Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


-MАVZU. MILLIY IQTISODIYoT RIVOJLANIShINING ASOSIY KO‘RSATKIChLARI



Download 1,39 Mb.
bet14/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

3-MАVZU. MILLIY IQTISODIYoT RIVOJLANIShINING ASOSIY KO‘RSATKIChLARI

Rеjа:


3.1. Milliy hisoblar tizimi

3.2. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

3.3. Makroiqtisodiy proporsiyalar

3.4. Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish
Milliy hisoblar tizimi (MHT) – iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalariga o‘zaro bog‘liq statistik ko‘rsatkichlar orqali kompleks tavsif berishni ta’minlaydigan balans usulidir. Uni makroiqtisodiy faoliyat natijalarini tavsiflovchi hisobvaraqlari va jadvallarning muayyan to‘plami ko‘rinishida ifodalangan o‘zaro bog‘liq statistik ko‘rsatkichlar va tasniflar tizimi sifatida ham aniqlash mumkin. MHT dastlab davlat boshqaruvi organlari tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish maqsadida 1953-yildan boshlab rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilgan. Bugungi kunda esa jahonning 150 dan ortiq mamlakatida bu tizimdan foydalaniladi. «Milliy hisobchilik» atamasi gollandiyalik iqtisodchi V.Kliff tomonidan taklif qilingan va muomalaga kiritilgan.

Sobiq Ittifoqda makroiqtisodiyotni ifodalash va tahlil qilish uchun boshqa ko‘rsatkichlar tizimi – xalq xo‘jaligi balansi (XXB)dan foydalanilgan. Bu tizim ijtimoiy mulkchilik va markazlashtirilgan rejalashtirishga asoslangan iqtisodiyot modelini tahlil qilishga mo‘ljallangan. Shu sababli bozor munosabatlariga o‘tish barcha postsovet maydonida joylashgan mamlakatlarni xalq xo‘jaligi balansidan milliy hisoblar tizimiga o‘tishini zaruratga aylantirdi.

MHTda buxgalteriya hisobining ba’zi muhim jihatlari (masalan, ikki yoqlama yozuv tamoyili)dan foydalaniladi va uning maqsadi buxgalteriya hisobining maqsadlariga muvofiq keladi. Xususan, buxgalteriya hisobining asosiy maqsadlaridan biri korxona rahbarlarini boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot bilan ta’minlashdan iborat. MHTda esa xuddi shu maqsad makroiqtisodiyot darajasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ko‘plab iqtisodchilar MHTni «butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi», deb ataydilar.

MHTning ko‘rsatkichlar tizimi asosida iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalari tavsiflanadi, bu jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aks ettiriladi. Shunday qilib, MHT – mamlakat, uning mintaqalari va sektorlari iqtisodiy faoliyatini kompleks tadqiq etish uchun qo‘llaniladigan iqtisodiyotning o‘ziga xos modeli hisoblanadi.

Jahon amaliyotida milliy hisoblar tizimi samarali bo‘lishi va makroiqtisodiy qonuniyatlar va o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga imkoniyat yaratishi uchun bir qator muhim qoidalarga rioya qilinadi.

Birinchidan, MHTda iqtisodiy ishlab chiqarishning kengroq va to‘laroq ta’rifi qo‘llaniladi (XXBda iqtisodiy ishlab chiqarish sohasiga faqat moddiy ishlab chiqarish kiritilgan).

MHT metodologiyasiga ko‘ra iqtisodiy ishlab chiqarish tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha barcha faoliyat turlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Xususan, unga muvofiq iqtisodiy ishlab chiqarishga quyidagilar kiradi:

– tovarlar ishlab chiqarish (shu jumladan, uy xo‘jaliklari tomonidan ovqat tayyorlash, uy yig‘ishtirish, bolalarni tarbiya­lash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlardan tashqari o‘z iste’moli uchun tovarlar ishlab chiqarish);

– sotish uchun bozor xizmatlari ishlab chiqarish;

– moliyaviy vositachilar (banklar, investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari) faoliyati;

– davlat boshqaruvi muassasalari tomonidan ishlab chiqarilgan nobozor xizmatlari;

– uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan nobozor xizmatlari;

– yollangan xizmatchi (oshpaz, haydovchi, bog‘bon) tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;

– o‘z iste’moli uchun uy-joy egalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;

– atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan faoliyat.

MHT metodologiyasining ikkinchi eng muhim qoidasi daromad atamasining mazmuniga tegishli. MHTga ko‘ra daromad deganda shunday maksimal pul miqdori tushuniladiki, kishilar uni iste’mol tovarlari va xizmatlariga sarflaganda ularning jamg‘argan boyliklari kamayib qolmaydi, ular uchun hech qanday moliyaviy majburiyatlar kelib chiqmaydi, boshqacha qilib aytganda, qashshoqlashib qolmaydi.

MHTning uchinchi qoidasi ko‘plab xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bir turdagi guruhlarga birlashtirilishi bilan bog‘liq. Bu guruhlar soni beshta bo‘lib, ular uchun hisobvaraqlarining standart to‘plami ko‘zda tutilgan va bu hisobvaraqlarida ta’lim, ishlab chiqarish, taqsimot, daromadlarni qayta taqsimlash, jamg‘arish va omonatlar, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish bilan bog‘liq iqtisodiy operatsiyalar qayd etiladi.

1993-yildan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy jarayonda bajaradigan funksiyasiga ko‘ra quyidagi institutsional sektorlarga kiritiladi:

– nomoliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar (tovarlar va nomoliyaviy xizmatlar ishlab chiqarish funksiyasi);

– moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar (bo‘sh moliyaviy resurslarni jamlash va muayyan shartlar bilan investorlarga taqdim etish funksiyasi);

– davlat boshqaruvi (milliy daromad va boylikni qayta taqsimlash hamda bepul xizmatlar taqdim etish funksiyasi);

– uy xo‘jaligi (bozorda tovar va xizmatlar sotib olish, ishchi kuchini taqdim etish funksiyasi);

– uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlari (jamoatchilik, siyosiy, diniy tashkilotlar, ularning funksiyasi ushbu tashkilotlar a’zolariga bepul xizmat ko‘rsatishdan iborat).

Sektorial hisobvaraqlaridagi axborotlarni tahlil qilishdan tashqari ular o‘rtasidagi iqtisodiy jarayondagi o‘zaro bog‘liqliklar ham tahlil qilinadi. Shuningdek, MHTda muhim hisobvaraqlari (ishlab chiqarish hisobvarag‘i va daromadlar hosil bo‘lishi hisobvarag‘i) iqtisodiyotning alohida tarmoqlari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va boshqalar) uchun ham tuziladi. Shunday qilib, sektorial hisobvaraqlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisobvaraqlari asosida makroiqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

MHT doirasida makroiqtisodiy hisob-kitoblarning maqsadi muayyan davr uchun asosiy iqtisodiy oqimlarning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini yoritishdan iborat bo‘lib, ularning shakllanishi va o‘zaro bog‘liqligi MHT tarkibining mohiyatini tashkil etadi.

Iqtisodiy oqimlar deganda qiymatning yaratilishi, o‘zgarishi, almashinishi, uzatilishi tushuniladi. Iqtisodiy oqimlar institutsional birliklar hajmi, tarkibi, aktivlari va majburiyatlarining qiymatida o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Institutsional birliklar deganda ishlab chiqarish, daromadlarni taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish imkoniyati va huquqiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, tashkilotlar va muassasalar tushuniladi.

Iqtisodiy oqimlar MHTda iqtisodiy operatsiyalar deb yuritiladi. Ular qarama-qarshi oqimlar ko‘rinishida muayyan qoplamalar bilan amalga oshiriladi (taqdim etilgan tovar, xizmatlar, mehnat yoki aktiv evaziga yana tovar, xizmatlar va boshqalar ko‘rinishida qoplamalar taqdim etiladi). Agar iqtisodiy operatsiyalar qoplamalarsiz amalga oshirilsa (pensiyalar, stipendiyalar to‘lash, gumanitar yordam va boshqalar), bunday iqtisodiy operatsiyalar transfert operatsiyalari deb yuritiladi.

MHT tarkibining asosini hisobvaraqlari va balans jadvallari tashkil etadi.

Hisobvaraqlari xo‘jalik birliklarining operatsiyalari, aktivlari va majburiyatlarini aks ettiradi va ikki yoqlama jadval ko‘rinishida bo‘ladi. Unda balanslashtiruvchi moddalar yordamida miqdorlar o‘rtasidagi tenglikka erishiladi. Bu moddalar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Balanslashtiruvchi moddalar bir hisobvarag‘idan ikkinchisiga o‘tish imkonini beradi va hisobvaraqlarini yagona tizimga birlashtiradi. MHT tarkibida joriy narxlarda ishlab chiqiladigan quyidagi hisob varaqlari guruhlari ajratiladi:

1. Ichki iqtisodiyot hisobvaraqlari.

2. Iqtisodiyot tarmoqlari hisobvaraqlari guruhi.

3. Tashqi iqtisodiy aloqalar («tashqi dunyo») hisobvaraqlari.

Har bir tizimga kiruvchi hisobvarag‘i u yoki bu resurslar hajmi va ulardan foydalanish o‘rtasidagi tenglikni ifodalovchi balans hisoblanadi. Unga balanslashtiruvchi moddani hisob-kitob qilish evaziga erishiladi. Har bir hisobvarag‘ining balanslashtiruvchi moddasi o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonlar natijalarini tavsiflashda mustaqil qiymatga ega bo‘ladi. U shuningdek, har bir oldingi hisobvarag‘ini keyingisi bilan bog‘lash uchun ishlatiladi. Pirovardida hisobvaraqlarining balanslashtiruvchi moddalari har biri iqtisodiy tahlilda mustaqil ahamiyatga ega natijalarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tizimi sifatida namoyon bo‘ladi.

Shunday qilib, hisobvaraqlariga birlashtirilgan va takror ishlab chiqarishning tegishli bosqichiga muvofiq keluvchi muayyan ketma-ketlikda hisoblanadigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi asosida iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiyot amal qilishining natijalarini kompleks miqdoriy tavsiflash imkoniyati yuzaga keladi.

Umuman iqtisodiyot uchun barcha hisobvaraqlarini tuzish ko‘zda tutiladi. Ular jamlama hisobvaraqlarini tashkil etadi va bir tomondan, mamlakat iqtisodiyoti va tashqi dunyo o‘rtasidagi aloqalarni, ikkinchi tomondan, ichki iqtisodiyotning sektorlari o‘rtasidagi munosabatlarni va tizimning turli ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi.

Ichki iqtisodiyotning har bir sektori uchun hisobvaraqlari to‘plami tuziladi. Hisobvaraqlari shuning uchun ham tizim hisoblanadiki, ular, birinchidan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi, ikkinchidan, yagona metodologik tamoyil asosida quriladi, uchinchidan, yagona metodologik tamoyil asosida hisoblangan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi.

Hisobvaraqlaridagi ko‘rsatkichlar operatsiyalarni, operatsiyalarning har biri institutsional birliklar o‘rtasidagi qiymat oqimlarini aks ettiradi. Takror ishlab chiqarish davri bosqichlariga muvofiq holda operatsiyalar ishlab chiqarish, taqsimlash, almashuv, iste’mol va jamg‘arish operatsiyalari bo‘lishi mumkin.

Shunday qilib, MHTda takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlari (ishlab chiqarish, almashuv, taqsimlash, iste’mol va jamg‘arish) orqali tovar va xizmatlar qiymatining harakati o‘z aksini topadi. Tizim balans jadvallarini tuzish bilan yakunlanadi. Bu jadvallar berilgan yilda mehnat natijasida milliy boylikdagi yakuniy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi. Shu bilan birga tovar va xizmatlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni o‘zida aks ettiruvchi tarmoqlararo balans va undagi o‘zgarishlarni ham ifodalaydi.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish