“Turizmda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish” fanidan KURS ISHI MAVZU:Toshkent shahri misolida turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish
Bajardi: Xalqaro turizm fakulteti TU-53 guruh talabasi Normadov Ibrohim
Tekshirdi:
KIRISH Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida turizm va uni rivojlantirish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirilishi to’g’risida dasturiy rejalar tuzilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli raqobat yuzaga kelayotgani turistik faoliyatda ilg’or texnologiyalarni qo’llashni taqoza etmoqda. Mamlakatimiz turizmini rivojlantirish orqali turistik faoliyatni yaxshilash va ichki bozorda raqobatni kuchaytirish, o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish zamon talabi bo’lib qolmoqda.
Bugungi kunda turizm – mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni sifatida baholanmoqda. Ertangi kunimiz yorug‘ bo‘lishi uchun bugun uning chiroqlarini yoqishimiz, ertangi kunimiz mustahkam bo‘lishi uchun bugun uning mastahkam paydevorini yaratimiz kerak bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ―O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi Farmoniga muvofiq sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida belgilandi1.
Yalpi turistik mahsulot – bu turizm sohasida ishlab chiqarilgan (iste‘mol qilinadigan) tovarlar va xizmatlarning qiymat hajmidir. Qiymat ifodasida turistik mahsulot ikki uslubda baholanadi:
50 korxonalar, hududlar daromadlariga aylanadigan turistlar xarajatlari summasi sifatida; turistik mahsulotni ishlab chiqarish xarjatlari summasi sifatida. Daromad sifatida yalpi turistik mahsulot o‘z ichiga oladi: turistik tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishdan tushumning bir qismi sifatidagi jami ish haqi. Bunga shuningdek taqdim etilgan zayomlar (kreditlar) kiradi; xonalar, apportamentlar va hokazolarni ijaraga berish orqali tushum; pullarni qarzga berish (masalan bankdagi depozit raqamida pullarni saqlash uchun foizlar) orqali turistik korxona oladigan foizlar.
Bugungi kunda mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni taʼminlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini roʻyxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmogʻini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targʻib qilish imkonini berdi. Turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shartsharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targʻib qilish, bularning barchasi 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiqdir. Turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy baza shakllanmoqda2.
Turizmning rivojlanishidagi barcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirilmoqda.