Bog'liq Turizm xizmatlarini litsenziyalashtirish Xalqaro turizm
2.Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi Litsenziya talablari va
shartlariga rioya etilishini nazorat qilish xuquqlari. «O’zbekturizm» MK tomonidan qarorlarni qabul qilish jarayoni qat‘iy aniq
belgilangan vaqtda amalga oshiriladi, lekin amaliyotda ba‘zan ayrim kechikishlar
ham kuzatiladi. Shunga qaramasdan litsenziya berish yoki berishni rad etish
to’g‗risidagi qarori litsenziya tadqiqotchisi tomonidan barcha zaruriy hujjatlarni
ariza bilan birgalikda taqdim etgandan so’ng 30 kundan ortiq bo’lmagan muddatda
qabul qilinadi.
Ekspertlarni fikriga qaraganda, bu huquqni muhofaza qilish organlarining,
moliyaviy va soliq xizmatlarining o’z sohalari bo’yicha zaruriy tekshirishlari bilan
bog‗liqdir. Masalan, turizm sohasidagi faoliyat uchun litsenziya firma – egalari
(rahbarlari) to’g‗risida ma‘lumotlar jo’natiladigan muassasalar ro’yxatiga Milliy
xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar Vazirligi (IIB), Tashqi ishlar Vazirligi, Tashqi
iqtisodiy aloqalar agentligilari kiradi. Har qanday holatda «O’zbekturizm» MK 15
kun muddat ichida, taqdim etilgan hujjatlar bo’yicha ekspert xulosalarini
tayyorlaydi, hujjatlarni ko’rib chiqadi hamda litsenziyani berish yoki (bermaslik)
uni rad etish to’g‗risidagi takliflarini komissiyaga tasdiqlash uchun tegishli qaror
qilinganligi haqida qaror bayonnomasini tasdiqlaydi. Undan so’ng natijalar
to’g‗risida Milliy kompaniya uch kun muddat ichida tadqiqotchini xabardor qiladi,
ya‘ni unga bank rekvizitlari ko’rsatilgan holda yozma shaklda bevosita taqdim
etadi yoki jo’natadi (unda davlat bojini to’lash muddati va hisob raqamlari aks
etishi kerak). Bir vaqtning o’zida tadqiqotchiga litsenzion kelishuvni imzolash
uchun jo’natadi. Shuni qayd qilish kerakki, agar 3 oylik muddat ichida yuqorida
qayd qilingan litsenziat kelishuvi tuzilmasa va davlat boji to’lanmagan holatlarda
hukumat komissiyasi litsenziyani bekor qilish to’g‗risida qaror qabul qilish
huquqiga ega.
Quyida O’zbekistonda «O’zbekturizm» MK ning ishchi organi orqali
turizm litsenziyasini rasmiylashtirish jarayoni va bosqichlari ko’rsatilgan.Litsenziat
tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishni nazorat qilish qonunda
belgilangan tartibda «O’zbekturizm» M.K tomonidan amalga oshiriladi. Bunda
«O’zbekturizm» M.K quyidagi huquqlarga ega:
- litsenziatni litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini rejali
tekshiruvi va litsenziat tomonidan ushbu holatlarda buzilish faktlari mavjud
bo’lganda rejadan tashqari tekshiruvlarni o’tkazadi;
- litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishni tekshirishni o’tkazishda
tug‗iluvchi masalalar bo’yicha zaruriy ma‘lumotlarni so’rash hamda olishga;
- tekshirish natijalari asosida litsenziatni litsenziya talablari va shartlarini
aniq buzilishlarini ko’rsatgan holda akt yoki ma‘lumotnoma tuzadi.
- aniqlangan kamchiliklarni litsenziatga bartaraf etish majburiyatini
yuklovchi bunday buzulishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilovchi qarorni
chiqarishga;
- litsenziya harakatini to’xtatib qo’yish, ta‘qiqlash yoki bekor qilish
to’g‗risida masalani Komissiyada ko’rib chiqish uchun taqdim etadi.
«O’zbekturizm» M.K turizm faoliyatiga litsenziya reestrini yuritadi, uning
ma‘lumotlari jismoniy va huquqiy shaxslar uchun ochiq hisoblanadi (1-jadval).
Beriladigan litsenziyalarda turistlarga xizmat ko’rsatish sifati va darajasini
hisobga olgan holda ikki turning indeksatsiyasi amalga oshiriladi:
CH– chet el turizmi;
M– milliy turizm.