2. Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]



Download 68,8 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2022
Hajmi68,8 Kb.
#643831
  1   2
Bog'liq
PQ-3225 17.08.2017




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.03 Yo‘l va boshqa davlat jamg‘armalari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda ― Jamg‘arma) resurs bazasining manbalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasini va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini keyinchalik tugatish va ularning tegishli ravishda 50 million dollar hamda 100 milliard so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari shaklida ushbu qarorning 1-ilovasida qayd etilgan tashkilotlar badallari hisobidan shakllantiriladigan Jamg‘armaning boshlang‘ich badali;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari, 2017-yilda Jamg‘arma resurs bazasini shakllantirish uchun — 100 milliard so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan qismi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamg‘armaning, jumladan, depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamg‘arma resurs bazasini to‘ldirish uchun har yili mablag‘ ajratishni ko‘zda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan kafolatlarning maksimal umumiy miqdori Jamg‘arma mablag‘larining 10 barobari miqdoridan oshmasligi kerak.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3634-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 07/18/3634/0973-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha kengash tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Jamg‘arma Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi, 1-uy, (7-qavat) manzili bo‘yicha beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin va O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasining “Moliya Binokor Xizmat” sho‘ba korxonasi Jamg‘armaga beg‘araz taqdim etilgan xizmat binosi bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod etilsin.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3634-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 07/18/3634/0973-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jamg‘arma barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etilsin va bo‘shagan mablag‘lar uning resurs hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltirilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
7. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengash 2018-yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tarmoqlar va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlanadigan loyihalarni amalga oshirishga doir takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini keng jalb etgan holda, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida ushbu qaror maqsad va vazifalarini aholi hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida muntazam va har tomonlama tizimli asosda yoritishni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.A. Qo‘chqorov, Markaziy bank raisi M.B. Nurmurotov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikromov zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Ushbu qaror “Xalq so‘zi” gazetasining 2016-yil 18-avgustdagi 163 (6857)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-avgust,
PQ-3225-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga kiritiladigan
BOShLANG‘ICh BADAL


Download 68,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish