Kemping – bu avtoturistlar lageri bo`lib, shahardan tashqarida, yozgi uylar yoki
palatkalar bilan ta’minlangan bo`ladi.
Rotel – ko`chma mehmonxona hisoblanib, bir yoki ikki joyli vagonlar bo`lib, kechki dam
olishga mo`ljallangan bo`ladi.
Botel – suvda, lekin suzib-ko‟chmaydigan, ko`p holda stastionar holga keltirilgan
kemalarda tashkil topiladi.
Flotel – esa suzib yuruvchi mehmonxona, maxsus komfortabelli kayuta-nomerlari, aktiv
dam olish xizmati, muzokara olib borish, konferenstiya, kogress zallari, aloqa vositalari, turli barlar va restoranlardan tarkib topadi.
Yulduzlar sistemasi – Franstiya, Avstriya, Vengriya, Arabiston, Rossiya va O`zbekiston va boshqa davlatlarda keng qo`llaniladi. Buyuk Britaniya turagentlik Assostiastiya – Britich Troul Authoriy (BTA) bo`yicha:
1* yulduzliga – byudjetdagi mehmonxonalar, shaharlarning markazida joylashtirilgan, minimum qulayliklarga ega bo`lgan mehmonxonalar kiradi;
2* yulduzli – bir yulduzligiga qo`shimcha bari va restorani bo`lgan turistik klassli mehmonxonalar kiradi.
3* yulduzli – o`rtacha darajadagi, lekin xizmat ko‟rsatish darajasi yuqori bo`lgan mehmonxonalar kiradi.
4* yulduzli – birinchi klassli, juda yuqori sifatli yashash va a’lo darajadagi xizmat ko`rsatishni tashkil etilgan mehmonxonalar kiradi.
5* yulduzli – yuqori kategoriyali, xizmat ko‟rsatish va yashash o`ta yuqori ekstra klassdagi mehmonxonalar kiradi.
Harflar sistemasi – Grestiyada qo`llaniladi, ya’ni barcha mehmonxonalar juft kategoriyaga:
A, V, S, D bo`linadi. A kategoriyasi 4* yulduzliga, V – uch, S – ikki, D – bir yulduzliga mos keladi. undan tashqari, yuqori kategoriyalilisiga “de Lux” kategoriyasi beriladi.
Angliyada bunday turlanish murakkab bo‟lib, unda yulduzlardan boshqa “kron” yoki
“kalitlar” ko‟rsatiladi. “Kronlar” yoki “kalitlar” bilan darajalanish sistemasini taqqoslashda “kronlar” yoki “kalitlar” sonidan bittasini ayirish zarur.
Mehmonxonalarning kategoriya bilan bo`linishi, Italiyada ko`proq ishlatiladi. Ular uch kategoriyaga bo`linadi: biirnchi kategoriyaga – shartli ravishda to`rt yulduzligi, ikkinchiga -uch, uchinchiga – ikki yulduzli bilan taqqoslash mumkin. Italiyadagi mehmonxonalar (40 mingdan ortiq) asosan kam (50-80) nomerli bo`ladi.
Kategoriyali bo`llanish Ispanichda ham ishlatiladi. 5 kategoriyali 1 dan 5 yulduzli mehmonxonalarga mehmonxonalar tipidagi, bungalo, apartament va boshqalar – 1 dan 4 yulduzga bo`linadi. To`xtash (yashash) hovlilar – 1 dan 3 yulduzliga, pansionatlar – uch kategoriyaga bo`linadi. Ispaniyada davlatga qarashli mehmonxonalar ham ko`p uchraydi. Ularga qadimgi qal’alar, qo`rg`onlar, saroylar kiradiki, ular “lyuks” otel tipida jihozlangan.
Rossiyada mehmonxonalar va motellar kategoriyalar bo`yicha (GOST R50645-94) bo`linadi. Kategoriyalar yulduzlrga mos keltirilgan, sonining oshishi bilan xizmat ko`rsatish darajasi ham yuqorilashadi.
Mehmonxonalar 5 kategoriyalarga, motellar esa 4 kategoriya bilan klassifikastiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |