Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet44/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

6.2. Suv resurslari
O‘zbekistonning suv resurslari daryolar, sel oqimi, kanallar, ko‘l va suv omborlaridagi suvlardan tarkib topadi. Uning asosiy suv manbayi – daryolardir. Daryolar tog‘lardan boshlanadi. Tog‘larda yog‘ingarchilik ko‘p, bug‘lanishga ketadigan yo‘qotishlar esa kam.

O‘zbekistonning bosh suv o‘zanlari Amudaryo (1415 km) va Sirdaryo (2122 km) hisoblanadi. Har ikkalasining suvi ham respublika hududidan tashqarida hosil bo‘ladi. Ulardan tashqari Norin, Qoradaryo, So‘x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo yirik daryolar jumlasiga kiradi. Bu daryolarning ko‘pchiligi o‘zlarining o‘rta va quyi oqimlari bo‘yicha O‘zbekiston hududidan oqib o‘tadi. O‘zbekistonda hammasi bo‘lib, 50 ga yaqin daryo bo‘lib, ulardan 10 tasining uzunligi 150 km dan oshadi. O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida sel oqimi (toshqini) ko‘plab sodir bo‘lib turadi. O‘zbekistonda sel xavfi kuchliroq mintaqa – bu Farg‘ona vodiysi. Bu yerda har yili, ba’zan yiliga bir necha marta sel bo‘ladi. Ko‘pchilik sel toshqinlari aprel va may oylariga to‘g‘ri keladi, chunki bu oylarda tog‘da juda ko‘p yog‘in-sochin bo‘ladi. Sel oqimi har yili minglab gektar ekin maydonlarini vayron etadi. Shuning uchun ham toshqin xavfi kuchli tog‘oldi mintaqalarida sel oqimini ushlab qoladigan qurilmalar (suv omborlari) qurilgan. Hosil bo‘lgan suv zaxiralaridan keyinchalik ekinlarni, ayrim yaylov maydonlarini sug‘orishda foydalaniladi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sug‘orish madaniyatiga asoslangani uchun bu yerda kanallardan foydalanishga alohida e’tibor beriladi. Ular uchga bo‘linadi: umumiy, ya’ni respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan kanallar, xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik kanallari. Yil davomida bu kanallar, suvni iste’molchilarga uzatadi. Kanallardan asosan sug‘orishda, shuningdek, elektr energiyasi olishda foydalaniladi.

O‘zbekistonning eng katta kanali Katta Farg‘ona kanalidir. U 1940-yilda ishga tushirilgan, uzunligi 270 kilometr, 317 ming gektar yerni sug‘orish imkonini beradi. Eng qadimiysi Surxondaryo viloyatidagi Zang kanali bo‘lib, 1912 yilda qazilgan. Keyingi yillarda Janubiy Mirzacho‘l, Amu – Qorako‘l, Amu – Buxoro, Amu – Zang, Katta Andijon, Katta Namangan kanallari ishga tushirildi. Ular suvlarini asosan Amudaryo va Sirdaryodan oladi.

Sirdaryo va Amudaryo yo‘nalishida 56 ta turli xil ko‘llar bo‘lib (Oroldan tashqari), ularning maydoni 3705 kv. km. Eng yirik ko‘l Orol dengizidir. Orol ham o‘z suvini Amudaryo va Sirdaryodan oladi. Orol dengizi 1960-yilgacha 66 ming kv. km maydonni egallar edi. Ammo 1962-yildan boshlab dengiz sathining pasayish jarayoni bormoqda. Orolga suv beradigan daryolarning imkoniyati xo‘jalik ehtiyojlaridan ortmayapti, natijada ularning quyi oqimiga juda kam miqdorda suv yetib borayapti. Orol suv sathining keskin pasayishi sababli uning o‘rnida tuz hosil bo‘lib, ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Orol baliqchilikdagi ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Hozir mintaqadagi ilmiy loyiha muassasalari, olimlar va mutaxassislarning diqqat markazida Orolni qutqarish muammosi turibdi. Bu murakkab va katta mablag‘talab xalqaro ahamiyatga molik ishdir.

Ko‘llarning ko‘pchiligi 2000  – 3000 metr balandlikdagi tog‘da joylashgan. Tog‘ ko‘llarining maydoni, odatda, 1 kv. km dan oshmaydi. Tekislikdagi ko‘llar daryo va irrigatsiya tizimlari oqavalaridan hosil bo‘lgan ko‘llardan iborat. Ularning umumiy soni 5 mingdan oshadi. Daryo ko‘llari ko‘pincha Amudaryo va Sirdaryo qayirlarida uchraydi. Irrigatsiya tizimlaridan chiqarib yuboriladigan tashlama ko‘llar kollektor-drenaj ishlarining yaxshilanishi bilan barham topib ketmoqda.

Respublikaning tekislik qismida joylashgan yirik ko‘llar jumlasiga Amudaryo deltasida joylashgan Sudoche ko‘li va Chordara suv omboridan chiqarib turiladigan, tashlama suvlar natijasida hosil bo‘lgan Arnasoy ko‘li kiradi. Birinchi ko‘lning maydoni Amudaryo suviga bog‘liqligi tufayli borgan sari qisqarib bormoqda.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda sun’iy ko‘llar – suv omborlari paydo bo‘ldi. Foydalanishda bo‘lgan barcha suv omborlari faqat mavsumiy suvlarni tartibga keltirishga va ular orqali yangi o‘zlashtirilgan qo‘riq-dasht yerlarga suv chiqarishga, bu bilan daryo, kanal, sel suvlaridan samarali foydalanishga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston hududidagi suv resurslari tog‘ mintaqalarida va qisman yerosti suvlaridan hosil bo‘ladigan suv manbalari hisobiga vujudga keladi. Sug‘orish uchun yerosti suvlaridan ham keng foydalaniladi.

Sug‘oriladigan yerlarning suvga ehtiyoji yil davomida bir xil emas. 80 foiz suv vegetatsiya davrida sug‘orish uchun sarf qilinadi. Suvning qolgan qismi kuzgi-qishki yumushlar va sug‘oriladigan yerlarning sho‘rini yuvish maqsadida foydalaniladi. Suv resurslarining eng katta iste’molchisi dehqonchilikdan tashqari sanoat korxonalari va aholidir.



Respublikada ko‘plab suvni qochirish-sug‘orish inshootlari qurilgan. Sug‘orish o‘zanlarini taqsimlash va xo‘jalik shoxobchasi 100 ming km. dan oshib ketadi. Yangi o‘zlashtirilgan suvsiz yoki kam suvli mintaqalarni suv bilan ta’minlash uchun gidroelektr stansiyalari bilan birga gidrouzellar majmuasi va suv omborlari qurildi.

Shunday qilib, bugungi kunda O‘zbekistonda qudratli zamonaviy suv xo‘jaligi vujudga keldi. Unga yirik davlat sug‘orish tizimi, suv omborlari, sel suvini to‘plash omborlari, suv ko‘tarib uzatish, bosh suv to‘plash qurilmalari, ulkan elektr nasos stansiyalari va 150 ming turli xil inshootlar kirgan.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish