Turizm va servis” kafedrasi



Download 119,57 Kb.
bet2/9
Sana14.07.2022
Hajmi119,57 Kb.
#796865
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurahmonov Doniyor kurs ishi turistik xizmatlar sifati nazorati

Kurs ishining ob'ekti. Kurs ishining ob'ekti bo'lib jahonning rivojlangan mamlakatlari va O'zbekistondagi turizm sohasining xizmatlarini tushinishimiz mumkin.
Kurs ishining predmeti. Kurs ishining predmeti bo'lib O'zbekistonda turizm sohasida sayyohlarga turistik xizmatlarni ko'rsatish jarayoni va ularning sifat darajasi tushiniladi.
Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsadi jahonning rivojlangan mamlakatlarida sayyohlar uchun ko'rsatilayotgan zamonaviy turistik xizmatlarni yurtimiz sharoitida turistlar uchun joriy qilish, innovatsiya loyhalarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • Turistik xizmatlar va ularning tasnifi;

  • O‘zbekistonda turistlar uchun tashkil qilingan turistik xizmatlar va ularning turlari;

  • Turistik korxonalarda xizmat ko'rsatish sifat ko'rsatkichlari;

  • Turistik xizmatlar sifatini baholash;

  • Xizmat ko'rsatish sifatiga ta'sir etuvchi omillar.

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, 5 ta qisimdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar, shuningdek, unda foydalanilgan jadval hamda rasmlardan tashkil topgan.

Turistik xizmatlar va ularning tasnifi
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunidagi ayrim moddalarda turistik xizmatlar bilan bog‘liq tushunchalarning ta’rifi berilgan. Jumladan, Qonunning 3-moddasida turistik xizmatlar tushunchasi haqida: «turistik xizmatlar turistik faoliyat subyektlarining joylashtirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklama xizmatlari ko‘rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlar», deb ta’riflanadi.
Turistik xizmatlar - turist va ekskursant ehtiyojlarini qondirish va ta’minlashga qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar to‘plami bo‘lib, ular turizm maqsadlariga, xarakteriga va turistik xizmatning qanday yo‘naltirilganligiga javob berishi hamda umuminsoniy tamoyillarga qarshi bo‘lmasligi kerak. Davlat standarti ta’rifiga ko‘ra, turistik xizmatlar - turistlaming ehtiyojlarini qondirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turizm tashkilotlarining faoliyati mahsulidir.
Turistik xizmatlar ikki turga bo‘linadi: asosiy va qo‘shimcha turistik xizmatlar. Ularning bir-biridan farqli tomonlari quyidagilardan iborat:

Asosiy xizmatlar

Qo‘shimcha xizmatlar


Qo‘shimcha turistik xizmatlar esa turpaketga kiritilmaydi.

Turpaketga kiritiladigan xizmatlardir.


Qo‘shimcha turistik xizmatlarda to’lov - xizmatdan foydalanish jarayonida amalga oshiriladi.

Asosiy turistik xizmatlar sayohatni boshlashdan oldin sotib olingan, ya’ni to‘lov oldindan amalga oshirilgan bo’ladi.

1-rasm. Turistik xizmat turlari.2


Yuqoridagi farqlardan kelib chiqqan holda, qo‘shimcha turistik xizmatlar deganda, turpaketda nazarda tutilmagan, turist sayohat davomida o‘zining qo‘shimcha to‘lovi asosida amalga oshiriladigan xizmatlar tushuniladi.
Butunjahon turizm tashkiloti qo‘shimcha turistik xizmatlaming 400 ta turini keltirib o‘tgan. Qo‘shimcha turistik xizmatlaming ahamiyati shundaki, unda turist paydo bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondiradi, ma’lum bir vazifalarni bajarishda o‘zini urintirmaydi (masalan: mehmonxonada yashayotganida kiyimini tozalash yoki dazmollash uchun mehmonxona xodimlariga murojaat qiladi). Turist qo‘shimcha turistik xizmatlar tufayli to‘la dam olishga erishadi. Natijada o‘z sayohatidan ko‘ngli to‘ladi. Qo‘shimcha turistik xizmatlardan turist ikki xil vaziyatda foydalanadi:

  • turpaketning tanaffus qismida yoki turist bo‘sh qolgan vaqtda foydalanadigan xizmatlar (masalan, kechqurin Registon maydonida namoyish etiladigan ovozli va nurli panoramaning tomoshasi).

  • asosiy xizmatlar ko‘rsatilishi davomida yoki turist ehtiyojidan kelib chiqqan holda foydalanadigan xizmatlar (masalan, qo‘shimcha gid xizmati).

Turistga birinchi vaziyatdagi qo‘shimcha turistik xizmatlarni ko'rsatish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- turistlar qiziqishlarini inobatga olib, iloji boricha turistlarga faqat yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydigan qo'shimcha xizmatlar taqdim etish o‘rinli hisoblanadi. Shu o‘rinda bu xizmatlar turistga ijobiy taassurot qoldira olishi kerak. Masalan: o‘zbek milliy to‘ylariga va oilalarga olib borish, turistni milliy konsert, festivallarga taklif etish.
- turist uchun yangilik bo‘lgan va bunday vaziyatga oldin duch kelmagan qo‘shimcha turistik xizmatlarni ko‘rsatish. Masalan: Samarqandda bir-biriga masofa jihatidan yaqin joylashgan yodgorliklar (Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Shohizinda ansambli va boshqalar)ga sayohat qilishda turistlarni tuya, ot-aravalarda olib borish chuqur taassurot qoldiruvchi xizmatlar turiga kiradi. Buning uchun shu yodgorliklar joylashgan hududda maxsus piyoda turistik yo‘laklar tashkil etib, turistiktomosha hududiga aylantirish kerak;
- turistlami milliy urf-odatlar va an’analar bilan tanishtirish orqali milliy hunarmandchilik va kasanachilik jarayonlarida bevosita qatnashishini tashkil etish.
Yoki o‘zbek milliy taomlarining pishirilish jarayonini tomosha qilish kabi xizmatlar ko‘rsatish. Buning uchun mamlakatimizda hunarmandchilik, kasanachilik va milliy oshxonalarni turizm sohasiga jalb qilib, bu sohalarni rivojlantirish.
Turistga ikkinchi vaziyatdagi qo‘shimcha turistik xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- mehmonxonalardagi qo‘shimcha turistik xizmatlarni rivojlantirish. Bu xizmatlarga: nomerga taom yoki mehmon buyurtmalarini yetkazib berish xizmati, kiyim tozalash va dazmollash xizmati, seyf xizmati, telefon, internet, pochta xizmatlari, trenajyor zali xizmati, basseyn (ochiq yoki yopiq), massaj, sauna, sartarosh xizmati, texnikani ta’mirlash xizmati, valyuta ayriboshlash xizmati, ijara xizmati va boshqalar.
Qo‘shimcha turistik xizmatlardan turist ketma-ket ravishda ham foydalanishi mumkin. Ya’ni turist bo‘sh vaqtida shahardan tashqariga tog‘li manzaralami ko‘rish uchun borganda, valyuta almashtirish xizmati, avtomobil ijara xizmati, qo‘shimcha ovqatlanish xizmati (shahardan tashqarida) dan ketma-ket foydalanadi. Xulosa qilib aytganda, qo‘shimcha turistik xizmatlar nafaqat tashkil qilinishi va taklif qilinishi, balki sifatli va foydali ravishda ko‘rsatilishi kerak.
Turizm xizmat bozori o‘ziga xos hodisa bo‘lib, uning ta’sir doirasi turistik mahsulotni yaratish va iste’molchilar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bilan ifodalanadi. Turistik mahsulot turizm maqsadlari va jarayonida turistning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lgan, barcha turistik xizmatlar, ishlar, tovarlar va ta’minot vositalari hamda turpaketga kiritilgan boshqa turistik xizmatlar majmuidan iborat. Turistik mahsulot (turpaket) xizmatlar harakatining 24 soatdan ortiq vaqtiga ega yoki tunab qolish (joylashtirish) va joydan-joyga ko‘chib o‘tish (yuk tashish) ni o‘z ichiga oladi. Turistik mahsulot barcha ko‘rsatilgan xizmatlar va barcha xarajatlami o‘z ichiga olgan umumiy narx bo‘yicha taklif etiladi, uning iste’mol xususiyatlari esa shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi.
Turist turistik mahsulotlar (turistik xizmatlar, ishlar va tovarlar) iste’molchisidir. Turistik mahsulotlar - turistik asosiy xizmatiardan (bronlashtirish, transfert, joylashtirish, ovqatlantirish, ekskursiyalar), qo‘shimcha xizmatlar turistik ishlardan (foto xizmati, sug‘urta, axborot, moliya, bank xizmati) va turistik tovarlardan (esdalik sovg‘alar, xilma-xil tur tovarlari, iste’mol tovarlari - parfyumeriya, tamaki, spirtli ichimliklar, maishiy texnika, kiyim-kechak) iboratdir.
Turistik xarajatlar tarldbida ko‘rsatilganidek, turist sayohat uchun qiladigan umumiy xarajatlarining o‘rtacha 50 foizi - tur (turpaket)ni sotib olishga ishlatadi, 30 foizi - qo‘shimcha turistik xizmatlardan foydalanishga sarflanadi, 20 foizi esa - tovar (sotib olish: suvenir va sovg‘alar) xarajatlarini tashkil etadi.

TURMAXSULOT TARKIBI

Asosiy turistik xizmatlar

Qo’shimcha turistik xizmatlar

Turoperator xizmati

Joylashtirish xizmati

Transport xizmati

Turagent xizmati

Ovqatlantirish xizmati

Avtomobillarni ijaraga berish



Axborot berish

Immigrantlarning vizalari va xujjatlari

Qo’riqlash xizmati

Bank kredit kartalari

Ekskursiya xizmati


Sug’urtalash xizmati





Suviner va esdaliklar

Parfumeriya mollari

Milliy hunarmandchilik mahsulotlari

Oziq-ovqat maxsulotlari

Turistik tovarlar assortimenti

2-rasm. Turistik maxsulot tarkibi3.


Turistlarga nomoddiy xizmatiardan tashqari moddiy xizmatlar yoki maxsus mahsulotlar taqdim etilishi mumkin, masalan, shahar rejasi, metro xaritasi, suvenirlar, turistik jihozlar va boshqalar.
Turizm xizmat ko‘rsatish sohasining tashkil etuvchisi sifatida o‘z xususiyatlariga va funksiyasiga ega bo‘lib, bu uni xo‘jalik yuritishning avtonom sohasi ekanligini belgilaydi. Boshqa xizmat turlari kabi turistik xizmatlar o‘ziga xos xususiyatlarini shartli ravishda «To‘rtta S» bilan belgilasak, quyidagi holatda bo‘ladi:

Download 119,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish