Zarafshon ekoturistik rayonida Zarafshon daryosi bo‘ylarida joylashgan to‘qay landshafti, undagi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun tashkillashtirilgan «Zarafshon qo‘riqxonasi» mavjud. Buxoro viloyatining Shofrikon o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan qum cho‘l landshafti, u yerdagi o‘simliklar va hayvonlar hamda tarixiy yodgorliklar (Vardanza shahar harobalari) davlat tomonidan qo‘riqlanadi. «Vardanza qo‘riqxonasi», «To‘dako‘l flora va faunasini boyitish buyurtmaxonasi», Qoravulbozor xo‘jaligida joylashgan «Jayron-yekomarkazi», suv va botqoqqa moslashgan qushlarni ko‘paytiruvchi «Dengizko‘l buyurtmaxonasi», Zarafshon tog tizmalaridagi Omonqo‘ton va Temurlang karst g‘orlari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ tizmalaridagi ko‘p qavatli «G‘untak g‘ori» va boshqalar diqqatga sazovordir.
Aydarko‘lrayonidagi ko‘llar tizimining paydo bo‘lishi bevosita Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi bilan bog‘likdir. Sizot suvlari hamda zovur-drenaj suvlarining Aydarko‘l botig‘i tomon harakatlanishi natijasida botiqdagi Tuzkon ko‘lining kengayishi Arnasoy hamda Aydarko‘l ko‘llarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Botiqdagi keyingi dinamik o‘zgarishlar Chor-dara suv omboridagi (1969 y.) ortiqcha suvlarning tashlanishi bilan bog‘liq. Bu suvlarning to‘planishi natijasida Arnasoy ko‘llari birlashib yagona Aydarko‘llar tizimini va undagi faunani boyitib beruvchi "Arnasoy buyurtmaxonasi"ni tashkil yetilishiga olib keldi.
Sirdaryo rayoni Sirdaryo rayoni o‘zanidagi to‘qayzorlari bilan ajralib turadi. Sirdaryoning ba’zi joylarida doimiy yoki mavsumiy orolchalar mavjud bo‘lib, unda juda ko‘p qushlar yig‘iladi va manzarali ekoturistik ob’ekt bo‘lib hisoblanadi.
Chirchiq-Ohangaron tog‘li ekoturistik rayonida xalqaro yekologik rezervat joylashgani uchun ham uning huquqiy maqomi tabiatga aralashmaslik prinsipiga moslashtirilishi lozim. Undagi ekoturistik sayohatda vertolyot va samolyotlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Yekoturlar oldindan belgilab berilgan kichik yo‘lakchalar orqali, kam sonli turistik guruhchalarga bo‘lingan tarzda, yilning hayvonot olamida uchramaydigan va ko‘paymaydigan davrlarida piyoda va otlarda aylanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur ekoturistik marshrutlarda mahalliy aholining xizmatidan atroflicha foydalanish ularni noyekologik yo‘naltirilgan turmush tarzini ijobiy tomonlarga o‘zgartiradi.