Turizmda axborot texnologiyalari



Download 88,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/183
Sana18.07.2022
Hajmi88,63 Kb.
#820582
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183
Bog'liq
Turizmda axborot texnologiyalari. Zaynalov N.R

4.3. Translatorlar
Ixtiyoriy dasturlash tillarida yozilgan dastur dastlabki dastur 
hisoblanadi. Bu dasturlaming asosiy jihati shundaki, ular inson 
tushunadigan, ammo kompyuter protsessori tushunmaydigan 
ko‘rsatmalardan tashkil topgan. Protsessor boshlang‘ich dasturda 
yozilgan algoritm bilan mos ravishda ishlatish uchun bu dastur 
mashina tili - protsessor buyruqlari tiliga tarjima qilinishi kerak. 
Dastumi bunday tarjima qilish 
translatsiya
deb nomlanadi 
(translation - tarjima) va u maxsus translator dasturlari bilan 
bajariladi.
Ikki ko‘rinishdagi translatorlar mavjud: interpretatorlar va 
kompilyatorlar.
Interpretator
- bu dastur matnidan bosqichma-bosqich (buy- 
ruqma-buyruq) tarjima qiladigan va shu vaqtning o'zida (ya’ni 
parallel ravishda) boshlang‘ich dastuming taijima qilingan 
buyrug'ini bajaruvchi.
93


Kompilyator -
bu dastur matnini mashina tiliga tarjima qiladi 
va modulga yozib, keyin dastur tezkor xotiraga kiritiladi va 
shundan so‘nggina u kompyuter protsessori tomonidan bajariladi.
Kompilyator bevosita algoritmni to‘Uq kompyuter tiliga 
o‘girtmb keyin bajaradi.
Interpretator esa algoritmni ketma-ket kompyuter tiliga o‘gir- 
tirib bajaradi. Interpretator algoritmlarda mavjud xatolami topishda 
qulay hisoblanadi. Lekin bu yerda doimo dasturlash muhiti bo‘lishi 
kerak.
4.4. Vizual dasturlash texnologiyalari
An’anaviy dasturlarda foydalanuvchining xatti-harakati menyu 
bandini tanlash bilan chegaralangan. Menyu bandi tanlanganda 
dastur ushbu bandda ko‘rsatilgan operatorlami bajaradi. Qaysi 
turdagi operatorlardan foydalanish mumkinligi dasturlovchining 
mahorati va dasturlash tillarining imkoniyatlaridan kelib chiqadi. 
Hodisaviy dasturlash texnologiyasi (HDT) - bu istalgan harakat, 
ya’ni bajarilishi lozim bo‘lgan keyingi, navbatdagi operatsiyani 
dasturlash usulidir.
Windows tizimida hodisalaming turlari ko‘p, masalan, 
klaviatura tugmasini tanlash, sichqonchani siljitish va uning 
tugmalarini tanlash, menyu bandini tanlash, oynani siljitish va 
hokazo. Hodisalaming ko‘pligidan, o‘z navbatida, ulami an’anaviy 
dasturlash texnologiyasi bilan qayta ishlash murakkab masala 
ekanligini bilib olish qiyin emas. Chunki, an’anaviy dasturlash 
usullari hodisalar to‘plami bilan ishlash uchun mo‘ljallanmagan.
Windows tizimida sodir bo‘lgan hodisa bevosita amaliy 
dasturga yetkaziladi, ya’ni tizim tomonidan dasturga xabar 
yuboriladi. Dastur, o‘z navbatida, ushbu xabami tahlil qilib, uni 
qaysi hodisaga to‘g‘ri kelishini aniqlagandan keyingina qo‘yilgan 
shartlami bajaradi.
Zamonaviy dasturlash texnologiyasida har bir hodisa uchun 
alohida protsedura, ya’ni qism dastur tuziladi va bu protsedura 
hodisa ro‘y berganda bajariladi.
Hodisalar asosan quyidagi ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
94


- foydalanuvchi tomonidan tahlil qilinadigan hodisa;
- tizimli hodisa.
Dasturlovchi asosan birinchi ko‘rinishdagi hodisalar uchun 
dastur yaratadi. Ushbu hodisalar shakllar va boshqaruv elementlari 
bilan ishlashda asosiy o‘rinni egallaydi, ya’ni:
• matn oynasida matnni o‘zgartirishda;
• sichqonchaning asosiy tugmasi bilan obyektni tanlashda;
• obyektda sichqonchaning asosiy tugmasini ikki marta 
bosish natijasida;
• boshqaruv elementini boshqa joyga ko‘chirishda;
• boshqaruv elementini undan farqli boshqaruv elementi 
tasviri ustidan ko'chirishda;
• obyekt fokusda bo‘lishi;
• obyekt fokusda bo'lganda klaviaturaning biror-bir tug­
masini bosib, ushlab turishda;
• obyekt fokusda bo Uganda klaviaturaning biror-bir tug­
masini bosib, qo‘yib yuborishda;
• obyekt fokusda bo‘lganda klaviaturaning biror-bir tug­
masini qo‘yib yuborishda;
• fokus bir obyektdan boshqasiga o‘tkazilganda;
• obyekt fokusda bo‘lganda sichqoncha tugmasini bosib tur- 
ganda;
• monitordagi sichqoncha ko‘rsatgichi obyekt tasviri ustidan 
o'tganda;
• obyekt fokusda bo‘lganda sichqoncha tugmasini qo‘yib 
yuborishda.
Hodisalar ro‘y bergan paytda dastuming ishlashini ta’minlash 
bevosita ushbu hodisalar uchun qism dastur yozish bilan amalga 
oshiriladi. Agar boshqaruv elementlari massiv sifatida birlash- 
tirilsa, u holda yagona protsedura yozish bilan kifoyalansa 
bo'ladi.
Boshqaruv elementlari zamonaviy terminologiya bo‘yicha 
klass (class) hisoblanadi, shunga asoslanib shakllarda ushbu klassni 
joylashtirish mumkin bo‘ladi. Boshqaruv elementlari dasturda 
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan obyektlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
95


Ushbu obyektlarni tashkil qilish va ulami dasturlarda ishlatish 
natijasida obyektli dasturlash (OD) texnologiyasi vujudga keldi.
Obyektli dasturlashning asosiy maqsadi ilgari yaratilgan 
obyektni yana boshqa dasturlar yaratishda ishlatishdir. Ushbu 
obyektlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishlari shart:
- Ichki aniqlanish;
Obyekt to‘g‘risidagi ma’lumot va uni qayta ishlash uslubi 
obyektning tariflanishida ko‘rsatiladi.
-Yangilanish;
Obyektdan yangi obyektni tuzish mumkin. Yangi obyektda 
ilgarigi obyektning xususiyatlari va uslublari saqlanadi.
-K o‘p qirralilik.
Obyektlar umumiy uslublarga ega bo‘lsa-da, turli obyektlar 
uchun ushbu uslublar har xil qayta ishlanishi mumkin, ya’ni 
dasturda uslubning ishlatilishini tahlil qilish va ushbu obyektga 
taalluqli uslubni qo‘llash imkoniyati mavjud.
Klasslami qo ‘ llash jarayonlari quyidagilardan iborat:
1. Dastuming ba’zi bir qismlarini qayta qo‘llash maqsadida 
ulami «ichki aniqlanish» xususiyati orqali tasvirlash. Dastuming 
ma’lum bir fimksiyasini obyekt orqali bajarish, o‘z navbatida, 
umumiy o‘zgaruvchilar sonini va dasturlar hajmini kamaytiradi. 
Buning muhimligi shimdaki, dasturlarda sodir bo‘ladigan 
xatolaming negizida ko‘p hollarda umumiy o‘zgamvchilar turadi. 
Tashkil etilgan obyektlarni, o‘z navbatida, boshqa loyihalarda ham 
qo‘llash mumkin. Obyektlardan maxsus to‘plamlar ham tashkil 
etish mumkin bo‘ladi.
2. 

Download 88,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish