Nomerlarni bron qilish.
Har qanday qulay shaklda, masalan, telefon orqali bron qilish mumkin. Kafolatlangan va kafolatlanmagan bron qilish turlari qo‘llaniladi. Kafolatlangan bron qilishda nomer tashrif buyuruvchi kelishigacha ushlab turiladi. Tashrif buyuruvchi belgilangan muddatdan kechikkan yoki kelmagan, bunda bronni o‘z vaqtida bekor qilmagan hollarda undan nomerning bo‘sh turganligi uchun bir sutkadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lov undiriladi. Bir sutkadan ko‘p vaqtga kech qolganda bron bekor qilinadi. Kafolatlanmagan bron qilishda nomer ma'lum bir soatga bron qilinadi. Belgilangan muddatda mijoz kelmaganda bron bekor qilinadi. Bajaruvchining ichki qoidalarida bron qilishning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin.
Tashrif buyuruvchilarni rasmiylashtirish.
Mehmonxona xizmatlari mehmon tomonidan pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat ko‘rsatilganidan so‘ng taqdim etiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi orqali amalga oshiriladi. Mijozning talabiga ko‘ra joylashtirish vositasi u bilan elektron yoki yozma shaklda shartnoma tuzishi lozim, unda bajaruvchi to‘g‘risidagi ma'lumotlar, taqdim etilayotgan nomer to‘g‘risidagi ma'lumotlar, uning narxi, bo‘lish muddati va h.k. qayd etiladi. Tashrif buyuruvchilarga kecha-kunduz xizmat ko‘rsatilishi ta'minlanadi.
Tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmatlar.
Mehmonxona xizmatlari haqi har sutkada to‘lanishi yoxud soatbay to‘lov belgilanishi mumkin. Quyidagi xizmatlar bepul ko‘rsatilishi lozim:
• tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni chaqirish;
• tibbiyot dori qutichasidan foydalanish;
• tashrif buyuruvchining nomiga yuborilgan yozishmalarni yetkazib berish;
• ma'lum vaqtda uyg‘otish;
• qaynagan suv, ignalar, iplar, idish-tovoqlar va oshxona anjomlarining bir to‘plamini taqdim etish;
• bajaruvchining ixtiyoriga ko‘ra boshqa xizmatlar.
Mehmonxona nimalar uchun javobgar bo‘ladi.
Joylashtirish vositasi tashrif buyuruvchining saqlash uchun topshirilgan buyumlarining butligi uchun Fuqarolik kodeksining 899-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi. Bunda buyumlarning saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, bajaruvchi tuzilgan shartnoma talablari va shartlariga javob bermaydigan xizmatlarni taqdim etish natijasida tashrif buyuruvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashi shart.
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, turistlarga xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida yangi turistik majmualar, mehmonxonalar, kempinglar, restoranlar, barlar, transport sohalari, qurilish uchun katta mablag‘lar ajratilmoqda. Bunday sur’atda turizmni rivojlantirish albatta umumiy ovqatlanishni ham rivojlantirishni taqozo etadi, chunki barcha turistlar goh ichki turist bo‘lsin, goh tashqari dan kelsin, bundan qat’i nazar restoran xo‘jaligidan yoki ovqatlanish tarmog‘idan foydalanishga majbur. Aks holda insonlar ovqatlanish uchun barcha mahsulotlami o‘zlari bilan olib yurishi kerak yoki uy sharoitlarida tayyorlab, iste’mol qilishi kerak bo‘ladi. Ammo turistlarda bunday imkoniyatlar yo‘q, shuning uchun ham ular ovqatlanish xizmatidan foydalanishga majburdir va mana shu holatlarning mavjud bo'lishi turizm umumiy ovqatlanishni uyg‘un holda rivojlantirishi uchun imkon beradi. Shuning uchun ham turizmda asosiy xizmat turlaridan birini ovqatlantirish xizmati tashkil etadi.
Dunyo bo‘yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas. Lekin shunga qaramasdan, ko‘p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma’lum bir ko‘rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish 144 korxonalari ajratilib ko‘rsatiladi. Milliy oshxonaga ega bo‘lgan restoranlar ham mavjud bo‘lib, ular italyancha, xitoycha, grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi taomlar bilan mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan, ayrimlari esa qimmatligi bilan ajralib turadi.
Odatda, turistlar, qaysi mamlakatda borsalar, o‘sha mamlakatning oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p hollarda gidlar shahaming qiziqarli milliy hamda arzon restoranlari haqida maiumot berib o‘tadi, milliy restoranlar bilan tanishtirish nuqtayi nazaridan ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada turistlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya’ni mashhur oq sosiskalar hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa turistni albatta «Xofbrayxaus»ga, ya’ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda eng mashhur bo‘lgan vencha shnitsellarni tamaddi qilishga olib borishadi va albatta Italiyada esa tushlik ovqatlanish pastasiz (makaronli taom) o‘tmaydi. AQSH da va barcha ko‘pgina mamlakatlarda afg‘oncha, kolumbcha, hindcha, chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda. So‘nggi paytlarda vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bola boshladi yoki yahudiylar uchun maxsus tayyorlanadigan taomlar restoranlari ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Restoran xo‘jaliklarida chet ellik turistlarni qabul qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki chet ellik turistlarga odatda ovqat yeyishni tashkil qilish alohida zallarda yoki umumiy zalning chegaralangan qismida amalga oshirilib, ularga xizmat ko‘rsatish juda ham e’tibor va did bilan tayyorlangan joylarda bo‘lishi kerak. Turistlami restoran hududida ovqatlanish jarayoni restoran binosidagi savdo zallari va qo‘shimcha yordamchi xonalami tartibga keltirish, stol va stullami qabul qilingan tartibda qo‘yish, idishtovoq olish, stollarga dasturxonni yoyish, tushlik stollarini va ofitsiantlami ishga tayyorlash jarayonlari kiradi. Restoran ishini tashkil qilish, uning binosini ichki va tashqi ko‘rinishmi go‘zal bo‘lishi uni ochilishiga qadar tayyor bo‘lishi kerak.Umumiy ovqatlanish korxonasi - ma’lum turdagi korxona xizmatlari o‘ziga xos belgilarining mavjudligi, mijozlarga ko‘rsatilgan xizmat sifatining darajasi va sharoiti bilan ifodalanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining beshta turi mavjud: restoran, bar, kafe, oshxona, tamaddixona. Ovqatlantirish xizmatining yuqorida keltirilgan turlari O‘zbekistonning deyarli barcha katta shaharlarida faoliyat yuritadi.
O’zbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalari
Oshxona
Tamaddixona
Restoran
Bar
Kafe
5-rasm. O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalari.7
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakomapniyasi xalqaro aviatashuvlar bozorida o‘zining munosib o‘rniga ega. U o‘z faoliyati davomida bir necha marotaba nufuzli mukofotlar: faol ishlari uchun «Yevromarket - 2000» sovrini, Xalqaro aviatsiya xavfsizligi jamg‘armasi diplomi, Xalqaro aeroportiar birlashmasi mukofotlariga sazovor bo‘Idi. Aviakompaniya Amerika, Yevropa, Yaqin va O‘rta Sharq davlatlari, Janubi-sharqiy va Markaziy Osiyo hamda MDHning 40 ortiq shaharlariga muntazam qatnovlami amalga oshiradi.
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi aviayo‘lovchilarga 2018-yilning 1-yanvaridan barcha xalqaro aeropqrtlarda O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o'tish joylarida ikkita yo‘lak tizimini ("yashil va "qizil") ishga tushirganljgi ham mamlakatimizga xorijiy turistlaming oqimini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, bojxona chegarasi orqali o‘tadigan aviayoiovchilar notijorat maqsadlar uchun tovarlami deklaratsiya qilish shakli sifatida "yashil" yo‘lakni, bojxona amaliyotlarini o‘tkazish uchun esa "qizil" yo‘lakni tanlashlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevral, PF5326-sonIi "O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar toig‘risida"gi Farmoni asosida xorijiy fuqarolaming O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi uchun qulay shart-sharoitiar yaratish va viza tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida 2018- yil 10-fevraldan boshlab Isroil davlati, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston 165 Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz tartib belgilandi. Shu bilan birgalikda, 2018-yil 10-fevraldan boshlab fuqarolari uchun turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan 39 ta mamlakatlar ro‘yxati tuzildi.
O‘zbekiston mehmonlariga va aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun aerovokzal binosida qulay mebel bilan jihozlangan katta kutish zallari; tunu kun tartibida ishlovchi pasport, bojxona va chegara nazorati xizmatlari; ma’lumotxonalar; bagajni tashish uchun yangi konveyer tizimlari; xalqaro telefon aloqasi; chipta sotib olish va bronlash kassalari; Duty Free do‘konlari; barlar; tez ovqatlanish, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va boshqalar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasiga turistik guruh rahbari (turlider) va gid (ekskursiya yetakchisi) tushunchalari kiritilgan. Unga ko‘ra «turistik guruh rahbari - turistik faoliyat subyektlarining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga xizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs», «Gid (ekskursiya yetakchisi) - tor qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya-axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs»8 degan ta'riflar kiritilgan.
O‘zbekistonda boshqa mutaxassislar ham ma’lum malakani talab qiluvchi gid xizmatini taklif etadilar. Masalan, tog‘larda ekskursiyalar tashkil qiluvchi - alpinistlar, daryo bo‘ylab - raftingistlar, g‘orlarda - speleologlar, o‘rmonlarda - ovchilar. Odatda, ular ham ushbu sohalardan ma’lum bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan guruh bilan ishlaydilar.
Demak, ekskursiya xizmati - bu tarixiy va madaniy yodgorliklar, tabiat manzaralari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa diqqatga sazovor joylarni ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini uslubiy jihatdan tashkil qilishdir. Ushbu jarayonda ekskursantlar ko‘z oldidagi obyektlar, ular bilan bog‘liq voqea-hodisalar malakali mutaxassis-gid tomonidan hikoya va tahlil qilinadi.
Ekskursiya xizmatining mazmunini quyidagicha talqin qilishimiz mumkin: ekskursiya xizmati - bu insonlar guruhiga maxsus shakllarda beriladigan bilimlar majmui boiib, bilimlarni uzatishda maxsus harakatlar tizimi tanlanadi. O‘zbekiston sharoitida turistik ekskursiyalar ko‘pincha tarixiy obyektlar atrofida olib boriladi. Bu ekskursiya mobaynida sayohatchilar O‘zbekistonning tarixiy va madaniy obyektlari, shuningdek, u yerda yashagan tarixiy shaxslar hamda tub aholi bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |