1.5. Axborotlashtirish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar
0 ‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”
gi (2003-yil 11-dekabr) qonuniga asosan Axborotlashtirish soha-
sidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va
axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning
zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot
tizimini yaratishga qaratilgan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- har kim axborotni erkin olish va tarqatishga doir konsti-
tutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin
foydalanilishini ta’minlash;
- davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy
axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslaming
axborot tizimlari asosida 0 ‘zbekiston Respublikasining yagona
axborot makonini yaratish;
- xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot
tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
- davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini
yaratish hamda rivojlantirish, ulaming bir-biriga mosligini va
o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
- axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab
chiqarilishini tashkil etish;
24
- axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari
bozorini shakllantirishgako‘maklashish;
- dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini
rag‘batlantirish;
- tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash va rag'batlantirish, inves-
titsiyalami jalb etish uchun qulay sharoit yaratish.
Bundan tashqari, axborot resurslari va axborot tizimlarining
huquqiy rejimi quyidagi belgilovchi normalar bilan aniqlanadi:
1. Axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakl-
lantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibi.
2. Axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk
huquqi.
3. Axborot resurslaridan erkin foydalanish darajasi bo‘yicha
toifasi.
4. Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish
tartibi.
5. Axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibi.
Hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda ushbu qonunning
4-bandi juda muhim hisoblanadi va bu borada qonunda axborot
resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi
maqsadlarda amalga oshiriladi, deb quyidagilar e’tirof etilgan:
- shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash;
- axborot resurslarining tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi,
yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilash-
tirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydala-
nilishining oldini olish;
- axborotni yo‘q qilish, to‘sib qo‘yish, undan nusxa olish, uni
buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlaming hamda axborot
resurslari va tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlaming oldini
olish;
- axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy
•Xborotni saqlash.
Shulardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda axborot-
lllhtirishga qaratilgan dasturlar qabul qilingan. Bulardan biri
"Elektron hukumat” dasturi bo‘lib, uning doirasida davlat
reyestriga kiritilgan axborot tizimlari turizm sohasini ham
25
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ularga quyidagi veb-saytlami
keltirish mumkin:
- “0 ‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining rasmiy intemet-
sayti (http://www.uzbektourism.uz/).
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligi (http://mfer.uz/).
-
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Tashqi
ishlar
vazirligi
(http://mfa.uz/).
-
Yagona
interaktiv
Davlat
xizmatlari
portali
(http://my.gov.uz/).
- “0 ‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining
rasmiy intemet-sayti (https://www.uzairways.com/).
- “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining
rasmiy intemet-sayti (http://www.uzrailway.uz/).
- “0 ‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi” ning rasmiy
intemet-sayti (http://stat.uz/).
Turizm sohasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar
quyidagi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga
solinadi:
1. О ‘ zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari
va kafolatlari to‘g‘risida” gi (2002-yil 12-dekabr) qonuni.
2. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” gi
(1999-yil 20-avgust) qonuni.
3. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida” gi
(1998-yil 25-dekabr) qonuni.
4. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilaming huquqla-
rini himoya qilish to‘g‘risida” gi (1996-yil 26-aprel) qonuni.
Turizm sohasida yuzaga keladigan munosabatlarda axborotga
bo'lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatni tartibga solishda
quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
- axborot bilan ishlashda erkinlik;
- axborotni cheklash faqatgina qonun bilan belgilab qo‘yiladi;
- davlat organlari axborotlari bilan ishlashning ochiqligi;
- axborot xavfsizligini ta’minlashda mas’ulligi;
- axborotlaming haqqoniyligini va o‘z vaqtida yetkazib
berishni ta’minlash;
26
-
inson huquqlarini buzishga qaratilgan axborotlarni to‘plash
va
tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik.
Ushbu tamoyillar bevosita 0 ‘zbekiston Respublikasining
“Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi 2003-yil 11- dekabrdgi qonuni va
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi (2002-
yil 12-dekabr) qonunlaridan kelib chiqadi. Ikkinchi qonunning 6-
moddasida maxfiy axborotdan tashqari barcha axborotlar ochiq va
oshkora bo‘lishi kerakligi ta’kidlab o‘tilgan. Bularga quyidagilar
kiradi:
- fuqarolaming huquq va erkinliklari, ulami ro‘yobga
chiqarish
tartibi to‘g‘risidagi, shuningdek, davlat hokimiyati va
boshqaruv
organlari, fuqarolaming o‘zini-o‘zi boshqarish organ-
lari,
jamoat birlashxnalari va boshqa nodavlat-notijorat tashkilot-
larining
huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari;
- ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemio-
logik,
favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda aho-
liiling,
aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommu-
nikatsiyalaming
xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan
boshqa
axborotlar;
-kutubxonalaming, arxivlaming va 0 ‘zbekiston Respublikasi
hududida
faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli
•Xborot
tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar.
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolaming
0'zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa
nodtvlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli
VOqetlar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida qonun
hvtijttlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga
xtbar berishi shart.
Bundan tashqari ushbu qonun bilan axborotdan hamma erkin
fbydalanishi
mumkinligi ta’minlanishi va haqqoniy bo‘lishi
bflgilab berilgan. 0 ‘z navbatida qonunda axborotni buzib talqin
ttllh va soxtalashtirish taqiqlangan. Shu bilan birga ommaviy
•Xborot
VOSltalari
o‘zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi
uchun ham axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda
belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi qayd etilgan.
27
0 ‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” gi (1999-
yil 20-avgust) qonuniga asosan turistning huquqlaridan biri bu:
“sayohatga taalluqli to‘liq va ishonchli axborot olish” bo‘lsa,
turistik faoliyat subyektining majburiyatlarida “turistlarga turni
tashkil qilish, ulaming huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida to‘liq
axborot berishi” belgilab qo‘yilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida” gi (1996-yil 26-aprel) qonunining 4-
moddasida iste’molchilaming huquqlaridan biri - “ tovar (ish,
xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)
haqida to‘g‘ri va to‘liq maTumot olish” huquqiga ega deb belgilab
qo‘yilgan. Bundan tashqari, ushbu qonunning 7-moddasida "Tovar
(ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan taqdirda
iste’molchining huquqlari” belgilab qo‘yilganidek, agar tovar (ish,
xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan
ma’lumot berilganligi aniqlansa va u zarur iste’mol xossalariga ega
bo‘lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo‘lsa,
iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan
zaraming qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Shundan kelib chiqqan holda turist mijoz sifatida unga qanday
turistik xizmat ko‘rsatilishi, kim tomonidan ushbu xizmat amalga
oshirilishi haqida ma’lumot olish huquqiga egadir.
0 ‘zbekiston Respublikasining yana bir muhim qonunlaridan
biri “Reklama to‘g‘risida” gi (1998-yil 25-dekabr) qonun bo‘lib,
unga binoan reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
~ ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari
bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish;
- jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,
shaxsi va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra
kamsitish yoki o‘zga shaxslaming mahsulotini badnom etish;
- qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin
bo‘lgan, fuqarolaming sog‘lig‘i yoki hayotiga va atrof-muhitga
zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan,
shuningdek, xavfsizlik vositalariga e’tiborsizlik tuyg‘usini
uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat qilish;
28
- majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan yoki ishlab
chiqarilishi yoxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma
(litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan mahsulotning tegishli
sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilish;
- agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa,
boshqa mahsulot reklamasida qo‘llaniladigan umumiy yechim,
matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglami aynan takroriash
(taqlid yoki o‘xshatma qilish);
- jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz
foydalanish;
- pomografiyani tarqatish;
- axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin
bo'lgan xorijiy so‘z va iboralardan foydalanish;
- mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor
lhaxslari
tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish;
- ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti
qo'yilgan
rag‘batlantiruvchi lotereya, tanlov, o‘yin yoki shunga
o'xshash
boshqa tadbir o‘tkazishni tadbiming tashkilotchisini,
uning
o‘tkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir haqidagi
axborot manbaini, mukofotlar yoki yutuqlar miqdorini, ulami olish
muddatlari, joyi va tartibini ko‘rsatmagan holda reklama qilish;
- mahsulotning
tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi
reklama qilish taqiqlangan
yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli
ehaklovlar
hamda
talablar
belgilangan mahsulotning tovar belgisi
yoki xl/mat
ko’rsatish belgisi
bilan almashtirib yuborish darajasida
Ыг xll yoxud unga
aynan o'xshash
bo'lgan boshqa mahsulotning
reklamaai
ko‘rinishida reklama qilish.
Bundan
tashqari, noaniqligi ikki xil ma’noni anglatishi,
bo'rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish
vaqti,
joyi va usuliga nisbatan qo‘yilgan talablami hamda qonun
hl^jjatiarida
nazarda tutilgan boshqa talablami buzishi natijasida
roklamadan
foydalanuvchilami chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi
mumkin bo‘lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga ma’naviy zarar
yetkazishi
mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib
yolg‘on)
reklama hisoblanadi va u taqiqlanadi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |