Turizmda axborot texnologiyalari


 Turizmda axborot texnologiyalarining tasnifl



Download 88,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/183
Sana18.07.2022
Hajmi88,63 Kb.
#820582
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   183
Bog'liq
Turizmda axborot texnologiyalari. Zaynalov N.R

2.8. Turizmda axborot texnologiyalarining tasnifl
Awallari turizmda axborot texnologiyalardan faqat ommaviy 
axborot vositalari hisoblangan radio va televideniyadan foyda- 
lanilgan. Endilikda kompyuter elektron hisoblash vositalari har xil 
axborot uzatish (Internet, GDS, CRS, E-mail) va qabul qilish 
texnologiyalaming rivojlanishi natijasida turizmga aloqador barcha 
tarmoqlar birlashadi. Natijada axborot texnologiyasidan foyda­
lanish yuksak darajaga chiqib hamkorlik aloqalari mustahkam- 
lanadi. Banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa kredit institutlari 
bilan turizm industriyasi o‘rtasidagi aloqalar sifat jihatidan yangi 
pog‘onaga chiqadi.
Zamonaviy turizmi industriyasida olib borilayotgan faoliyatni 
kompyutersiz tasawur etib bo‘lmaydi. Shu bois turistik biznesning 
rivojlanishida axborot texnologiyalami ta’siri juda yuqori. Turistik 
mahsulotni yaratishdagi faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud, masalan, juda qisqa vaqt ichida bo‘sh transport vositalari 
haqida ma’lumot olish, mehmonxonadan nomerlami tezkor bron- 
lash, shu bilan birga turistik xizmatlami rasmiylashtirish ishlarini 
avtomatlashtirish.
Turizmda qo‘ llaniladigan axborot texnologiyalari asosida yara- 
tilgan axborot tizimlarini, ulaming fimksional imkoniyatlaridan 
kelib chiqqan holda quyidagilarga ajratish mumkin:
- bronlash va bandlash tizimlari;
- turistik virtual olam;
60


- boshqaruv tizimlari (masalan, moliyaviy menejment 
dasturiy ilovalari);
- elektron tijorat;
- geoaxborot tizimlari;
- mehmonxonani boshqaruvidagi tizimlar;
- internet doirasida turistik biznesni qo‘llab-quwatlovchi tizim­
lar.
Hozirgi kunda yirik havo yo‘llari kompaniyalari kompyuterli 
band qilish tizimlariga (Galileo, Amadeus, Sabre, Worldspan va 
boshqalar) va kommunikatsiya tarmoqlariga egadirlar. Yirik 
turoperatorlar uchun turistik marshrutlami tashkil qilish va 
funksional vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus kompyuter 
dasturlari ishlab chiqilgan. Sayyohlik agentliklari ham boshqa 
agentliklariga, havo yo‘llarining terminlariga va turoperatorlaming 
kompyuter tarmoqlariga bevosita bog‘langandir. Ko‘pgina meh- 
monxona guruhlari ham investitsiya va menejment faoliyatlarida 
axborot texnologiyalaridan foydalanishmoqda.
Turizm industriyasidagi har bir tarmoq hisob-kitob operat- 
siyalari bo‘yicha qarz kartochkalarini nazorat qiluvchi banklaming 
kompyuter tizimlariga va avtomatik to‘lov vositalariga bog‘lan- 
gandir. Kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanuvchi turizm 
kompaniyalari va turizmdan tashqari moliya, bank sug‘urta kom­
paniyalari o‘rtasida o‘zaro milliy va xalqaro darajadagi aloqalar 
yo‘Iga qo‘yiladi.
Axborot texnologiyasidan foydalanuvchi turizm tashkilotlari 
har qanday iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashuvchan bo‘ladi. 0 ‘z 
vaqtida qo‘lga kiritgan ma’lumot band qilish va operatsion ishlami 
amalga oshirishida keng qo‘llaniladi. Kompyuterli band qilish 
texnologiyalari potensial turist bilan turistik mahsulot sotuvchi 
tashkilotlami kommunikatsiya va axborot tizimi orqali uchrash- 
tiradi. Kompyuter ekrani turistik mahsulotlaming narxini 
belgilovchi biija va sotuvchi vazifasini o‘taydi. Turistik mahsulot 
va xizmat taklif qiluvchi tarmoqlar, banklar, moliya tashkilotlari, 
kommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalari birjani tashkil 
qiladi. Turistik kompaniyalarni band qilish tizimlari birja
6i


markazida bog‘lanadi. Bank, sug‘urta, moliya tashkilotlari va 
kommunikatsiya tizimlari o‘z navbatida birjaning markazi va bu 
tizimning marketing tashkiloti hisoblanadi. Turizm birjasi esa 
kompyuterning ekrani va son ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘ladi.
Yangi turizm industriyasining tarkibidagi bozor va birja 
ma’lumotlari quyidagilardan tashkil topgan:
♦ Turizm markazlari va manzillari.
♦ Sayohat turlari va dasturlari.
♦ Havo yo‘llari transporti va uchish altemativlari.
♦ Mehmonxonava boshqa joylashuv imkoniyatlari.
♦ Har xil transportlar ijarasi.
♦ Dam olish xizmatlari, turlari va narxlari.
Birja tizimiga bog‘langan va a’zo bo‘lgan firmalar hamda 
potensial turistlar barcha kerakli ma’lumotlami kompyuter 
ekranida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday birja turli xil 
tarmoqlar va mamlakatlar iqtisodiyotining global tarzda birlashuvi 
natijasida vujudga keladi.
Xalqaro biijada turist yuboruvchi va qabul qiluvchi markazlar 
o‘zaro aloqalarmi axborot tizimlari orqali amalga oshiradilar. Bank 
va moliya tashkilotlari ma’lumotlar manbai bo‘lgani uchun band 
qilish tizimlariga bog‘ lanib biqaning markaziy tashkiloti hisoblanadi. 
Markazga bog‘liq har bir tashkilot: mehmonxona guruhlari turopera- 
torlar, sayohat agentliklari, havo yo‘li kompaniyalari, avtomobillami 
ijaraga bemvchi tashkilotlar sotishga taklif qilgan mahsulotlarming 
narxlarini o‘ziga xos xususiyatlarini qabul qilish hamda jo ‘natish 
vaqti va soati haqidagi barcha ma’lumotlami markazga yuborib 
turishadi. Mazkur qarz kartochkalari va bankamatlar orqali biija 
markaziga kelib tushadigan to'lovlardan har bir mijoz uchun servis 
haqini oladi. Bundan tashqari, mahsulotni sotib olingan firmalarga 
to‘lov to‘langanda o‘zining kommision haqini ham ushlab qoladi. 
Bunday faoliyatining eng muhim tomoni shundaki, birja tizimini 
bank yoki moliya tashkiloti bajaradi. Bu esa, ko‘pgina turizm 
kompaniyalari uchun juda qo‘l keldi. Chunki tijorat operatsiyalarini 
amalga oshiruvchi har qanday tashkilot bank yoki moliya 
tashkilotlarisiz faoliyat yurita olmaydi. Natijada markaz yuksak
62


daromad manbaiga ega bo‘ladi. Turizmda banklariga bog‘liq biija 
markazining yaratilishi va transmilliy kompaniyalarining biijaga a’zo 
yoki ta’sischi sifatida kirishi turizm industriyasining imkoniyatlarim 
kengaytirib, turizmda globallashuv jarayonini tezlashtiradi.

Download 88,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish