4.Fan, madaniyatga doir masalalarning yoritilishi
Davriy matbuotda fan va madaniyatga doyr masalalar xam munta¬zam ravishda yoritib borilgan. Ma’lumki, Rossiya imieriyasi Tur- kis-tonni egallagach, ulkani xar jixatdan urganish maksadida zo- bitlar. amaldorlar, shuningdek. mashxur olimlardan iborat kunlab ekspedistiya guruxlari tuzib junatgan xamda ularning turli fan soxalar buyicha olib borgan tadkikotlariga matbuotda keng urin be-rilgan. Xususan, Zarafshon voxasi2 va Fargona bodiysi3 maxalliy
axolisining urf-odatlarn x,amda yashash tarziga oid tadkikotlar, Turkiston ulkasi kadimiy yodgorliklari1 xakida ma’lumotlar shu- lar jumlasidandir.
«Turkestanskie vedomosti» gazetasida uz ilmiy makolalari bi¬lan ishtirok etgan sharkshunos olim V. V. Bartoldning Turkiston ulkasi tarixi va arxeologiyasi xakida tuplagan kimmatli ma’lu- motlari:, uning Turkiston arxeologiya xavaskorlari tugaragida suzlagan nutklari gazetada muitazam ravishda e’lon kilib boril- gan. Gazetaning «Bibliografiya» ruknida yangi chop etilgan kito¬blar tugrisida axborot va takrizlar urin olgan.
Gazetaning norasmiy bulimida Turkiston ulkasining iktisodiy hayoti, xayvonot va usimlik dunyosi, geografiyasiga oid makolalar e’lon kilib borilgan. Bu makolalar mualliflari mutaxassis olimlar bulib, ular u3 tadkikotlari natijasida tabiiy fanlarga bir kancha yangiliklar olib kirishga muvaffak bulganlar. Shunday olimlardan biri. 1868-1871 yillarda Turkiston tabiatini tadkik kilgan A. P. Fedchenko bulib, u Zarafshon voxasi, Iskandarkul, K,ukon xonlngi, Oloy toglari, Kdzilkum va Toshkent atroflarini urganish natijasida yozgan makolalarini "Turkestanskie vedomosti" gazetasi sax,ifalarida muntazam e’lon kilib borgan.46
Dunyodagi har bir halqning taraqqiyoti maktab bilan bevosita bog’liq ekanligini yaxshi anglagan taraqiyparvarlar o’z matbuotida maktab masalasiga alohida e’tibor bilan qaraganlar.”Sadoi Turkiston” gazetasining dastlabki sonlaridanoq ular o’lkadagi maktablar ahvoli haqidagi masalalar gazetada asosiy o’rin egallashiga urg’u bergan xolda quyidagilarni yozadi: ‘‘Bizning bu jadidimiz Turkiston musulmonlarining ahvolini islox va huquqini mudofaa maksadi-la chiqarilgani uchun bunda eng ko’p baxs qilinadirgon masala va eng muhim sanaladurg’on maqola shu maktab to’g’risinda bo’lur,haqiqatan ham, jadid matbuotining deyarli har bir sonida mazkur masala haqida ma’lumotlar berilib borildi. O’lkada vujudga kelgan yangi usul maktablari faoliyatining rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan qator muammolar, jumladan, ba’zi eskicha fikrlaydigan ulamolarning qarshiligi va xuquqning bunday maktablarga shubha bilan qarashi ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Rossiya imperiyasi hukumati o’lkada yangi usul maktablarining halq orasida obro’si oshib ketayotganidan qattiq xavotirga tushgan edi. 1909 yilda Farg’ona viloyati o’quv yurtlari insnektori O.Egorov Turkistondagi rus-tuzem maktablarining ahvoliga bag’ishlangan maxsus kengashda bu haqda shunday degan edi: “Yaqin kelajaqda yangi usuldagi maktablarning keng yoyilishi va ularga nisbatan mahalliy aholi e’tiborining keskin ortib borishi bilan rus-tuzem maktablari batamom halok bo’ladi”. Jadid maktablarining ochilishini xukumat qattiq nazorat ostiga oladi. 1909 yilda Turkiston o’quv okrugi qoshida maxsus qomissiya ishlab chiqqan farmoyishga ko’ra, bunday maktablar ochish uchun maxsus ruhsatnoma olinishi zarur bo’lgan uni ochish na unda o’qitish ishlari faqat siyosiy jihatdan ishonchli bo’lgan kishilargagina berilgan hamda qaysi millat bolalari uchun ochilgan bo’lsa uning muallimlari faqat o’sha millatga mansub bo’lishlarn lozim edi. Bundan tashqari mazkur maktablarda faqat Rossiyada stenzura ruhsati bilan chop etilgan kitoblar asosida o’qitishga ruhsat berilgan. Bu bilan maktablarda foydalanilayotgan Turkiyada nashr etilgan darsliklardan foydalanish man qilingandi. Sho’qingdek bu maktablar ruyxatga olib borilgan va ruyxatdan o’tmagan maktablarning faoliyat yuritishiga yo’l quyilmagan. Farmoyishda o’quvchilar qaysi millatga mansub bo’lsa, muallim ham shu millatdan bo’lishi kerak deb ta’kidlanishidan maksad tatarlar tomonidan ochilgan maktablarni yopib tashlash natijasida yangi maktablar sonini qisqartirish edi.
Matbuot sahifalarida jadidlar bu muammolarni hal qilishga halakat qilishgani ham o’z aksini topgan.Xususan 1914 yilda “Sadoi Turkiston” gazetasi sahifasida shubxa va qarshiliklarni zaiflashtirish maksadida ulamo va hukumat amaldorlarining imtixonlarga chaqirilgani, shuningdek, o’quv dasturiga kiritilgan kitoblar va shartnomalarning hukumat tasdig’idan o’tkazilayotgani ta’kidlangan.
Shuningdek 1916 yilda Toshkent Munavvar Qori Abdurashidxonovnpng yangi usul maktabida 300 o’quvchining sinfdan sinfga o’tish hamda bitirish imtixonlarida ishtirok etish uchun щaharning obro’li kishilari, mullalar, o’quvchilarning otalari va xatto onalari hamda maorif sohasida xizmat qiluvchi ruslar taklif qilingan. Bundan tashqari imtihon topshirish jarayonini ko’rish uchun 200 ga yaqin o’quvchilar tashrif buyurgan. O’quvchilar shariatdan, arab grammatikasi va Qur’on tilovatidan imtihon qilingan. Usuli jadid maktablarida imtixon o’tkazish tartibining joriy qilinishi ham uning ilg’or g’oyaga tayanganligini ko’rsatuvchi omil ekanligini ko’rsatadi.
Yangi usul maktab tarafdorlari ‘‘jadidlar’’ bilan eskilik trafdorlari bo’lgan "qadimchilar" o’rtasidagi kurash matbuot sahifalarnda yaqqol ko’ringan. 1907 yilda”Tujjor” gazetasida man etilgan “Islohi tahsil” maqolasida eski maktablarni islox qilish muammolari va unda ulamolar roli haqida fikr yuritilgan. Ba’zi maqolalarda usuli jadida maktabi buzuq maktab deb xaqorat qilinadi va uning asoschilari nodonlikda, bilimsizlikda ayblanadi.47
Mutaasib kuchlar tomonidan jadid maktablaridagi ba’zi kitoblar qattiq tanqidga uchragan. Xususan, Munavvar Qori tomonidan tayyorlangan, 1913 yilda uchinchi marta nashrdan chiqqan geografiya, tarix hamda axloqqa oid hiqoyalar jamlangan xrestomatiya “Adibi Soniy” kitobida xayvonlar surati chizilgani sababli ba’zi ulamolar tomonidan tanqid qilingan, ya’ni xayvonlar rasmi mavjud kitoblarni o’qishni islom dini buyicha majruh hisoblashgan.Mazkur gazetada Samarqandda milliy taraqqiyparvar kuchlar tomonidan ochilgan kutubxona faoliyati ham yoritilib, undan shaharning “Yangi rasta” deb atalgan joyidan ijaraga joy olinib. 100 dan ortiq kitob jamlanib kitob olishga kurbi etmaydigan o’quvchilar uchun kutubxona ochilgani va maosh belgilanib kutubxona xodimi ham yollanganligi ma’lum bo’ladi. Ushbu kutubxona uchun pul to’plagan turli millatga mansub shaxslar ruyxati va ularning ionasi (exsoni) ham gazetada yoritilgan.
Turkiston matbuoti sahifalarida Turkiston ommaviy qutubxonasi fondlarini to’ldirilib borish jarayonidan ham xabarlar berilgan. Mazkur kutubxona fondlaridagi kitoblarni kataloglashtirish haqidagi ma’lumotlar ham matbuotdan o’rin olgan. Xususan, “Turkestanskie vedomosti” gazetasi ta’kidlashicha, bu vaqtda ushbu kutubxonada 2 227 ta kitob tizimli katalogga qiritilgan, 817 ta kitob esa hali katalogga qiritilmagan edi.48
Turkiston matbuotida Toshkentgi ommaviy kutubxona fondlarida qanday kitoblar bo’lishi haqida so’z ketar ekan, bu kutubxonaning, birinchi o’rinda,Turkiston va unga qo’shni mamlakatlar haqida to’lik ma’lumot bera oladigan-, “ma’lum bir mutaxasislik buyicha bo’lmasdan, balki ommaviy bo’lishi, ya’ni har qanday o’quvchining talabini qondira oladigan”qutubxona bo’lishi kerakligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
1895 yilda “Turkestanskie vedomosti” gazetasi Turkiston ommaviy kutubxonasining tashkil etilganiga 25 yil tulishi munosabati bilan bibliograf, gazetaning faol xodimi N.V.Dmitrovskiyning tahliliy maqolasini chop etgan. N.V.Dmitrovsqiy rasmiy xujjatlarga hamda o’z xotiralariga tayanib, bu kutubxonaning vujudga kelish tarixi to’g’risida keng ma’lumot beradi. Mazkur gazetaning bir necha sonida nashr etilgan maqolada kutubxonani tashkil etishda o’z xissasini qo’shgan kishilar o’quv maskanlari, ularning qutubxonaga taqdim qilish haqida xam batafsil ma’lumotlar berilgan. Qutubxona o’quvchilarga bepul xizmat qilgan, ammo kitobni uyda tola qilshi pullash bo’lib. uning miqdori belgilab qo’ynlgan. N.V.Dmitrovskiy kutubxonaning fondi kengayib 1895 yilda unda 30000 nusxa kitob bo’lganligini, ular rus franstuz, nemis. ingliz tillarida bo’lib, ulardan tashqari, Sharq tillarida 90 ta qulyozma mavjudligini aytib o’tgan. Bundan tashqari, qutubxonada qulda chizilgan rasmlar va fotosuratlardan iborat bir necha tomlik albom bo’lib ayniqsa V. V. Vereshagnining 124 ta rasmi, q, A. L. Kun. M. A. Terentev. M. I. Brodovekiylar tomonidan tayyorlangan 1262 ta chizyalgan rasmlar va fotosuratlardan iborat "Turkestanskiy albom” borligi ma’lum qilingan. 7 nusxada chiqarilgan bu albom juda noyob bo’lib. ular Rossiya imperiyasidagi uchta kutubxonada: Imperatorlik ommaviy qutubxonasida, Rossiya imperiyasi Fanlar aqademiyasi va Turkiston ommaviy qutubxonasida saqlangan.
Matbuotda milliy teatr va halq tomoshalari haqida ham qiziqarli xabar va maqolalar berib borilgan. Chunonchi. 1911 yilda “Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida 9 martda Samarqandda birinchi marotaba “musulmoncha” teatr uynalganligi Maxmudxuja Behbudiy tomonidan xabar qilingan. Tomoshada kavqazlik, mahalliy hamda tatar musulmonlari shuningdek arman erkak va ayollardan iborat dasta ishtirok etib. undan olingan foydani (300 sum) Samarqanddagi musulmon qiroatxonasi, usuli jadid maktabi va Ettisuv zilzilasidan zarar ko’rganlarga taksim qilib berish ko’zda tutilgannligi ma’lum qilingan .
Matbuotda milliy teatr uchun yozilgan dastlabki asar haqida ham fikrlar berilgan. Masalan. Hoji Muin 1912 yilda Behbudiynish saxna asarida Turkiston hayotidan olingan voqealar aks ettirilganligini ta’kidlaydi va undan mazkur asar nashr etilmasdan,. Qulyozma xolatida qo’lma-qo’l bo’lib ketganligi ma’lum bo’ladi.
Milliy teatrning ahamiyatini tushungan jadidlar matbuotda unga yukori baxo beradi. "Turkiston viloyatining gazeti" xabariga ko’ra. Toshkent Abdulla Avloniy boshchiligida "Padarkush”! dramasi sahnalashtirilishi munosabati bilan Munavvar Qori nutq so’zlab, teatrni “oyna” hamda “Padarkushni shu oynaning qaldirg’ochi sifatida baholagan va uning Turkiston halqi o’zligini anglashida muhim o’rin tutishiga alohida urg’u bergan. Shuningdek,1913yildaKolizey teatrida bu asar 2- marta sahnalashtirilib, bu safar ham tomoshabinlarda katta taasurot qoldirganligi xabar qilingan.49 Shu gazetada Mirmuhsin: “Teatr-asl bir ibratxona", - deb, unga yukori baxo bergan. “Sadoi Turkiston” gazetasida Andijonda 1914 yil iyunida xavaskorlar “Padarkushni mahorat bilan uynaganligi e’tirof etilib, hatto teatr ko’rishga kelgan aholining evropalik qatlami vakillari ularni xavasqor emas, balki tajribali artist-larga o’xshatganligi qayd etilgan. Umuman, jadid matbuotida milliy teatr tamoshalari haqida muntazam ravishda xabarlar berilib borgan.
Ammo taraqqiyparvarlar faqat "Padarkush” bilan cheklanib qolmasdan, o’lka hayotining dolzarb muammolarini ko’tarib chiquvchi sahna asarlari bo’lishining tarafdorlari edilar.
Chunonchi, 1917 yilda “ Turkestanskie vedomosti’' gazetasi “Kolizey”da “Asli va qaram” nomli opera quyilib, “opera va teatrning dastlabqi qadamlari” bo’lsa-da bilet etishmaganligidan ko’pchilik muxlislar tomosha qila olmaganliklarini e’tirof etgan .
O’lkada rus tilida chop etilgan gazetalar ham mahalliy aholi tomonidan uyushtirilgan teatr tomoshalari to’g’risida xabar berib borgan. Shunday xabarlarning birida mahalliy aholi ziyolilari tomonidan teatr tomoshalari quyilib ularda jamiyat hayotidagi nuqsonlar tanqid ostiga olinayotganligi ta’kidlangan. Behbudiyning “Padarkush” spektaklidan keyin, Qosim Saidiyning “To’y”, Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz quyov” spektakllarining mazmuni bilan gazeta o’quvchilari batafsil tanishtiridddi6.Matbuot materiallari tahlilining ko’rsatishicha. mahalliy aholi sipektakllarni yaxshi tushungan hamda teatr qanday kuchga egaligini anglab etganlar, hatto barcha xohlovchilar tomosha ko’rishga muvaffaq bo’la olmagan. Bunday tomoshalarga nafaqat mahalliy millat vakillari, balki aholining evropalik qismi vakillari ham qatnashganligi aniqlandi. Maqolalardan birida tomoshadan chiqqan kishilar: "Spektaklda o’z aksimizni ko’rdik". - deganlarining guvohi bo’lganligi qayd etilgan..
Turkiston davriy matbuoti sahifalarida rus drama teatri jamoasi tomoshalari va boshqa halqlar tomoshalari haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo’lib, o’sha davrning mashhur artistlari bilan bog’lik materiallar bosib borilgan. Bundan tashqari, gazetalarda turli teatr, opera, stirk va boshqa tomoshalar bilan gastrolga kelgan truppalar reklama qilingan. Mazkur materiallar o’rganilishi natijasida o’lkada XIX asrning 60- yillarida dastlabki drama tugaraklari tashkil etilganligi hamda Turkistonga o’sha davrning mashhur san’atqorlari ham tashrif buyurganligi aniqlandi. Matbuot ma’lumotlari ko’rsatishicha, 1910 yilda o’lkaga kelgan Petrograd teatri artisti V.F.Komissarjevskaya shular jumlasidan edi. U o’lkada og’ir yukumli kasallikqa chalinib, vafot etgandan so’ng, uning xotirasiga oagishlanib bir qancha kechalar o’tkazilgan hamda uning nomi bilan atalgan stipendiya joriy qilinib,ulardan kelgan foyda uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida ishlatilgan, xususan, 1915 yilda Petrogradda unga xaykal o’rnatilgan.Shuningdek, materiallar tahlili tomoshalar repertuari turlicha bo’lganligini, xususan drama, komediya, opera ko’rganliklarini hamda turli stirk tamoshalari, kinolar (drama, qomediya, jangari filmlar) tomosha qilganligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, matbuot sahifalarida turli musobaqalar4 (kurash, futbol, gimnastika) haqida ham ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, gazetalarda musobaqalarning o’tkazilishi, unda ishtirok etgan aholi qatlami, sportchilar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Chunonchi, matbuot sahifalarida chop etilgan maqolalardan birida ta’kidlanishicha, o’lkadagi polvonlar nafaqat o’zaro bellashganlar.
Gazeta materiallari shunday kurash musobaqalaridap nemis kurashchisi Rippil ham ishtirok etganligidan dalolat beradi. Xususan 1895 yilda o’sha davrda o’lkaning mashhur polvonlaridan Axmad polvon mazkur nemis kurashchisi bilan bellashganligi batafsil yoritilgan. Turli millatga hamda turli kasbga oid 3000 mintta yaqin tomoshabinlar ishtirokida o’tkazilgan bu musobaqada Axmad polvon g’olib bo’lganligini gazetalar xabar qiladi .
Turkistonda xorijiy va mahalliy tillarni o’rganish masalalari matbuotda o’z aksini topgan. Turkistonda Sharq tillarini o’rganish. asosan. madrasalarda yo’lga quyilgan bo’lib, ularda arab va fors tillari o’rganilgan. XIX asr oxirida Rossiya imperiyasi hukumati boshqaruvni osonlashtirish maksadida hamda qushni davlatlardagi vaziyatni bilish niyatida Sharq tillari, jumladan. mahalliy tillarni o’rganish masalasiga katta e’tibor bera boshlagan edi.
Mahalliy tillarni muntazam ravishda o’rganish uchun, birinchi navbatda, darsliklar va o’quv qo’llanmalari zarur bo’lib, ularni tayyorlash va chop etish haqida matbuotda xabarlar berib borilgan.50
Matbuotda Sharq tillarini o’rgatish ko’rslari tashkil etish masalasi ham ko’tarilgan edi. O’lkada tashkil etilgan bepul o’zbek tili kurslari xasida batafsil ma’lumotlar beriladi. jumladan.1897 yilda Mashkovstev tomonidan,1900 yilda qapitan I. D. Yagello rahbarligida Toshkent zobitlar uchun sharqiy tillarni o’rganish kursi tashkil etiladi. 1902 - 1903 yillar sharqshunoslar jamiyati Toshkent bo’limi, 1903-1904 yillarda Podpolkovnik A. A. Lomakin tomonidan Sharq tillarini o’rganish kurslari tashkil etilgan. 1905 yildan boshlab ularda urdu tilidan tashqari, ingliz, fors va o’zbek tili uxitila boshlangan.
1901 yilda harbiy topograflar uchun o’zbek tilini o’rganish ko’rslari tashkil etilib. yarim yillab mahalliy aholi orasida yashagan topograflar uchun mahalliy tillarni bilish nihoyatda zarur bo’lganligi tufayli til o’rganish kurslariga harbiy qushin mablag’gidan pul to’langanligi xabarlardan ma’lum bo’ladi.
Mahalliy tillarni o’rganish buyicha chop etilgan bir nechta o’quv qo’llanmalari va darsliklarga “Turkestanskie vedomosti” gazetasi sahifalarida taqrizlar berib borilgan. Bu taqrizlarda chop etilgan kitoblarga ijobiy baho beriladi,ayniqsa, V.P. Nalivkinning o’zbek tilini o’rganish buyicha qo’llanmasiga yukori baho berilib: “Sart tilini mustaqil o’rganish uchun eng yaxshi qo’llanma bo’libgina qolmay, yaqin o’rtada bunday kitob paydo bo’lmasa kerak”, - deb ta’kidlanadi. Bundan tashqari, matbuot sahifalarida o’lkada bir necha marta nashr qilingan o’zbek tilining lug’atiga ham baxo berilgan. Xususan. “Fergansqie oblastnыe vedomosti” gazetasi quyi amaldorlarga bu kitobni tavsiya qilib, ularning mahalliy aholi bilan muloqotida yaqindan yordam berishini ta’kidlagan.
Turkiston matbuoti sahifalarida mahalliy tillarni o’rganish masalalari 1906 yilda maxsus komissiya tuzilishi munosabati bilan keng muhokama qilina boshlangan. Ayniqsa “Turkestanskie vedomosti” gazetasida bu muammo yuzasidan N. S. Likoshin. I. D. Yagello. V. Orlov, A. A. Lomakin, N. P. Ostroumov, V. V. Bartold kabi mutaxassislarning maqolalari chop etilgan va ularning fikrlari ko’pchilik e’tiboriga xavola qilingan.51
Samarqandda tojik va o’zbek tili, yangi Marg’ilonda nam o’zbek va qozoq tili, Toshkent shahrida o’zbek, qozoq na tojik ushbu gazetaning yozishicha, Turkiston o’lkasidagi turli shaharlardagi kitob do’konlariga mahalliy tillarni urganish buyicha kitoblar so’rab murojaat qilganlarning soni oshib borgan lekin chop etilgan kitoblar aholining exdiyojini qondira olmagan.
Mahalliy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqish kuchligiga qaramay, Rossiya imperiyasi hukumati ma’muriy boshqarugvi amaldorlari ichida mahalliy tillarni biluvchilar ko’paymagan. Buni Turkiston general gubernatori general N. I. Grodekov ham 1907 yil 22 maydagi buyrug’ida ta’kidlab: “General K. P. Fon Kaufmandan boshlab hamma general gubernatorlar hukumat boshqaruvidagi barcha amaldorlar mahalliy tillarni ochlishi zaruriyati ko’rsatilgan bo’lsada, afsuski. mahalliy tillarni o’rganuvchi amaldorlar ko’payish o’rniga kamayib ketmoqda"’, - deb yozgan. Bu buyruqqa ko’ra, ma’muriy boshqaruv ishlariga, birinchi navbatda mahalliy tillarni yaxshi biladigan mutaxassislar olinishi kerak edi.
Bu davrga kelib til o’rganishni ko’chaytirish maksadida asta-sekin sharqiy tillarni o’rganganlardan imtixon olina boshlangan va imtixon olinish jarayoni matbuotda aks etib borgan. Jumladan, 1909 yilda Toshkent tijorat bilim yurti o’quvchilariga Sharq til- larini o’rganish uchun davlat tomonidan mablag’g ajratilgan, Sharq tili mutaxassislari o’quvchilardan imtixon olib, ularning bilimlarini yukori baholagan.
Davriy matbuot sahifalarida o’zbek tilini o’rganish buyicha sharqshunoslar jamiyati tomonidan qechqi kurslar tashkil etilganligi, ularning o’qituvchilari,o’quvchilari soniga doir ma’lumotlar keltirilgan. Toshkent zobitlar ko’rsi hamda xususiy til ko’rslaridan tashqari, o’qituvchilar seminariyasi, real bilim yurti- da sharqiy tillar talab darajasida o’qitilgan. 1911 yilda “Turkistanskie vedomosti’' gazetasining xabar berishicha, Turkiston o’qituvchilari seminariyasiga tarjimonlar so’rab tez-tez murojat qilishgan, ma’muriy boshqaruv va sud organlarida o’zbek tilini biluvchi mutaxassislar juda zarur bo’lgan,savdo-sanoat korxonalarida esa ahvol yanada tang edi.
Umuman, XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkistonda Rossiya imperiyasi hukumati amaldorlari va turli mutaxassislar sharq tillarini, shu jumladan, mahalliy tillarni o’rganishga ma’lum darajada harakat qilishgan.Xukumat bu masalaga yondashuvda, birinchi navbatda, o’zining strategik maqsadlaridan kelib chiqqan bo’lib,Turkiston o’lkasidagi boshqaruvni osonlashtirish hamda halqni nazorat qilib turish maqsadini ko’zlagan. Ammo hukumatning amaldorlar va zobitlarga sharqiy tillarni, jumladan, mahalliy tillarni o’rgatish borasidagi ishlari keng qulamga ega bo’la olmaganligi gazeta materiallaridan ma’lum bo’ladi. Turkistonda rus tilining keng yoyilishi natijasida ko’p amaldorlar mahalliy tillarni o’rganishga extiyoj sezmagan edi. Turkiston davriy matbuotida XIX asr oxiri XX asr boshlarida sharqshunos mutaxassislar tomonidan birmuncha ishlar amalga oshirilgan edi. Jumladan, Sharq tillarini o’rganish bo’yicha chop ettirilgan o’quv qo’llanmalari hamda tashkil etilgan til ko’rslari mavjud bo’lib, hatto o’sha davrda Turkistonda sharqshunoslik instituti tashkil etish masalasi ham ko’tarilgan.52
Shuningdek, A.P.Xoroshxin Qo’qon xonligida rus tilini bilgan ikkita savdogar bilan tanish bo’lganini ta’kidlab o’tgan, lekin o’lkada bunday kishilar kamdan-kam uchrar edi. XIX asrning 80- yillaridan boshlab, Rossiya imperiyasi hukumati rus-tuzem maktablari va rus tilini o’rgatish ko’rslari orqali halq orasida rus tilini keng targ’ib qila boshlagan. Matbuot materiallari tahlilining ko’rsatishicha, o’lkada rus tilini yoyishda rus-tuzem maktablari alohida o’rin to’tgan.
Davriy matbuotda kattalar uchun rus tilini o’rgatish ko’rslarining tashkil etilishiga, o’quvchilarining soniga doir ma’lu motlar mavjud Xususan, 1886-1888 yillarda 761 kishi shunday ko’rslarda o’qigan. Mazkur maqola tahlilining ko’rsatishicha, rus tilini o’rganuvchilarning milliy tarkibi turlicha bo’lib, unda “sart qozoq, tatar, dungan, yaxudiylar o’qigan. Bu maqolada ko’rsda ta’lim olganlarning yoshi haqida ham ma’lumotlar berilgan, jumladan, 1885yilda Toshkentdagi ko’rslarda o’qiyotganlarning 25 nafari 11—19 yosh, 154 nafari 19 - 43 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar edi.Matbuot materiallaridan rus tilini o’rganuvchilarning kasbi haqida ham axborot olish mumkin. Chunonchi, 1903 yilda Toshkent 5ta rus-tuzem maktablarida ochilgan besh oylik rus tilini o’rgatish ko’rslaridagi 111 kishidan savdogarlar 37 kishi. Hunarmandlar 36 kishini, dexqonlar 6 kishini. xizmatchilar 14 kishini, madrasa o’quvchilari 10 kishini hamda aniq kasbga ega bo’lmaganlar . Bu ko’rslarda rus tili da gapirish. o’qish na oson, na oddiy xnsob-kitob o’rgatilgan. Gazetalarda keltirilgay xabarlar taxlilining ko’rsatishicha, bunday ko’rslar soni yildan-yilga oshib,1903yilda Turkistonda 31 ta shunday ko’rslar faoliyat yuritgan.Turkiston aholisi faqat rus-tuzem maktablari va kattalar uchun tashkil etilgan rus tilini o’rgatish ko’rslarida emas balki ba’zi vaqtlarda bevosita muloqot orqali ham rus tilini o’rganishga muvaffaq bo’lganli» i matbuotda qayd etilgan. 1896 yilda “Oyna" gazetasining yozishicha, ba’zi bolalar ruslar orasida turib ular bilan muloqotda bo’lib, rus tilini yaxshi o’rganib olganlar hatto rus-tuzem maktabnni tugatgan tengdoshlarini rus tilida so’zlashuvda orqada qoldirib ketgan. Albatta bu misol o’rganilayotgan tilda jonli muloqotda bo’lish tilni muvaffaqiyatli o’rganishda muhim rol o’ynashini ko’rsatadi.
Turkiston taraqqiyparvarlari ham rus tilini o’rganish tarafdorlari bo’lib,ular bu zarurat ekanligini yaxshi tushunganligi gazeta materiallaridan ma’lum bo’ladi. Ular hal bir halq o’z ona tilisi bilan bir qatorda, uning madaniyatiga,taraqqiyoga yordam beradigan hal bir tilni bilishi kerak deb hisoblaganlar. 53Ular halq manfaatini ximoya qilish uchun dumaga saylanadigan turkistonliklar rus tilini yaxshi egallashini shart deb bilganlar. 1913 yilda “Oyna” jurnalida chop etilgan maqolalardan birida keltirilgan fikrlar jadid taraqqiyparvarlarining til o’rganish borasida Turkistonliklar ko’p tilni bilishi tarafdori bo’lganligini ko’rsatadi. Chunonchi, unda turkiy ya’ni o’zbek tili, fors, arab va rus tilini bilish zarurligi ta’kidlangan buning sabablari ham ko’rsatilgan. Turkiston aholisining aksariyatini o’zbek tilida so’zlashuvchilar tashkil etishi.Madrasa va maktablarda kitoblar fors tilida. shariy va diniy kitoblar arab tilida ekanligi rus tili esa “tiriklik va dunyo uchun lozim” ligi ta’kidlangan. Bexbudiy rus tilini o’rganish zaruriyatini tushuntirib berar ekan hatto Istambul shayxulislomi 1910 yilda uning oldiga borgan ikki nafar hojiga Turkistonliklar ichida ruscha o’rganishni tashviq etishga buyurganligini yozgan edi.
Lekin taraqqiyiarvarlar, shu bilan birga, ona tilini mukammal bilishni birinchi vazifa deb hisoblaganlar, Bu xaqda Ashurali Zoxiriy: “O’z ona tilimizni hammasidan ortiq va ziyodroq bilaylik” deb yozgan edi. Masalan, Ashurali Zoxiriy o’z millatining tilini mukammal bilmaydigan, uni buzib, boshqa til elementlarini o’rinsiz aralashtirayotgan shaxslarni tanqid qiladi. Bu davrda chiqayotgan ayrim gazeta va jurnallarda ham tilga e’tiborsiz bo’layotgani ta’kidlanadi.Nechukki o’z tilimizni yaxshilab bilmadikmu, boshqa tilni, albatta, durust bilmaymiz. Sattorxon o’zga tilni o’rganish gunoh deb biluvchilarga qarshi shunday deydi: “Biz xalqdan ba’zi musulmonlarimiz rus gilini o’rganmoq kerak emas deb aytgan emish, Va lekin alarning bu so’zlari beaqldur. Zeroki, ilm hosil qilishda har qanday til bo’lsa barobardur”.Sattorxon “Turkiston viloyatining gazeta” orqali o’z vatandoshlariga murojaat qilib,boshqa tillarni bilishnnng buyuk ahamiyati haqida nazariy bilimlarni ham bayon etadi.“Sadoi Turkiston" gazetasida ham: “Dunyo ilmi va fan kitoblari yozmoq matbuot, adabiyot vujudga chiqarmoq uchun eng birinchi qurol ona tildur", - deb ta’kidlangan.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkistonda rus tilini xalq orasida yoyishdan asosiy maksad uning qayfiyatini nazorat qilib turishdan hamda rus tilini davlat tili hisoblab, Turkiston halqlarining tiliga bepisandlik bilan qaraganidan kelib chiqqan edi. Rus tilini o’rgatish uchun hukumat rus-tuzem maktablaridan hamda kattalar uchun tashkil etilgan ko’rslardan foydalangan. Shunga qaramasdan, bu davrda Turkistonda rus tilini bilganlar soni ko’p bo’lmay, ular ham asosan shahalliklardan iborat edi. Til o’rganganlarning asosiy qismi tabiiyki, o’z mayfaatlaridan kelib chiqib, rus tilini o’rganishga halakat qilganlar. Jamiyat ijtimoiy hayotida tillarni o’rganishning ahamiyatini tushungan taraqqiyparvarlar halq orasida turli tillarni o’rganishni targ’ib qilganlar.
Bu davrda Turkiston matbuotidagi materiallardan aholining evropalik qatlami orasida nemis, ingliz, franstuz kabi tillarni o’rganshga bo’lgan qiziqish borligini kuzatish mumkin. Masalan. “Turkestanskie vedomosti" gazetasida yozilishicha, XIX asrning 90- yillarida Toshkentda ingliz tili ko’rslari ochilgan bo’lib, unda o’quvchilar asosan, zobitdardan iborat bo’lgan. Matbuot materiallaridan ma’lum bo’lishicha, Samarqanddagi bilim yurtida jami 96 ta o’quvchi ta’lim olgan bo’lsa shundan 19 nafari franstuz 15kishi nemis tilini o’rganganlar. 1892 yilda “Oyna” gazetasida o’quvchilarning bu tillarni bilishi qo’yilgan talablar darajasidan ancha yukori ekanligini qayd etilgan.
Matbuot materiallaridan ko’rinishicha, bu davrda o’lkada xususiy tarzda xorijiy tillarni o’rganish yo’lga quyila boshlangan edi. Xususan matbuot sahifalarida nemis va franstuz tili ni o’rganuvchilar uchun bir necha marotaba ko’rslar ochilganligi yoki xususiy ravishda tilni o’rgatish to’g’risida e’lonlar berib borilgan. Ularda bitta guruhda o’quvchilar soni va bu ko’rslarning narxi ularning joylashgan joyi to’g’risida ma’lumot berilgan.Shuningdek, bolalarga tarbiyachilar yollash to’g’risidagi e’lonlarda ham tarbiyachining bir nechta til bilishiga e’tibor qaratilgan.
Masalan,1915 yilda "Turkestanskie vedomosti” gazetasi xabar qilishicha,Parij universitetining bitiruvchisi bolalar bog’chasi ochib, unga 5—10 yoshli bolalarni qabul qilgan hamda franstuz tilidan dars bergan.
1914yilda Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan o’lkada nemis tilini o’rganishdan ko’ra ingliz tilini o’rganish maksadga muvofiqligini ta’kidlovchi xabarlar gazetalarda bosila boshlangan. Xususan, “Turkestanskie vedomosti” gazetasida jahondagi tovar aylanmasida nemislar 16% ni egallasa, ingliz tilida so’zlovchi halqlar 66% ni egallagani ta’kidlanib, ingliz tilini o’rganish foydaliroq ekanligi qayd etilgan. Gazetadagi e’lonlardan qo’rinadiki, kadetlar korpusi o’qituvchisi E. Ya. Melngaylis va tijorat bilim yurti o’qituvchisi mister Smels tomonidan ingliz tilini o’rgatuvchi ko’rslar tuzilgan.
Ushbu bobga xulosa qilgan xolda ta’kidlash joizki, madaniy hayotning muhim bir bo’lagi bo’lgan maorif sohasiga doir materiallarga matbuotda keng o’rin berilgan. Rossiya imperiyasi hukumati uchun o’lkadagi ta’lim tizimi notanishligi tufayli bu sohani o’rganishga bo’lgan qiziqish katta edi va, boshqa tomondan zamon talabidan orqadan qolib ketgan ta’lim sohasini isloh qilish extiyoji tug’ilgan. Rasmiy matbuotda va rus tilidagi xususiy matbuot sahifalarida o’lkada vujudga kelgan rus-tuzem maktablari va boshqa ta’lim maskanlari haqida batafsil ma’lumot beriladi, XIX asr oxirlarida ularning vujudga kelishi va faoliyati haqida materiallar berilgan bo’lsa, XX asrning boshlarida ular faoliyatidagi muammolar ko’tarila boshlaydi. Ayniqsa, o’lkada jadid maktablarining paydo bo’la boshlashi bilan, ularni islox qilish haqidagi fikrlar ilgari surilgan maqolalar ham chop etila boshlangan.Jadid matbuotida rus-tuzem maktablari va boshqa ta’lim maskanlari haqidagi ma’lumotlar juda kam bo’lib, ular ham axborot halakteriga egadir. 54O’lkada vujudga kela boshlagan yangi usul maktablari matbuotning diqqat markazida turgan masalalardan bo’lib deyarli barcha gazetalarda mazkur masalaga oid materiallar uchraydi, ammo batafsil ma’lumot jadid matbuotida yoritilgan, Chunki jamiyatni inqirozdan olib chiqishda eng asosiy o’rin tutgan ilmning ahamiyatini to’g’ri tushungan jadidlar yangi usul maktablarini o’zlari tashkil etib, masalani butun mohiyati bilan teran anglardilar.
Turkistonni ilmiy jihatdan o’rganish muhim vazifalaridan bo’lgan rasmiy matbuot dastlabki yillaridanok mazkur masalaga alohida e’tibor qaratdi. Uning sahifalarida o’lkani turli jihatdan o’rganish buyicha amalga oshirilgan ishlar o’z aksini toptan. Shuningdek, o’z o’quvchilarini turli ilmiy, madaniy axborotlar bilan tanishtirib borishni maksad qilgan rus tilidagi xususiy gazetalar sahifalarida ham bu masalaga ancha keng o’rin berilgan. Jadid matbuotida ushbu masalaga doir ma’lumotlar kam uchraydi, lekin uning sahifalarida ilmning jamiyat va insoniyat hayotida tuttgan o’rniga bag’ishlangan maqolalar chop etib borilgan hamda mahalliy aholini dunyoviy zamonaviy bilimlarni egallashga da’vat etilgan. Jadid matbuotida ham nashr qilingan kitoblarga va matbuot nashrlariga qisqacha taqrizlar berib borilgan,shuningdek,milliy teatrda saxnalashtirilgan dramalarga ham taqrizlar e’lon qilingan. O’z navbatida rasmiy matbuotda va rus tilidagi xususiy matbuotda milliy teatrga munosabat bildirib borilgan hamda rus tilidagi teatr va turli tomoshalar haqida ham xabarlar berilgan.
Xulosa
Turkistonda Rossiya imperiyasi hukmronligi o’rnatilgach uning rasmiy organi sifatida,hukumatning g’oya va siyosatini xalqqa etkazib berish, jamoatchilik fikrini o’ziga maqul yo’nalishda shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ilk gazeta amalda ko’zlangan maksadlardan ko’ra ko’proq vazifalarni bajardi. Uning sahifalarida nafaqat rasmiy xabarlar, balki o’lkaning ijtimoiy- iqtisodiy. madaniy, ilmiy hayoti bilan bog’lik ko’plab ma’lumotlar chop etib borildi.Shu jihatdan olib qaralganda, rasmiy matbuot mintaqa tarixi buyicha muhim tarixiy manba sifatida o’zida juda ko’p ma’lumotlarni jamladi. Bundan tashqari, uning ta’sirida mahalliy aholi matbuotning ahamiyatini anglab etdi hamda shu orqali o’lkada ilk bor xususiy va milliy matbuotga asos solindi.Xususiy matbuot organlari Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy,madaniy va ma’rifiy masalalarni yoritishda o’ziga xos o’rin egalladi.Xususiy matbuotning yo’nalishi va mazmunini unga asos solgan ilg’or fikrli ziyolilar belgilardi. Mazkur gazetalar universal xarakterga ega bo’lib o’z mushtariylariga siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xayotga doir ma’lumotlar berib borgan.XX asr boshlarida Rossiyadagi siyosiy voqealarning ta’sirida Turkistonda ham turli siyosiy partiyalarning nashrlari vujudga kelib,ularda jamiyat xayotidagi muammolar, shu jumladan, siyosiy muammolar ko’tarilib, ularni echish yo’llari sifatida mavjud ijtimoiy tuzumni ag’darib tashlash g’oyasini ilgari surdi va muxolifat matbuot sifatida faoliyat yuritdi. XX asr boshlarida muharir almashishi bilan gazetaning yo’nalishi o’zgarib ketishiga ham olib kelgan xolatlar uchraydi.Milliy taraqqiyparvar faoliyati bilan bevosita bog’lik bo’lgan milliy sahifalarida nafaqat maorif sohasida islohotlar o’tkazish muammosi,balki iqtisod ijtimoiy va siyosiy muammolar ham ko’tarilib ularning echimini ko’rsatishga harakat qilingan.
Shuningdek, gazetalardagi reklama va e’lonlar ham tadqiqotchiga zamonaviy shifoxonalar faoliyati, jumladan, xususiy shifoxonalar to’g’risida ma’lumotlar beradi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston matbuotida ayollarni ma’rifatli qilish ularning jamiyat va oiladagi o’rinlari masalasida ziddiyatli fikrlar ilgari surilgan. Xotin-qizlar masalasida Turkiston ayollarini ma’rifatli qilish ularning jamiyat va oilada o’z urniga ega bo’lishi haqida munozaralar uyushtirilishi diqqatga sazovordir. E’tiborli tomoni shundaki, ayollar ham gazetalarda o’z axvollarini bildirib, xabar va maqolalar yozganlar va gazeta taxririyatiga xat yozib murojaat qilganlar, ayniqsa, o’lkada tatar xotin-qizlari bu borada faol bo’lganligi qo’rinadi. Shuningdek,o’lka matbuotida musulmon ayollarining ahvoliga doir materiallar mualliflari geografiyasi kengligi, ya’ni Rossiya imperiyasining musulmonlar yashagan boshqa joylaridan ham xabar va maqolalar kelishi o’lka xotin-xizlari ahvoliga boshqa musulmonlar ham beparvo bo’lmaganligini ko’rsatadi. Bu jarayonlar millatimiz ijtimoiy hayotida yangi davr boshlanayotganligini o’zida aks ettiradi, ya’ni an’ana va yangiliklar kurashi boshlanganligidan dalolat beradi hamda innovastiyalarnish kirib kelishida matbuot muhim ahamiyat kasb etganligini ko’rsatadi. Ular gazetalarga ham o’z ahvollarini bildirib xat yozganlar.
Umuman, bu davr gazetasida ayollarni "ichqaridan" chiqarib ularni faollashtirishga harakat kuchaygan,o’lka gazetalarida, Rossiya imieriyasiiiig ba’zi musulmon xalqlarida, jumladan tatarlarda bo’lgani kabi, ayollar uchun maxsus gazeta yoki jurnal, hatto rukn bo’lmasada, ular ahvolini yorituvchi maqola va xabarlar chop etib turildi hamda bu ayollarning fuqarolik faolligini oshirishdaga dastlabki qadamlar bo’ldi.
Matbuot sahifalarida musulmonlarning diniy urf-odatlari, marosim va bayramlari haqida ayniqsa rus tilidagi gazetalarda ko’plab xabar va maqolalar berilishi aholining evropalik qismida bu masala qiziqish katta bo’lganligidai dalolat beradi. Aksariyat mualliflarning bu kabi maqolalarni o’z shaxsiy kuzatishlari asosida yozganligi e’tiborga molikdir.Shuningdek,islom dini tarixiga oid katta-katta tahliliy maqolalar nashr etilgan bo’lib, keyinchalik ular alohida. kitob xolila nashr etilgan. Jadid matbuotida esa diniy marosnmlarga doir ma’lumotlardan faqat axborot halakteriga ega bo’lgan musulmonlarning hajga borishi munosabati bilan yozilgan xabarlar o’rin olgan.
Matbuot orqali o’lkadagi ba’zi muammolar, jumladan, mahalliy aholi orasida tarqalayotgan ichkilikbozlik, shuningdek, to’y va ma’rakalardagi isrofgarchiliklar to’g’risidagi taraqqiyparvar jadidlarning maqolalari e’lon qilindi.“Turkiston viloyatining gazeti”da to’y va boshqa marosimlardagi ortiqcha sarf-xarajatlar muammosiga jadid matbuotidagidek keng o’rin berilmagan bo’lsada, ammo spirtli ichimliklar ichish zararlari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berilgan.Shunisi diqqatga sazovorki,bu muammo nafaqat milliy matbuotda balki rus tilidagi matbuot sahifalaridan ham o’rin olgan edi.Ular bu illatlarga barham berib, mablag’larni bexudaga emas, balki millat taraqqiyoti yo’liga yoshlarga ilm berish uchun sarflashga qilgan da’vatlari ayniqsa e’tiborga loyiq edi. Bundan tashqari, milliy taraqqiyparvarlar bu borada shaxsan o’zlari o’rnak ko’rsatganlari ham gazeta materiallari tahlilidai ma’lum bo’ladi.
Gazeta reklamalari ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim o’rin to’tgan (transport vositalari, evropacha musiqiy asboblar. qurilish materiallari, ayollar uchun ishlab chiqarilgan kosmetik vositalar). O’sha davrda Turkiston ichki bozoriga dunyoga o’z mahsulotlari bilan tanilgan kompaniya va tashkilotlar kirib kela boshlanganini gazetadagi berilayotgan reklamalardan ko’rish mumkin. Shuningdek, gazeta reklamalarida sigaret va spirtli ichimliklar ham reklama qilinganligi ma’lum bo’ladi.Reklama oddiylikdan murakkablikka qarab o’zgarib borgan, dastlab oddiy holda berilgan e’lonlar keyinchalik turli bezaklar bilan berilib, e’tiborni jalb etishga harakat qilingan.Shuningdek, reklama dastlab gazeta sahifasiniig ozgina qismini qamrab bo’lsa, keyinchalik ular bir necha betlarni egalladi.Gazetada reklamaning joylashtirilishi ham tadbirkorlikning bir turi sifatida rivojlana boshlaganligini va gazeta faqat siyosiy yoki adabiy vazifani bajarmay, balki unga kapital kirib kelganligini bildiradi.
Matbuot materiallarida XX asr boshlarida Turkistonda o’sha davr uchun zamonaviy kommunikastiya tizimi shakllana boshlaganligi, zamonaviy transport vositalarining paydo bo’lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Davriy matbuot materiallari tahlilining ko’rsatishicha, ular birinchi navbatda, shahar aholisining evropalik qismiga xizmat qilish uchun tashkil etilgan bo’lsada, shahar infratuzilmasining rivojlanishiga katta turtki bo’lgan. Qolaversa, yangi texnika va texnologiyalardan foydalanuvchilar soni qanchalik ko’p bo’lsa tabiiyki, tadbirkorlarga hamda shahar boshqaruviga shuncha ko’p daromad keltirar edi.
Matbuotda maorif masalalari talqinining tadrijiy o’zgarib borishini quzatish mumkin. Bir tomondan, Rossiya imperiyasi hukumati o’lkada ta’lim tizimini o’rganib, ular ustidan nazorat o’rnatishga harakat qilganligi, boshqa tomondan, zamon talabidan orqadan qolib ketgan ta’lim sohasini isloh qilish ehtiyoji to’g’ilganligi matbuotda o’z aksini topgan. Turkiston matbuotida maktab va madrasalarga doir statistik ma’lumotlar, ularning dasturi. moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar, ta’lim tizimidagi nuqsonlar va ularni isloh qilish, ularda dunyoviy bilimlarni o’qitishni yo’lga qo’yish masalalari qo’tarila boshlangan. Bu borada turli fikr mulohazalarga o’rin berilib, gazeta sahifalari ba’zi masalalar buyicha bahs maydoniga aylanib ketgan.
Rasmiy matbuotda va rus tilidagi xususiy matbuot sahifalarida XIX asr oxirlarida o’lkada vujudga kelgan rus-tuzem maktablari va boshqa rus tilidagi ta’lim maskanlari faoliyati haqida batafsil ma’lumot berilgan bo’lsa, XX asr boshlaridan ular faoliyatidagi muammolar ko’tarila boshlaydi, ayniqsa, o’lkada jadid maktablarining paydo bo’la boshlashi bilan, ularni isloh qilish haqidagi fikrlar ilgari surilgan maqolalar chop etila boshlangan. Jadid matbuotida, rasmiy gazetalar va rus tilidagi xususiy gazetalardan farqli ravishda, rus-tuzem maktablari va boshqa rus ta’lim maskanlari haqidagi ma’lumotlar juda kam bo’lib, ular ham axborot harakteriga egadir. Yangi usul maktablariga doir materiallar deyarli barcha gazetalarda uchrasada, yangi usul maktablarini o’zlari tashkil etib, uning mohiyatidan xabardor bo’lgan jadidlar milliy matbuotda batafsil ma’lumotlar berib borgan. Rasmiy matbuotda esa bu maktablar xususida an’anaviy maktab tarafdorlari hamda hukumat siyosatini yoqlab chiqqan gazeta tahririyatining ham qarashlari bayon qilingan. Xususan, “Turkiston viloyatining gazeti‘‘da yangi usul maktablari va an’anaviy maktablar tarafdorlari o’rtasidagi bahslarga keng o’rin berilgan.
Mavzu yuzasidan taklif va tavsiyalar:Kollej va lestiylarning 1-kurs talabalariga O’zbekiston tarixi fanida va universitetning nomutaxasis yo’nalishi talabalariga o’tiladigan quyidagi mavzularni o’tishda foydalanilishi mumkin:Turkiston davriy matbuotida ijtimoiy ahvolning yoritilishi,aholiga tibbiy yordam ko’rsatish va xotin-qizlar masalalari,XIX asr oxiri –XX asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar,Turkiston madaniy hayotiga doir ma’lumotlar matbuot sahifalarida,Turkiston matbuotida an’anaviy ta’lim masalalari,Fan, madaniyatga doir masalalarning yoritilishining o’ziga xos jihatlari xususi asosida bitiruv malakaviy ishining natijalari asosida umumiy xulosalar qilib, ushbu mavzu bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan masalalar yuzasidan amaliy takliflar bildirish.Ma’lumki, ta’lim tizimi mavjud bitimlarni avlodlarga uzatishda muhim vosita hisoblanadi. Ta’lim vositasida inson bilim va malakaga ega bo’ladi. Shu sababli matbuot sahifalarida ta’lim masalalariga o’rin berilishi ta’lim tizimidagi muammolarning muntazam ravishda ko’tarib chiqilishi unga e’tiborning kuchayganligidan dalolat beradi. Demak, jamiyatning ilg’or kishilari taraqqiyot asosi bilim ta’limda ekanligini matbuot vositasida ko’rsatishga intildilar hamda bu ezgu yo’lda matbuot muhim o’rin egalladi.
XIX asr oxiri -XX asr boshlari Turkiston tarixini o’rganuvchilar uchun dastlabki bibliografik ishlarni tashkil etadi. Jadid matbuotida ham nashr qilingan kitoblarga va matbuot nashrlariga, milliy teatrda sahnalashtirilgan dramalarga taqrizlar berib borilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |