Turizm va servis” kafedrasi



Download 119,57 Kb.
bet4/9
Sana14.07.2022
Hajmi119,57 Kb.
#796865
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurahmonov Doniyor kurs ishi turistik xizmatlar sifati nazorati

Lyuks klass. Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli hashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samaliyotlarida uchish, hashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport, lyuks klass mashinalarida, alohida gid xizmatlari va h.k. Bunday turlar VIP-xizmat ko‘rsatish turkumi (raziyadi) bo‘yicha taqdim etiladi.
Birinchi klass — bu ham nisbatan yuqori darajali xizmat ko‘rsatish bo‘lib, 4-5 yulduzli mehmonxonalarga joylashtirish, biznes klass darajadagi samaliyotlarda uchishni, qimmatbaho restoranlarda ovqatlanishni, individual transfertni, gid xizmatlarini nazarda tutadi.
Turistik klass - 2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni, doimo aviareyslaming iqtisod klasslarida uchishni, shved stoli bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli transfertni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turi hisoblanadi.
Iqtisod klass - eng arzon xizmat ko‘rsatish turidir. Odatda, iqtisod klassdan talabalar va kam ta’minlanganlar foydalanadi. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada bo‘lmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni ko'zda tutadi: 1-2 yulduzli mehmonxonada joylashtirish, yotoqxona va xostellarda joylashtirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyili bo‘yicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda joylashtirish, charter aviareyslarida uchish, kutib olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshirilishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi tejamli va arzon bo‘ladi.
O‘zbekistonda turistlar uchun tashkil qilingan turistik xizmatlar hamda ularning turlari
Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ‘ib qilish imkonini berdi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlillar turizm tarmog‘ini tartibga soluvchi normativ-huquqiy asosning nomukammalligi, alohida turizm xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining, shuningdek chet el fuqarolarining toifalari, bo‘lish muddatlari va maqsadlari bo‘yicha dunyo amaliyotida keng qo‘llaniladigan alohida viza rejimlarining mavjud emasligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, joylashtirish vositalari va infratuzilma obyektlarining, ayniqsa turizm mavsumida yetishmasligi, turli transportlarda yo‘lovchilarni tashish tizimining yetarli darajada muvofiqlashtirilmaganligi, shuningdek, turistlarni mavjud turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkillashtirish darajasining pastligi, ichki turizmni, mamlakat hududlaridagi madaniy meros obyektlarining va ziyoratning o‘ziga xosliklarini targ‘ib qilish bo‘yicha marketing kampaniyalarining samarasizligi turizmni jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir qilmoqda.5
O‘zbekistonda mehmonxona biznesining rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlar sifatida mehmonxona ixtisoslashuvining chuqurlashuvi, xalqaro mehmonxona tarmoqlarining tashkil topishi, mehmonxona biznesiga zamonaviy kompyuter texnologiyalarining kirib kelishi va ulardan samarali foydalanishning yo‘lga qo‘yilganligi kabi bir qator omillami keltirib o‘tish mumkin.Bugungi kunda mamlakatimizda mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilgan. Sohani rivojlantirishga qaratilgan qonun osti hujjatlari ishlab chiqilgan va bu ish hozirda ham davom ettirilmoqda.
Mehmondo‘stlik industriyasi - bu mintaqa yoki turistik markaz xo‘jaligining kuchli tizimi va turizm iqtisodiydtining muhim tarkibiy qismidir. Mehmon qabul qilish industriyasini guruhli va yakka joylashtirishning turli xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, appartamentlar, turistik qishloqlar, shuningdek, turistlarni joylashtirishda ishtirok etuvchi xususiy sektorni tashkil etadi.
Mehmonlarni ro'yxatga olish, ularning kelishi va ketishini boshqarish, mehmonlarga turli-tuman xizmatlar ko‘rsatish mehmonxonaning ma’muriy qismida amalga oshiriladi. Mehmonlar oqimi har xil kiruvchilar, ketuvchilar, yashovchilardan iborat. Joylashtirish xizmati asosan quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi:
• mehmonlar hujjatlariga ko‘ra qabul qilinadi. Ma’mur mehmon bilan yashash joyini (nomer toifasi,uning joylashgan o‘rni va sh.k.ni), ko‘rsatiladigan xizmatlarni, yashash muddatini kelishib oladi. Yashash uchun haq olinadi. Rasmiylashtirish yakunlanganidan keyin mehmonga nomer kartasi va kaliti beriladi;
• mehmonlar nomerda yashashi davrida ularga xizmat ko‘rsatish, yashash muddatini uzaytirish, mehmonni bir nomerdan boshqa nomerga o‘tkazish (zarur hollarda), yashash uchun haq olish, mijozning xohishiga qarab unga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi;
• mehmonning jo‘nab ketishini rasmiylashtirish chog‘ida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun u bilan to‘liq hisob-kitob qilinadi (foydalanilmagan avans qaytarib beriladi), mijoz nomer va kalitni topshiradi. Mijoz bilan hisob-kitob naqd pul bilan ham, pul o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Yagona hisob-kitob soati (12 soat) tizimini joriy etish mehmonxona ma’muriyatiga mijozlar bilan texnik hisob-kitob qilish jarayonini soddalashtirish imkonini beradi. Mijozga kredit kartalaridan foydalanish imkonini berish yo‘li bilan mehmonxona uning erkinlik darajasini oshiradi.
Qabul qilish xizmatining ishini yengillashtirish uchun axborothisoblash tizimlari ishlab chiqilgan va tatbiq etilmoqda. Umumiy holda axborot-hisoblash tizimi quyidagi to‘rtta funksional qismdan tashkil topadi:
- joylarni oldindan buyurtma qilish kichik tizimlari;
- xizmatga doir axborot berilishini ta’minlash tizimlari;
- navbatchi ma’mur tizimlari;
- mehmonxona ma’muriyati tizimlari. 6

O’zbekistondagi umumiy joylashtirish vositalari
Turizmda axborot hisoblash tizimining imkoniyatlari juda keng. Joylarni oldindan buyurtma qilish jarayonini avtomatlashtirish bilan bir qatorda, kelayotganlar ro‘yxatga olinadi, nomer fondining hisobi yuritiladi, mijozlar uchun hisob varaqlar tayyorlanadi.


Mehmon uylari

Mehmon-xonalar


Maxsus joylar

4-rasm. O‘zbekistondagi umumiy joylashtirish vositalari.


Hozirgi paytda turistlar va ekskursantlarni joylashtirish xizmati boyicha yurtimizda qulay sharoitlar yaratilgan. Bunga misol tariqasida quyidagilarni keltirib o‘tamiz:

Download 119,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish