Turistik firmalarda boshqaruv faoliyatini yo`lga qo`yish va rivojlantirish
Mahsulot o‘tkazish tarmoqlari va kichik turistik firmalarning qayta tashkil topishidan bozor tomon ilk qadamlari chakana va kichik savdo firmalari bilan hamkorlik qilishdan boshlanadi. Bunda ularning sotuvdagi spetsializatsiya hisobi kerak, u turistik mahsulotning turoperator tomonidan taklif qilingan shakliga mos tushishi kerak. Xorij bozorga kiruvchi firma strategiyasida xorijiy hamkorlarning hududiy joylashuviga e‘tibor berish kerak, u sotuvda muhim o’rin egallaydi. Mahsulot o‘tkazish bo‘yicha hamkor tanlashda 3 ta shartga e‘tibor berish kerak; huquqqa egaligi, kreditga egaligi va hamkorlik imkoniyati. Huquq imkoniyati - bu firmaning turistik hizmat ko‘rsatishga huquqiy asosi borligi. Huquqiy milliy qonunchilik tomondan belgilanadi va ko‘pgina davlatlarda turli yuridik shakllar bilan belgilanadi (masalan, litsensiya, patent, savdo registridagi registratsiya). Bu kabi hujjatga ega bo‘lmagan yuridik shaxs turistik firma hisoblanmaydi. Shuning uchun turistik firmaning huquqiy qobiliyatlilik saviyasi u bilan hamkorlikda e‘tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim soha bo‘lishi kerak. Firmaning huquqiy holati haqida litsenziya yoki patentning nusxasi, savdo registridagi ruxsat yoki rasmiy tashkilotlarning sertifikatlari guvoh berishi mumkin. Firmaning huquqiy holati haqida uning milliy yoki tashqi turistik assotsiatsiya yoki tashkilotga a‘zoligi ham guvoh beradi. Ma‘lumki, bu tashkilotlarga faqat turistik faoliyatga ega bo‗lgan firmalar kiradi. Bu milliy assotsiatsiyalar o‘z shartlariga ko‘ra o‘z a‘zolari ustidan ruhiy va 201 moddiy ma‘suliyatga ega va ularning qonunga rioya qilishlari jiddiy nazorat qilinadi. Huquqiy imkoniyatini o‘rganayotganimizda, turfirmaning transport kompaniyasi bilan shartnomaga egaligini ham nazarda tutish kerak.
Jahon tajribasida tashkilot usullarining agentliklar bilan o’zaro aloqasi va agentlik tarmoqlarining qurilishi tashkil topgan va yaxshi ishlangan. Bu murakkab zanjirning hamma xalqalari agentlik shartnoma asosida, ba‘zilari odatdagi turlarni sotish shartnomasidan farq qilgan holda bir-biriga ta‘sir qiladi. Qoida bo’yicha agentlik shartnomasida ikkita qatnashuvchi bo’ladi. Mohiyati va ichki tabiatiga ko’ra agentlik shartnomasi ahdnoma topshirig’iga yaqin, har qanday holatda ham agentlik shartnomasi - bu ishlab chiqaruvchi va agent sotuvchi orasidagi ahdnoma bo’lib, agentlik rag’batlantirish shartlari bo’yicha turlarni sotish va jo’natish ishlarini amalga oshiradi. Agentlik bitimini tuzish shartlari har bir davlatning fuqarolik kodeksida bo’ladi va agentlik shartnomalariga topshiriq va komissiya ahdnomalari haqidagi qoidalar qo’llanishi belgilangan. Bunga mos ravishda agentlik shartnomasi quyidagi sharoitlarga ega bo’lishi mumkin; - bir tomon (turagent) o’z nomidan va boshqa tomon hisobiga (turoperator) belgilangan yuridik kuchni bajarish majburiyatini o’z zimmasiga oladi; - bir tomon (turagent) mukofotlash uchun boshqa tomon (turoperator) topshirig’i bo’yicha yuridik va boshqa faoliyatlarni o’z nomidan va turoperator (prinsipial) hisobiga bajarish majburiyatlarini oladi. Bunda agar turagent turist bilan turni o’z nomidan sotish bo’yicha ahdnoma tuzsa, u turist oldidagi huquq va majburiyatlariga turist bilan tuzilgan bitimda turoperator aytilgan yoki aytilmaganligidan qat‘iy nazar, turistga turoperator bevosita xizmat qilishidan qat‘iy nazar ega bo’ladi.Turistik shartnomaning zaruriy shartlariga quyidagilar kiradi:
1. Shartnomani nomlash. Ahdnomaviy ish yuritishda hujjatlarni individuallashtirish qabul qilingan, shuning uchun har bir shartnoma o’z nomi va ro’yxat raqamiga ega bo’lishi kerak. Raqamlashda tomonlar ish tartibi bo’yicha kelishadi, masalan, ikkitalik raqam beriladi: bittasi biror sherikning ro’yxati bo’yicha, keyingisi boshqa sherik ro’yxatining chiziq raqami orqali.
2. Bitim joyi va sanasi. Shartnoma haqiqiyligini baholash masalasida qo’llanishi mumkin bo’lgan huquqni aniqlash uchun albatta uning imzolanish joyini, shuningdek sanasini ko’rsatish kerak bo’ladi (tuzish va bajarish).
3. Shartnoma ishtirokchilarini ta‘riflash (hujjat preambulasida joylashadi). Unda quyidagilar ko’rsatiladi:
1-jadval.Hujjat preambulasi
- hujjatni imzolovchi shaxslarning lavozimlari va familiyalari, ismlari, shariflari. Agar hujjatni imzolovchi shaxslar topshiriq bo’yicha harakat qilsa, shartnomaga bu shaxslarning qonuniy huquqqa ega ekanliklarini tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, notariusda tegishlicha rasmiylashtirilgan ishonch qog’ozi) qo’shib qo’yiladi. Bu ishonch qog’ozi shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ishonch qog’ozining asl nusxasi sherik shartnomasining boshqa namunalariga ko’chirmalar qo’shib qo’yiladi. Ilovada shartnomaning qaysi nusxasiga ishonch qog’ozining asl nusxasi qo’shib qo’yilgani va u sheriklarning qaysi birida joylashganligi ko’rsatiladi;
- matnda eslatilgan tomonlarni birgalikda nomlash (masalan, nomlangan tomonlarni birgalikda sheriklar, ishtirokchilar va boshqalar, lekin har doim bir xil nomlanadi.
Tayyorgarlik ishlari yangi yoʼnalish, yangi dastur boʼyicha yoki yangi mamlakatga birinchi turistlar joʼnatilishidan ikki yil oldin va undan koʼproq ham oldin boshlanadi.Xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar bilan munosabatlar shartnoma koʼrinishida rasmiylashtiriladi. Har bir faoliyat yilida shartnoma kompaniyalari oʼtkazilib, unda shartnomalar imzolanadi. Shartnoma kompaniyasi oldidan quyidagi boʼlimlarni oʼz ichiga oluvchi shartnoma rejasi tuziladi:
hamkor nomi;
shartnomaning asosiy predmeti;
shartnomaning amal qilish muddati;
shartnomalarni tuzish muddatlari;
alohida maiumotlar.
Bu reja real tasvirga - sayohat jarayonida xizmatlar bilan taʼminlash boʼyicha turistik firma xodimlarining faoliyat sxemasini tuzishga imkon beradi. Shartnoma rejasi tarkibi sayohat koʼrinishi va koʼrsatiladigan xizmatlarga bogʼliq. Bir necha tur koʼrinishlari boʼlsa, dastlab har bir tur boʼyicha kichik rejalar tuziladi, keyin shartnomalar tuzish muddatlari yoki geografik printsiplar boʼyicha hamkorlar guruhlanadigan umumiy reja tuziladi. Shartnoma rejasini tuzishdan oldin taxminiy
hamkorlarni aniq tasavvur qila olishimiz, shuningdek muzokaralar chogʼida shartnoma tuzishga ham tayyor boʼlishimiz lozim.Turistik firmalar shartnoma kompaniyasini istiqbolini ishlab chiqishda turistik-mehmonxona yoʼnalishidagi maʼlumot spravochniklaridan keng foydalanadilar. Xalqaro turistik tashkilotlar tomonidan chop etiladigan turistik agentliklar,mehmonxona-restoran biznesi spravochniklari turistlarga koʼrsatiladigan dam olish va sayohatni tashkil qilish,joylashtirish va mehmonxona xizmatlari toʼgʼrisdagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi. Shuningdek, muntazam ravishda chop etiladigan milliy, mahalliy va korporativ spravochniklar ham xuddi shunday maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi. Yoʼl koʼrsatkichlar,yoʼnalishlar, tarixiy obektlar spravochniklari, mahalliy sanalar kalendarlari, yaʼni xizmat koʼrsatish dasturlari va turlarni tuzishda foydalanadigan hamma narsalar turoperatorlar yangi yoʼnalishini ishlab chiqishda va shartnoma rejasini tuzishda qoʼllanadigan adabiyotlar hisoblanadi.Xizmat yetkazib beruvchilar bilan shartnoma imzolashdan avval muzokaralar olib boriladi. Ularni shunday oʼtkazish kerakki, natijada, kutilgan, zarur boʼlgan, yaxshi, sifatli, kerakli
miqdordagi va kutilgan narxlardagi turmahsulotga ega boʼlaylik.Hamkorlar bilan muzokaralarga batafsil tayyorgarlik koʼrish kerak. Quyidagilarni tahlil qilishimiz lozim:1. Muzokara sharoitlari - hamkordan sizga aynan nima kerak?Qanday hajmda? Qaysi davrga? Hamkordan siz qoʼshimcha ravishda nimani xohlaysiz? Undagi, bozordagi mahsulot va xizmatlar narxi darajasi qanday? Talablar ajratiladimi yoki yoʼq? Masalan, avvaldan buyurtma qilingan yoki tasdiqlangan mavjud grafik boʼyicha yil davomida, har hafta, muntazam ravishda 4 kunga keladigan turistlar guruhini (30 kishi) joylashtirish lozim. Joylashtirish, transport, sport va koʼngil ochish xizmatlari zarur boʼladi. Narx oʼrtacha bozor narxidan ulgurji sotib olishga beriladigan 10% chegirma olib tashlanganiga teng boʼlishi kerak. Turistik klass uchun xizmat koʼrsatish va joylashtirish darajasi ajratilmaydi. Turistlar guruhi tarkibi oʼrta sinf kategoriyasi turistlari.
2. Mumkin boʼlgan qarorlarni amalga oshirish yoʼllari – Kim nimani va qaysi muddatlarda bajarayotganini aniq bilish zarur.Qanday qilib qaror qilishning bir bosqichi boshqasiga oʼtadi? Shartnoma tuzish vositalari qanday tayyorgarlik bosqichida turibdi? Shartnoma loyihasi va turistlarning kelish grafiklarini kim tayyorlaydi? Qoʼshimcha xizmatlar boʼyicha masalalar qanday kelishiladi? Ularni shartnomaga darhol qoʼshish kerakmi yoki yoʼqmi? Shartlar shartnoma matniga qoʼshiladi,muzokaralar davomida esa ular yo qoldiriladi yoki olib tashlanadi.
3. Muzokaralar boʼyicha sizning hamkoringiz Portreti» -hamkor maqsadlari sizning maqsadlaringizdan qanchalik farq qiladi? Hamkor strategiyasi qanday parametrlarga (muddatlar,xizmat koʼrsatish darajasi, xizmatlar toʼplami) asoslanadi? Ushbu tavsiyanomalarni qoʼllab turib, muzokaralar boshlanishidan avval uni olib borish rejasini tuzib olish lozim.Bu sizning zaif tomonlaringizni aniqlash va qoʼshimcha yechimlarni topishga yordam beradi. Muzokaralarni olib borish rejasi sizga hamkorlar munosabatini oldindan bilish imkonini beradi va oldindan alternativ taklif va qarorlar tayyorlashga yordam beradi.Istalgan muzokaralarda nafaqat strategik yondashuv, balki psixologik tayyorgarlik ham zarur boʼladi. Siz muzokaralarga tayyorlandingiz va natijada, turistlarga xizmat koʼrsatishda xizmat yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzildi. Strategik reja tayyor. Аmmo siz psixologik tomondan bunga tayyormisiz? Koʼpincha, muzokaralar notoʼgʼri murojaat oqibatida buziladi.Buning oldini olish maqsadida mutaxassislar muzokaralarni olib borish va muloqot uyushtirishrda psixologik qoidalarini ishlab chiqdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |