Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


«O‘zbekiston iqtisodiyoti» kursining predmeti



Download 1,39 Mb.
bet5/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

1.2. «O‘zbekiston iqtisodiyoti» kursining predmeti
«O‘zbekiston iqtisodiyoti» fan sifatida jamiyat, uning rivojlanishi, manfaat va rag‘batlar, munosabatlarni o‘rganadigan ijtimoiy fanlar orasida alohida o‘ringa ega. Uning predmeti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

– rejali iqtisodiyotdan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ta’minlagan hamda hozirgi iqtisodiy o‘sish va yuksalishni ta’minlayotgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ning mazmun-mohiyati, asosiy xususiyatlari;

– mamlakatning resurs salohiyati tizimi tavsifi, iqtisodiy imkoniyatlari va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish yo‘llari;

– tarmoqlararo majmualar, ularning tasnifi, milliy iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibida yuz berayotgan siljishlar;

– takror ishlab chiqarish xususiyatlari, makroiqtisodiy proporsiyalar va iqtisodiy muvozanat;

– iqtisodiyotni boshqarish, uning davlat va bozor mexanizmlari;

– davlat moliyasi, kredit-bank tizimi va qimmatli qog‘ozlar bozori;

– iqtisodiyotning ijtimoiy asoslari, aholini ijtimoiy himoyalash, xalqning hayot darajasi va sifati;

– globallashuv sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiq iqtisodiyot sifatida jahon xo‘jaligi doirasida rivojlanish xususiyatlari va boshqalar.

O‘zbekiston iqtisodiyoti kursida globallashuv jarayonining obyektivligi, milliy iqtisodiyotning rivojlanishida xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, integratsion guruhlar, ittifoqlar, al’yanslar (BMT, Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valuta fondi, Jahon banki, MDH, SHHT, Markaziy Osiyo hamkorligi), transmilliy korporatsiyalar roli ko‘rib o‘tiladi.

Hozirgi zamon O‘zbekiston iqtisodiyotida katta ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ishlab chiqarish va eksport, import tarkibi jiddiy o‘zgarmoqda, ustuvor sohalarni rivojlantirishga o‘zgarishlar kiritilmoqda, aholi daromadlari va turmush darajasi o‘smoqda, sifati yaxshilanmoqda. Bu muammolar ham o‘quv kursining predmeti bo‘ladi.

Shu bilan birga yana bir qator muhim masalalar, kursni o‘qitish davomida talabalar diqqat markazida bo‘ladi.

Birinchidan, O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining istiqboli bizning «bilimlar asri»da yashayotganimiz bilan bog‘liq. Kelajak ilm sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Ammo unga o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi, uni yaratish kerak. Bu davlatning uzoq muddatli iqtisodiy siyosati va strategiyasi predmetidir. Kursda konkret ustuvor sohalar – mashinasozlik, biotexnologiya, nanotexnologiya, aloqa, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, umuman, yuqori texnologiyali, innovatsion iqtisodiyotga o‘tish masalalari ko‘tariladi.

Ikkinchidan, aholi turmushini yaxshilashda O‘zbekiston sharoitida agrosanoat, oziq-ovqat majmuasi, ratsional ovqatlanish muhim ahamiyat kasb etadi. Gap bu yerda dehqonchilik hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligini uzluksiz oshirish barobarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan aholi ehtiyojlarini ichki imkoniyatlar hisobidan qondirish asosiy mezon bo‘lishi ustida bormoqda.

Uchinchidan, hozirgi sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi sharti fan va ta’lim, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish bo‘lib maydonga chiqmoqda. Bugun milliy iqtisodiyotning o‘sishida inson kapitalining roli beqiyos. Inson kapitaliga investitsiya eng ko‘p samara beryapti.

To‘rtinchidan, hozirgi dunyoda milliy iqtisodiyotning rivojlanishi chet el kapitali va ichki investitsiya oqimiga ko‘p jihatdan bog‘liq. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ish bilan bandlikning o‘sishi, ish haqining oshishi, budjet daromadlarining ko‘payishi bozorni tovar va xizmatlar bilan to‘yintirishga bevosita bog‘liqdir. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar global moliyaviy, iqtisodiy inqirozni keltirib chiqargan moliyaviy «pufak» («ko‘pik»)dan farq qilishi lozim.

Beshinchidan, amalda O‘zbekiston iqtisodiyotining salohiyati institutlar va xo‘jalik mexanizmi orqali amalga oshadi. Institutlar iqtisodiyotning muhim mexanizmi hisoblanadi. Ular iqtisodiyotni boshqarish usullari, mulk shakllarining himoya qilinganligi, moliya-kredit dastaklari va soliqlar tartibi, antimonopol siyosat va raqobatni rivojlantirish, baho va daromadlar siyosatini tartibga solish va boshqarish bilan shug‘ullanadi.

Oltinchidan, yangi zamonaviy texnologiya O‘zbekiston iqtisodiyotini yuksaltirishning muhim omiliga aylandi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda keng qamrovli modernizatsiya va diversifikatsiyalash jarayonlari bormoqda. Ishlab chiqarish omillari orasida amalda texnologiya muhimroq rol o‘ynayapti. Sanoat tarkibi, ishlab chiqarish omillari o‘zgarmay turadigan holatda ham yangi texnologiya bilan o‘sishning yuqori sur’at va miqdorini ta’minlash mumkin.

Ana shu masalalar ham o‘quv kursining turli boblarida tahlil qilinadi, milliy iqtisodiyot oldida turgan vazifalarni yechishning usul va yo‘llari yoritib beriladi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish