliyalashtirilgan11. Dorilar esa Samarqanddagi “Zemstvo” dorixonasi tomonidan bepul berilgan.

Turkiston matbuotida 1886 yilda Xo’jandda, undan keyin Andijon, Marg’ilon, Namangan. Qo’qon kabi shahallarda bunday shifoxonalar paydo bo’lganligi ham qayd etib o’tilgan. Mahalliy ayollar va bolalar uchun tashkil qilingan bu ambulatoriyalarning yillik hisoboti “Turkestanskie vedomosti” gazetasida e’lon qilib borilgan. Bu hisobotlar hajm jihatdan katta bo’lib gazetaning 2-3 betini egallagan hamda ko’pincha gazetaning bir nechta sonida bosilgan. Hisobotni ambulatoriya mudirasi yozib, unda ayollar va bolalarning kasalxonaga murojaati, ular o’rtasida ko’p tarqalgan kasallik sabablari, murojaat etgan ayollarning milliy tarkibi qo’rsatilgan. Masalan, Toshkentda ayollar va bolalar ambulatoriyasi mudirasi A.V.Poslavskayaning hisobotida qayd etilishicha,1885yilda ambulatoriyaga 1749 ayol murojaat qilib,ular kasalxonaga 3812marotaba qatnagan.Bemorlarning milliy tarkibi quyidagicha bo’lgan: o’zbeklar va tojiklar 1674kishi bo’lib;umumiy murojaat qilganlarning 95.5%ini. qozoqlar 49 nafar bo’lib, taxminan 2,9%ini,tatarlar 18nafar bo’lib,ya’ni 1.02%ini, yaxudiylar 8 nafar, ya’ni 0,4 %ini tashkil etgan.12Bizga ma’lumki, ayollarga tibbiy yordam qo’rsatishda tug’ruq va undan keyingi davr alohida o’rin to’tadi.XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Turkistonda ayollar bolalarni uy sharoitida dunyoga keltirishgan, faqat katta shaharlarda doyalar bo’lgan,qishloqlarda esa tug’ayotgan ayolning yaqin qarindoshlari: onasi, qaynonasi, opalari va boshqa yaqinlari tug’ruq jarayonida ishtirok etib,yordam qo’rsatganlar.Bu davrda bemorlar ahvoli faqat o’ta og’ir bo’lgandagina, ayrim hollarda istisno tariqasida shifokorlarga murojaat qilingan.Ta’kidlash joizki,bunday holatda ayol shifokorlar bilan bir qatorda erkak shifokorlar ham bemorlarga yordam qo’rsatganligini tarixiy hujjatlar tasdiqlaydi.

Turkistonda birinchi tug’uruqxona Toshkent 1880-yilda“Mehr-muruvvat” jamiyati qoshida tashkil etilgan. Ushbu tug’uruqxona doktori

D.S. Palienkoning yozishicha. Gimmer, X.A.Batirshin, Yoganson kabi erkak shifokorlar bir necha yuz marotaba mahalliy millatlardan bo’lgan homilador ayollarga yordam ko’rsatganlar. D.S.Palienkoning o’zi Toshkentdagi 10 yildan oshiq faoliyati davomida biror marta ham tug’ayotgan ayolga tibbiy yordam ko’rsatmagan vaqti bo’lmagan boshqa tomondan esa, bu davrda tug’ayotgan ayolning ahvoli juda og’ir bo’lganda ham, uni shifoxonaga yotqizishga qattiq qarshilik ko’rsatgan oilalar qo’pchilikni tashkil etgan.1916 yilda “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida ta’kidlanganidek “hattoki ba’zi nihoyatda qattiq qasal bo’lib, yormoq yoki kesmoqlik lozim bo’lgan kasal xotinlar o’limlariga rozi bo’lsalar ham, erkak jarroh doktorga ko’rsatmoqni aslo xohish qilmas edilar”. Bunday hollarda doktorlar uy sharoitida qo’lidan kelgancha tibbiy yordam berishga harakat qiladilar.

1916 yilning dekabrida Toshkent shahar shifoxonasining jarrohlik bo’limi qoshida ginekologiya bo’limining ochilishi ayollarga tibbiy yordam ko’rsatish ishida muhim voqea bo’lgan.Unga kerakli asbob-uskunalar Peterburgdan olib kelingan. Bu shifoxonaga dastlab Toshkent aholisining evropalik qatlamiga mansub ayollar murojaat etgan bo’lsalar, keyinchalik mahalliy aholi ham tibbiy yordam so’rab kela boshlagan.13 Bu shifoxonani tashkil etishda va uning faoliyatida doktor A.A.Shoroxova jonbozlik qo’rsatgan” shuningdek, unda turkistonlik mahalliy aholi vakili, birinchi ginekolog Gulsum Asfandiyorova ham faoliyat yuritgan.Gulsum Asfandiyorova 1880 yilda Toshkentda tug’ilib,1908 yilda Toshkentda ta’lim olgandan keyin Peterburgdagi ayollar tibbiyot institutida o’qigan. Institutni tugatgan Gulsum Asfandiyor Turkistonning turli joylarida ayollarga tibbiy xizmat ko’rsatgan, lekin eng uzoq payt, ya’ni 29 yil Toshkent ayollariga tibbiy yordam bergan hamda shifoxonaning bosh shifokori o’rinbosari vazifasida ishlagan.

Bundan tashqari, mahalliy ayollar faqat Toshkentning eski shahar qismidagi ambulatoriyaga boribgina qolmasdan, balki umumiy shahar shifoxonasiga ham yordam so’rab murojaat qilishgan. D. S. Palienko bunday ayollar soni kuniga 30-40 bemorni tashkil etar edi, deb ta’kidlaydi. Shuni aytish kerakki,shahar kasalxonasida shifokor va xizmatchilar ichida birorta ayol bo’lmasada, ayollar bu erga ham yordam so’rab kelganlar.Hatto bu erda yordam so’rab murojaat qilgan bemor ayollar bir necha bor operastiya qilinganini va ular haftalab shifoxonada qolishiga to’g’ri kelganini yozadi, ya’ni Toshkent ayollari shifoxonalarda stastionar ravishda davolana boshlagan edilar.1886-yilda Qatorterak mahallasida Muhammad Yusuf Mulla Ziyoev uyida erkaklar uchun bepul yordam ko’rsatadigan shifoxona ochilgani haqida e’lon qiladi. Bu shifoxonaga 1886-1899 yillarda 99887 kishi 250372 marta tibbiy yordam so’rab murojaat qilishgan.1900-yilda Toshkent shahar dumasida aholining kambag’al qismiga bepul dori berishni to’xtatish masalasi qo’tariladi,ammo doktor A. T. Shvarst talabi bilan shahar dorixonalarida ayollar va bolalardan pul olmaslik haqida qaror qabo’l qilinadi.1906 yilda “Samarqand’' gazetasida qayd etilishicha, doya va uqalovchi (massajchi) E.I.Kapelyush-Gerstfeld Samarqand aholisini xususiy ravishda davolanishga taklif qilib, aholining kambag’al qatlamiga mansub kishilarni bepul davolashni va’da qilgan

Mahalliy aholi uchun ochilgan ambo’latoriyalardagi ahvol esa yanada ayanchli bo’lganligi haqida jurnalistik tekshiruvlar olib borgan gazeta muxbirlari xabar berishgan. Bemorlar nafaqat ichkarida, balki ko’chada ham navbat qu- tib turishgan. Ambo’latoriyaning bog’lash, dori berish xonalari, qabo’lxonasida ham axvol ayanchli bo’lgan.

Turkiston matbuotida nafaqat ambo’latoriya shifoxonalari, balki maxsus shifo maskanlariga ham e’tibor qaratilib, ularni tashkil etish takliflari kiritilgan hamda bu sohada amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berib borilgan.

Gazetalarda Turkiston aholisi orasida keng tarqalgan qasalliklardan yana biri bezgak (malyariya) bilan kasallanganlar haqida ular orasidagi o’lim holatlari hamda ularni davolash usullari tug’risida batafsil ma’lumotlar keltiriladi.

Turkiston matbuotida Toshkentdagi 1892-yil vabo epidemiyasi haqida batafsil xabarlar berilgan. Bu ma’lumotlarga qo’ra, faqat Toshkent shahrida1892- yilning 7-iyunidan 18- avgustigacha shifokor nazoratida davolangan 669 kishidan 307 bemor vafot etgan. Bundan tashqari ,shifokor nazoratida bo’lmagan 1201 bemor vafot etgan. Gazetaning 1892- yilgi sonlarida Toshkent shahri aholisi vabo epidemiyasidan aziyat chekkanlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. 14Jizzax shahrida shifokor nazoratida 93 bemor bo’lgan bo’lsa ,shulardai 44 nafari vafot etgan, shifokor nazoratida bo’lmagan 2412 kishi vabodan ko’z yumgan.Turkistonning barcha xududlarida shunday ayanchli ahvol yuz berganligini gazetalar xabar qiladi. Yukorida keltirilgan malumotlardai ko’rinadiki, bir tomondan, mahalliy aholiga epidemiyalar vaqtida etarlicha tibbiy yordam ko’rsatmayapti.Matbuot materiallaridan ma’lum bo’lishicha, teri kasalliklari bilan og’riganlar hamda bo’qoq kasalidan aziyat chekkanlar aholi orasida tez-tez uchrab to’rganligi qayd etilgan. Shuningdek, Turkistonda Evropa shifokorlariga noma’lum bo’lgan kasalliklardan avg’on yarasi (pasha xo’rda) va rishta kasalliklari ham keng tarqaltan bo’lib, Teydenreyx, Rapchevskiy. P.F.Borovskiy kabi shifokorlar bu kasallik sabablarini tadqiq qilishgan va ularning oldini olish choralarini taklif etishgan .

N.I.Gabbinning ma’ro’zasi asosida tayyorlangan maqolada jahon tajribalaridan misol keltirib, aholini sifatli suv bilan ta’minlash hisobiga ko’pgina sog’likni saqlash borasidagi muammolarni hal qilish mumkinlini,suv quvurlari va kanalizastiya quvurlari o’tqazilgan mamlakatlarda aholi orasida o’lim miqdori keskin kamayganligi, chunki ularda bu ishga keraksiz ish deb qaramasdan, shu yo’l bilan odamlar sog’ligi va hayoti saqlanib qolinayotgani aytiladi.

XX asrning boshlarida chop etilgan milliy matbuot sahifalarida ham aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlash sog’likning garovi ekanligi ko’p kasalliklar ichimlik suvining yomonligi va botqoqlardan chiqadigan gazlar odamlarning halok bo’lishiga sabab bo’layotgani to’g’risidagi maqolalar chiqa boshlagan. Xususan, 1914-yilda “Sadoi Turkiston" gazetasida Rauf Mo’zaffarzodaning "Ichar suvlarimizga bir nazar" nomli maqolasida aholi suv ichadigan ariqlar yuzlarcha hatto minglarcha hovlilardan o’tishi, natijada uning suvi har xil axlatlar tashlanishi sababli ifloslanib, ichishga yaroqsiz holga kelayotganini yozadi. Muallif ta’kidlashicha bu ariqlarning yukori oqimi nihoyat toza va ichishga yaroqli bo’lgan. Rauf Mo’zaffarzoda aholini suvni tejab ishlatishga hamda iflos narsalarni suvga tashlamaslikka chaqiradi, agar aksi qilinsa salomatlik jihatidan millatga ulug’ bir jinoyat qilinishini ta’kidlaydi.Chunki ifloslangan suv ko’pgina yukumli kasalliklarning sababchisi bo’lib minglarcha odamlarning qirilishiga olib kelishini yozadi muallif. Maqola muallifi: 15

Umuman, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Toshkent shahrining sanitar ahvoli muammolari davriy matbuot sahifalaridan keng o’rin olgan. Ayniqsa, o’sha davrda dolzarb bo’lgan muammolardan biri — aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi yuzasidan mo’tahassislar. jumladan, shifokor va muhandislar o’z fikrlarini hamda takliflarini bildirganlar,ammo hukumat tomonidan mablag’ ajartilmaganligi sababli bu muammolar hal bo’lmagan.

Aholi salomatligini yaxshilash uchun uy-joy sharoitini yaxshilash ayniqsa, turar joy binolari zaxlashining oldini olish, hech bo’lmaganda, ko’rilayotgan uylarning polini va tomini o’zgartirish haqidagi takliflar matbuotda ham berib borilgan.

Matbuot sahifalarida o’lkada faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari ko’rsatkichi va ularning Rossiya guberniyasida aholiga tibbiy yordam ko’rsatayotgan xodimlar sonidan ancha kamligiga e’tibor qaratilgan. Matbuotda keltirilgan qiyosiy tahlilning ko’rsatishicha Turkistonning Samarqand, Sirdaryo, Farg’ona viloyatlarida hammasi bo’lib;25 nafar shifokor hamda 60 nafar feldsher bo’lsa.Matbuotda aholiga tibbiy yordam ko’rsatish uchun davlat tomonidan sarflangan mablag’ haqida qiziqarli ma’lumotlar uchraydi.Mahalliy aholidan to’plangan soliqlar masalan, 1891-yilda Sirdaryo viloyatida 336908 r, Farg’ona viloyatida 730034r, Samarqand viloyatida 393423 rublni tashkil etgan bo’lsa, shulardan: Sirdaryo viloyatida 33130 r,Farg’ona viloyatida 33 471 r.,Samarqand viloyatida 23 000 r.halq sog’ligini saqlash uchun ishlatilgan, ya’ni yig’ilgan solik tushumining har bir rublidan Sirdaryo viloyatida 9kopeek, Farg’onaa viloyatida 4,5Samarqand viloyatida 5 kopeek ajratilgan. Boshqacha qilib aytganda, mazkur mablag’ shahal daromadining Sirdaryo viloyatida 9%ini, Farg’ona viloyatida 4.5%ini, Samarqand viloyatida 5 %ini tashkil etgan bo’lsa, Rossiyaning yuqoridagi uch guberniyasida bu rakamlar 14-42% ni tashkil etgan.Mahalliy aholi vakillari zarur hollarda “avvalo, Olloh, keyin sen (doktor)" degan aqidaga operastiya stoliga ishonch bilan yotishlari rus shifokorlari xirurgiya sohasida mahalliy aholining ishonchini qozona olganlaridan dalolat beradi .

Turkiston matbuotidagi aholiga tibbiy yordam ko’rsatish masalalariga doir ma’lumotlardan ko’rinadiki, o’lkada tashkil etilgan shifoxonalardan ko’proq shahal aholisi foydalanar edi. Turkiston aholisining ko’pchiligini tashkil qilgan qishloq aholisi XIX asr oxiri — XX asr boshlarigacha tibbiy yordam ko’rsatish xizmatidan ancha chetda edi.

Gazetasida yozilishicha, mahalliy kishilar kasal bo’lib qolsa, shifokorga yordam so’rab murojaat etishda ikkilanishiga sabablardan biri til bilmasligi edi. Shunga qaramay, bemor ahvolini ishora bilan tushuntirar, doktorning aytgan so’zlarini tushunmay, bergan dorisini qanday ichishni bilmay, o’z bilganlaricha ichardi.16

Turkiston matbuotida aholiga tibbiy yordam ko’rsatish masalasiga alohida o’rin berilib ayniqsa,tashkil etilgan shifoxonalar faoliyati, ularga mahalliy aholining munosabati, ulardagi muammolar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, rasmiy matbuotda bunday xabarlar ko’plab uchraydi. Ularda bu masalaga doir statistik ma’lumotlar keltirilgan. Rus tilidagi davriy matbuot materiallari mualliflari, asosan, mutaxassis shifokorlar bo’lsada, ba’zi hollarda aholi gazeta tahririyati a’zolari ham tibbiy yordam berish ahvolini tahlil etuvchi maqolalar yozishgan. Matbuot materiallari tahlili bu davrda nafaqat ambulatoriya tipidagi shifoxonalar, balki oz sonli bo’lsada, tor doiradagi kasalliklarga mo’ljallangan maxsus shifoxonalar vujudga kelganligidan hamda mahalliy aholi, jumladan, ayollar ham statsionar holatda davolanganligidan dalolat beradi.

O’rta Osiyo ayollari bir qarashda huquqlari toptalgan hech kim ular bilan hisoblashmaydigan bo’lib ko’rinsa-da, chuqurroq tahlil qilinsa aslida, unday emasligi, Qur’onda ham ayollarning xaq-huquqlariga alohida e’tibor berilganligi, ularga qul sifatida qaralmaganligi, ularning ajrashish huquqi, merosdagi huquqlari cheklanmaganligi. Hatto, nikohsiz tug’ilgan bolalarning ham merosiy huquqlari cheklanmaganligi ta’kidlangan. O’rta Osiyoda yashab mahalliy xalq hayoti bilan yaxshi tanish bo’lgan hatto mahalliy millat qizini asrab olgan er-xotin V. Nalivkin va

M. Nalivkinalarning kitobida ham xuddi shunday fikr ta’kidlab o’tiladi. Qur’oni Karimda ayollarning huquqlariga doir yuqorida keltirilgan fikrlar bildirilgan bo’lsa-da, aslida esa, bu davrda o’lka xotin-qizlari huquqsiz bir ahvolda bo’lib, ularning hayoti “ichkari" bilan chegaralanib qolgan edi. XIX asr oxirida faqat "Turkestanskie vedomosti" gazetasi o’lkada ayollar masalasiga doir maqolalar chop etib, unda Turkiston ayollarining ahvoli haqida haqiqatdan uzoq fikrlar bildirilgan.Faqat XX asr boshlaridagina o’lkadagi gazetalar ayollar huquqiga doir masalalarni kengroq yorita boshlagan. Xususan, “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida musulmon ayollarining haq-huquqlari to’g’risida munozaralar olib borilar ekan, ularning huquqsizligi musulmonlarning jahon taraqqiyotidan orqada qolishining muhim sabablaridan biri sifatida e’tirof etilgan. 1911yilda mazkur gazetada Franstiyada chop etilgan “Musulmon” nomli jurnalda e’lon qilingan bir maqola ko’chirib bosiladi. Unda musulmon xotin-qizlarini ozod qilishga da’vat etiladi, ayollarning jamiyatda faol ishtirok etmasligi musulmonlarni taraqqiyot yo’lidan to’xtatganligini ta’kidlab, bu holni o’lkada hukm surayotgan turg’unlik va qoloqlikning sabablaridan biridir, deb qayd etishadi.17

Biroq “Turkiston viloyatining gazeti”da xotin-qizlar masalasi xususida jamiyatning an’anaviy qarashlarini o’zida aks ettirgan fikr-mulohazalar ham bildiriladi. Chunonchi. 1912-yilda ayollar huquqlarini erkaklari bilan har sohada tenglashtirishga halakat qilayotgan taraqqiyparvarlar fikri qattiq tanqid ostiga olinadi. Bu maqolada jadidlar Amerika va Evropa aholisiga taassub qilib, yosh turklar kabi xotin-qizlarning huquqlarini erkaklar bilan tenglashtirish masalasini ko’tarayotgani noto’g’ri ekanligi, Turkiston sharoiti uchun muvofiq emasligi ta’kidlana- di. Maqola muallifi ayollarning asosiy vazifasi bola tug’moq va ularni sut berib tarbiya qilmoqligini ta’kidlaydi. Garchi ayollarga ham ilm va tarbiya kerakligini inkor etmasada, ularga erkaklarga munosib har xil ishlar va huquqiy bilim berish loyiq va munosib emas, deb hisoblaydi. Bunday fikrlovchi kishilar o’lka aholisining aksariyatini tashkil etardi.

XX asr boshlarida Turkiston matbuotida xotin-qizlarga ilm berishning ahamiyatiga alohida urg’u berilgan. Turkiston mahalliy ayollarining ba’zilari otinoyi qo’lida savod chiqarib, diniy ta’lim olganlar. Otinoyilar qizlarga o’z uylarida savod o’rgatib, diniy ta’limdan tashqari, she’riyatdan ham saboq berishgan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Anbar Otin, Nozimaxonim kabi o’zbek ayollari o’z ijodida ayollarning ahvoli, yashash sharoiti, oila va jamiyatdagi o’rni kabi masalalarni aks ettirishga halakat qilganlar.Lekin mahalliy ayollar dunyoviy ta’lim olish imkoniyatidan mahrum edilar. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyparvar kuchlariniig mazkur masalaga e’tibori katta bo’lgan. 1906- yilda “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida ta’kidlanganidek: “Agar xotun kishi tarbiyat topgan ilmlik bo’lsa, farzandini ham tarbiyat qilib taraqqiylik odami qiladur.“Oyna” jurnalida ham onalar ilmli bo’lishi lozimligi alohida ta’kidlangan bo’lib,unda:“Bolaga ona birinchi omil va murabbiydir.Oila ta’siri bolaga otani ta’siridan ziyodadir”, deb yoziladi hamda volidalarni tarbiya va ilmli qilish jaholatdan chiqish yo’llaridan biri ekanligi qayd etiladi.18

Jadid matbuotida ham xotin-qizlarga ilm berish muammosini yoritib borilgan. Xususan, Sadoi Turkiston gazetasi tomonidan o’lkada qizlarga keng diniy bilim beradigan va oz darajada bo’lsada, geografiya, hisob, tarix va til qoidalarini o’rgatadigan birorta ibtidoiy maktab yuqligi tanqid ostiga olinadi. Shuningdek, jadid matbuotida o’g’il bolalarga qaraganda, qizlarga ilm berish muhimroq ekanligi ta’kidlangan. 1914 yilda “Sadoi Turkiston"gazetasi: "O’g’il bolalardin ko’ra qiz bolalarga ilm hunar lozimligi”ni xotiringizdan chiqarmasdan, tezda ibtidoiy maktablar ochmakka ma’suma qizlaringizni dunyoda baxtli va saodat ila yashaturga oshig’ingiz”, — deb murojaat qilgan. Taraqqiyparvarlar tomonidan o’qigan ayollar farzandlariga yaxshi tarbiya bera olishi e’tirof etilgan. Turkiston matbuotida ayollarga nafaqat ilm berish, balki ularga huquq berilishi e’tirof etilgan. Chunonchi, 1914 yilda “Turkiston viloyatining gazeti”da noma’lum muallif tomonidan yozilgan maqolada agar musulmonlar umrguzaronlarini taraqqiy va saodatda bo’lmoqligini xohlasalar, musulmon xotin-qizlariga Evropa xotin-qizlarining huquqlari berilishi kerakligi ta’kidlanadi.

XX asrning boshlarida Turkiston madaniy hayotida ham tatar ayollari faol ishtirok etganlar. Jumladan, ular turli teatrlashtirilgan sahnalar namoyish etganlar, jumladan, 1909 yilda Toshkentda tatar qizlari o’z maktablari foydasi uchun teatr uyinlari ko’rsatishgan. Shu munosabat bilan 1909 yilda chop etilgan maqolada ayollarning paranjisiz yurishlari qattiq tanqid ostiga olinadi. Maqolada yozilishicha, “agar musulmonlar foydasi uchun teatr qilib, pul yig’moq bo’lsalar, bunday muallif shar’iy qilmasdan. to’g’richa boshqa tariqa ila teatrlarini amalga keltirmoqlari lozim edi”.

“Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida "Vaqt" gazetasining muhalriri Fotih Karimovning Toshkentdan Orenburgga borgan 16 yoshli Toyfa xonimning safari to’g’risidagi ma’lumoti beriladi. Muallif Toshkent shahar qizlar gimnaziyasida o’qigan Toyfa xonimni boshqa qizlarga ibrat qilib ko’rsatgan edi.19 Toyfa xonim evropacha kiyimda Orenburgga safar qiladi. U erda ikki hafta istiqomat qiladi. Bir qancha maktab va madrasalarni. masjidlarni, musulmonlarning xayriya qutubxonasini, shuningdek. “Vaqt” gazetasining idorasini ham bir necha marta borib ko’radi. Muallif ingliz va nemis halqlarini misol qilib, ular o’z farzandlarini bir-birining yurtiga yuborayotganlari. bundan muddao dushmanlikka barham berib, do’stlikni mustahkamlash ekanligini ta’kidlab, Rossiyada yashovchi musulmonlarni ulardan o’rnak olishga. Ittifoq bo’lishga chaqirib yozadi:“Bizning Rusiya musulmonlarm shul zamongacha bir-birlarining ahvolidan voqif bo’lmay, bir qishloqda yoki to’qayda to’rgandek edilar.

XX asrning boshiga kelib, ayollarning jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki masalalari ham ko’tarila boshlaydi. Bu masala yuzasidan ham jamiyatda turlicha ijtimoiy qarashlar ilgari suriladi.

Lekin o’sha davrda Turkistonda juda kam bo’lsa-da, ayollarning ayrim hollarda mas’ul vazifalarni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi.

Turkiston matbuotida ayollarning o’zlari ham ishtirok etib, halqning e’tiborini o’z muammolariga e’tibor qaratishga halakat qilgan. Chunonchi,

“Sadoi Turkiston” gazetasida “Xonimlar tovushi” sarlavhasi ostida toshkentlik Poshshoxonim Jalilovaning xotin-qizlar uchun maktab ochib, ularga ilm berishga da’vati chop etilgan.

Maktablar, jamiyatlar, kutubxonalar va qiroatxonalar kabi muassasalar ochibgina qolmasdan. rus dorulfununlariga hatto Evropa dorulilmlariga borib kelmoqqa jasorat qilguvchilar bo’ldi. Ammo, islom olamidagi boshqa xonimlarni qarasang, hech qanoat qiladurg’on harakat yo’q”-

Sora Mo’zaffariya Turkiston xotin-qizlarlarining ahvoliga to’xtalar ekan, o’lkada 10 million musulmon bo’lsa, shulardan 5 millionini tashkil etgan xotin-qizlarning ahvoli achinarli ekanligini ta’kidlaydi. U Toshkentda nashr qilinadigan “Sadoi Turkiston” jaridasi millionlarcha Turkiston xotin-qizlar ichidan chiqib uning qo’liga kelishini yozar ekan, bu gazetani mamnuniyat bilan o’qishini ma’lum qilgan. Lekin bu jaridada xotin-qizlar tarafidan qanoat hosil qiladurgag’on hech bir narsa yozilmaganligini hamda bir-ikki narsa yozganlar ham ”maktab kerak" degan so’zdan o’tmaganligini afsus bilan qayd etadi.

XIX asr oxiri - XX asr boshida Turkiston xotin-qizlari muammolaridan biri — qizlarni erta turmushga berish masalasiga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Turkistonda bosilib chiqqan rasmiy matbuot sahifalarida ham shu masala yuzasidan maqolalar chop etildi. Chunonchi, 1899-yilda “Turkestanskie vedomosti” gazetasida mahalliy xalqlarda qizlarni juda erta, ya’ni 12-14 yoshlarida uzatilayogani tanqid qilindi.Qizlarni bunday erta uzatish tibbiy tomondan ham qonun tomondan ham maksadga muvofiq emasligi ta’kidlanadi.

XX asr Turkiston va Buxoro jadidchilik halakatining ulkan namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat ham erta oila ko’rish nafaqat qizlarga balki yig’itlarga ham tibbiy tomondan zarar etkazishini sharhlagan xolda erkaklarga 23 va qizlarga 18 yoshdan oldin turmush ko’rmaslikni maslahat beradi.

Erta oila ko’rish Rossiya imperiyasi qonunchiligi tomonidan ham ta’qiqlangan edi. Fuqarolar qonun to’plami X tomi 1 - qismi 3- moddasida

yig’itlarga 18 yoshdan va qizlarga 16 yoshdan oldin ko’rish mumkin emasligi ko’rsatilib. shu qonunning 91- moddasida yukoridagi qonun Rossiya nmperiyasida barcha musulmonlar va yahudiylarga ham taaluqli ekanligi ta’kidlanadi.

XIX asrning oxirigacha mahalliy aholi o’rtasida bolalarning tug’ilish vaqti aniq qayd etilmagani, ya’ni ota-onalar farzandlarining yoshini aniq bilishmagani Turkistonda qizlarni yosh uzatishga qarshi chora ko’rish borasidagi to’siqlaridan biri edi. Matbuotda mahalliy aholi orasida tuyg’ilganlik to’g’risidagi guvohnomani joriy qilish, uni musulmon ruhoniylari qayd etmagani uchun fuqarolik registrastiyasini amalga oshirish lozimligi ta’kidlanadi.

Matbuotda 10-12 yashar qizlarni erga berish va, umuman qizlarni o’z ixtiyorlariga qaramasdan, majburlab katta yoshli odamlarga ba’zi hollarda o’z otasidan ham qariroq kishilarga uzatilayotgani qoralanadi zo’ravonliklarga chiday olmagan qizlar boshqa yo’l topa olmasdan o’z jonlariga suiqasd qilishga majbur bo’lishayotgani afsusli xol ekanligi yoziladi. Bu maqolada xabar berilishicha, Astraxan shahridan bo’lgan 16 yasharlik Fotima, ota-onasi uni ixtiyoriga qo’ymay bir muysafidga bermoqchi bo’lgani sababli, bunday zo’rlikka toqat qila olmay, afyun yeb o’z-o’zini o’ldirmoqchi bo’lgan boshqa joylardagi uning dindoshlari ota-onalarining jabr zulmlariga nochor sabr qilib. ‘‘erkaklarga ayvondek asir qilib berilgan”.Jadid matbuotida ham nikoh, masalasi yuzasidan fikrlar bildirilgan edi. Xususan 1914 yilda “Sadoi Turkiston” gazetasida xotin- qizlarning o’zi bu muammo haqida qarashlarini bayon qilganligi e’tiborga molikdir. Mazkur maqolada shu vaqtgacha jamiyatda hukm surib kelayotgan nikoh haqidagi aqidalarga qarshi ravishda yangicha fikr-muloxazalar bildirilgan. Unda nikoh qilinayotgan yoshlar birinchi o’rinda balog’at yoshiga etishi, shuningdek, ularning salomatligi haqida qo’llarida shifokor shahodatnomasi bo’lishi, ularning roziligi, bundan tashqari, nikoh vaqtida ularning vazifalari ona tilida aniq tushuntirib berilishi lozimligi qayd etib o’tilgan.20

Turkiston matbuotida nafaqat ayollar, balki oila va nikoh masalalari bo’yicha chop etilgan maqolalarda ko’tarilgan muammolar XIXasr oxirida Turkiston mahalliy aholisi ijtimoiy hayotida islom dini asosiy o’rin tutgan, o’lka mahalliy aholisi shariat qoidalariga ko’ra turmush kechirib, ular islom aqidalariga munosib tarzda yashashga harakat qilganlar. Turkiston Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan so’ng ham, musulmonlar avvalgidek shariat qoidalari bo’yicha yashashda davom etgan va hukumat musulmonlarning diniy hayotiga aralashishdan hayiqqan. Lekin mahalliy aholining turmush tarzi va ma’naviy hayotida ularning diniy qarashlari muhim ekanligini yaxshi anglagan hukumat o’lka musulmonlari diniy hayotiga katta qiziqish bilan qaragan. Xotin-qizlar masalalariga oid maqola va xabarlar esa XIX asr oxirida “Turkestanskie vedomosti” gazetasida kam sonli bo’lib, ularda, asosan, shariat nuqtai nazaridan ayollarning ahvoliga doir ma’lumotlar va musulmonlar orasidagi erta nikohlarga qarshi bildirilgan fikrlar o’rin olgan. XX asr boshlaridan esa “Turkiston viloyatining gazeti” va jadid matbuotida bu masala yuzasidai ko’plab materiallar beriladi hamda dolzarb muammolar ko’tarishadi maqolalar mualliflari taraqqiyparvarlar bo’lib, ayollarning o’zlari ham gazeta orqali o’z muammolarini jamiyatga bildira boshlaganlar, ularning ko’pi murojaat xarakteriga ega bo’lgan.

O’lka aholisining hayotiga bo’lgan qiziqish musulmonlarning diniy marosimlariga doir masalalarning XIX asr oxiridan boshlab rasmiy matbuotda o’z aksini topishiga olib kelgan. Ular, asosan, Toshkent musulmonlari diniy marosimlariga tayanib, o’z kuzatuvlarini bayon qilganlar hamda ancha batafsil ma’lumotlar berishgan. XX asr boshlarida rus tilidagi gazetalarda diniy marosimlarga doir axborotlar mavjud, shuningdek. islom dini tarixiga oid hajmi jihatdan katta tahdidiy maqolalar ham nashr etilgan, jadid matbuotida esa diniy marosimlarga doir ma’lumotlar faqat axborot ega bo’lgan hamda ular, asosan, musulmonlarning hajga borishi munosabati bilan yozilgan xabarlar edi. Jamiyatdagi ijtimoiy muammolar talqini jadid matbuotida keng o’rin olgan, rasmiy matbuotda esa bu muammo jadid matbuotidagidek batafsil yoritilmagan. “Turkiston viloyatining gazeti”da mahalliy aholi orasida uchragan to’ylardagi va boshqa marosimlardagi ortiqcha sarf-xarajatlar to’g’risidagi masalaga jadid matbuotidagidek keng o’rin berilmagan bo’lsada, ammo spirtli ichimliklar ichish zararlari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shunday holatni rus tilidagi xususiy gazetalarda ham kuzatish mumkin.

Turkiston aholisining maishiy hayotiga kirib kelgan yangiliklar haqidagi materiallar rus tilidagi gazetalarda, rasmiy matbuotda keng yoritib borilgan. Ayniqsa. XX asr boshida “Turkestanskie vedomosti” va rus tilidagi xususiy gazetalarda. asosan. axborot harakteriga ega bo’lgan ma’lumotlarni ko’plab uchratish mumkin. Jadid matbuotida esa mahalliy aholining mazkur yangiliklarga munosabatiga doir sanoqli maqola va xabarlar mavjud. Shuningdek, matbuotda berib borilgan reklamalar ham ushbu yangiliklar to’g’risida ma’lumot beradi lekin rus tilida nashr qilingan gazetalar reklamalari xilma-xilligi bilan o’zbek tilidagi matbuotdan ajralib turgan.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish