Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda keng stollardan foydalanish lozim. Har bir iste’molchi uchun stolda 60 yoki 80 sm gacha joy ajratilishi lozim. Stollar servirovkasi mayda oshxona tarelkalarini qo‘yilishidan boshlanadi va ularni bir biridan 60-80 sm. oralig‘ida qo‘yiladi.
Tarelkani ung tomoniga pichoq uni oldida baliq pichog‘i, keyin esa vilka qo‘yiladi. Agarda 2 ta zakuska bo‘lsa, u holda 2 ta pichoq va 2 ta vilka qo‘yiladi. Tarelkani chap tomoniga vilka, baliqli vilka va 2 ta zakuska uchun, keyin stolga fujerlar kuyiladi. Hamma priborlar qo‘yilganidan keyin ofitsiantlar salfetkalarni qo‘yadilar. Har bir ishtirokchi pribori oldiga menyu kartochkalarni qo‘yish mumkin. Stol bezatish uchun gullar yoki meva solingan vazalar ham qo‘yiladi
2.3. Dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi va ovqatlanish tarmoqlarining kengayishi
Xalqaro restoranlar zanjiri – bu turli joylarda joylashgan, bitta umumiy korporativ mulk shakliga yoki franshiz shartnomasiga asoslangan restoranlar majmuasi hisoblanadi. Odatda restoranlar zanjiridagi binolar standart me’moriy yechim, standart menyu va xizmatlarga ega bo‘ladi.
Odatda restoranlar zanjiri bir mamlakatda yoki ikki va undan ortiq mamlakatlarda joylashgan bo‘ladi. Ikkinchi tipdagi restoranlar xalqaro mehmonxonalar zanjirini tashkil etadi.
Bundan tashqari hozirgi kunda rivojlanib, soni kundan-kunga ko‘payib borayotgan restoranlarning ko‘pchiligi tez tayyor bo‘luvchi taomlarni ishlab chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, XXI asr odamlari, yoshlar qimmat restoran ovqatlaridan tez tayyor bo‘luvchi «Fast Food» larni ma’qul ko‘rishmoqda. Bu omillar xalqaro restoranlar zanjirini tarkibini ko‘paytirmoqda, ularning rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda. Oxirgi 20 yillikda dunyo miqyosida restoran zanjirlarining miqdori va o‘lchami sezilarli darajada o‘sdi. Bu borada shubxasiz AQSH liderlik qilmoqda deyish mumkin, uning restoran zanjirlari mamlakat tashqarisida ham faol kengaytirilgan siyosat o‘tkazmoqda. Ularning erishgan yutuqlari ko‘p jihatdan boshqa davlatlarda yashayotgan amerikalik turistlar va amerika fuqarolari, shuningdek AQShda turli mavsumlarda ishlaydigan va o‘qiydigan juda ko‘p xorij fuqarolari bilan bog‘liq. Restoran zanjirida asosiy mahsulot hisoblangan gamburger va pitssa tarmoqlari tez o‘sib bormoqda. Restoran zanjiridagi savdoning 40% dan ortiqrog‘ini sandvichlar tashkil qiladi.
XULOSA Turizm sohasida turistlarga ovqatlantirish xizmatini tashkil etish xizmat ko‘rsatishning muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham turistlar uchun xizmat ko‘rsatish turi ikki qismdan iborat: birinchidan-oshxona va boshqa oziqovqatlarning sifati va assortimentini, ikkinchidan-oziq-ovqat va xizmatlarni mijozlarga sotishda sifat jarayonini takomillashtirishdir. Sifat va assortiment ovqatlantirish korxonalarining turiga va uni turli kategoriyalariga qaramasdan barcha korxonalar uchun bir xil ahamiyatga egadir. Oziq-ovqat va xizmatlarni turistlarga sotish va ularning talablarini qondirish shartlaridan biri bu-o‘z vaqtida mahsulotlarni sotish va barcha talab qilingan xizmatlarni qondirishdan iboratdir. Masalan: mehmonxona yoki restoranlarda tez xizmat ko‘rsatish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, bularga buyurtma qilingan