Turizm va servis” kafedrasi


Turfirmalarning xorijiy hamkorlik aloqalari



Download 148,4 Kb.
bet7/10
Sana08.07.2022
Hajmi148,4 Kb.
#757841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ibrohim kurs iwi

Turfirmalarning xorijiy hamkorlik aloqalari
Turizm faoliyatining ahamiyatli tomonlaridan biri outgoing turoperatorning xorijda ishlashi hisoblanadi, ya'ni uning xorijiy vakillarining ishlashi tushuniladi. Turoperatorlarning xorijiy vakillari turistlaming boradigan joylarida ularga g'amxo'rlik qiladilar. Transfer, joylashtirish, turistlarga rejadagi va qo'shimcha ekskursiyalar hamda boshqa xizmatlarni koʻrsatish, shuningdek, turistlar kelishi bilan bog'liq masalalarni hal qilish kabi vazifalar ular zimmasiga yuklatiladi. Turistlarga xizmat koʻrsatishda ularning malakasi, g'ayrati va kirishimliligiga ko'p narsa bogʻliq. Ular kundalik xizmat koʻrsatish masalalarini hal etadilar.
Mavsum davomida ular haftaning etti kunida bandlar va kun yoki kechaning istalgan daqiqasida telefon orqali biror muammoni hal qilish uchun chaqirilib qolishlari mumkin. Shu schababli ham turoperator oldida qiyin bir savol turadi: bu lavozimga kimni olish mumkin - boriladigan mamlakatning mahalliy fuqarosinimi yoki o'z vakilinimi?
Xorijiy vakil lavozimiga xorijiy nomzod, bir tomondan ustunlikka ega. U usha joy geografiyasi, mahalliy aholining urf-odatlari bilan tanish, usha davlat tilida yoki mahalliy shevada soʻzlasha oladi, mahalliy sanoat ishlab chiqaradigan mahsulotlar, ularning sifatini biladi, u do'konlar egalari, sotuvchilar, mehmonxona egalari, shopping bilan bogʻliq muammolarni tez va oson hal eta oladigan xodimlar bilan tanish boʻlishi mumkin.
Boshqa tomondan bunday nomzod o'z mijozlari tili, odatlari va madaniyati bilan unchalik tanish bo'lmasligi va bu, o'z navbatida, mijozlarga, ayniqsa birinchi marta xorijga chiqayotganlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu yerda eng ma'qul qaror boriladigan mamlakatda doimiy yashovchi, ammo turistlar keladigan mamlakatda bir necha yil yashagan kishini ishga qabul qilish boʻladi. Shundagina u nisbatan samarali faoliyat yuritadi.
Unutmaslik kerakki, ba'zi davlatlarda xorijliklarni ishga qabul qilishda cheklovlar mavjud bo'lib, bu holatga vakil ishga qabul qilinishidan oldin oydinlik kiritib olish lozim.Odatda turoperator vakillari haqidagi ma'lumotlar mehmonxona kutish joyida stendlarga qo'yilgan bo'ladi, ammo turoperator mijozlarni bir necha mehmonxonalarga joylashtirgan holda vakillar kun mobaynida bu mehmonxonalarga turli turistik-ekskursiya masalalarini hal etish uchun borishlari mumkin. Bunday holatlarda ular tomonidan har bir mehmonxonaga borishning kunlik jadvali tuziladi.
Turoperatomning xorijiy vakillari asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- tashuvni ta'minlash (transfer);
- turistlar kelganlarida mehmonxonalarga joylashtirish va xizmat ko'rsatish tugagac, ularning mehmonxonadan chiqib ketishlarini ta'minlash;
-valyuta ayirboshlash, shopping to'g'risida maslahatlar berish;
- mehmonxonada tartib va mijozlar huquqlari ta'minlanishini nazorat qilish;
- ekskursiyalar tashkil etish;
- turistlar kasal boʻlishi, yuklari yo'qolishi va boshqalar bilan bog'liq turli mojaro, shikoyat, muammolarni hal qilish.
Vakillar boriladigan mamlakatda tur shartlariga amal qilinishini nazorat qiladilar, chunki iste'molchi (mijoz) tur sotib olar ekan, uni o'z xohishiga ko'ra iste'mol qilishi lozim. Ular yana favqulodda holatlar natijasida rejalari o'zgargan turistlarning qaytishlariga ham yordam berishlari mumkin. Xorijiy vakillarning eng qiyin ish kunlari turistlarning kurortlarga ommaviy tarzda borgan va undan qaytadigan kunlaridir
Xalqaro turistik sayohatlarni tashkil etishda bir mamlakat turistik firmasi boshqa mamlakat turistik firmasi bilan hamkorlik qiladi. Bu turistik firmalar o‘rtasidagi aloqa quyidagicha ko‘rinish oladi:

2-rasm.Turfirmalar o’rtasidagi aloqa

Sxemada ko‘rsatilgan turoperatorlik funksiyasi quyidagicha taqsimlanadi:


1) Xorijiy turoperator o‘z mamlakati chiqish turizmi bozorida turmahsulot sotish va harakatini taʼminlaydi va turistlarni xalqaro tashishni tashkil qiladi;
2) Turoperator turmahsulotni shakllantiradi va xizmatlar paketiga narx qo‘yadi, shuningdek kelgan xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etilishini taʼminlaydi.
Bu bo‘g‘indan xorijiy operatorni chiqarish mumkinmi? Bu savolga nazariy jihatdangina ijobiy javob berish mumkin.Negaki xorijiy turoperator funksiyasini bajarish uchun milliy turfirmaga chet elda xususiy firmasini ochishga to‘g‘ri keladi, bu uning uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xarajatlarni qilishga olib keladi yoki har bir mehmonxona kompaniyasi, ekskursiya byurosi va boshqalar bilan ularning xizmatlarini yagona turmahsulotga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha birlashtirib, alohida bevosita aloqani yo‘lga quyishi zarur bo‘ladi. Bu shubhasiz, texnik ishlar hajmini keskin ko‘paytiradi va biror bir iqtisodiy samara ko‘rishga imkon bermaydi. Turli mamlakatlar turistik firmalari o‘rtasida hamkorlik uyushtiriladigan xalqaro turizm taraqqiyoti asosidir.Bunday hamkorlik barcha mamlakatlarda keng qo‘llaniladi va xalqaro iqtisodiy hamkorlik taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shadi.

Download 148,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish