bilan
ishlashda uning dolzarbligi turizm sohasida yaqqol ko‘rinib
turadi.
Undagi tezkorlik, aniqlik, ishonchlik, tezkor qayta ishlash
uzatish ushbu sohani boshqaruvini samaradorligini belgilab
beradi. Ushbu talablami qondirish faqatgina zamonaviy axborot
texnologiyalar ini turizmda qo‘llash orqali amalga oshirish mumkin
bo'ladi.
■
Umuman olganda, inson o‘zini atrof-muhitda ro‘y berayotgan
('oqea va hodisalar to‘g‘risida o‘z sezgi organlari orqali axborotni
blib borliqni his qiladi va unga ma’lum ta’sir ko‘rsatadi.
Demak, atrofdagi har bir hodisa, voqea axborot manbaidir.
Lekin hozirda axborotiy manbalar deganda, dunyoda bo‘layotgan
IflOqea
va
hodisalar to‘g‘risida xabar beruvchi vositalar e’tiborga
ittaadi. Ularga misol qilib radio, televideniye, gazeta, jurnal, kitob
Ifft hokazolami
olish mumkin.
Bulami
har bin turli yo‘nalishdagi
Bcborotlami uzatishi mumkin.
45
Agarda korxonaning iqtisodiy faoliyati ko‘rilayotgan bo‘lsa,
unda mehnat resurslari, moliyaviy va moddiy materiallar oqimini
boshqarish uchun axborot zarur. Masalan, oddiy pul mablag‘larni
boshqarish uchun quyidagi axborotlar kerak: qancha mablag‘ bor,
qancha va qayerga ishlatildi, mablag‘lar qayerdan keladi, qancha
qoldi. Materiallar bo‘yicha esa qancha material (xomashyo) qoldi,
qayerdan va qancha keladi, qayerga sarflanyapti, buyurtma vaqti va
miqdori, ulami olib kelishi masalasi va hokazolar. Mehnat
resurslarini boshqarish uchun: xodimlar soni, mutaxassisligi, oylik
maoshi, ish joyi, shtati, xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlar va
boshqalar.
Axborot tovaming har ikki xususiyatiga: iste’mol qiymatining
mavjudligi (foydaliligi, qadr-qimmati) va qiymatiga ega bo‘ladi.
Axborot va tovarlar sifatidagi buyum-narsalar obyektining
umumiy va farqli xususiyatlari mavjud.
Bu obyektlaming odatdagi mahsulot va moddiy resurslar bilan
quyidagi bog‘liqligi bor: ularga iste’mol so‘rovi mavjud; ular
mulkiy obyektlardir, ya’ni ularga ega bo‘lish, foydalanish va egalik
qilish mumkin; ular aniq ishlab chiqaruvchilar (ta’minotchilar) ga
ega; ular qiymat va tegishli narxga ega; ular turli shart-sharoitlarda
r yetkazib berilishi mumkin.
Jamiyatni axborotlashtirish va yagona axborot muhitini tuzish
' davrida axborot resurslarini shakllantirish va ishlab chiqarish o‘ta
muhimdir. Axborot resurslari - alohida hujjatlar va hujjatlar
to‘plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar
banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar
to‘plamidir.
Biroq axborot resurslari va texnologiyalaming o‘zaro bir qator
jiddiy farqlari mavjudki, ular qatoriga quyidagilar kiradi:
• cheklanmagan miqdorda sotish;
• amaliy jihatdan yo‘q qilib bo‘lmaslik;
• aniq foydalanuvchilar shart-sharoitlariga individual mosla-
shish zaruriyati (umumtizimli paketlardan tashqari);
• obyektlarni muallif hamrohligida yetkazib berish majbu-
riyati;
46
• nafaqat foydalanish, balki nusxalashda turli cheklanmalar
qo‘yish imkoniyati;
• mualliflik yoki ta’minotchilik huquqlariga rioya qilishni
identifikatsiyalashning murakkabligi;
• takrorlanuvchi obyektlaming ko‘pligi. Turli o‘xshash
vazifalarni bajaruvchi mahsulotlardan farqli ravishda, axborot bir
aniqlikni turlicha aks ettirishi mumkin. Masalan, savdo-sotiq uchun
biror bir mahsulotning miqdori haqida yakuniy axborotning bir
necha variantlari taklif etilishi mumkin;
• bilvosita axborotning foydaliligi;
• foydalanish natijasida qadrsizlanish. Chindan ham, ma’lu
motlar bilan tanishib, ulardan ayrimlarining talabga javob
bermasligiga ishonch hosil qilib, xarid haqidagi taklifni qondirish
to‘g‘ri bo‘ladi. Biroq takliflar bo‘yicha ishonchli ma’lumotlardan
foydalanmaslik yoki uni majburiy unutish butunlay mumkin emas;
• baholashni
oldindan bilib bo'lmasligi. Agar mahsulot ba’zi
cheklangan dinamikada
baholansa (talabning bir miqdorda yo‘q
boMishi yoki yuzaga
kelishi mumkin emas), axborot esa (lekin
texnologiya emas) bir lahzada
butkul nol darajaga tushib ketishi
mumkin;
• oddiy raqobat sharoitida taklif etilgan bir axborot ikkin-
Obisining dolzarblik xususiyatini yo‘qqa chiqarishi mumkin;
• iste’molchilik xususiyatlarining qisman yoki to‘liq noaniq-
ш
»
faqat
jismoniy eskirish va belgilangan yoki noaniqlik vaqtda
dolzarblikni
yo‘qotish
mavjudligini
anglatuvchi jismoniy
ytroqlilik;
• iste’molchiga ma’lumotni qisqa vaqtda uzatish va shunday
Qiiqt vaqtda
tasdiqni qabul qilib olish imkoniyati;
•
avtomatik
tirajlamaydigan texnologiyani doimo ham aniq
bir
peytda yetkazmaslik;
•
yetkazib berishga
doimiy ravishda tayyorlik;
•
ham aotuvchiga,
ham xaridorga nisbatan ma’lumotlar va
ftUIOlOgiytlami,
shuningdek
tovami sotish yoki sotmaslik faktini
llAlft maxfly
saqlash
imkoniyatining borligi.
47
Foydalanuvchilaming qoniqish darajasi quyidagi o‘zaro
bog‘liq mezonlarga bog‘liq:
a)sifatiga, ya’ni axborot qiymatini (foydaliligini) belgilovchi
axborot ehtiyojlarini xaridlash darajasiga;
b) manfaatiga, ya’ni umuman iqtisodiy samaradorlikni oshi-
rishga;
d) xarajatlarga, ya’ni axborot hajmi bilan belgilanadigan
axborot qiymatiga.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning
reprezentativligi, mazmundorligi, o‘z vaqtidaligi, aniqligi, ochiq-
ligi, barqarorligi kabi asosiy iste’mol sifat, ya’ni xususiyatlari,
ko‘rsatgichlariga bog‘liqdir. Ularni batafsil ко‘rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |