Turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#220055
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar

NAFIY 
(1582–1636) 
Asli  ismi  Umar  bo‘lgan  XVII  asrning  mashhur  shoiri  Nafiy 
Arzirumga  yaqin  bo‘lgan  Hasanqal’a  degan  joyda  tug‘ilgan.  Nafiy 
taxallusini  unga  do‘sti,  davrining taniqli  tarixchisi  Ali  G‘olib  o‘g‘li 
bergan.  Ijodining  ilk  davrida  shoir  Zarriy  taxallusi  bilan  she’rlar 
yozgan. 
Nafiyning  otasi  Qrim  xonlari  xizmatida  edi.  Yoshligidayoq 
iste’dodi namoyon bo‘lgan bo‘lajak shoirni Murod Posho Istambulga 
olib  keltiradi.  Sulton  Ahmad  I  davrida  poytaxtga  kelgan  Nafiy 
Usmon  II,  Mustafo  kabi  sultonlarga  qasidalar  yozgani  ma’lum. 
Ammo  Murod  IV  Nafiyga  juda  katta  g‘amxo‘rlik  qiladi.  Shoirning 
eng  ijodi  gullagan  davr  ham  Murod  IV  homiyligidagi  vaqtdir.  O‘zi 
ham she’rlar yozgan Murod IV “she’r olamining sultoni bo‘lgan bu 
toza  so‘zlovchi  shoirga”  ashaddiy  muxlis  bo‘lgani  ma’lum.  Sulton 
shoirni  xos  majlislarga  chaqirar,  uzoq  suhbatlar  qurar,  she’rlarini 
tinglab  katta-katta  ehsonlar  berardi.  Sultonning  “erkatoyi”  bo‘lgan, 
juda  yaxshi  ma’lumotli,  arab,  fors  tillarini  bilgan  Nafiy  haqida 
tazkiralarda  ma’lumotlar  kamligi  haqida  savol  tug‘ilishi  mumkin. 
Aytishlaricha Nafiy juda “achchiq tilli” shoir bo‘lgan. U o‘z satirik 
she’rlarida yirik amaldorlar, davlat miqyosidagi kishilarni ham hajv 
qilgan. Shuning uchun uning dushmanlari ham ko‘p bo‘lgan, balkim 
shu  sabab  zamondoshlari  shoir  haqida  yozishni  xush  ko‘r-
magandirlar. 
Murod IVning Nafiyga homiylik qilishini ularning tabiatan, bir-
biriga  o‘xshashligi  bilan  izohlashadi,  ayrim  adabiyotshunoslar 
(Masalan:  Ahmad  Qaboqli).  Shuning  barobarida  Murod  IV  avvalgi 
sultonlarga  nisbatan  adabiyot,  san’atga  e’tibor  ko‘rsatib,  davlatda 
tinchlik-osoyishtalik  hukm  surayotganini  isbotlamoqchi  ham  bo‘ldi. 
XVII  asrdagi  tashqi  va  ichki  nizolar  usmonlilar  imperiyasini  ancha 
charchatib  qo‘ygandi.  Murod  IV  davlatning  avvalgi  ulug‘vorligini 
ilm-fan, adabiyot, madaniyatga rag‘bat ko‘rsatish bilan biroz bo‘lsa-
da  tiklashga  urindi.  Murod  IV  shoirni  qanchalik  yaxshi  ko‘rmasin, 
gohida  ranjigan  vaqtlari  ham  bo‘lgan.  Lekin,  bu  uzoqqa  cho‘zilgan 
emas. Nafiyning satirik asarlari, sultonga yoqsa ham, tanqid qilingan 
shaxslarga yoqmasdi, albatta. Nafiy hajviy asarlarini to‘plab “Sihomi 
qazo” (“Taqdir o‘qlari”) deb ataydi va sultonga taqdim qiladi. Murod 


 
96
IV  Beshiktoshi  saroyida  “Sihomi  qazo”ni  o‘qib  o‘tirarkan,  nogoh 
havo  o‘zgarib,  shohning  yoniga  yashin  kelib  tushadi.  Bundan 
huzursizlangan  va  o‘zgacha  ma’no  kashf  etgan  sulton  Nafiyni 
chaqirtirib  keltiradi  va  unga  bunday  hajviy  asarlar  yozmaslikni 
tayinlaydi. Shoir ham so‘z beradi. Ammo biroz vaqt o‘tgach Nafiy, 
sultonning kuyovi vazir Bayram Posho haqida hajv yozadi. Bundan 
g‘azablangan Bayram Posho Nafiyni jazolashga sultonning roziligini 
olishga  erishadi.  Shoirni  aldab  saroyga  chaqirtiradi  va  yerto‘lada 
bo‘g‘ib  o‘ldirtirib  jasadini  dengizga  uloqtirtirib  yuboradi.  Biroq 
Nafiy  yozgan  hajviy  asarlar  xalq  o‘rtasida  tezda  mashhur  bo‘lib 
ketgandi. 
Nafiy adabiy merosini uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi, 
turk  tilida  yozilgan  “Devon”  bo‘lib,  “so‘zim”  radifli  na’t  bilan 
ochiladi.  “Devon”da  Mavlono  Jaloliddin  Rumiyga  madhiya  va  57 
qasida  bor.  Shuningdek  119  ta  g‘azal,  tarkiband  shaklida  yozilgan 
“Soqiynoma” hamda qit’a, ruboiylar bor. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish