Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet52/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

7.4. Innovatsiya salohiyati
Innovatsion salohiyatning holati va rivojlanish darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

– ilmiy-texnika ishlanmalari darajasi;

– tarmoqlar va korxonalar tajriba-eksperimental bazasining holati va quvvatlari;

– tajriba namunalarini o‘zlashtirish uchun zaxira ishlab chiqarish maydonining mavjudligi;

– ishlab chiqarish va texnologik jihozlar texnologik bazasi darajasi;

– yangi mahsulotni seriyali ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish va resurslarni tayyorlash samarali tizimining mavjudligi;

– korxonaning innovatsion faollik darajasi;

– innovator-kadrlar tayyorlash tizimi;

– innovatsiyani moliyaviy ta’minlash darajasi.

Jahon tajribasida innovatsiya salohiyatidan foydalanish intensivligi va samaradorligi quyidagi parametrlarda baholanadi:

– sanoat umumiy mahsuloti hajmida keyingi uch yil davomida o‘zlashtirilgan yangi mahsulotning hissasi;

– texnologiyaning yangilanishi va rivojlanishi (an’anaviy va ilg‘or texnologiyalar nisbati);

– eksportda fan sig‘imi yuqori va o‘rta yuqori mahsulotlar hissasi;

– korxonaning texnologik ayirboshlashda qatnashishi va uning innovatsion mahsulotlar bozoridagi hissasi;

– korxonaning moliya-sanoat guruhlarida qatnashishi.

Innovatsion sohaning yadrosi ishlab chiqarish korxonasidir. Uning texnologik darajasi, mahsulotlarining raqobatbardoshligi, ishlab chiqarish samaradorligi, bozordagi o‘rni, barqaror moliyaviy ahvoli bilimlarga, yangi texnologiyalarga, yangi mahsulotlarga, boshqarish usul va tartiblariga talabni belgilaydi.

Shunday qilib, innovatsion iqtisodiyot korxonaning amaliyotida doimiy ilmiy ishlanmalar, yangi konsepsiyalar, g‘oya va ixtirolar hamda ulardan foydalanish qobiliyati, unga intilishidir. Innovatsionlik, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida mavjud texnologiyani takomillashtirish va rivojlantirish, boshqarish va tashkil qilishda yangi qarorlarni joriy qilish, ayniqsa, axborot to‘plash, axborot olish va uni qayta ishlash sohasida infratuzilmani takomillashtirish va rivojlantirishni ham bildiradi.

Milliy iqtisodiyotning texnologik darajasi va raqobatbardoshligining asosiy makroko‘rsatkichi – mamlakat eksportida yuqori texnologiyali, fan, ilm sig‘imi yuqori mahsulotlar hissasidir.

Fan sig‘imi yuqori mahsulotlar jahon bozorida axborot texnologiyalari hissasi 5 foiz. 2020-yilda uning hissasi jahon YIMida 9 foizga yetadi. Hozir bu ko‘rsatkich Janubiy Koreyada 11,8, AQSHda – 6,8, Shvetsiyada 7 va O‘zbekistonda 2 foizdir.

Innovatsion ishlab chiqarishga o‘tish oson ishlardan emas, albatta. Bu borada qator to‘siqlar, qiyinchiliklar uchraydi:

– moliyaviy vositalarning yetishmasligi;

– malakali innovator-kadrlar kamligi;

– soliq tizimining takomillashmaganligi;

– yangi texnika va u haqidagi axborotning yetishmasligi;

– innovatsion mahsulotlar bozorining torligi;

– yangilikni joriy etish xarajatlarining yuqoriligi shular jumlasidandir.

O‘zbekistonda «O‘zeltexsanoat» tizimidagi qator korxonalar – OAO «Foton», «Sino», «O‘zelektroterm», NPK «Kvark» va boshqa korxonalarda innovatsion turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatimizda oliy malakali innovator kadrlar Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Turin politexnika (Italiya) va Inha (Koreya Respublikasi) universitetlarida va boshqa oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanmoqda.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish