Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Innovatsiya faoliyatini boshqarish



Download 1,39 Mb.
bet53/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

7.5. Innovatsiya faoliyatini boshqarish
O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni boshqarishning davlat mexanizmi va huquqiy-me’yoriy asoslari yaratilgan. Chunonchi, 2009-yil 12-martda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «2009  – 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qurollantirishning eng muhim loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi. Bu hujjatga muvofiq 852 ta investitsion loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ulardan 127 tasi innovatsion xarakterdagi loyihalar edi. Bundan sal ilgariroq 2008-yil 15-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilinib, unda 2013-yilning 1-yanvariga qadar o‘quv va ilmiy tadqiqot muassasa va tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarining amaliy ilmiy tadqiqot va konstruktorlik ishlarini xo‘jalik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalarni bajarishda foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, qo‘shimcha qiymat solig‘i va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlardan ozod qilish ko‘zda tutildi. Bu qarorga muvofiq ularga bojxona imtiyozlari ham berildi.

2012-yil 21-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori bu boradagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Shuningdek, 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasa va tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida», «Texnologiyalar transferi bo‘yicha Agentlik Davlat unitar korxonasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida», «Innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarorlari qabul qilindi.

Innovatsion faoliyatni kengaytirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-maydagi birlamchi ustav kapitali 1 mlrd. AQSH dollaridan iborat «O‘zbekiston Respublikasi rekonstruksiyalash va rivojlanish jamg‘armasini tashkil etish» 2008-yil 2-dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zonani qurish to‘g‘risida»gi farmonlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Keyingi farmonga muvofiq zamonaviy chet el yuqori unumdor jihozlar va texnika-texnologik liniya va modullar, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga keng miqyosda yuqori texnologiyali, eksportga yo‘naltirilgan, jahon bozorida raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish vazifalari belgilab berilgan edi. Angren va Jizzaxda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarning ham ana shu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.

Mamlakatimizda bu borada sezilarli siljishlarga erishilmoqda. Ammo hali qator muammolar ham yo‘q emas. Bu tabiiy, albatta. Yaponiya va Germaniyada bu boradagi harakatlarga o‘tgan asrning 50-yillarida, AQSHda esa undan ham ilgariroq kirishilgan edi.

O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishdagi eng asosiy muammolardan biri qilib, bu sohada yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi, moddiy-texnika bazasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, milliy iqtisodiy tarmoqlar va alohida korxonalarning yangilikni joriy etishga hali tayyor emasligini ko‘rsatish mumkin.

Jahon tajribasi va mamlakatimizda innovatsion iqlim va shart-sharoitni yaratish davlatning iqtisodiy siyosatida fan va texnologiyalarni rivojlantirishda yanada kattaroq e’tiborni taqozo etadi. Asosiy e’tibor nafaqat o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy ta’limga, shuningdek, fundamental va tarmoq fanlarni rivojlantirishga, fan va sanoat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilmog‘i lozim. «Yuqori texnologiyali» investorlar, yirik TMKlarni jalb qilish, erkin iqtisodiy zonalarni ko‘paytirish, mamlakatga chet el ilmiy tadqiqot markazlarini olib kelish ham bu borada katta natijalar berishi mumkin. Shu maqsadda axborot texnologiyalar industriyasini, sanoatning elektrotexnika va boshqa fan sig‘imi yuqori turlarini rivojlantirish dolzarb hisoblanadi.

Tabiiyki, innovatsion ishlab chiqarishga iqtisodiyotning hamma tarmoqlarida birdaniga erishib bo‘lmaydi. Bu borada asta-sekin innovatsion ishlab chiqarishning endo-ekzogen, ya’ni ichki va tashqi omillarini qo‘shib olib borish, o‘zlashtirish, nusxa ko‘chirish, reinjiring shakllaridan unumli foydalanish, avvalo, ustuvor, lokomotiv bo‘la oladigan sohalarni aniqlab olib, harakat qilish yaxshi natijalar berishi mumkin.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish