Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________202_ y.
Baho “_____” ___________ Ilmiy rahbar: __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi)
Komissiya a`zolari: __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi)
__________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi)
Buxoro – 2021 KIRISH I-BOB. TURIZM INFRATUZILMASIINING IJTIMOIY-NAZARIY ASOSLARI 1.1. Turizm infratuzilmasi tushunchasi va uni tashkil qiluvchi omillar.
1.2. Iqtisodiyotda turizm infratuzilmasining shakllanish omillari va sabablari.
II-BOB. VIETNAMDA TURIZM 2.1. Vietnam Davlat tuzumi.
2.2. Vietnam turzmi.
XULOSA VA TAKLIFLAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ILOVA
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida dunyo mamlakatlarining ko`pchiligi turizm infratuzilmasini rivojlantirish orqali o`z milliy iqtisodiyotini taraqqiy ettirmoqda.
XX asr insoniyat hayoti va faoliyati tarzu tarovatining hamma sohalariga ulkan o`zgarishlarni olib keldi. Bu o`zgarishlar fan va ilmiy tadqiqotlar, texnikani rivojlantirish, yangi materiallar, texnologiyalar yaratish va ishlab chiqarishni boshqarish sohalarida yorqin namoyon bo`ldi. Bozor iqtisodiyoti barcha imkoniyatga daxldor hodisa bo`lib, jahon sivilizatsiyasining rivojlanish yo`lida muqarrar bosib o`tiladigan bosqichdir. Bozor iqtisodiyotining chinakam oxirgi maqsadi avvalo, insonga munosib yashash sharoitlarini yaratish va respublikani madaniyat va taraqqiyot cho`qqilariga olib chiqishdir. Bozor munosabatlariga o`tish qaror topib kelayotgan yangi davlatchilik uchun jamiki resurslardan foydalanishni, xalq xo`jaligining farovon turmush kechirayotgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqishni ta’minlab beradigan qudratli iqtisodiy asos yaratib berishi kerak.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «to`rt yulduzli», «besh yulduzli» toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo`yicha baholash asosida belgilaydi. Ma’lum toifa mehmonxonalariga tizim tomonidan qo`yilgan talablar ballarda baholanadi. Bunda har bir band bo`yicha mumkin bo`lgan maksimal baho belgilanadi. Komissiya o`z ixtiyoriga ko`ra tasniflash talablarida nazarda tutilmagan har qanday qo`shimcha xizmatlar uchun 15 ballgacha baho qo`yishi mumkin. Muayyan toifani olish uchun mehmonxona ayni toifa uchun belgilangan ballarning minimal miqdorini to`plashi lozim. Bunda har bir band bo`yicha to`plangan ballar miqdori maksimal bahoning 50% dan kam bo`lmasligi kerak. Ammo oxirgi shart alohida hollarda komissiya tomonidan bir yoki ikki band uchun majburiy emas deb topilishi mumkin, basharti mehmonxona bungacha ballarning zarur minimal miqdorini to`plagan bo`lsa. Mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi umumiy ovqatlanish korxonasini «restoran» toifasiga kiritish uchun zarur talablarning alohida ro`yxatini o`z ichiga oladi. Bu toifaga mansub deb topishlari uchun umumiy ovqatlanish korxonasi ham ballarning minimal miqdorini hamda har bir band bo`yicha ballar maksimal miqdorining kamida 50% ni to`plashi lozim.