1-bob. Turizm industriyasida ovqatlantirish xizmati
1.1. Turizmda ovqatlantirish xizmatining tutgan o’rni
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, turistlarga xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida yangi turistik majmualar, mehmonxonalar, kempinglar, restoranlar, barlar, transport sohalari, qurilish uchun katta mablag‘lar ajratilmoqda. Bunday sur‘atda turizmni rivojlantirish albatta umumiy ovqatlanishni ham rivojlantirishini taqoza etadi, chunki barcha turistlar goh ichki turist bo‘lsin, goh tashqaridan kelsin, ulardan qat‘iy nazar restoran xo‘jaligiga yoki ovqatlanish tarmog‘idan foydalanishga majbur.
Dunyo bo’yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas. Lekin, shunga qaramasdan ko’p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma‘lum bir ko’rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko’rsatiladi. Milliy oshxonaga ega bo’lgan restoranlar ham mavjud bo’lib, ular italyancha, xitoycha, grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi restoranlar bilan mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi. Odatda turistlar, qaysi mamlakatda bo’lsalar, o’sha mamlakatning oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p hollarda mezbon shaharning qiziqarli milliy hamda arzon restoranlari haqida ma‘lumot berib o‘tadi, milliy restoranlar bilan tanishtirish nuqtai nazaridan sayohatlar tashkil etiladi.
1.2.Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlarining usullari
Ovqatlanish sohasida bu faoliyatining xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
beriladigan taom, dessertning issiq sovuqligi va taom sifatini yuqori darajada tashkil etish;
restoranda beriladigan taomlar assortimentining turli-tumanligi, ichimlik va boshqa mahsulotlar turi bo‘yicha mijozlarga mos kelishi;
ovqatlanish jarayonida xizmat ko‘rsatilayotgan shaxsga nisbatan xushmuomalada bo‘lish, menyu-kartochkalaridan haridorning o‘zi foydalanishi, haridorlar talab-ehtiyojlariga xushyor bo‘lib turish lozim. Buyurtmachining buyrug‘ini bajarilish tezligi va ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng taom haqqini to‘lash usulini qo‘llash;
taom iste’mol qilinadigan vaqtda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, ofitsiantlarni vino va ichimliklarni ryumka va fujerlarga quyish, ular stoliga xizmat ko‘rsatish jarayonida ofitsiantlar barcha qoidalarga rioya qilishi shart;
zaldagi tozalik va shinamlikni ta’minlash, madaniy inson didiga javob berishi, xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarga zallarda boshqa sharoitlar yaratishi zarur; shaxsiy gigiyena, tashqi ko‘rinish restoran kategoriyalariga javob berishi kerak.
Ovqatlanish sohasida taom va ichimliklarni o‘rnatilgan sertifikatsiya va standartlar asosida va belgilangan narxlarda iste’molchilarga yetkazish asosiy talablardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |