Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


-Mavzu. O‘ZBEKISTON IQTISODIYoTINING



Download 1,39 Mb.
bet56/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

8-Mavzu. O‘ZBEKISTON IQTISODIYoTINING

HUDUDIY TARKIBI

Reja:

8.1. Mintaqa – milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy    qismi

8.2. Iqtisodiy rayonlarning O‘zbekiston iqtisodiyotida    tutgan o‘rni va roli

8.3. O‘zbekiston mintaqalarining rivojlanish   tendensiyalari

8.4. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida  mintaqaviy tafovutlar va ularni yumshatish omillari
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish va ijtimoiy soha majmualari bilan birga mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy majmualar ham faoliyat ko‘rsatadi. Bu majmualarning shakllanishi alohida hududlar ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va omillarning mavjudligi bilan izohlanadi.

Mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy majmua respublika ichki mintaqalarining shakllanishi uchun obyektiv asos yaratuvchi, barqaror iqtisodiy munosabatlar o‘rnatilgan ko‘plab obyektlardan iborat murakkab, dinamik rivojlanuvchi tizimdir. Mintaqa lotincha «region» so‘zidan olingan bo‘lib, joy, o‘lka, aniq hudud kabi ma’nolarni anglatadi.

Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy hayot birligi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va hududiy birlikdir.

Ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida mintaqa hududiy mehnat taqsimoti jarayonida ajralib chiqqan mamlakat hududining bir qismi bo‘lib, u yoki bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi, takror ishlab chiqarish jarayonining umumiyligi va boshqa hududlarga nisbatan o‘ziga xosligi, xo‘jaligining majmuaviy va yaxlit xarakterga ega ekanligi, mintaqa oldida turgan vazifalarni hal etishni ta’minlovchi boshqaruv organlarining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bunday hududiy birliklarga iqtisodiy rayonlar, respublikalar, viloyatlar va shaharlarni kiritish mumkin. Ular mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy boshqarish zanjirida bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq halqalar tizimini tashkil etadi.

Iqtisodiy rayon – mamlakatning hududiy yaxlit qismi bo‘lib, muayyan hududda mavjud barcha tarmoqlar va ishlab chiqarish turlarini o‘zida birlashtiradi, tegishli ishlab chiqarish ixtisoslashuviga, barqaror ichki ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarga ega bo‘ladi. Mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishida va milliy iqtisodiyotning hududiy tarkibini tahlil qilishda iqtisodiy rayonlashtirish muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekistonda mintaqalar sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini ko‘rsatish mumkin, chunki aynan ularda ma’muriy-boshqaruv tizimi va ularni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish imkoniyati mavjud. Shu sababli ular davlat mintaqaviy siyosatining asosiy subyektlari hisoblanadi.

Iqtisodiyotni hududiy jihatdan tashkil etish hududda ishlab chiqarish va mehnatni jalb etish turlarining turli shakllarda uyg‘un holda faoliyat ko‘rsatishiga asoslangan ishlab chiqarish kuchlari unsurlari o‘zaro ta’sirining ko‘p darajali tizimidir. Ularning mintaqalarda oqilona tarzda birlashishi tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga olib keladi.

Mintaqada ishlab chiqarish kuchlari unsurlari turli darajada birlashadi, iqtisodiy aloqalar va munosabatlar esa turli darajada lokallashadi. Bu – mamlakat iqtisodiyotining umumiy tuzilmasi tarkibida bevosita takror ishlab chiqarishning mintaqaviy jihatlari bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlarni ajratish imkonini beradi. Ushbu munosabatlar va aloqalar yig‘indisi iqtisodiyotning hududiy tarkibini tashkil etadi.

Iqtisodiyot hududiy tarkibining asosi ishlab chiqarishni joylashtirish hisoblanadi va u hududiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va chuqurlashuvi natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Iqtisodiyotning hududiy tarkibi tarmoq tarkibi bilan uzviy bog‘liq, chunki har bir tarmoq, korxona yoki ishlab chiqarish aniq hududda faoliyat ko‘rsatadi, o‘zining hududiy joylashuviga ega bo‘ladi, ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar esa tarmoqlar, korxonalar joylashgan mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘ladi.

Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy obyekt sifatida tarmoqdan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Eng avvalo, mintaqaning farqli jihati shundan iboratki, unda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni o‘z ichiga qamrab olgan xo‘jalikning turli tarmoqlari o‘zaro birlashadi. Demak, mintaqa xo‘jalik majmuasi sifatida tarmoqqa nisbatan murakkab tuzilma hisoblanadi. Aynan mintaqa doirasida iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini hal etishga majmuaviy tarzda yondashish mumkin.

Agar tarmoqlar tor ishlab chiqarish vazifalarini hal etishga asosiy e’tiborni qaratsalar, mintaqa oldiga tarmoqlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma rivojlanishini o‘zaro bog‘lash, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni muvofiqlashtirish masalalari qo‘yiladi.

Iqtisodiyotning hududiy tarkibi shakllanishi ko‘plab omillar ta’sirida yuz beradi. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va jahon xo‘jalik aloqalarida tutgan o‘rniga bevosita bog‘liq. Iqtisodiyotning hududiy tarkibi shakllanishiga ta’sir etuvchi muhim omillar jumlasiga mineral xomashyo, yoqilg‘i-energetika, suv, o‘rmon va yer resurslari, mehnat resurslari, iqtisodiy va ilmiy-texnika salohiyati, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma, aholining joylashishi va boshqalar kiradi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish