Chiziqli manzillar fazosi.
Bu yerda misol sifatida MAC-manzilni keltirish mumkin, bu
tarmoq interfeysining noyob identifikatori va u hech qachon
takrorlanmaydi. MAC-manzil 48 bitdan iborat va u 12 ta 16 lik
raqamdan tashkil topgan, masalan, 00-C0-DF-11-47-9F.
Tarmoq bo‘yicha qabul qilingan paketning fizikaviy manzili
kompyuteming manziliga mos kelmasa,
ushbu paketni tarmoq
interfeysi kanal qatlamida tashlab yuboradi. Ushbu rrmnzillar mos
kelsagina paket yuqori qatlamlarga uzatiladi. Agar MAC-manzil
FF-FF-FF-FF-FF-FF ko‘rinishda bo‘lsa, u ozgina boshqacha qayta
ishlanadi, ya’ni barcha kompyuterlar ushbu paketni qabul qiladi,
faqatgina bittasi javob beradi.
Iyerarxik manzillar fazosi.
Iyerarxik manzilga tarmoq IP-manzilni keltirish mumkin. Unda
32 bit bo‘ladi. Qulaylik nuqtayi nazar uni 4 ta qismga nuqta bilan
ajratib yozishadi, masalan, 192.168.4.7 yoki 127.0.0.1,
bu yerda
ko‘pi bilan 255 ni yozish mumkin .
IP-manzil iyerarxik, chunki u ikki qismdan iborat, birinchisi
uzel joylashgan tarmoqni nomerini belgilasa, ikkinchisida uzelning
manzili bo‘ladi.
Tarmoq adresi administrator tomonidan beriladi, lekin tarmoq
Intemetga ulangan bo‘lsa, uni markazlashtirilgan
holda maxsus
tashkilotdan olinadi.
IP-manzil tarmoqning bitta uzelini emas, balki tarmoq
interfeysini bildiradi. Bitta uzel bir necha IP-manzilga ega bo‘lishi
mumkin. IP-manzillami 5 ta sinfga ajratish mumkin, uni quyidagi
jadvalda keltiramiz:
Sinf
1-bayt
diapazoni
Tarmoqlarning
maksimal soni
Tarmoqda
uzellarning
maksimal soni
A
1-126
126
16777214
В
128-191
16382
65534
С
192-223
2097150
254
D
224-239
-
228
E
240-247
-
227
194
Sinfhi IP-manzilni birinchi baytidan kelib chiqqan holda
nomlash mumkin, masalan „С sinfli tarmoq”.
„Е” sinfi zaxira bo‘lib, kelgusida qo‘llash uchun saqlangan.
Ba’zi bir IP-manzillar maxsus hollarda qo‘llaniladi:
- manzil nollardan tashkil topgan - tarmoq uzeli o‘zi paketni
yaratganligini bildiradi;
- “Tarmoq raqami. Barchasi nol” —
paketni yaratgan
kompyuter shu tarmoqqa qarashli ekanligini bildiradi;
- “Barchasi nol.Uzel raqami” - paketni yaratgan uzel qaysi
tarmoqda bo‘Isa, bu ham ushbu tarmoqdan;
- Manzil birlardan tashkil topgan - tarmoq uzeli yaratgan
paket, ushbu tarmoqning barcha uzellariga tegishli bo‘ladi, bundan
tashqari ushbu paket joriy tarmoqdan
chetga chiqarilmaydi;
- 127.0.0.1 - paket ushbu manzil bilan tarmoqga uzatilmaydi.
U yuqori qatlam protokollarga jo ‘natiladi, ya’ni hozir qayerdandir
qabul qilingandek. Asosan bir uzel doirasida dasturiy ta’minoti va
tarmoq jarayonlarini testlashda qo‘llaniladi.
Yuqorida keltirilgan sinflar IP-manzillarini chegaralab
qo‘ygan. Shu bois qo‘shimcha “maska” tushunchasi kiritilgan. U
orqali tarmoq bevosita quyi tarmoqlarga taqsimlanadi. U orqali
tarmoqning bir qismi niqoblanadi (“maska” - niqob, yashirin) va
quyi tarmoq nomeri aniqlanadi.
Maska biti birga teng bo‘Isa, uzellar
bir-biriga hech narsa
jo ‘nata olmaydi, nol bo‘Isa, jo ‘natish mumkin.
“A” sinfida maska 255.0.0.0 bo‘ladi, “B” sinfida 255.255.0.0
va “C” - 255.255.255.0.
Jadval. “C” sinfining quyi tarmoqlarga bo‘linishi
Manzillar
Soni
Maska
10-lik
16-lik
Oxirgi 8 ta
bitning
qiymati
256
255.255.255.0
FFFFFF00
0000 0000
128
255.255.255.128
FFFFFF80
1000 0000
64
255.255.255.192
FFFFFFC0
1100 0000
32
255.255.255.224
FFFFFFE0
1110 0000
195