Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi



Download 136,19 Kb.
bet2/7
Sana24.04.2022
Hajmi136,19 Kb.
#578484
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
тарих фани

Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya ijodkor xalqimizning \o- hish-irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to'p- langan eng ilg'or Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini vamilliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mus- taqil ishlab chiqildi. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa Markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nus- xalaridan ko‘chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi Asosiy qonunimiz mustaqil 0‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi.
0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat berish zarur. 0‘zbekiston Konstitutsiyasi- ning birinchi tamoyili — davlat suverenitetidir. 1—6- moddalarda 0‘zbekiston — suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlatning ,,0‘zbekiston Respublikasi“ va „0‘zbekiston“ degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgi- lab qo‘yilgan.
Ikkinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — xalq hokimiyatchiligidir. 7—14- moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan bir man- bayidir, 0‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar uning fu- qarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab amalga oshiradi, deb ko‘rsatilgan.
Uchinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. 0‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimi- yatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi. 0‘zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat — Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat — Prezident rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi Vazirlar Mahkamasidir. Sud hokimiyati — Konstitutsiyaviy Sud, 0‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik Sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik Sudi, viloyatlar, Qoshkent shahar, tuman va shahar sudlari va xo‘jalik sudlaridan iborat. Konstitutsiyaning 76—88- moddalari- da Oliy Majlisning tuzilishi, vakolatlari, qonunlarni ishlab chi- qish va qabul qilish qoidalari belgilab berilgan. 88—98- modda- larda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanligi, uning vakolatlari va vazifalari, Va- zirlar Mahkamasining faoliyat yuritish qoidalari qonunlash- tirilgan.
To’rtinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga so- diqlikdir. Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik-huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. Konstitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. 0‘zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Beshinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — Konstitutsiya va qonun- larning ustuvorligidir. Konstitutsiyaning 15-moddasida ,,0‘zbe- kiston Respublikasida 0‘zbekiston Respublikasining Konsti- tutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar“, deb belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 16- moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qayd etilgan.
Oltinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — xalqaro andazalar dara- jasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburi- yatlarining tengligi va daxlsizligidir. 0‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar — „Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi“, „Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“, „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“ va boshqalar asosida bayon etilgan. Konstitutsiyaning 18—52- moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. 0‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi.
Konstitutsiyada har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekan- ligi, 0‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan 0‘zbekiston Res- publikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan. 0‘zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’iy nazar barcha fuqarolari 0‘zbekiston xalqini tashkil etadi.
Yettinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlari- ning maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqaro- lar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jami- yatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi.
Mazkur tamoyil davlatga va uning organlariga, siyosiy par- tiyalar va jamoat uyushmalariga o‘z faoliyatlarini 0‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida amalga oshirishlarini talab qilu- vchi Konstitutsiyaviy normadir. Konstitutsiyada siyosiy partiya- lar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining tuzi- lishi va faoliyatining huquqiy jihatlari asoslab berilgan.
Sakkizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — 0‘zbekiston Respub- likasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qo‘yilganligidadir. Konstitutsiyaning 17-moddasida: ,,0‘zbekis- ton Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub- yektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegara- larning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi“, deb belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ul- ardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.
Oo'qqizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishdir. 0‘zbekistonda o‘zbek davlatchiligi rivojining tari- xiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va sha- harlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari ken- gashlari bo‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari bosh- chilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99—104-moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ulaming vazifalari belgilab berilgan.
Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzish tartiblari belgilangan. 105-moddada: „Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda sha- harlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi“, deb belgilab qo‘yilgan.
O‘ninchi Konstitutsiyaviy tamoyil — odil sudlov, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligidir. Sudya faqat qonunga bo‘ysunadi. Konstitutsiyaning 106—116- moddalarida 0‘zbekistonda sud tizimi va ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada sudya deputatlikka saylana olmasligi, siyosiy partiyalar va hara-katlaming a'zosi bo'la olmasligi qonuniylashtirilgan. Sud majlisi ochiq va oshkora olib boriladi, sud ishlari davlat tilida yuritiladi va zamr holda boshqa tilda yuritilishi ham mumkin.
Sud hokimiyati davlat hokimiyatining muhim bir tarmog'i bo'lib. Konstitutsiyada sudning hujjatlari barcha davlat organ- lari. jamoat birlashmalari, muassasalar va tashkilotlar, mansab- dor shaxs va fuqarolar uchun majburiy ekanligi qonunlashtirib qo‘yilgan.
O'zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi- ning huquqiy maqomi, 0‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlar- ning huquqiy asoslari belgilab berilgan.

Download 136,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish