2-rasm.
Turizm uchligi
Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyoti insonlarning jismoniy charchashini kamaytirib, asab tarangligini kuchaytiryapti. Bu esa o`z navbatida insonlarning ko`ngilli hordiq chiqarishlarini va dam olishlarini yaxshi tashkil etishni taqozo etadi. SHuni hisobga olib, turizm bo`yicha Gaaga deklarasiyasida «dam olish, bo`sh vaqt va muntazam berib boriladigan, to`lanadigan ta’til, shuningdek, bu vaqtni dam olish uchun sarflash, ta’lim olish va o`yin-kulgi bilan o`tkazish maqsadida erkin yurish, ichki va xalqaro turizmdan olinadigan ne’matlardan foydalanish» huquqini belgilab qo`yishi, eng zarur bo`lgan talablardan biridir. CHunki turizm rang-barang taassurotlardan hosil bo`lgan fikrni yanada boyitib, insonlarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir etadi va keyingi mehnat faoliyatlarida faol ishtirok etish uchun zamin yaratadi. Insonlarning shaxs sifatida kamol topishida turizm infratuzilmasining ham roli va ahamiyati muqarrardir. Ularning intellektual madaniyatini atrof-muxit, safardan olgan taassurotlari asosida oshirishga va shu orqali kishini ijtimoiy madaniyatini ham qanday darajada bo`lishini ko`rsatib bermoqda. Rivojlangan mamlakatlar oilalari byudjetining salmoqli hissasi turizm sohasi uchun sarflanayotgani buning yorqin dalili bo`ladi. Yuqoridagi fikrlardan va mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishida turizmning tutgan o`rnini hisobga olib, u davlatning ijtimoiy hayotida muhim rol o`ynashi, insonlarning bo`sh vaqtlarini samarali o`tkazishi, olamni bilishi, davlatlar bilan davlatlar o`rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy aloqalarni kuchaytirishi, jahon xo`jaligida eng foydali tarmoqlardan biriga aylanishi mumkin degan xulosani qilishimiz mumkin. Haqiqatan ham turizm, jumladan xalqaro turizm orqali mamlakat ravnaqida juda katta ishlarni amalga oshirish mumkin. Dunyo miqyosida turistik aloqalarning paydo bo`lishi va shakllanish omillari har xil bo`lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. Turizm sohasi uchun birinchi omil kadrlarning bilim va tajriba salohiyati hisoblanadi (ishchi mutaxassis bo`lishi mumkin, lekin maxsus bilim va tajriba bo`lmasa, turizmda ish ketmaydi). Turmahsulotning soni va sifati, turistik rekreasion resurslariga, iqlim sharoitlariga, tarixiy va arxeologik hamda arxitektura joylarining sifat ko`rsatkichlariga, milliy o`yinlarning, bayramlarning va milliy tovarlarning soni va sifatiga, milliy taomlarning dunyo andozalariga javob berishiga, transport sifatiga va soniga qarab yo`nalishlar shakllanadi.
Turistik aloqalarni shakllantirish asosiy omillarining umumlashtirilgan shakli quyidagi guruhlar hisoblanadi: turistlarni qabul qiluvchi transportlar, mehmonxona va restorandagi joylar, kadrlarning soni va sifat-standartlari, ko`rsatiladigan turmahsulotlar soni va sifati, turmahsulotlarni reklama qilish soni va sifati. Turizmda xalqaro hamkorliklarni rivojlantirishning ijtimoiy va iqtisodiy o`sishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi.
Siyosiy omillar - davlatlar o`rtasidagi munosabatlar, shartnomalar, mahsulot va turist almashish va davlatdagi barqarorlik.
Iqtisodiy omillar - turistik tashkilotlar, infratuzilmaning sifati, iqtisodiy engilliklar, moliyaviy investisiyalar, bank ssudalari.
Tabiiy omillar - tarixiy va arxeologik inshootlar, daryo, dengiz va ko`llar, yer osti davolovchi suvlari, tog`lardagi chiroyli manzaralar.
Ilmiy-texnik omillar - zamonaviy xizmat ko`rsatish yo`llari va usullari, yangicha texnika va texnologiyalar, ilmiy tajribalar, yangi turistik menejment, marketing bilimlari, turistlarga maxsus qo`llanmalarning mavjudligi va h.k.
Oromgohlar mehmonxonasi, ham dam olish joylarida tashkil etilibi, ularda xizmatning barcha turlarining bo`lishligiga, ayniqsa, bolalar sport o`yinlari maydonchalari, mashq qilish jihozlarining bo`lishligiga katta e’tibor beriladi. Ularda narxlar bir muncha yuqoriroq bo`lishi mumkin. Taymsherlar deganda, 50 dan 250 gacha nomerli, alohida yoki birgalikdagi kvartira tipidagi, sharoitidagi nomerlar ko`zda tutilgan. Bunday kvartiralarni uzoq muddatga sotib olish ham mumkin. Ularning narxi mavsum bo`yicha o`zgarib turadi. Talab ko`p bo`lganda ko`proq, aks holda arzonroq bo`lishi mumkin. Bunday mehmonxona turlari hozirgi vaqtda 75 davlatda mavjud bo`lib, 2002 yili qariyib 30 mlrd. dollarga sotilishi aniqlangan. Yuqorida keltirilganlardan shu ma’lum bo`lyaptiki, umuman mehmonxonada qisqa muddatda yashvochilarni ish yuzasidan kelganlar va dam olish uchun kelganlarga bo`lish mumkin.
Ish yuzasidan kelgan mehmonlarning mehmonxonalariga quyidagi talablar qo‟yiladi:
1. Joylashish shaharning markazida, administrativ, jamoaviy va boshqa markazlarga yaqin bo`lishi kerak;
2. Asosan nomerlar fondi bir kishilik bo`lishi kerak;
3. Nomerda albatta, yozuv stoli, ishchi kreslosi, stol yoritgichi, yozuv va orgtexnika vositalaridan tarkib topgan ishchi zona bo`lishi kerak;
4. Maksimal darajada tashqi muhitdan, ayniqsa, shovqindan izolyastiyalangan bo`lishi kerak;
5. Mehmonxonada yig`ilish, seminar, uchrashuvlar, muzokaralar va boshqalar joylar, xonalar bo`lishi kerak;
6. Biznes-markazi;
7. Moliya ta‟minoti xizmati bo`lishi kerak.
Bundan farqli, dam olishga mo`ljallangan mehmonxonalarga:
1. Shahardan uzoqroqda, tabiat qo`ynida, o`zining o`simlik dunyosining ko`m-ko`kligi bilan ajralib turadigan joyda bo`lishi;
2. Dam olish, sport bilan shug`ullanish va ko`klamzorlashtirilgan maydonlarning bo`lishi;
3. Asosan ikki kishilik nomerlar;
4. Bolalarning o`ynashi, ko`ngil ochish maydonchalari bo`lishi lozim. Albatta, mehmonxonalarning mo`ljallanganidan kelib chiqqan holda, turli xildagi xonalar, joylar va xizmatlar tashkil etiladi. Agar dam olish mehmonxonalari bo’lishi uchun tibbiy davolash, sog`lomlashtirish xonalari, ovqatlanishdagi parxez taomlarning bo`lishligi lozim bo`lsa, stastionar mehmonxonalar oilaviy dam olishga mo`ljallanadiki, unda albatta, bolalar o`yini, ularga qarab turish uchun xona bo`lishi lozim.
Xuddi shuningdek, turistik-ekskursion mehmonxonada ekskursovod, guruhni olib yuruvchi, sport intruktorlari, tur kabinet, sport inventarini prokati, basseyn ularning tarkibida yoki yaqinida bo`lishi kerak. O`zining maxsusligi bo`yicha bo`lingan mehmonxonalar ham hozirgi vaqtda keng foydalanib kelinmoqda. Ularga kemping, rotel, botel, flotel, yurtalari va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |