Turizm va servis


Turistik korxonalarda marketingni rivojlantirishining zamonaviy yo‘nalishlari



Download 3,8 Mb.
bet10/11
Sana16.06.2022
Hajmi3,8 Mb.
#676537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tur.kor.marketing.faol.tash.etish.Nurdinova

Turistik korxonalarda marketingni rivojlantirishining zamonaviy yo‘nalishlari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aloqa va ayrboshlashni amalga oshirishning nuqtai nazaridan quyidagi holat ravshan bo‘lmoqda: marketing inson faoliyatining yangi turi emas, balki u doimo bo‘lgan va qanday bo‘lmasin, yechiladigan vazifalar doirasida amal qiladi. Marketingning vujudga kelishi, keyinchalik esa uning roli o‘sishiga iqtisodiyot va raqobat muhitida murakkabligi, turistik xizmatlarga bo‘lgan talabda namoyon bo‘ladi. Oxirgi omilning ta’siri juda kuchlidir. Turistik xizmatlarga bo‘lgan talab o‘zgarishning zamonaviy yo‘nalishlari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:

  • turistlar yurish-turish tarzining o‘zgarishi;

  • talabning ixtisosligi va yakkaligi;

  • sayohat turizmining yoyilishi;

  • ekologiyaning iste‘molchi fikrlashiga ta’siri;

  • turistik sayohatlarning tez-tez sodir bo‘lishi va davomiyligining o‘zgarishi;

  • turistik dam olishning jadallashuvi.

Turistlarning yurish-turish tarzida quyidagi o‘zgarishlar ro‘y beradi:

  • turistik sayohatlarni asoslashda dam olish faol shakllarning ta’siri kuchaymoqda (sust dam olishdan, faol dam olish shakliga o‘tish).

Turistik sayohatlarni asoslashda gedonizmning vujudga kelishi. Bu ta’limot huzur qilish va taasurotlar o‘zgarishiga ehtiyoj borligini ifoda etadi. Buning ustiga ahamiyatga huzur olishning ob‘ekti emas, balki jarayonning o‘zi ega bo‘ladi.

Germaniya turistlari bo‘yicha maqsadli o‘rnatishlarning o‘zgarishi


XX asrning 50–70-yillari

XX asrning 80–90-yillari

Dangasalik va oftobda toblanish Hech nima to‘g‘risida o‘ylamaslik, o‘zini erkalash
O‘zini cheklamaslik, sivilizatsiya ne‘matlarini to‘la hajmda iste‘‘mol qilish

Taassurotlarni almashtirish, yangilari bilan tanishish
Faol bo‘lish, ko‘pchilik bilan dam olish
Tabiatdan zavqlanish

Turistik bozorning yetarlicha to‘yinganligi davrida manfaatlar bo‘yicha maxsus turizm alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Turistik firmalar o‘z mahsulotini turistlarga butunlay taklif qilmaydilar, balki mijozlarning aniq maqsadli guruhlarning talabini qondirishga harakat qiladilar. Bunga binoan, xorijda yakka va g‘ayriodatiy dam olishlar ommaviylashib bormoqda. Umuman ma’lum va aniq, «aholisi haddan ortiq» bo‘lgan kurortlarga guruh turlari ko‘pchilikni qiziqtirmayapti.
Turistlar ko‘proq yakka, o‘z xohishiga ko‘ra tanlagan sayohatlarga e‘tibor bermoqdalar. Jannatli Kanar yoki Antaliyaning oltin qumli plyajlari o‘rniga u yerda yaqin orada turbiznes mahalliy aholining asosiy ishiga aylanadi. Suv osti g‘orlarda o‘zining xavfliligiga qaramasdan, suzish modaga aylangan. G‘ayriodatiy qiziqishlarning eng yaxshi joyi – Yukatan yarim orolidagi (Meksika) mashhur suv osti g‘orlari. Modada Islandiyaning – Geyzer buloqlari, muz qatlamlari va vulqonlari.
Yakka holda dam olishni xoxlovchilar o‘rtasida Yevropa mamlakatlar bo‘yicha velosiped sayohatlarni yoki Markaziy va G‘arbiy Yevropaning kanallari va daryolari bo‘yicha shinam 4-o‘rinli «lyuks» yaxtalarda tinchgina suzishlarni tanlab oladiganlar kam emas. Bu turistlar g‘ayriodatdagi dam olish o‘rniga, shinam dam olishni tanlaydilar.
Mazaxo‘rlar uchun maxsus gastronomiya turlari tashkil etiladi. Diniy turlar yanada ommaviylashib bormoqda. Faqat Isroil xristian dinning muqaddas joylari bo‘yicha emas, balki Butan va Nepalning Budda monastrlari hamda tashlab qo‘yilgan hind ibodatxonalariga ham sayr qilish. O‘tkir sezgilarning havaskorlari Janubiy Amerika, Andga qarab tog‘ chang‘isida uchish uchun yo‘l oladilar.
Sayyor turizmning yoyilishi o‘z ifodasini turistik sayohatlarning tarkibida xorijga sayohatlar sonining ko‘payishida va bir paytda ularining mamlakat ichida kamayishiga olib keladigan yo‘nalish kuzatiladi.
Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaponiya, Xitoy kabi ekzotik mamlakat-larga bo‘lgan uzoq sayohatlarga ham talab kengayib bormoqda. Xalqaro savdo tashkilotining ma’lumotlariga qo‘ra 2020 yilga borib Xitoy jahonda yetakchi turistik yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu davlatga turistlarning kelishi 137 mln. kishini tashkil etishi kutiladi. Undan keyin AQSH, Fransiya, Ispaniya va Xitoydan alohida yo‘nalish sifatida ajralgan Gonkong yo‘nalish ommaviylashib boradilar.7
Hammasi bo‘lib 2020 yilda xalqaro turistik kelishlarning soni 1,6 mlrd. ni tashkil etib, 1995 yil ko‘rsatkichlarga nisbatan uch marta ko‘p bo‘ladi. Turistlarning kundalik sarflari 5 mlrd. dollargacha tashkil qiladi (aviasayohatlardan tashqari) bo‘lishi kutiladi.

2020 yilga borib eng ommaviy yo‘nalishlar8


Mamlakat

Turistik kelishlarning soni (mln.)

Jahon turistik bozorida ulushi (%)

1995-2000 yillardagi harakati (%)

Xitoy

137,1

8,6

8,0

AQSH

102,4

6,4

3,5

Fransiya

93,3

5,8

1,8

Ispaniya

71,0

4,4

2,4

Gonkong

59,3

3,7

7,3

Italiya

52,9

3,3

2,2

Buyuk Britaniya

52,8

3,3

3,0

Meksika

48,9

3,1

3,6

Rossiya Federatsiyasi

47,1

2,9

6,7

Chex Respublikasi

49,0

2,7

4,0

Turistlarni yetkazib beruvchi eng yirik mamlakatlar Germaniya (163 mln. sayohat), Yaponiya (141 mln.), AQSH (123 mln.), Xitoy (100 mln.), Buyuk Britaniya (56 mln.) bo‘ladi.
Shunday qilib, turistik xizmatlar bozoridagi tarkibiy o‘zgarishlar, raqobat sharoitlarning o‘zgarishi, iste‘molchilarning xulq-atvori turistik korxonalarni yangi marketing izlanishlarni qidirishga majbur qiladi.
Marketing izlanishlari iste‘molchilar bilan bo‘lgan uzviy aloqalarga alohida e‘tibor berib, o‘z vazifalarni kengaytiradi. Mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar, yangi mijozga ko‘rsatadigan firma xizmatiga qiziqishni uyg‘otishga ketadigan marketing harajatlarga nisbatan, arzonga tushadi. Masalan, ma’lumki, yangi mijozni o‘ziga tobe etishi bor bo‘lgan haridorlarga sotuvlarni tashkil etishga nisbatan 6 marotaba qimmatga tushadi. Agar mijozning talablari qondirilmasa, uning e‘tiborini qayta qaratish uchun firma 25 marotaba ko‘p harajat qilishi kerak bo‘ladi.
Turistik taklif sifati xizmat ko‘rsatish sifatidan ajralmas bo‘lgan yuqori aloqali sohadir. Amalda korxonaning barcha xodimlari mijozlar bilan aloqa yuritishda sotuvchi sifatida maydonga chiqadilar. Ular o‘zlari taklif etiladigan turistik mahsulotning bir qismi bo‘lib qolmoqdalar. Buning uchun marketing izlanishlari turistik korxonaning barcha xodimlari uchun falsafaning bir qismi bo‘lishi kerak. Marketing izlanishlari esa barcha xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
O‘zaro munosabatlar marketing tamoyili iste‘molchilarning ehtiyoj, talablarni qondirish sohasida faqat marketing texnikasi (mumtoz marketing vositalari) korxona oldida turgan muammolarni yecha olmaydi. Aslida ko‘rinib turibdiki, aloqador va ijtimoiy tavsiflarsiz (korxonaning tashkiliy madaniyati, xodimlarning shaxsiy tavsifnomalari, ishonch va majburiyatlik muhitni yaratish, muammoli vaziyatlarni tinch yo‘l bilan yechish ehtimoli, shaxsiy aloqalar) turizmdagi marketing faoliyatining samarasi cheklangan va korxonaning bozor talabiga binoan rivojlanishiga yo‘l bermaydi.
Turistik biznes bo‘yicha axborotlarni tez qayta ishlash uchun axborotlarni tezkor ishlashga va rejalashtirish vazifalarini hal qilishga imkon beradigan kompyuter tizimlarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu bosqichda quyidagi operatsiyalar kompyuterlashtirishni talab qiladi:

  • marketingga oid va boshqa axborotlarni to‘plash va tahlil qilish;

  • o‘tkazish, talab hajmlarini, turistik bozor sig‘imini, bozordagi narxlar holatini, o‘tkazish potentsialini bashorat qilish;

  • turizm bo‘yicha to‘plangan axbortlarni saqlash;

  • turli algoritmlar, matematik modellar yaratish.


Xulosa
Turizm rivojlanishini marketingsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki marketing turizm bozorini o‘rganishda asosiy rol o‘ynaydi. Lekin, respublikamiz turizmi tizimida marketing xizmatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Buning uchun chet el turistik bozorlarini o‘rganish u yerlarga milliy turistik mahsulotlarni sotish uchun harakat qilish kerak. Hozirda milliy turmahsulotlarimizga bo‘lgan talab o‘rtacha darajada bo‘lsa ham narx siyosatini yaxshi deb bo‘lmaydi. Narxlar jahon bozoridan mahsulotlarga qaraganda juda yuqoridir. Shuning uchun turistlarning talabi borgan sari kamayib ketmoqda. Ular faqat tashkiliy maqsadlarda tashrif buyurishmoqda.
Har qanday sanoatda ham (qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, togʼ-konchilik, neftь va gaz qazib olish sanoati va hokazo) mamlakat hukumati xususiy tarmoqni bu sanoatlarning rivojlanishi yuzasidan ragʼbatlantirib borishi lozim. Turizm sohasida ham xususiy tarmoqlarni rivojlantirish, shu jumladan turistik firmalar faoliyatini takomillashtirish eng asosiy omillardan sanaladi. Turistik firmalarning rivojlantirishda asosan biznes rejalarni tuzishga katta ahamiyat beriladi. Chunki mukammal tuzilgan biznes- reja kelajakda ushbu firmaning yo‘lini belgilab beradi. Turistik firmalar o‘z mahsuloti rivojlanishining dastlabki bosqichida mashhur turizm maskanlari hukumatdan o‘z faoliyatlarini yuritishga, transport va hokazolar kabi infratuzilmaning boshqa elementlariga egalik huquqi shaklida imtiyoz oladilar va ayni paytda hukmat ham turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida xususiy tarmoqlarga imtiyozlar beriladi.



Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish