Turoperatorlar oʼrtasidagi shartnomalar.Mehmonxonalar, avialiniyalar va boshqa xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar jarayonida boriladigan joy,guruhlardagi turistlar soni va ularning kelish sanalari belgilanganidan keyin shartnoma va bitimlarni imzolash bosqichi keladi.Shartnoma tomonlarining majburiyati va masʼuliyatlarini tartibga solish uchun zarur. Xususan mehmonxonalarda sotilmagan joylar, samolyotda boʼsh joylar qolganda yoki charter aviareyslar bekor qilinganda har bir holat uchun jarima, sanktsiyalarni koʼzda tutish uchun zarur boʼladi.Turoperatorning toʼgʼri tashkil qilingan shartnoma ishi uning turli xizmatlar yetkazib beruvchilar faoliyatiga bogʼliq boʼlmaslikka yordam beradi. Yirik turoperatorlar, odatda, mehmonxonalar bilan, arzonlashtirilgan narxlarda maʼlum joylar soniga yoki mehmonxonaning toʼliq bandligini taʼminlash uchun uzoq muddatli shartnoma tuzadilar. Bunda turoperator uchun xavf ham mavjud - barcha turlari sotilmagan hollarda boʼsh joylar uchun oʼz hisobidan pul toʼlashga majbur.Uncha katta boʼlmagan yoki maxsuslashgan turoperatorlar ahamiyatli, mustaqil, inklyuziv turlarni sota turib,mehmonxonalar bilan erkin sotish haqida bitimga ega boʼlishi mumkin va bunda mehmonxonalar turistlarning maksimal soni uchun joylashtirishni kafolatlashga rozi boʼladilar. Bunday bitimlar uncha katta boʼlmagan turistik dasturlar uchun foydali boʼlishi mumkin, ammo ular sezilarli kamchilikka ega, chunki mehmonxonalar egalari baʼzida maʼlum sanada mehmonxonani yopish huquqini oʼzlarida saqlab qoladilar.
Turizmda shartnomaviy oʼzaro munosabatlar xalqaro va milliy foqarolik huquq meʼyorlari bilan tartibga solinadi.
Ovqatlantirish korxonasi bilan shartnoma. Bunday shartnomalar alohida ovqatlantirish korxonalari bilan tuziladi,agar ovqatlantirish turistlarni joylashtirish vositalaridan tashqarida amalga oshirilsa va mehmonxona korxonalari bilan shartnomalarga kiritimagan bo‘lsa. Bu yo‘nalishli, tematik turlarda bo‘lishi mumkin.Bunday shartnomalarda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatiladigan turistlar soni;
buyurtmalarning o‘lchami va muntazamligi;
ovqatlantirish ko‘rinishi (shved stoli, xizmat ko‘rsatish va);
taomnomalarning taxminiy variantlari;
turli ovqatlantirish ratsionlariga taxminiy narxlar;
ko‘p sonli mijozlar yoki mijozlar bilan doimiy taʼminlanganlik uchun chegirmalar;
ovqatlantirish uchun buyurtmalar berish muddatlari;
jarima sanksiyalarisiz buyurtmalarni bekor qilishning oxirgi muddatlari;
u yoki bu tomon aybi bilan ovqatlantirishdagi uzilishlar uchun muddatlari belgilangan moddiy javobgarlik.
Transport vositalarini ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasi boʼyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga (turfirmaga) transport vositasini vaqtinchalik foydalanishga,haq toʼlash asosida beradi va avtoransport vositasini boshqarish va undan texnik foydalanish boʼyicha xizmat koʼrsatadi.Аvtobus haydovchilari tomonlarning shartnomada keltirilgan tartib va qoidalariga hamda odatdagi amaliyot talablariga javob berishlari lozim. Chunki ular ijaraga beruvchi tomon xodimlari hisoblanadilar va avtoransport kompaniyasining avtotransport vositasini boshqarish hamda undan texnik foydalanish bilan bogʼliq koʼrsatmalariga, shuningdek,turfirmaning avtobusdan tijorat maqsadida foydalanishiga tegishli koʼrsatmalariga boʼysunadilar. Аgar transport vositalarini ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasida boshqacha nazarda tutilmagan boʼlsa, sugʼurta qilish qonun yoki shartnoma kuchga kirishi uchun zarur deb topilgan hollarda transport vositasini sugʼurta qilish majburiyati va ularga yoki uchinchi shaxslarga avtobusdan foydalanish bilan bogʼliq yetkazilgan zarar masʼuliyati ijaraga beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Аgar avtobusning ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasida boshqacha nazarda tutilmagan boʼlsa, turfirma avtobusdan foydalanish bilan bogʼliq, foydalanish jarayonida zarur boʼladigan yoqilgʼi va boshqa materiallar uchun xarajatlarni,yigʼimlar (toʼxtash joyi, yoʼl uchun) boʼyicha xarajatlarni oʼz zimmasiga oladi. Bundan tashqari avtotransport korxonasi bilan shartnomada quyidagilarni kelishib olish zarur: turistlarga xizmat koʼrsatish uchun ajratiladigan avtotransport vositalarining markasini; narxlar va tariflarni; avtotransport grafigi va ishlash muddatlarini; avtotransportdan foydalaniladigan yoʼnalishlari; avtotransport ajratish uchun talabnoma berish muddatlarini; jarima sanktsiyalarisiz talabnomalarni bekor qilish muddatlari; turistlarga xizmat koʼrsatish uchun avtotransport berilishidagi uzilishlar uchun АTK javobgarligi; avtotransportdan foydalanishdagi uzilishlar uchun turistik firma javobgarligi; turistlar kech qolganda avtotransportning maksimal kutish muddatlari; avtotransport kech qolganda (berilmaganda) turistlarning maksimal kutish muddatlari; xizmat koʼrsatishda avtotransport vositasidan foydalanishda ekskursovodlar, gidlar, turistlarning huquq va majburiyatlari; chegirmalar va imtiyozlar (imkoni mavjud variantlari).