Туркистон даврий матбуотида ўлкадаги ижтимоий аҳволга доир серқирра маълумотлар орасида аҳолига тиббий ёрдам кўрсатиш масалалари алохида урин тутган


XIX asr oxiri –XX asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar



Download 0,52 Mb.
bet8/13
Sana11.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#340955
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Turkisonning ijtimoiy hayoti, madaniyati fan va matbuot talqinida

2.XIX asr oxiri –XX asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar

XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro’y bergan o’zgarishlar,xususan,hayotning barcha jabhalariga kirib kelgan yangi texnika va texnologiyalar,eng avvalo, Toshkent sinab ko’rilgan. Shunday yangiliklar XX asr boshlarida Toshkent elektr chirog’i, telegraf, tramvay paydo bo’lishida namoyon bo’ladi. Bu davrda Toshkent an’anaviy transport vositalari bilan birgalikda zamonaviy velosipedlar va avtomobillar ham paydo bo’lgan. Bu davrda gazeta sahifalarida to’rt g’ildirakli yoki bir ot qo’shiladigan ikki g’ildirakli izvoshlarni xarid qilish va sotish to’g’risida dunyoning turli davlatlarida ishlab chiqarilgan velosipedlar va ularning ehtiyot qismlari reklamasi muntazam berib borilgan.21Toshkent shahrida XIX asrning oxirida velosipedlar paydo bo’lib, jamoatchilik bog’ida velosipedchilar uchib yurgan. Velosiped shahar ko’chalariga asfalt yotqizish extiyojini tug’dirgan, ularning odamlar yuradigan yo’lakchalarda yurishi man etilgan, ya’ni yangi transport vositalari uchun tartib-qoidalar ishlab chiqila boshlangan. O’z navbatida velosipedchilar ham ularga ma’lum bir huquqlar berilishini talab qilib chiqqanlar.Gazeta sahifasidagi materiallardan ma’lum bo’lishicha, velosipedga transport vositasi sifatida qarab, ular yurishi uchun qulay yo’llar qurish hamda ularning xaydovchilarini ham boshqa transport vositalari xaydovchilari kabi xurmat qilish talab qilingan.

1896 yilda“Oina”gazetasi yozishicha,1892 yilda Toshkentda “velosipedchilar jamiyati”tashkil etilgan.1896 yilga kelib, shaharda 60 kishi velosipedlardan qulay, arzon va tezkor transport vositasi sifatida foydalanishar edi. XX asr boshlarida Toshkent uch gildirakli motostikllar va avtomobillar ham paydo bo’la boshlaganligi haqida gazetalar xabaridan ma’lum bo’ladi.“Turkestanskie vedomosti”gazetasi sahifalarida yozilishicha, motostikllar nafaqat shahar ko’chalarida balki xiyobonlarda ham yurar, bu esa, o’z navbatida, shahar aholisiga o’ziga yarasha muammo tug’dirgan.

1906 yilning aprelida Toshkent ko’chalarida to’rt o’rinlik ilk avtomobil paydo bo’lgan, uning tezligi katta emasligi sababli ungacha asosiy transport vositalaridan biri bo’lgan otlar avtomobillarni sokinlik bilan qabul qilgan.Bu davrda o’lkada nafaqat engil avtomobil,balki yuk tashuvchi avtomobillar ham paydo bo’la boshlagan.Chunonchi,1909 yilda tiblislik savdogar Arseniy Malxazarov qurilish ishlarida ishlatiladigan toshni Chirchiqdan Toshkentga yuk avtomobillarida keltirishga ruxsat berishini so’rab Toshkent shahar mahkamasiga murojaat etgan.Iltimosnomaga avtobillarning chizmalari ilova qilingan.22”Turkestanskie vedomosti” gazetasi xabar qilishicha,Kavkazda va Sibirda bir necha korxonaga ega bo’lgan chet el kapitalistlari guruhi Turkiston o’lkasida avtomobil aloqa yo’llarini va zarur hollarda yangi shosselarni ko’rish uchun aksiyadorlik jamiyatini ochishni rejalashtirgan hamda aksiyadorlik jamiyatiga a’zo bo’lishni xoxlovchilar rubldan sarmoya qo’shishini taklif etgan.

Matbuotda xabar etilishicha,bu davrda nafaqat Toshkent shahri ko’chalarida, balki shahardan boshqa joylarga ham avtomobillar qatnovi yo’lga quyila boshlangan. Masalan, 1909 yil dekabridan Toshkent uezdining To’ytepa va Piskent qishloqlariga muntazam ravishda avtomobil yurib turgan. Avtomobil To’ytepaga bir soatda yetib borgan, yo’l haqi 2 rubl bo’lgan. 1910yilda Toshkent ko’chalarida, xususan, Kaufman prospektida sakkiz o’rinli avtomobil har kuni qatnay boshlagan. Yo’l haqi 15 tiyin turar, ya’ni izvoshda borishdan arzonroqqa dala hovlilarda yashovchilarga qulay bo’lishi uchun Toshkent va Chimyon yo’nalishida muntazam avtomobil qatnovi yo’lga quyilgan. Xususan sakkiz o’rinli avtomobil seshanba va shanba kunlari yo’lovchilarni tog’li hududlarga eltib qo’yar edi.

XX asr boshlarida gazetalarda transport vositalari reklamalari ham ancha ko’payadi. Masalan. ikkita engil avtomobilning sotilishi haqidagi e’lon “Turkestanskie vedomosti” gazetasida 1910 yil yanvaridan boshlab olti oy mobaynida har kuni chop etilgan, ba’zi bir e’lonlarda avtomobil egalarining Toshkentga ketishi munosabati bilan arzon sotilishiga urg’u berilgan. Shuningdek. 1914 yilda “Sadoi Farg’onaa” gazetasida Qo’qondagi “Gerhald va Gey” shirkatida Franstiyaning “Gobron” fabrikasida ishlab chiqarilgan besh kishilik avtomobil yarim narxiga sotilayotganligi xabar qilinadi.23

Reklamalardan birida Toshkentga omborxonada “Benst” avtomobillari borligi ta’kidlanar ekan. XX asr boshlarida matbuotda qayd etilishicha, 1901 - 1903 yillarda Toshkent shahrida ot (elektr quvvati kuchsiz bo’lgani) sudrab yuradigan tramvay yo’lining (qonqa) uzunligi 9,5 km yo’l bo’lib u 30 ta vagon, 230 ta otga ega bo’lgan. Turkiston matbuotida Toshkent shahrida tramvayga ketadigan xarajat va undan keladigan daromad to’g’risidagi masalalar ham ko’tarilgan xususan, 1907 yilda “(neaziatskaya jizn" gazetasida qonqaga ketadigan umumiy harajat hisoblab chiqilib, uning 4,5 foizi miqdorida sof foyda berish ta’kidlangan.

1912 yildan boshlab Toshkent ko’chalarida elektr tramvaylar yura boshlagan. Bu yo’lning ko’rilishi buyicha loyihalar va munozaralar matbuot sahifalarida 1907 yildan boshlab keng o’rin ola boshlagan, turli loyihalar bilan aholi tanishtirilgan.

Toshkentga bu yo’lni ko’rishga dunyoga mashhur kompaniyalardan biri-belgiyaliklar jamiyati taklif etilgani hamda ularga shahar boshqarmasi yo’lni 45 yil muddatga topshirib. undan so’ng bu yo’l shahar boshqarmasiga qolishi va olinadigan daromad ham ularga o’tishi masalasi jamoatchilik noroziligiga sabab bo’lgan. Yo’l quruvchilar esa bu yo’nalish faqat moliyaviy zarar keltirishini va boshqa yo’nalishlarning ma’lum foydalarini yutib yuborishini hisobga olib, buni rad etgan. Natijada bu kelishmovchilik yo’l ko’rilishi muddatining cho’zilib ketishiga olib kelgan.”Turkestanskie vedomosti” gazetasida 1877 - 1879 yillarda Orenburgdan Turkistonga bir necha bor tog’ ishlari muhandislari, harbiylar, zoolog va botaniklardan iborat maxsus ekspedistiyalari jo’natilganligi ma’lum qilinadi, ular tomonidan Toshkent-Orenburg temir yo’lining harbiy va savdo ahamiyatiga alohida e’tibor qaratganliklari ta’kidlanadi.

1889 yilda esa “Turkestanskie vedomosti” gazetasida”24Toshkent Orenburg temir yo’li qurilishining siyosiy, iqtisodiy va harbiy ahamiyati ochib berilgan. Unda aytilishicha uning iqtisodiy ahamiyati Turkistondan temir yo’l orqali Rossiyaga qiymati 100 mln rublga teng bo’lgan paxta xomashyosi jo’natilishi bilan belgilangan bundan tashqari, paxta jo’natilishi moddiy manfaatlarni keltirib chiqarardi. Harbiy ahamiyati esa o’lkada va temir yo’l o’tgan boshqa erlarda “tartibsizliklar” bo’lib qolsa tezda qo’shin jo’natish imkoniyatini berishi ko’zda to’tilgan.

Zakaspiy temir yo’li orqali 2 million pud paxtani Rossiyaga tashib bo’lmasligi, qolaversa, keyinchalik 10 million pud paxta jo’natish ko’zda tutilayotganligi hamda Buyuk Britaniyaning Sharqiy mamlakatlarga ta’sirini kamaytirish uchun Turkistonda temir yo’l qurilishi zarur ekanligi qayd etib o’tilgan. Gazetalarda savdoning rivojlanishiga temir yo’lning ijobiy ta’sir ko’rsatishi alohida ta’kidlangan. Chunonchi. Zakaspiy temir yo’li Kaspiy dengizidan Samarqandgacha o’tkazilgandan so’ng O’rta Osiyoda savdo rivojlanib ketganligi 1887 - 1889 yillarda eksport va import qilingan mahsulotlar miqdori orqali ko’rsatilgan. Jumladan 1887 yilga nisbatan keyingi yillarda O’rta Osiyodan paxta, g’alla, quritilgan mevalar, guruch, ishlov berilmagan teri olib chiqish bir necha marta ko’payganligi qayd qilingan.

Rossiyadan esa bu yo’l orqali shakar va qand kiritilishi ko’payganligi hisobga olingan hamda uning sabablari ko’rsatilgan.

Xususiy tadbirkorlar temir yo’l yo’nalishini tanlashda o’z maksadlaridan kelib chiqqan holda Orenburg—Toshkent yo’nalishidan ko’ra, Uralskdan Qo’ng’irotga hamda undan Chorjuyga yo’l o’tkazish tarafdori bo’lganligiga e’tibor qaratiladi. O’sha davr matbuotida ta’kidlanganidek, Orenburg Toshkent yo’nalishining oxirgi punktlari:Orenbur- Chimkent va Toshkentgina katta hajmda yuk tashish mumkin bo’lgan.25 Xususiy tadbirkorlar esa yo’nalishning hal bir stanstiyasi daromad keltirishidan manfaatdor edi.

1897 yilda “Oyna’’ gazetasi tahririyati tomonidan Turkiston Rossiya imperiyasi bilan qanchalik ko’p yo’nalishlar bilan bog’lansa, shuncha yaxshi bo’lishi tarafdori ekanligi ta’kidlanib, xulosa sifatida bu ikki yo’nalish bir-biriga halaqit bermasdan faqat yordam berishi biri eksport uchun ikkinchisi esa mahsulot olib kirshi uchun xizmat qilib, birgalikda mahsulotlar almashuvini to’g’ri tashkil etishga yordam berishi qayd etilgan.

Umuman bu davr gazetalarida temir yo’li yo’nalishiga doir bahs munozaralar qizg’in bo’lgan hamda bu munozaralar Turkiston doirasidan chiqib, Rossiya imieriyasida nashr etilgan boshqa gazetalarda ham o’z ifodasini topgan. Turkiston aholisi bir yilda 120 million pud g’alla iste’mol qilishini, Orenburg va Samara o’zlarini g’alla bilan ta’minlay olmasdan, har ikki yilda u erda ocharchilik ro’y berishini ta’kidlab. Turkistonni arzon g’alla bilan faqat Sibir ta’minlay olishi isbot talab qilmasligini ta’kidlagan. Bundan tashqari M. L. Yudin loyihasiga ko’ra, Toshkent bilan Moskvani bog’lashning eng yaqin yo’li shu edi. Ammo “Oyna” gazetasida ta’kidlanishi- cha, bu yo’nalish ishga tushirilsa, o’lkaga olib qiriladigan va olib chiqiladigan mahsulotlar o’rtasida mo’tanosiblik bo’lmasligi, ya’ni 40 million pud yuk tashilsa, 36 million pudini olib qiriladigan galla tashkil etsa. 4 millioni jo’natiladigan paxtani tashkil etar edi.

“Oyna" gazetasi tahririyati fikriga ko’ra. Chelyabinsk yo’nalishida faqat birinchi yillardagina mazkur nomutanosiblik sezilsada, keyinchalik “arzon g’allaning ko’plab kiritilishi paxtani ko’proq miqdorda eksport qilishga olib kelishi” mumkin edi. Bundan tashqari o’lkadan jo’natiladigan quruq meva va vinoga, Rossiya imperiyasining Evropa qismiga qaraganda, Sibirning extiyoji kattaroq bo’lgan,26 chunki bunday mahsulotlar bilan Rossiya imperiyasining Evropa qismi aholisini Qrim va Kavkaz ham ta’minlardi.

“Oyna” gazetasi taxririyati Toshkent — Orenburg yo’li Chelyabinsk tarmog’i bilan, Toshkent—Chelyabinsk yo’li Orenburg tarmog’i bilan va Toshkent - Orsk yo’li Chelyabinsk va Orenburg tarmoqlari bilan Turkiston uchun zarur deb hisoblagan xolda, birinchi navbatda Chelyabinsk yo’lini ishga tushirish zarurligini ta’kidlagan, “Turkestanskie vedomosti” gazetasida dastlab Orenburg yo’lini ishga tushirish kerakligi qayd etilgan.

Jadid matbuotida ham o’lkada ko’rilayotgan temir yo’llarga munosabat bildirib borilgan. Jumladan. Isxoqxon Ibrat tomonidan 1912 yil iyulida Qo’qon - Namangan temir yo’li ko’rilishi tugallanishi va poezdning Namanganga kelishi munosabati bilan 25000 -30000 kishi yig’ilib, ularda poezdga katta qiziqish uyg’otganligi qayd etilgan hamda Namangandagi birinchi poezd rasmga tushurilib, hatto kino lentasida tasvirga tushirilganligi ta’kidlangan:.“Sadoi Farg’ona” gazetasida Cho’lpon “Vatanimiz Turkistonda temir yo’llar” nomli maqolasida temir yo’llar yo’nalishi haqida batafsil ma’lumot beradi. Shuningdek muallif temir yo’llarning foydali va zararli tomonlari xaqida mulohazalarini bildiradi zarari sifatida bu yo’llarni yotqizish jarayonida temir yo’l izlari o’tishi kerak bo’lgan joylardagi masjid va xonadonlar buzilishi aytilsa, foydasi esa yo’lda yurish ancha bexavotir bo’lishi hamda temir yo’l o’tgan joylar obod bo’lishi, ya’ni iqdisodiy jihatdan rivojlanishiga ta’sir qilishi hisoblanadi.Jadidlar hayotning barcha sohalarida millatning taraqqiyotga intilishi tarafdori bo’lib, matbuot sahifalarida taraqqiyotni qanday tushunish lozimligiga e’tibor qaratadi. Chunonchi, “Sadoi Turkiston” gazetasida insonning bosqichma-bosqich arava, poezd, kema, xavo kemasidan foydalanishini taraqqiyot belgisi sifatida tushunish mumkinligi qayd etiladi. Mazkur fikrlarni ilgari so’rgan Said Ahmad Vasliy shariat musulmonlar uchun ushbu zaruriyatlardan foydalanishni man qilmasligiga urg’u berib,lekin musulmonlar avvalgidek taraqqiyot nimaligini tushunmay o’tirganlarini e’tirof etadi.27

Bu davrdagi matbuot materiallari ichida temir yo’llardan aholining foydalanishi muammolari ham qo’tarila boshlangan. Xususan, gazetalarda temir yo’l transportidan foydalanish yo’lovchilarga qimmatlik qilganligi tufayli undan etarli darajada foydalanish imkoniyatiga ega emasligi xaqli ravishda ta’kidlangan. Lekin, shunga qaramasdan, temir yo’llar ko’rilishi natijasida yo’l xaqi arzonlashgani qayd etiladi. Xususan. 1891 yilda “Oyna” gazetasida o’lkada temir yo’l transporti va boshqa transport vositalari urnini bosgan ot qo’shilgan izvoshlarning yo’l xaqi o’zaro qiyoslanib, boshqa transport vositalarida 300 verst yo’lga hal bir yo’lovchi 25 rubl tulasa,bu pulga poezdda 2000 verst yo’l bosish mumkinligi aytiladi.Matbuotda temir yo’l qurilishining muammolari haqidagi ma’lumotlar ko’p masalalarga oydinlik kiritsada, uning ko’rilishidan Rossiya imperiyasi hukumati, birinchi navbatda,o’z siyosiy-iqtisodiy manfaatlarini ko’zlagan, qolaversa,temir yo’l qurilishi o’lka hayotidagi muhim hodisalardan biri bo’lib,Turkistonning iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan edi.28

Ammo bu davrda Turkistonda ichki va tashqi aloqalarda an’anaviy tashish vositalaridan keng foydalanish davom etgan.“Turkestanskie vedomosti” gazetasida ta’kidlanishicha, o’lkada yuklar arava bilan tuya, ot, eshak va xachirlarda tashilgan. Tuyalar 3 16-18 pudgacha 4, ot va xachir 8-9 pud, eshak 5 esa 4-5 pud yuk ko’tara olgan. Eshak, asosan, shahalga qishloq xo’jalik mahsulotlarini olib yurish uchun ishlatilgan. Ular ko’pincha yolg’iz holda karvon sifatida kamdan-kam hollarda ishlatilgan. Lekin karvon tarkibida deyarli hamma vaqt eshakka xo’jalik yuklari ortilgan, u tez-tez qadam tashlagani uchun otlardan qolishmagan. Odatda, ot yoki tuya karvonining karvonboshisi eshakka minib, karvonni boshqarib borgan.Bu davrga kelib esa yo’llarning biroz yaxshilanishi va savdoning rivojlanishi natijasida aravada yuk tashish ko’paya bordi. Ot aravada esa havo yaxshi bo’lgan paytda 32 pud yuk tashish mumkin edi. Aksariyat hollarda esa ot aravaga 24 pud yuk tashilgan.

Matbuot sahifalarida ko’rsatilishicha, Turkiston tashqi savdosida, xususan, Sharqiy Turkistonga yuk tashishda ot, tuya, eshakdan foydalanilgan, yuklarning og’irligi to’lov birligi sifatida ham xizmat qilgan, masalan, 10 ot deganda 80 pud tushunilgan.

Turkiston matbuotida Rossiya imperiyasi hukumatining o’lka aholisini qulay transport aloqalari bilan ta’minlash soxasida amalga oshirgan ishlari etarli emaslashi nihoyat aytilgan. Matbuotla qayd etilishicha,transport vositalarpning paydo bo’lishi yo’llar va ko’priklar ko’rilishiga turtki bo’lgan. 1884 y gacha 2—3 ta Toshkent ko’chalaridan boshqa barcha ko’chalar kuz va qish fasllarida o’tib bo’lmas darajada bo’lgan.

XIX asrning 90- yillari boshlarida Toshkentning “yangi” shahar qismida 27 verst, “eski” shahar qismida 25 verst yo’l yotqizilgan.1907 yilgacha yo’llarga tosh to’kilgan bo’lsa bu vaqtdan boshlab ko’chalardagi yog’och ko’priklar bilan ko’tarila boshlagan. Ammo, asosan, shaharlarning “yangi” shahar qismini obodonlashtiriga ahamiyat berilgan.

G’ildirakli transportlar yurishga mo’ljallangan yo’llar ham, birinchi navbatda, ma’muriy maqsadlar. ya’ni Turkiston shaharlarn o’rtasidagi pochta aloqasini yo’lga qo’yish uchun tashkil etilgan. Maqolada yozilishicha, hukumat yo’llarni yaxshilash ishini reja asosida tizimli ravishda amalga oshirmaganligi sababli Toshkent shahrining ba’zi markaziy ko’chalari qishda yurib bo’lmas darajada nosoz edi.29 Qish faslida shaharning “eski” qismiga bozor kunlari faqat bitta yo’l orqali borish mumkin bo’lgan. O’lkadagi qishloqlarning yo’llari esa ayanchli axvolda ekanligi ta’kidlanadi. Maqola muallifi yo’llarni yaxshilashga aholining kuchi etmagan joylarda “zemstvo" hisobiga, ya’ni aholining o’zidan yig’ilgan mablag’lar hisobiga amalga oshirish hamda, birinchi navbatda, aholi zich yashaydigan joylardagi va asosiy yo’llarni tartibga keltirish taklif qilinadi.

1897 yilda Toshkent shahri mablag’gini muhokama qilish jarayonida shahar dumasi tomonidan shahar ko’chalariga tosh terish yoki shosse qilish (asfalt yoki beton) masalasi ko’tarilgan.”Oyna” gazetasi ham bu masala muhimligi sababli uni aholi muhokamasiga qo’yish maksadida o’z sahifalarida ko’tarib chiqqan”. Shuningdek ushbu masalaning Toshkent shahar dumasida muhokama etilishi haqida ham muntazam xabar qilingan. Xususan, 1910 yilda shahar ko’chalariga tosh to’kish muammosini hal qilish uchun shahargaChirchiqdan tosh va qum olib kelish uchun qanday transport vositalarini qo’llash masalasi muhokamasi gazetada bir necha bor chop etilgan. Unda aytilishicha, shaharga tosh va qum tashish uchun bir relsli maxsus yo’l ko’rilishi yoki avtomobil hamda yo’l parovozidan foydalanish masalasi ham ko’rilgan.1907 yilda Toshkent shahar dumasi xorijdagi va Rossiyadagi bir qancha tadbirkorlarga murojaat qilib,ulardan yo’l lokomotivlari bilan ta’minlashni so’ragan. Lekin xarajatlar qimmatga tushishini hisoblab chiqqan shahal dumasi hamma takliflarni inkor qilgan.

Matbuotda qayd etilgan ma’lumotlar orasida o’lka hayotiga kirib kelgan yangiliklardan biri kinematografiya haqidagi xabarlar ham e’tiborga loyiqdir.30

Ushbu kinomatografiyalar xususiy tadbirkorlar tomonidan ochilgan bo’lib, ularning ba’zilarida tomoshabinlarga qulay bo’lishi uchun elektroventilyator o’rnatilganligi xabar qilingan. Ba’zilarida esa ko’rsatilayotgan kartinaga mos ravishda musiqa chalinib, tomoshabinlarning ko’rayotgan voqeani his qilishiga yordam bergan. Gazetalardagi xabarlardan ma’lum bo’lishicha. ba’zi kinematograf egalari xorijiy davlatlardan kartinalar olib kelishgan. Xususan, “Na rubeje” gazetasida aytilishicha. “Elje" kinematografining xujayini S. A. Razamat Parij va Berlinga borib Evropada chiqgan yangi kartinalarni muxlislar e’tiboriga xavola qilish uchun Toshkentga olib kelgan.

Ba’zan kinolar repertuari zamondoshlari tomonidan tanqidga uchrab to’rgan, ular kinomatografiyalarda saviyasi past kinolar qo’yilayotgani, ayniqsa, o’quvchi-yoshlarning tarbiyasi haqida qayg’urilmayotgani. ularning maqsadlari faqat ko’proq pul ishlash ekanligi haqida gazetalarga yozishgan.

XIX asr oxiri - XX asr boshida Turkistonda matbuot bilan kirib kelgan ilk reklamalar o’lkaning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta axamiyat kasb etgan. Gazetaning birinchi betida yirik sarmoyadorlar uzoq vaqt mobaynida katta e’lonlar berib borgan.Toshkent bu davrda yangi texnika va texnologiyalar reklamasiga katta ahamiyat berila boshlangan. Qolaversa, reklamaning o’zi ham ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi bir yangilik edi. Toshkentda nashr etilgan matbuot sahifalaridagi reklamalar, birinchi navbatda, Toshkent shahar aholisi e’tiboriga qaratilgan. Masalan “Turkestanskie vedomosti” gazetasining 1910 yildagi sonlarida O’rta Osiyoda birinchi marta qiyimlarni bug’lab, kimyoviy vositalar bilan tozalash va bo’yash korxonasi ochilgani e’lon qilinadi. Tosh-kentda ochilgan qorxonaning bosh ofisi Harkovda joylashgan bo’lib u 1901 yildan faoliyat yuritib kelgan.E’londa aytilishicha,korxonada kiyimlardan tortib uy jihozlarigacha rangi buzilmasdan berilgan, buyurtmalar sifatli buyoqlar bilan buyalgan. Hatto buyurtmalar talabga ko’ra, 24 soatda tozalab berilishi ham mumkin bo’lgan. Gazetada elon bergan tadbirkor korxonasining oxirgi texnika vositalari bilan jihozlanganini ta’kidlab o’tgan.

XX asr boshlaridan matbuotda evropacha musiqiy asboblar ham reklama qilina boshlanadi. Bular orasida dunyoga mashhur Ya. Bekker, Q. M. Shreder, Offenbaxer, A.Ebberg, Karl Renish, F. Myulbax, V. Mendel, M. Erikson 31fabrikalarining royal va pianinolari,Saksoniya fabrikalarining gitaralari,skripkalar,grammofonlar,parlofonlar garmonlar, balalaykalar bor edi”. Bu musiqiy asboblar pulini bo’lib-bo’lib to’lash yoki ijaraga olish mumkin bo’lgan.Reklama bergan musiqiy asboblar magazini Toshkent joylashgan bo’lib,boshqa shahallarda yashaydigan haridorlardan ham buyurtmalar qabul qilgan.

Gazetadagi reklamalarda e’tiborni jalb etish maksadida turli bezaklar ishlatilgan, e’lon har xil chiziqlar bilan ajratib ko’rsatilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida mahsulotni yoki savdo belgisini ifodalovchi illyustrastiyalar ham paydo bo’lgan va keyinchalik XX asr boshlarida ko’payib borgan.Bundan tashqari,reklama qilinayotgan mahsulotning mavqeini oshirish uchun uning qo’lga kiritgai medal va boshqa mukofotlari ham sanab o’tilgan.Masalan,”Undervud” yozuv mashinasining reklamasida dunyo ko’rgazmalarida (tez yozish buyicha) bu mashinaning bir necha bor oltin medalga sazovor bo’lgani hamda musobaqalarda rekord o’rnatib, bir necha bor birinchilikni qo’lga qiritgani ta’riflanadi. Reklama beruvchilar ularning e’lonlariga qiziquvchilar bo’lsa, tezda o’z tovarlari haqida bepul katalog jo’natishlari mumkinligini bildirganlar.1870- 1880 yillarda Turkiston gazetalarida illyustrastiya uchramaydi. 1870 yillarda, asosan, kitoblar va boshqa nashrlar, xususiy uylar, dala xovlilar sotilishi to’g’risida e’lonlar berilgan shu yilning o’zida aholiga maishiy xizmat mahsulotyaari ham taklif boshlangan. Toshkent Pervushin do’konida matolar, kiyim 1.1r. chinni idishlar, konfet va shokolad kabi oziq-ovqat sotilayotgani to’g’risida e’lon berilgan. 1870 yillar o’rtalaridan boshlab e’lonlar alohida betda chop etilgan.1870 yillarning oxiridan xususiy va hukumat e’lonlari ajratilgan holda berilgan.1890 yil gazetalarda reklamalarda dastlabki illyustrastiyalarni uchratish mumkin.E’lonlar yildan-yilga bir xil shriftdan turli shriftlarga o’tib borgan shriftlar bezaklar shaklida, hal xil o’lchovlarda yozila boshlangan. Masalan. 1870 yillardagi gazetalar reklamalari bir xilda bo’lib, ularning shriftlari boshqalaridan ajralib turmagan. Keyinchalik (XX asr boshlaridan) esa har bir reklama alohida ajralib turishiga halakat qilingan. Bundan tashqari, e’tibor jalb etish uchun matnlar gazeta varag’ida diagonal va ko’ndalang holatda yoki chappasiga joylashgirilgan.Shuningdek, kichik e’lon katta joyda berilib, uning yonlarida bush joylar qoldirilgan hamda qora fonda oq harflar bilan yozilib, e’tiborni jalb qilishga harakat qilingan.

O’sha davrda Turkiston ichki bozoriga dunyoga o’z mahsulotlari bilan tanilgan kompaniya va tashkilotlar kirib kela boshlanganini gazetadagi berilayotgan reklamalardan ko’rish mumkin.Ularda mahsulotning yoki xizmatning nomi uning qisqacha tavsifi,narxi bitimning qulayligi ko’rsatib berilgan. Shunday qompaniyalardan biri “Zinger” kompaniyasi bo’lib, o’z tikuv mashinalari bilan dunyo bozorida mashhur bo’lgan bu kompaniya reklamalarida mahsulotlarni faqat kompaniyaning xususiy do’konlaridan xarid qilish mumkinligi ta’kidlangan mashinaning narxi 25 rubl bo’lib, uni harid qilishni osonlashtirish maksadida pulini bo’lib bo’lib tulash mumkin bo’lgan. Mashina uchun boshida 10 rubl tulangan, qolgan puli esa haftasiga I yoki oyiga 4 rubldan tulab borilgan.”Zinger” kompaniyasining mashinalari milliy matbuot sahifalarida ham reklama qilingan hamda mahalliy ayollarga moddiy ahvoli og’ir bo’lgan ayollar ham kreditga mazkur mashinalari olishi mumkinligi ta’kidlangan. Chunonchi, “Taraqqiy” gazetasi32 ushbu mashinalarning qulayliklari bilan mahalliy ayollarni batafsil tanishtirgan xolda, “Zinger” magazinlaridan mashina olinsa, choq tikishni magazindan borgan qizlar haridorlarning uylariga borib o’rgatadilar”, deb qayd etgan. Shuningdek, haridorlarning qulayligi uchun mashinalar magazinning o’zida ta’mirlanishi hamda qul bilan tikkanga qaraganda ko’proq foyda olish mumkinligi e’tirof etilgan. Bundan tashqari, “Kodak” kompaniyasining fotoapparatlari ham reklama, qilinib, bu kompaniyaning O’rta Osiyodagi yagona vakili «Filipp Kaplan i sыnovya» savdo uyi edi.

Turkiston gazetalari reklamasining o’ziga xos xususiyati unda o’sha davr uchun zamonaviy bo’lgan uslublar bilan bir qatorda,sharqona uslublarning ham qo’llanishida edi.Bundan maqsad,bir tomondan, e’lonlarga originallik berish bo’lsa, ikkinchi tomondan, esa Turkistonlik xaridorlar ishonchini qozonish bo’lgan.

Reklamalarni bezashga katta ahamiyat berilgan asosiy matn va uning nomi yozilgan shriftlar bir-biridan ajralib to’rgan. Ularning ba’zilari harflarining katta-kichikligi bilan, boshqalari esa matnga nisbatan farqli joylashganligi bilan o’quvchilar diqqatini jalb qilishga harakat qilingan. E’lonlarning aksariyati ramkalarga olingan. Ramkalar ham, o’z navbatida turli shakl va naqshlar bilan bezatilgan. Reklama matni uchun ‘‘Turkestanskie vedomosti” gazetasida 1870 yillarda juda oddiy, to’g’ri chiziqdan iborat yozuv qo’llangan bo’lsa, 1880 yillardan bezaklar muntazam ravishda ishlatila boshlagan. Xususiy gazetalarda 1890 yillarda reklama illyustrastiyalangan xolda berila boshlangan.1896 yilda “Oyna” gazetasidagi

reklamalar soni oshib borgan.Bu vaqtda mazkur gazetada turli musiqa asboblari sotiladigan do’konlar o’z mahsulotlarini reklama qila boshlaganlar.Organlarning turli xillari (narxi 20r.dan oshiq bo’lgan), musiqa qutilari (narxi 1r. 75 r. ) illyustrastiyalari bilan berilib, halqning ularga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga harakat qilingan. Hatto "Nestle” kompaniyasining emizikli bolalarga mo’ljallangan quruq suti ham gazeta sahifalarida reklama qilinib, uni Toshkentgi barcha dorixonalardan sotib olish mumkinligi ta’kidlangan.

Shriftning shakli ko’pincha reklama qilingan mahsulot xarakteridan kelib chiqib tanlangan, masalan, atir-upalarni reklama qilishda engil bezak shriftlardan mashinalar va boshqa texnik vositalar reklamasida esa mahobatli va jiddiy shriftlardan foydalanilgan, ya’ni shakl va mazmun bir-birini to’ldirishiga e’tibor berishgan.33 Gazetani bezashda katta o’zgarishlarga olib kelgan omil reklama bo’lib, dastlabqi yangi usullar e’lonlar bo’limida tajribadan o’tkazilgan. Masalan ayollar uchun ishlab chiqarilgan kosmetik vositalarni reklama qilishda “Oyna” gazetasi ayollarning faqat bosh qismi emas, balki uning chiroyli xalatda yotgani va farishta unga terini parvarish qilish uchun “balzam” olib kelayotganligi tasvirlangan. “Sredneaziatskaya jizn” gazetasida bu davrga kelib ba’zi reklamalar she’riy usulda berilgan, bunga “Metamorfoza” kremining reklamasini misol qilib olish mumkin. Hozirgi davrda keng qo’llanayotgan reklama uslubi, ya’ni haridor tomonidan mahsulotning reklama qilinishi o’sha davrdagi gazetalarda birinchi bor ishlatila boshlangan.

Reklama matnini to’g’ri tushunish uchun unga mahsulotni ortiqcha maqtash xosligini hamda mahsulotning nuqsonlari to’g’risida aytilmasligini hisobga olish lozim.

Shuningdek, o’sha davrda gazetada chop etilgan reklamalarda mahsulotlar halidorlarga ma’lum chegirmalar bilan sotilishi aytilib, ularni jalb qilishga halakat qilingani qo’rinadi. Xususan. “Na rubeje” gazetasida Toshkentgi T.D.Olimjonboevning manufaktura mahsulotlari sotiladigan do’konida olti kun mobaynida turli matolar hamda attorlik mollari katta chegirmalar, ya’ni 1 rubldan oshiq bo’lgan halidga 50% chegirma berilishi e’lon qilingan bo’lib, unda “katta arzon savdo” jumlasiga alohida urg’u berilgan.

Bu davrdagi gazeta reklamalarida sigaret va spirtli ichimliklar ham reklama qilingan. Ayniqsa, sigaret reklamasida “bolalar sigaret chekishni tashlay olmas, ularga faqat “Qatiq gilzasi”ni tavsiya qiling”, kabi jumlalarni xususiy gazetalar sahifasida uchratish mumkin. Shuningdek, spirtli ichimliklar ham reklama qilinib, ular, asosan o’lkada ishlab chiqarilgan mahsulotlardan iborat edi.Bunday ba’zi zararli reklamalarning gimnaziyalarga yaqin joylarga ilib qo’yilganidan ota-onalar norozilik bildirib, ularning bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishini gazetalar tahririyatiga yozishib, ularni o’quv maskanlariga yaqin joylardan olib tashlashni talab qilgan .

Davriy matbuotda ba’zi mahsulotlar reklamasi va e’lonlariga stenzura qoidalari ham o’zgarib turganligi ko’rinadi. Masalan, 1916 yilda turli davolash manbalari, usullari hamda asboblarining, shuningdek, gigienaga va kosmetikaga oid mahsulotlarning reklamasi, tibbiy xodimlarning o’z amaliyotini reklama qilishi, farmastevtlarning dori vositalari haqida reklama berishi hamda turli shifobaxsh suvlarning reklama qilinishi Rossiya imperiyasi Ichki ishlar vazirligi tibbiy kengashi tomonidan man qilingan edi. Tibbiy boshqarma tomonidan taqiqlanmagan e’lonlarni guberniya va viloyat gazetalarida bosishga ruhsat berilgan. Turkiston o’lkasida chop etilgan gazetalar mahalliy halakterga ega bo’lgani va “Turkestanskie vedomosti” gazetasi guberniya gazetalariga tenlashtirilganligi sababli ularda ham bu tariqadagi e’lonlarni chop etish mumkin edi. Ammo ularda u yoki bu mahsulotning tibbiy kengash yoki boshqarma tomonidan qo’llanishi va sotilishiga ruhsat berilganligiga alohida ypg’y berishlari ruhsat etilmagan.

XX asr boshlarida Toshkent tadbirkorlar faqat matbuot sahifalari yoki jonli reklamadan emas, balki shahallarda doska va prizmalar o’rnatib, ular vositasida o’z e’lonlarinn berishganlar. Bunday vositalarni Toshkent shahar boshqarmasi xususiy tadbirkorlarga ijaraga berib turgan. 1909 yilda “Turkestanskie vedomosti” gazetasi shahar boshqarmasi besh yil oldin 100 dan ortiq doska va prizmalar sotib olgan bo’lsa, kundan-kunga reklama ko’chayishiga qaramasdan, ularning soni ko’paytirilmaganini yozadi. Bu prizmalar shahar bog’iga o’rnatilgan edi. Buning ustiga prizmalarning asosiy qismi uch tomonlamalik bo’lib, talabga javob bera olmagan. Agar Toshkent shahrida bir vaqtning o’zida bir necha truppalar stirk, spektakl tomoshalari qo’yilsa hamda reklama beruvchi ko’rsatilgan reklama xizmatiga pul to’lagandan so’ng talab qilishga xaqli ekani hisobga olinsa, xaqiqiy axvolni tasavvur etish mumkin. Bundan tashqari, shahal boshqarmasi to’g’ri kelgan joylardan, devorlar va daraxtlardan reklama va e’lonlar uchun foydalanishni ta’qiqlagan. Shunga qaramasdan, reklama qilinadigan maxsus joylar etarli bo’lmaganidan doimiy ravishda o’g’il bolalar va qiz bolalar gimnaziyasi devorlariga turli bo’yoqlarda reklamalar yozilar edi. Gazeta taxririyati u tomonidan shahal boshqarmasiga pirizmalar sonini ko’paytirib, ularni besh tomonliklari bilan almashtirishni hamda mavjud doskalarning o’lchamini kattalashtirishni taklif etgan.

Turkistonda pochta, yo’l va kommunikastiya tizimi sohasida o’zgarish qilish maksadida turlicha fikr va takliflar bildirilgan maqolalar ham matbuot vositalari orqali berib borilga. “Sredneaziatskaya jizn'” gazetasida 1907 yilda Farg’ona viloyati shag’harlarida, ayniqsa, “eski” va ‘‘yangi” Marg’ilon shahrini telefon orqali bog’lash muammosi ko’tarilgan. Unda aytilishicha, xat-xabar eltuvchilarning xizmati qimmatga tushar, pochta va telegraf xizmati esa yaxshi yo’lga quyilmagan.34

1910 yilda «Na rubeje» gazetasining xabariga ko’ra, Toshkent shahrida shaharlararo telefon aloqasi o’rnatish masalasi ko’tarilib, shahar boshqarmasi bunday telefon aloqasini yo’lga qo’yish uchun mijozlar yiliga shahar xazinasiga 70 rubl hamda qo’shimcha ravishda xar bir verst masofa uchun 10 rubl tulashi zarurligi ta’kidlangan.

XX asr boshlarida o’lkada tadbirkorlar tomonidan yangicha texnik jihozlar bilan qo’rollangan kichik korxonalar vujudga keltirish uchun harakat boshlanganligi gazeta materiallaridan ma’lum bo’ladi. Chunonchi, “Turkiston viloyatining gazeti”ning 1906 yilgi sonlarida Toshkentning Beshyog’och daxasi Qoratosh mahallasidan Muhammad Amin Zafar Hoji o’g’li Amerika Germaniya va Franstiyadan uskunalar keltirib, o’z xovlisida mashinada konop tikish qorxonasi ochganligini e’lon qiladi. Ushbu tadbirkor o’rnatilgan aparatlarda ishlash uchun Moskva va Istambuldan ustalar olib keladi. O’z e’lonida aholini korxonasini ko’rishga hamda ularning xizmatidan foydalanishga chaqiradi.

Ayollar qo’l mexnatini kamaytirish uchun samaradorligi yuqori bo’lgan mashinalardan foydalanish maksadida va, albatta, sotilgan mahsulotlardan ko’proq daromad ko’rish uchun matbuot orqali tadbirkorlar konop tikish mashinalari bilan halqni tanishtirishga uringan va ularni sotib olishga da’vat etgan.Xususan,Andijon,Qo’qonda Dyurshmidt firmasida do’ppi tikadigan konop mashinalar sotilayotganligini gazetalar ma’lum qilgan.

Xulosa qilib aytganda, XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Turkiston aholisi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga yangi texnika va texnologiyalar kirib kela boshlagan. Shahar ko’chalarida bu davrda an’anaviy transport vositalari bilan birgalikda, zamonaviy transport turlari, xususan, velosipedlar, motostikllar va avtomobillar tramvaylar paydo bo’lgan edi. Bular, birinchi navbatda. shahar aholisining evropalik qismiga xizmat qilish uchun tashkil etilgan bo’lsada shaharning rivojlanishiga katta turtki bo’lgan.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish