Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


-MАVZU. IQTISODIY TARAQQIYoTNING «O‘ZBEK MODELI»



Download 1,39 Mb.
bet9/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

2-MАVZU. IQTISODIY TARAQQIYoTNING «O‘ZBEK MODELI»

Rеjа:


2.1. «O‘zbek modeli»ga o‘tish zarurati va shart-sharoitlari

2.2. «O‘zbek modeli»ning mohiyati va shakl-shamoyillari

2.3. «O‘zbek modeli» va iqtisodiy o‘sish

Ma’lumki, XX asrning 90-yillarida O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo, mamlakatning mustaqillikka erishgani bilan bog‘liq vaziyatdir. Istiqlol sharofati bilan iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy etish, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, xalqaro masalalarni milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda mustaqil hal etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, mamlakatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni qadimiy milliy davlatchilikni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotni shakllantirish bilan uyg‘unlikda olib borildi.

Ayni paytda, bozor munosabatlari o‘zbek xalqi uchun butunlay yangi tushunchalar emas edi. Osiyo va Yevropaning savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan o‘zbek zamini asrlar osha Sharq va G‘arb o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lib keldi. O‘zbekiston o‘zining ana shu tarixiy va an’anaviy o‘rnini egallashi uchun zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o‘rtasida esa bozor madaniyatini shakllantirishi lozim edi. Bu esa oson ish emas edi. Zero, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida – 70 yil mobaynida xalq bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik so‘ndirilgan, boqimandalik kayfiyati chuqurlashgan edi.

To‘g‘ri, sotsializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat, kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin ko‘rinishdagi unsurlar ham mavjud bo‘lgan. Ammo sotsializm mazmun-mohiyatiga ko‘ra, bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor o‘ringa qo‘yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko‘rinishini inkor etardi.

Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va monopollashuvdan qaytish mexanizmlari orqali raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yo‘l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif asosida shakllanadigan narx mexanizmini joriy etish kabi bozor ustunlarini qaror toptirish, pirovardida esa aralash iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki shusiz ham chuqur inqiroz girdobiga tushib qolgan iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning bozordan boshqa yo‘li yo‘q, oldinda ulkan islohotlarni amalga oshirish vazifasi turardi.

O‘zbekistonda katta tabiiy resurslar, turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun keng ekin maydonlari, yirik industrial salohiyat, malakali kadrlar, qisqasi, jamiyat a’zolari ehtiyojlarini to‘la qondirish uchun zarur barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lsa-da, u qashshoq mamlakatlar qatoriga tushib qolgan, jamiyatda eng zarur iste’mol mollarining ham keskin tanqisligi vujudga kelgan edi. Sababi shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o‘rtasida bevosita uzviylik yo‘q edi. Bu uzviylik esa har qanday jamiyatda taraqqiyotning lokomotivi vazifasini bajaradi, mavjud barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanishga xizmat qiladi.



Mustaqillikkacha ham bir qancha iqtisodiy islohotlar o‘tkazilganligini ta’kidlash lozim. Ular xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish, moddiy manfaatdorlikni oshirishga qaratilgan islohotlar edi. Lekin bunday urinishlarning birortasi ham kutilgan samarani bermadi, berishi ham mumkin emasdi. Chunki shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o‘rtasidagi bevosita uzviylik hisobga olinmagan edi. Bu masala esa jamiyat poydevori hisoblanadigan mulk munosabatlarini qayta qurish bilan bog‘liq. Mulk munosabatlarini o‘zgartirish esa bevosita sotsializmning taqdiri bilan bog‘liq edi. Bu islohotlar xo‘jalik yuritishning ayrim bo‘g‘inlarini takomillashtirishdan nariga o‘ta olmadi, butun iqtisodiyotni jonlantirishga ojizlik qildi. Natijada, yana odatdagidek, ma’muriy-buyruqbozlik tartibotiga zo‘r berildi. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi aloqa ekstensiv omillardan keng foydalanish orqali naridan beri ta’minlanib kelindi.

Ekstensiv omillar imkoniyatlarining borgan sari torayib ketaverishi, intensiv xo‘jalik yuritish mexanizmining esa yaratilmaganligi ertami-kech iqtisodiy tanqislik va tanglikni keltirib chiqarishi muqarrar edi. Iqtisodiy tanglik XX asr 80-yillarining oxiriga kelib yanada keskin va halokatli tus oldi. Bu, avvalo, mahsulot ishlab chiqarishning butunlay pasayib ketishida, ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan ta’minlanmaganligida, ishsizlikning o‘sishida, pul-kredit va valuta tizimining izdan chiqishida namoyon bo‘ldi.

Surunkali inflyatsiya hammaning tinkasini qurita boshladi. Natijada aholining daromadlari va turmush darajasi pasaya boshladi. Ishlab chiqarish ko‘lami va hajmining qisqarishi, O‘zbekistondek keskin demografik sharoitda yashayotgan respublikalardagi aholi turmush darajasiga yanada og‘irroq ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekiston aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish, real daromadlar, ish haqi, mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sobiq sho‘ro respublikalari orasida eng oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qolgan edi.

Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi va uni tashkil etish shakllarini qayta qurmasdan turib, biror-bir jiddiy natijaga erishib bo‘lmasligi aniq. Mamlakat xo‘jaligining amal qilib kelgan tarkibi ekstensiv rivojlanish mahsuli edi. Bu iqtisodiy zarurat emas, balki qat’iy markazlashgan ma’muriy va rejali boshqarishga asoslangan tizim edi. Ishlab chiqarish tarkibiga faol ta’sir ko‘rsatadigan asosiy samarali mexanizm bu – bozordir. Chunki bozor sharoitidagina ijtimoiy ehtiyojlarga mos kelmaydigan sohalar o‘z-o‘zidan barham topadi. Davlat endi bozor tan olmagan, zarar keltirib ishlaydigan, norentabel soha va korxonalarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Xalq ehtiyojlariga xizmat qiladigan, xaridorgir, budjet uchun mablag‘ beradigan ishlab chiqarish turlari esa rag‘batlantiriladi.

Tanqislikni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlardan yana biri ishlab chiqarishdagi yakka hukmronlik, monopoliyadir. Odatda, tanqislik qondirilmagan talab sifatida vaqti-vaqti bilan har qanday bozorda vujudga kelishi mumkin. Lekin sotsializm xo‘jalik yuritish sohasidagi o‘zining dastlabki qadamlarida iqtisodiyotni qat’iy markazlashgan rejali asosda tashkil etish yo‘li bilan amalda yakkahokimlikni qonunlashtirdi. Xususiy mulk umumlashtirilib, yagona «umumxalq», boshqacha aytganda, davlat mulkiga aylantirilishi shuni taqozo etardi. Natijada, monopolizm surunkali hodisaga aylanib, har kuni, har soatda takror ishlab chiqariladigan bo‘ldi. Chunki davlat bozordagi real ahvolni o‘zida aks ettirmaydigan, oldindan belgilab qo‘yiladigan tovar turlari va ularning narxlarini qo‘llab-quvvatlardi. Shu yo‘l bilan doimo talabning taklifdan ustunligi, ya’ni taqchillik ta’minlab kelindi. Amalda barcha korxonalar doimiy monopolistlarga aylanib, bozor va iste’molchiga o‘z shartlarini qat’iy o‘tkazish imkoniyatiga ega edi.

Ishlab chiqarishni yiriklashtirish va ixtisoslashtirish, ijtimoiy mehnat taqsimotini chuqurlashtirish ayrim tarmoq va korxonalarning yakkahokimligini kuchaytirdi. Bu tajriba shunga olib keldiki, butun mamlakat bo‘yicha ko‘pchilik sanoat mahsuloti turlarini bir-ikki korxona yetkazib beradigan bo‘ldi.

Shunday qilib, bir tomondan, monopolizm tanqislikning kelib chiqishi uchun sharoit yaratdi. Ikkinchi tomondan, ana shu tanqislikning o‘zi monopolizmning keng tomir otishiga xizmat qildi. Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy voqealarning bunday tadrijiy rivoji bozor iqtisodiyotiga o‘tishni muqarrar qilib qo‘ydi.

To‘g‘ri, bozor iqtisodiyotiga bir kunda va bir zarb bilan o‘tish aslo mumkin emas. Sababi – O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning iqtisodiy asoslari ancha zaif edi. Buning ustiga iqtisodiyot xomashyoga yo‘naltirilgan va asosiy ishlab chiqarish fondlari g‘oyat eskirganligini ham aytib o‘tish lozim.

Respublika nafaqat jihozlar, texnologiyalar va juda ko‘p turdagi xomashyo mahsulotlarini, balki birinchi darajali ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari – g‘alla, go‘sht, shakar, tuz, qandolatchilik mahsulotlari va boshqalarni, shuningdek, mamlakatda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan juda keng doiradagi xalq iste’moli mollarini ham tashqaridan keltirishga majbur edi. Deyarli barcha tarmoqlarda tugallanmagan siklga ega ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganligi sababli ular xomashyoni qazib olish va dastlabki ishlov berish, yarimfabrikatlar tayyorlash bosqichida to‘xtab qolar edi.

Sanoat mahsulotida tayyor mahsulotlar ulushi juda kam, yuqori texnologiyaga asoslangan, ilmtalab va jahon bozorida real raqobat qila oladigan ishlab chiqarish turlari deyarli yo‘q edi.

Ammo oldinda bundan ham qiyinroq va murakkabroq vazifalar bor edi. Bu – odamlar psixologiyasi va dunyoqarashini o‘zgartirish bilan bog‘liq masalalardir. Mashhur venger iqtisodchi-olimi Yanosh Kornai o‘zining «O‘tish davri iqtisodiyoti to‘g‘risida xatlar» kitobida «...bitta qaror bilan xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish mumkin, lekin bitta qaror bilan davlat mulkini xususiy mulkka aylantirib bo‘lmaydi», deb yozgan edi.

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishda katta yo‘qotish va talato‘plardan chetlab o‘tildi. Ijtimoiy adolatsizlikka, aholining keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘yilmadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning evolutsion, bosqichma-bosqich yo‘li tanlandi. Bu borada ijtimoiy adolatni ta’minlashda davlatning islohotchilik roli katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bozor munosabatlarini qaror toptirishning asosiy shart va yo‘nalishlarini tashkil etdi. O‘tgan davr ichida iqtisodiyotga oid qabul qilingan qonunlar, qarorlar, me’yoriy hujjatlarning asosiy qismi ana shu uch yo‘nalishni rivojlantirishga qaratildi. Bu yillarda minglab davlat korxonalari xususiylashtirildi, aksiyadorlik jamiyatlari yoki mulkchilikning boshqa nodavlat korxonalari sifatida qayta tashkil etildi. Ular xo‘jalik birlashmalari, qo‘shma korxonalar, xususiy fermer xo‘jaliklari, aholi xususiy mulkining boshqa obyektlari sifatida faoliyat yurita boshladi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik biznesni rivojlantirish natijasida O‘zbekistonda yangi ijtimoiy qatlam – mulkdorlar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozori kabi yangi bozorlar paydo bo‘ldi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish