Turizm va servis


Marketing tuzilishini yaratishning tamoyillari6



Download 3,8 Mb.
bet9/11
Sana16.06.2022
Hajmi3,8 Mb.
#676537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tur.kor.marketing.faol.tash.etish.Nurdinova

Marketing tuzilishini yaratishning tamoyillari6
Marketing bo‘limining katta – kichikligi qo‘yidagilarga bog‘liq:

  • tavsiya etiladigan xizmatlar miqdoriga – haridorni o‘rganish tahlil

hajmiga ta’sir qiladi;

  • xizmatlar turiga – tahlil turiga va iste‘molchilar miqdoriga ta’sir qiladi;

  • raqiblar miqdoriga – o‘tkaziladigan ish hajmiga ta’sir etadi, ishlar bajarilishi, sotish hajmi, ulgurji va chakana siyosatini o‘rganish uchun;

  • reklama imkoniyatlari – mahsulotni ko‘proq reklama qilish uchun yurish uchun va materiallarni qayta ishlash uchun kishilar ko‘proq kerak bo‘ladi.

Bugungi kunda marketing bo‘limlari har bitta yirik turoperatorlik kompaniyada mavjuddir. Ular u yoki bu darajada marketing faoliyati, ya’ni bozor tahlili va turmahsulotni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni yaratish bilan, yangi bozorlarga chiqish, raqobat afzalliklarni qidirishi va h.k. bilan, hamda turmahsulotni o‘tkazish bilan bog‘liq, ya’ni agentliklar bilan bog‘liq ko‘pgina qo‘shimcha masalalar yechimi bilan Shug‘ullanadilar. Bunga seminarlarni, mastersinflarni, press-turlarni tashkil etish, ixtisoslashgan ko‘rgazmalarda va ishtirok etish va h.k. kiradi.
Bundan tashqari, marketing bo‘limlari odatda tur reklamasini tuzadi va joylashtiradi, jamoat bilan aloqalar o‘rnatadi. Bunda umumbashariy masalalarni yechish – yangi mahsulotni jalb etish, yangi yo‘nalishda chiqish-firma rahbari va bir nechta top-menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Odatda marketing bo‘limida xodimlar soni 3-5 kishidan ko‘p bo‘lmaydi. Kichik turoperatorlik kompaniyalar, kompaniya – monooperator, turagentliklar maxsus marketing bo‘limisiz ish yuritadi. Ular xodimlardan bitta mutaxassisni undaydilar, bozor tahlili bilan esa kompaniya rahbariyati shug‘ullanadi.



  1. Turistik xizmatlarni ishlab chiqish va turmahsulotlar sifatini nazorat qilish.

Maʼlumki, iqtisodiyotida xususiy mulkchilik munosabatlarini shakllantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlik subʼektlari o‘rtasida o‘zaro raqobat kurashini shakllantirish va buning natijasida sifatli mahsulot yoki xizmatlarni yetkazib berishni ifoda etadi. Turistik xizmatlar bozoridagi raqobat turistik biznesning yirik kompaniyalari o‘rtasida bozordagi hukumronlikka egalik qilish shaklida bo‘lsa, unchalik katta bo‘lmagan kompaniyalar o‘rtasida mijozlar uchun kurashish shaklida namoyon bo‘ladi. Biroq, bu sohada ham turizm sanoati o‘ziga xosliklari bilan ajralib turadi. Masalan, ko‘plab turistik kompaniyalar tashqi bozorga chiqqanlarida o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatlaridan farq qiladigan raqobatga duch keladilar. «Olimpik Xolideyz» nomli turistik operator Gretsiyada monopol kompaniya sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Biroq, uning gʼarbiy Yevropa mamlakatlarida o‘z taʼsir doirasini kengaytirish va inklyuziv sayohatlarni tashkil qilish maqsadida amalga oshirgan intilishlari juda kuchli raqobatga duch keldi. Kompaniyaning bozordagi pozitsiyasini bunday o‘zgarishi asosan, boshqa bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha tahlil qila olmaganligidan dalolat beradi. Chunki, turizm sohasi birinchi navbatda insoniyatning hoxish va istagi bilan chambarchas bogʼliqdir. Bu esa o‘z navbatida turizm bozoridagi har bir isteʼmolchining o‘ziga xos jihatlarini va sayohatga bo‘lgan o‘ziga xos yondashuvlarni har jihatdan o‘rganishga ko‘maklashuvchi marketing so‘rovlarini o‘tkazilishini talab qiladi. Umuman olganda, turizmda mulkchilik munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilarda o‘z ifodasini topgan: turistik kompaniyalar va agentliklarning miqdorini ko‘p bo‘lishi natijasida ular faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatdagi mavjud turistik imkoniyatlarni dunyo xamjamiyatiga yanada keng reklama qilish, sayyohlar oqimiga imkon qadar sifatli xizmatlar ko‘rsatish orqali ularning mamlakatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish va eng asosiysi, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro mustahkam do‘stlik munosabatlarini qaror toptirish; turistik kompaniya va agentliklar tomonidan ko‘rsatiladigan turistik xizmatlarni kengaytirish ehtiyojining yuzaga kelishi natijasida mamlakat hududida turli zamonaviy xizmat ko‘rsatuvchi obʼektlarni keng miqyosda barpo ettirish; turizm orqali boshqa ko‘plab iqtisodiyoti sohalarini samarali faoliyatini taʼminlash. Masalan, turistlarni mamlakatimizga kelishi mamlakatimiz bozorlarida sotilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini xarid qilinishi, ularning o‘z yurtlari bilan bogʼlanib turishlari uchun sifatli telekommunikatsiya vositalarining yanada keng tarmogʼini tashkil etilishi, mamlakat hududidagi transport yo‘llarini zamonaviylashtirilishi, turistlarning madaniy hordiq chiqarishlarini taʼminlashda muhim omillardan biri hisoblangan sport inshootlarining zamonaviy tarzda bunyod etilishi va shu kabilarga olib keladi.




  1. Download 3,8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish