YIM = yalpi qo‘shilgan qiymat + tovarlar va importga soliqlar – tovarlar va importga subsidiyalar
Ko‘rinib turibdiki, yalpi qo‘shilgan qiymat YIMning asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi. Yalpi qo‘shilgan qiymat yalpi ishlab chiqarish bilan oraliq mahsulot o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Oraliq mahsulot deganda joriy ishlab chiqarish maqsadlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan material resurslari va xizmatlar sotib olishga sarflangan xarajatlar tushuniladi.
Agar yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya xarajatlarini chegirib, unga xorijdan birlamchi daromadlar tushumi qoldig‘ini qo‘shsak, milliy daromad hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |