6-Mavzu.YER VA SUV RESURSLARI
Reja
6.1. Yer resurslari
6.2. Suv resurslari
6.3. Yer va suv resurslaridan foydalanish
Yer har qanday jamiyat, har qanday mamlakatning beqiyos boyligidir. Yer – bu bitmas-tuganmas xazina, otalar yurti, kelgusi avlodga qoladigan asosiy meros. Yer – bu qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi. Yerga ikki jihatdan, birinchidan, hudud, ikkinchidan, tirikchilik manbayi, o‘simlik va hayvonot dunyosi hayoti uchun zarur bo‘lgan tuproq, inson uchun oziq-ovqat, sanoat uchun xomashyo yetishtirib beradigan ekin maydonlari sifatida qarash lozim.
2017-yilning boshida O‘zbekistonning umumiy yer maydoni 44892,4 ming gektarni tashkil etdi. Ana shundan 20174,0 ming gektari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar hisoblanadi. Jami qishloq xo‘jaligi yerlari 15783,4 ming gektarni tashkil etib, uning 3708,8 ming gektari yoki 23,5 foizi sug‘oriladigan erlardir.
Umumiy va qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer maydoni tarkibi, 2016 yil oxiriga (ming ga)
Do'stlaringiz bilan baham: |