MEHRI XOTUN
(1460-1506)
O‘rta asrlarda yashagan turk shoiralarining eng mashhurlari-dan
biri Mehri Xotundir. Mehri ijodi va hayoti haqida ma’lumotlar ko‘p
emas. Uning tug‘ilgan va vafot etgan sanalari ko‘rsatilgan
manbalarda tafovutlar bor. Masalan, ba’zi kitoblarda Mehri 1456–
1514 yashab, ijod etganligi ko‘rsatilgan. Mehrining otasi Mehmet
Chalabiy Yahyo qozi bo‘lib, Baloiy taxallusi bilan g‘azallar yozib
turgan. Ma’rifatli inson Mehmet Chalabiy qizi Mehriga juda yaxshi
ta’lim beradi. U turk, fors, arab tillarini yaxshi bilgan, adabiyot, tarix
fanlarini chuqur o‘rgangan. Oshiq Chalabiy va Avliyo Chalabiy o‘z
tazkiralarida
Mehri
Xotunni
Mehir-un-niso,
Faxr-un-niso,
Mehrushoh deb ulug‘langanligini yozadilar. Shoira jismonan juda
go‘zal bo‘lganligini zamondoshlari bir ovozdan ta’kidlaganlar.
Ammo Mehri bir umr turmush qurmasdan o‘tgan. Mehri yoshlikdan
birga o‘sgan Muyadzoda Abdurahmon Chalabiyga ko‘ngil bergan.
Abdurahmon Chalabiy Xotimiy taxallusi bilan she’rlar yozgan.
A. Chalabiy yuqori davlat lavozimlarida ishlab, ko‘pgina ijodkorlarga
homiylik qilgan. Lekin, taqdir ularga kulib boqmadi.
15
Ѓубор, райћон – ёзув турлари.
16
Ћўќќа – мушки анбар солиб ќўйиладиган, ќимматбаћо идиш.
79
Mehri g‘azallarida ko‘p uchraydigan ismlardan biri Iskandar
Chalabiy nomidir.
Uyqudan ochdim ko‘zim nogah, ko‘tardim men sari
17
,
Ko‘z solib, ko‘rdim turar bir mohi chehra dilbari.
Toleim keldi vayo maqsadga yetdim g‘olibo,
Kim yotog‘im ichra ko‘rdim tunda tug‘mish mushtari
Nur oqar, ko‘rdim jamolidan agarchi zohiran,
O‘zi o‘xshardi musulmonga, libosi kofari,
Ko‘zni ochib yumgunimcha bo‘ldi chashmimdan nihon
Shundoq tashhis etamanki -yo malakdir, yo pari.
Yetdi chun obi hayotga, Mehri o‘lmas to hashr
18
Ko‘rdi chun shab zulmatida ul ayon Iskandari.
Boyazid IIning vaziri Sinon Poshoning o‘g‘li Iskandar juda
qobiliyatli, ma’rifatli inson bo‘lgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Mehri va
Iskandar Chalabiy bir-birini juda qattiq yaxshi ko‘rganlar, biroq nima
uchun turmush qurmaganliklari noaniq.
Mehridagi ishq aflotuniymi yo botiniy, bundan qat’i nazar, shoira
g‘azallarida otashin ishqiy misralar, ehtirosga to‘liq satrlarda aniq
yor obrazi yorqin chizilgan. Shoiraning tabiatan erkparvarligi,
otashnafasligi qalbi muhabbatga to‘liqligi va ishq yo‘lida qurbon
bo‘la olishi uning g‘azallaridagi yoniq satrlarda ko‘rinadi:
Goh hajri yor-u, goh meni g‘amlar o‘ldirur.
Goh vasli dilbar ila kechgan damlar o‘ldirur
Mana shoiraning shu ruhdagi mashhur g‘azallaridan biri:
Oshiqsen ishq yo‘linda saqlama nomus-u or
Jahd idub bu yo‘lda jon ber, yo‘qsa qo‘ldan ketti yor.
Forig‘ o‘lub gar ko‘ngilsiz istar ersang yorni sen,
G‘ofil o‘lma, ne hazar qil, g‘ayrining bo‘lgay nigor.
Yer yuzin g‘arq aylar ersang kimsa silmas ko‘z yoshing,
So‘ngra gar qon yig‘lar ersang kunda ming qat zoru-zor,
G‘unchaning gulzorda turgan chog‘ida faryod qil,
Yo‘qsa ertan gul so‘lar, qolursen ey miskin hazor
Dilbaring domanini qutqargali xor qo‘lidan
17
Сар - бош
18
Ћашр - машћар
80
Har gulistonga tag‘in yuz urki, kim boru – ne bor
Mard esang, g‘ayrat damidir, izla yovni har nafas,
Domaniga tar guling yopishmasin tuhmati xor
Bir zamon Mehri falakda sayr etardi, endi boq,
Bu sababdan bo‘ldi-ku ayoqlar ostida g‘ubor.
1481–1512 yillari Amaseda shahzoda Ahmad hukmdorlik qilgan.
Boyazid II ning o‘g‘li Ahmad san’atsevar bo‘lib, o‘z saroyiga
olimlar, fuzalolar, musiqachilarni yig‘ib tez-tez bazmlar o‘tkazib
turgan, o‘zi ham she’rlar yozgan. Ahmadning shoirlarga hurmati
ayniqsa yuqori edi.
Uning saroyida har yili mushoira o‘tkazilib, g‘olib shoir shu
yilning eng yaxshi shoiri atalib, mukofotga sazovor bo‘ladi. 1505
yildagi mushoirada Mehri Xotun birinchilikni oladi. Mana shu
faktning o‘zi shoira salohiyatiga, talantiga bahodir.
Zamondosh shoirlardan Guvohiy, Maqomiy, Oftobiylar bilan
Mehri Xotun yaxshi munosabatda bo‘lgan. Ijodkor sifatida Iso
Najotiy (?–1509) ijodiga ergashgan va uning g‘azallariga naziralar
bag‘ishlangan. Har bir baytlarida hayotsevarlik, tuyg‘ular pokligi
ko‘rinib turgan Mehri muhabbatda o‘zaro tenglik va ayol qalbini
tushunishni kuylaydi.
“Nachora bechora ko‘nglim bir dam o‘lmas yorsiz”, “Do‘st hajrida
damo-dam bag‘rim qon aylagan”, “Yo‘lida jon bermoqqa jonona
kelmish” deya yoza olish o‘z davrida ayol shoira uchun jasorat edi.
Mehri Xotun g‘azallarida an’anaviy obrazlardan yangicha tashbehlar
quradi. Yor sochining xalqa-xalqasini chovgonga o‘xshatib, o‘z
boshini to‘p kabi nisor qilishga tayyor. Tabiat go‘zalligini, bahor
nashidasini, bezangan ayyomni go‘zal satrlarda chizadi:
Gul kabi keldi yana olam bahorila bu kun
Suratin kashf ayladi gulzora o‘xshar shahriyor.
Shahar turmush tarzini yaxshi bilgan Mehri Xotun turk adabiyoti
tarixida birinchilardan bo‘lib shahar sha’niga qasida bitdi. Shoirning
“Shahri Lodik” murabbasi Lodik shahri ta’rifiga bag‘ishlangan:
Havosi mo‘’tadildir, suvi kavsar,
Daraxti narule sarv-u arar
O‘ti rayhon-u sumbul hoki anbar
Ne xush yaylak emish bu shahri Lodik.
81
Turk shoiralari ichida she’rlarining samimiyligi va ravonligi
bilan Mehri Xotun alohida ajralib turadi. Butun umri Amaseda
yashab o‘zini badiiy ijodga bag‘ishlangan Mehri Xotunning devoni
bir necha nusxada bizning davrimizgacha yetib kelgan. Uch nusxasi
Turkiyada, Istambul universitetida hamda Sulaymoniya va
Ayosofiya kutubxonalarida. V.D. Smirnov tomonidan topilgan bir
nusxasi Sankt-Peterburgdagi Osiyo xalqlari institutida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |