Turizm va servis


Turistik korxonada marketing xizmati faoliyati va



Download 3,8 Mb.
bet5/11
Sana16.06.2022
Hajmi3,8 Mb.
#676537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tur.kor.marketing.faol.tash.etish.Nurdinova

2. Turistik korxonada marketing xizmati faoliyati va
uning xususiyatlari
Tarixiy shunday bo‘lib kelganki, necha o‘n yillik mobaynida marketing bo‘limi sotish bilan Shug‘ullanuvchi oddiy bo‘limdan kompaniya faoliyatining muhim funksional sohasiga aylangan.
Marketing firma ichidagi rivojlanishida odatda uning beshta bosqichga ajratiladi:
1- bosqich. Sotish bilan shug‘ullanuvchi oddiy bo‘lim.
2- bosqich. Yordamchi marketing vazifalarni bajaruvchi savdo bo‘limi.
3- bosqich. Marketingning mustaqil bo‘limi.
4- bosqich. Marketingning zamonaviy bo‘limi.
5- bosqich. Samarali marketing kompaniyasi.
Turizm marketingida industriya korxonalaridagi marketingiga o‘xshashiga qarab o‘ziga erkin baʼzi xususiyatlari bordir. Turizm marketingini, boshqa industriya mahsulotlarining bozorlanishidan ajratgan xususiyatlari quyidagicha izohlanadi :
1. Turizm industriyasida xizmat bozorlanadi va xizmatlarning material xususiyati yo‘qdir. Xolbuki industriya mahsulotlari ideal o‘lchaniladigan yoki deyiladigan moddalardir.
2. Imkonli isteʼmol mahsulot va xizmatlaridan farqli bo‘laroq 2 xil tartibda bozorlanadi.
a) Rasmiy turistik tashkilotlar tomonidan qilingan va to‘gʼridan sotish maqsadi bo‘lmagan marketing.
b) Korxonalar tomonidan qilingan va o‘z mahsulotlarining sotilishlarini maqsadlagan marketing.
3. Turizm marketingida, industriya marketingiga qaraganda atrof va quyi qism muammolari eʼtiborga olinadi. Dengiz, qum, quyosh, tabiiy go‘zalliklarning mavjudligi va boyligi marketingni taʼsirlaydi.
4. Turizm marketingida isteʼmolchi xizmatga ega bo‘lish uchun ishlab chiqarish joyiga ketadi, industriya marketingida esa, mahsulotlar ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchiga olib kelinadi va yetkaziladi.
5. Turizm merketingida, ishlab chiqarish va isteʼmol bir xil vaqtda ro‘y beradi. Xizmatlar oldin sotib tugatiladi, holbuki industriya marketingida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotishga taqdim etiladi.
6. Turistik korxonalar mavsumiy ishlaydilar. Turistik xizmatlar chidamli va uzoq muddatli foydalaniladigan xizmatlar emasdir.
7. Turizm industriyasida marka nizomiga bogʼliqlik kamdir. Turizm bozorida haqiqiy mahsulot, tortuvchanlik yuqori bo‘lgan bir mintaqa yoki madaniy markazdir.
8. Turistik xizmatlari uchun yaralgan talab kunlik, haftalik, oylik va yillik bo‘lib juda farqlilik ko‘rsatuvi bir talabdir. Talab elastikdir.
9. Turizm marketingining asosiy maqsadi isteʼmolchini mamnun etishdir. Industriya marketingida maqsad, bir mahsulotning isteʼmolchiga foyda keltirishidir.
10. Turistik mahsulotlar, asosan xaridorga xizmat shaklida ko‘rsatiladi. Turistik mahsulot sof bir xizmat mahsulotdir, faqat qo‘llanilishi bilan farq qiladi.
11. Turistik mahsulotlar aralash mahsulotlardir.
12. Turistik mahsulotlar yigʼilmaydi. Shu sababli turizm marketingi tavakkaldir.
13. Turistik mahsulotlar bir biridan farqli bo‘lganligi uchun standartlashtirish imkoni yo‘qdir.
14. Turistik mahsulotlar tugallanuvchi mahsulotlardir.
15. Turistik mahsulotlar aralash mahsulot bo‘lganliklari uchun xizmatlar farqli muassasalar tomonidan ko‘rsatilganidan nazorat funktsiyasi juda qiyin yuzaga keladi.
16. Turizm marketingi sanoat marketingiga qaraganda juda tavakkaldir. Biror restoran yoki mexmonxona xizmatlari sotilmasa bularni boshqa bir joyga tashish imkoni yo‘qdir.
17. Bir xizmatning sotib olinishi va qo‘llanilishi isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida to‘gʼri munosabatni keraktiradi. Bu munosabatda quyidagi natijalar paydo bo‘ladi.
a) Bu munosabatning yuzaga kelgani vaziyat juda ahamiyatlidir. Biror mexmonxonaning koridori, biror restoranning ichi kutilgan xizmatning natijasining olinishini ro‘yobga chiqarmoqtadir.
b) Munosabatlarda yuqori bir personalizatsion ko‘riladi. Mashxur bir katta mexmonxonaning yoki restoranning mijozi u yerda ismi bilan chaqirilishidan yoki xotirlanishidan katta bir sevinch his etadi. Аksi bo‘lsa mushtariy boshqa bu yerga kelmasligi mumkin.
Agar xizmatlar sohasida paydo bo‘ladigan xususiy muammolarga e’tibor bermasa Turizm va mehmonxona xo‘jaligi vazifalarning uchta guruhini ajratish mumkin:
1. Bozorni, talabni, iste’molchilar didi va xohishini puxta va har tomonlama o‘rganish asosida bozorga chiqish, Shu talablarga javob beruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish;
2. Xizmatlar ishlab chiqaruvchining bozor izmini oshiruvchi bozor munosabatlarning ijtimoiy – iqtisodiy samarasini oshirishi va ularning eng ma’qul darajasiga erishish, xizmatlar turlanishini doimo kengaytirish, yangi bozorlar (bozor segmentlar) ni faol qidirish, mavjud bo‘lgan bozorlarni kengaytirish.
3. Barcha mavjud bo‘lgan vositalar yordamida hayotga marketing xizmatlar rejasini uzluksiz tadbiq etish asosida iste’molchilar va bozorga ta’sir etish, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarni oldingi siljitishning asoslangan va samarali siyosatini yaratish


Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish