Turizm xizmatlarini litsenziyalashtirish, sertifikatlashtirish va standartlashtirish


-jadval 3. Turizmda sertifikatlashtirishning turlari



Download 0,5 Mb.
bet4/5
Sana14.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#801305
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turizm xizmatlarini litsenziyalashtirish Xalqaro turizm

1-jadval


3. Turizmda sertifikatlashtirishning turlari.

Sertifikatlash – bu aholi salomatligini va xavfsizligini ta’minlash
maqsadida tayyorlangan korxona mahsulotlari yoki xizmatlari sifatini tartibga
solish jarayonidir. Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlash nafaqatgina chetdan
kelayotgan import tovar va xizmatlarga, balki mahalliy ishlab chiqariladigan tovar
va xizmatlarga ham tegishlidir. Ekspert ma‘lumotlari bo’yicha O’zbekistonda 2.5
mingdan ortiq tovar va xizmatlar sertifikatlanadi.
Turizm va mehmonxona xizmatlari sertifikatlash majburiy hisoblanadi.
Turizm sohasida tovar va xizmatlarni sertifikatlash quyidagi maqsadlar
uchun amalga oshiriladi: inson hayoti, atrof-muhit uchun havfli bo’lgan
mahsulotlarni, huquqiy va jismoniy shaxslar mulkini sotishni nazorat qilish;
- jahon bozorini raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta‘minlash;
- iste‘molchini insofsiz, xizmat ko’rsatuvchidan va ishlab chiqaruvchidan
himoya qilish;
- mahsulotni yaratilgan (kelib chiqqan, ishlab chiqarilgan) manzilini
tasdiqlash;
- ishlab chiqaruvchi taqdim etadigan mahsulotlarning xizmatlarning sifat
ko’rsatkichlarini tasdiqlash. Turizmda sertifikatlash «mahsulot va
xizmatlarni sertifikatlash to’g‗risida»gi qonuni hamda boshqa me‘yoriy hujjatlar
bilan tartibga solinadi. Uning ob‘ektlari bo’lib, mahsulotlar, xizmatlar hamda sifat
tizimlari hisoblanadi. Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlashni ikki turi
qo’llaniladi – ixtiyoriy va majburiy sertifikatlash.
Ixtiyoriy sertifikatlash qo’yidagi holatlarda qo’llaniladi, uchinchi shaxslar
yoki qo’shma korxonadagi chet el sheriklari ishlab chiqariladigan tovarlar va
taqdim etiladigan xizmatlar uchun qo’shimcha sertifikatni talab etgan vaziyatlarda
foydalaniladi. Sertifikatlash jarayonining davlat organi bo’lib, Vazirlar Mahkamasi
qoshidagi standartlash, sertifikatlashtirish va metrologiya agentligi
(O’zdavstandart) hisoblanadi. Bundan tashqari, holi bo’lgan sertifikatlashtirish
markazlari, tadqiqot labarotoriyalari, sertifikatni nazorat qilish organlari hamda
O’zdavstandart tomonidan tan olingan yoki akkreditlashga mos ravishdagi turli
sertifikatlashtirish funksiyalarini bajaruvchi sifat ekspert-auditorlari ham faoliyat
ko’rsatadi.
Sertifikatlash davomiyligi sertifikatsiyalanadigan mahsulotlar xizmatning
kategoriyasiga bog‗liq ravishda 1 kundan to 1 oygacha bo’lishi mumkin. Mana shu
omil sertifikatlashtirish organiga beriladigan hujjatlar soniga ham ta‘sir ko’rsatadi.
Turizm korxonalarida bu oltita hujjatdan iboratdir. Turmahsulot marshrut
(yo’nalish) ni sertifikatlashtirish uchun to’lov miqdori «O’zbekturizm» Milliy
kompaniyasi tomonidan belgilanadi hamda mutahassisni bir kun davomida
sarflangan vaqtiga nisbatan hisoblanadi.
Quyidagi 2-rasmda turizm xizmatlarini sertifikatlash jarayoni ko’rsatilgan.

2-rasm. O’zbekistonda turizm sohasida sertifikatlash jarayonining bosqichlari

Rasmga izoh:Buyurtmachi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat


qo‘mitasi ga sertifikatlashni o’tkazish uchun ariza beradi. Sertifikatlash
bo’yicha tashkilot uni qabul qiladi va qayd qiladi;
1. O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi dastlabki tahlil
o’tkazish maqsadida mazkur hujjatni (korxona to’g‗risida ma‘lumotlar –
korxona nomi, ustav fondi, rahbarni malakaviy darajasini tasdiqlovchi hujjatning
nusxasi) faqatgina bir qismini to’ldirish taklifi bilan buyurtmachiga anketa savolnomalarni jo’natadi (u ariza bilan bir vaqtning o’zida ham taqdim etilishi mumkin). To’ldirilgan anketani olgandan so’ng, O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ariza bo’yicha, sertifikatlash sxemasini tanlash bo’yicha qaror qabul qiladi, xizmatlarni tekshirish natijalari jarayonini aniqlaydi, buyurtmachi va O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o’rtasida sertifikatlash bo’yicha ishlarni bajarishga shartnomani tayyorlaydi. Agar salbiy qaror qabul qilinsa bu holatda uning sabablarini buyurtmachiga yozma ravishda xabar qilinadi.
Ariza bo’yicha qaror qabul qilish muddati ariza qabul qilingan kundan
boshlab – 1 oy;
2. Turistik xizmatlarni sertifikatlash bo’yicha ishlarga haq to’lash va
imzolangan shartnomani buyurtmachidan olgandan so’ng «O’zbekturizm»
MK sertifikatsiya nazoratini o’tkazish bo’yicha komissiyani tuzadi (komissiya
kompaniya xodimlaridan va shtatdan tashqari mutaxassislardan tashkil
qilinadi) va ishlarni amalga oshirishga kirishadi;
3. Komissiya sertifikatlash nazoratini buyurtmachi anketa-savolnomani
ikkinchi qismini to’ldirish taklifi bilan boshlaydi (asosan, korxonani
faoliyat ko’rsatishi bilan bog‗liq bo’lgan) hamda qator tasdiqlovchi hujjatlarni
taqdim etishni suraydi. Turagentlikni sertifikatlashda idora (ofis, ish tartibi, aloqa
vositalari va h.k.) litsenziya, turoperatorlar bilan shartnoma, ishchi
xodimlar malaka-tajribasini h.k. tekshiradi;
4. Sertifikatsiya tekshiruvi tugagandan so’ng barcha materiallar asosida
buyurtmachini sertifikatlashni o’tkazish akti tuziladi;
5. Aktni olgandan so’ng, O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi barcha materiallar ekspertizasini o’tkazadi (aktni, ekspert xulosalarini,
anketa natijalarini va h.k. ni) hamda imzolangandan so’ng, 10 kun muddat
ichida qaror qabul qiladi:
a) maxsus resstrda qayd qilingan sertifikatni berish to’g‗risida;
b) hujjatni berishni rad etish to’g‗risida.
Agar buyurtmachi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
qaroridan norozi bo’lsa, u O’zdavstandart qoshidagi maxsus komissiyaga
appelyatsiya (qayta ko’rish) uchun da‘vo qo’zg‗atish huquqiga egadir.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish