Turizmda axborot texnologiyalari


 Axborotlashtirish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar



Download 88,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/183
Sana18.07.2022
Hajmi88,63 Kb.
#820582
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   183
Bog'liq
Turizmda axborot texnologiyalari. Zaynalov N.R

1.5. Axborotlashtirish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar
0 ‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” 
gi (2003-yil 11-dekabr) qonuniga asosan Axborotlashtirish soha- 
sidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va 
axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning 
zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot 
tizimini yaratishga qaratilgan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- har kim axborotni erkin olish va tarqatishga doir konsti- 
tutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin 
foydalanilishini ta’minlash;
- davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy 
axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslaming 
axborot tizimlari asosida 0 ‘zbekiston Respublikasining yagona 
axborot makonini yaratish;
- xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot 
tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
- davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini 
yaratish hamda rivojlantirish, ulaming bir-biriga mosligini va 
o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
- axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab 
chiqarilishini tashkil etish;
24


- axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari 
bozorini shakllantirishgako‘maklashish;
- dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini 
rag‘batlantirish;
- tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash va rag'batlantirish, inves- 
titsiyalami jalb etish uchun qulay sharoit yaratish.
Bundan tashqari, axborot resurslari va axborot tizimlarining 
huquqiy rejimi quyidagi belgilovchi normalar bilan aniqlanadi:
1. Axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakl- 
lantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibi.
2. Axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk 
huquqi.
3. Axborot resurslaridan erkin foydalanish darajasi bo‘yicha 
toifasi.
4. Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish 
tartibi.
5. Axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibi.
Hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda ushbu qonunning
4-bandi juda muhim hisoblanadi va bu borada qonunda axborot 
resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi 
maqsadlarda amalga oshiriladi, deb quyidagilar e’tirof etilgan:
- shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash;
- axborot resurslarining tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, 
yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilash- 
tirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydala- 
nilishining oldini olish;
- axborotni yo‘q qilish, to‘sib qo‘yish, undan nusxa olish, uni 
buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlaming hamda axborot 
resurslari va tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlaming oldini 
olish;
- axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy 
•Xborotni saqlash.
Shulardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda axborot- 
lllhtirishga qaratilgan dasturlar qabul qilingan. Bulardan biri 
"Elektron hukumat” dasturi bo‘lib, uning doirasida davlat 
reyestriga kiritilgan axborot tizimlari turizm sohasini ham
25


rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ularga quyidagi veb-saytlami 
keltirish mumkin:
- “0 ‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining rasmiy intemet- 
sayti (http://www.uzbektourism.uz/).
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, 
investitsiyalar va savdo vazirligi (http://mfer.uz/).
-
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Tashqi 
ishlar 
vazirligi 
(http://mfa.uz/).
-
Yagona 
interaktiv 
Davlat 
xizmatlari 
portali 
(http://my.gov.uz/).
- “0 ‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 
rasmiy intemet-sayti (https://www.uzairways.com/).
- “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 
rasmiy intemet-sayti (http://www.uzrailway.uz/).
- “0 ‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi” ning rasmiy 
intemet-sayti (http://stat.uz/).
Turizm sohasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar 
quyidagi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga 
solinadi:
1. О ‘ zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari 
va kafolatlari to‘g‘risida” gi (2002-yil 12-dekabr) qonuni.
2. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” gi 
(1999-yil 20-avgust) qonuni.
3. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida” gi 
(1998-yil 25-dekabr) qonuni.
4. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilaming huquqla- 
rini himoya qilish to‘g‘risida” gi (1996-yil 26-aprel) qonuni.
Turizm sohasida yuzaga keladigan munosabatlarda axborotga 
bo'lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatni tartibga solishda 
quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
- axborot bilan ishlashda erkinlik;
- axborotni cheklash faqatgina qonun bilan belgilab qo‘yiladi;
- davlat organlari axborotlari bilan ishlashning ochiqligi;
- axborot xavfsizligini ta’minlashda mas’ulligi;
- axborotlaming haqqoniyligini va o‘z vaqtida yetkazib 
berishni ta’minlash;
26


-
inson huquqlarini buzishga qaratilgan axborotlarni to‘plash 
va 
tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik.
Ushbu tamoyillar bevosita 0 ‘zbekiston Respublikasining 
“Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi 2003-yil 11- dekabrdgi qonuni va 
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi (2002- 
yil 12-dekabr) qonunlaridan kelib chiqadi. Ikkinchi qonunning 6- 
moddasida maxfiy axborotdan tashqari barcha axborotlar ochiq va 
oshkora bo‘lishi kerakligi ta’kidlab o‘tilgan. Bularga quyidagilar 
kiradi:
- fuqarolaming huquq va erkinliklari, ulami ro‘yobga 
chiqarish 
tartibi to‘g‘risidagi, shuningdek, davlat hokimiyati va 
boshqaruv 
organlari, fuqarolaming o‘zini-o‘zi boshqarish organ- 
lari, 
jamoat birlashxnalari va boshqa nodavlat-notijorat tashkilot- 
larining 
huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari;
- ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemio- 
logik, 
favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda aho- 
liiling, 
aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommu- 
nikatsiyalaming 
xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 
boshqa 
axborotlar;
-kutubxonalaming, arxivlaming va 0 ‘zbekiston Respublikasi 
hududida 
faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli 
•Xborot 
tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar.
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolaming 
0'zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa 
nodtvlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli 
VOqetlar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida qonun 
hvtijttlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga 
xtbar berishi shart.
Bundan tashqari ushbu qonun bilan axborotdan hamma erkin 
fbydalanishi 
mumkinligi ta’minlanishi va haqqoniy bo‘lishi 
bflgilab berilgan. 0 ‘z navbatida qonunda axborotni buzib talqin 
ttllh va soxtalashtirish taqiqlangan. Shu bilan birga ommaviy 
•Xborot 
VOSltalari 
o‘zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi 
uchun ham axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda 
belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi qayd etilgan.
27


0 ‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” gi (1999- 
yil 20-avgust) qonuniga asosan turistning huquqlaridan biri bu: 
“sayohatga taalluqli to‘liq va ishonchli axborot olish” bo‘lsa, 
turistik faoliyat subyektining majburiyatlarida “turistlarga turni 
tashkil qilish, ulaming huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida to‘liq 
axborot berishi” belgilab qo‘yilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risida” gi (1996-yil 26-aprel) qonunining 4- 
moddasida iste’molchilaming huquqlaridan biri - “ tovar (ish, 
xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) 
haqida to‘g‘ri va to‘liq maTumot olish” huquqiga ega deb belgilab 
qo‘yilgan. Bundan tashqari, ushbu qonunning 7-moddasida "Tovar 
(ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan taqdirda 
iste’molchining huquqlari” belgilab qo‘yilganidek, agar tovar (ish, 
xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan 
ma’lumot berilganligi aniqlansa va u zarur iste’mol xossalariga ega 
bo‘lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo‘lsa, 
iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan 
zaraming qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Shundan kelib chiqqan holda turist mijoz sifatida unga qanday 
turistik xizmat ko‘rsatilishi, kim tomonidan ushbu xizmat amalga 
oshirilishi haqida ma’lumot olish huquqiga egadir.
0 ‘zbekiston Respublikasining yana bir muhim qonunlaridan 
biri “Reklama to‘g‘risida” gi (1998-yil 25-dekabr) qonun bo‘lib, 
unga binoan reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
~ ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari 
bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish;
- jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 
shaxsi va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra 
kamsitish yoki o‘zga shaxslaming mahsulotini badnom etish;
- qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin 
bo‘lgan, fuqarolaming sog‘lig‘i yoki hayotiga va atrof-muhitga 
zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan, 
shuningdek, xavfsizlik vositalariga e’tiborsizlik tuyg‘usini 
uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat qilish;
28


- majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan yoki ishlab 
chiqarilishi yoxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma 
(litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan mahsulotning tegishli 
sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilish;
- agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, 
boshqa mahsulot reklamasida qo‘llaniladigan umumiy yechim, 
matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglami aynan takroriash 
(taqlid yoki o‘xshatma qilish);
- jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz 
foydalanish;
- pomografiyani tarqatish;
- axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin 
bo'lgan xorijiy so‘z va iboralardan foydalanish;
- mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor 
lhaxslari 
tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish;
- ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti 
qo'yilgan 
rag‘batlantiruvchi lotereya, tanlov, o‘yin yoki shunga 
o'xshash 
boshqa tadbir o‘tkazishni tadbiming tashkilotchisini, 
uning 
o‘tkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir haqidagi 
axborot manbaini, mukofotlar yoki yutuqlar miqdorini, ulami olish 
muddatlari, joyi va tartibini ko‘rsatmagan holda reklama qilish;
- mahsulotning 
tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi 
reklama qilish taqiqlangan 
yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli 
ehaklovlar 
hamda 
talablar 
belgilangan mahsulotning tovar belgisi 
yoki xl/mat 
ko’rsatish belgisi 
bilan almashtirib yuborish darajasida 
Ыг xll yoxud unga 
aynan o'xshash 
bo'lgan boshqa mahsulotning 
reklamaai 
ko‘rinishida reklama qilish.
Bundan 
tashqari, noaniqligi ikki xil ma’noni anglatishi, 
bo'rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish 
vaqti, 
joyi va usuliga nisbatan qo‘yilgan talablami hamda qonun 
hl^jjatiarida 
nazarda tutilgan boshqa talablami buzishi natijasida 
roklamadan 
foydalanuvchilami chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi 
mumkin bo‘lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga ma’naviy zarar 
yetkazishi 
mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib 
yolg‘on) 
reklama hisoblanadi va u taqiqlanadi.
29



Download 88,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish