madhiyasi to‘g‘risida“ gi Qonun
yil 10- dekabrda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken- gashining XI sessiyasida qabul qilindi.
Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomo- nidan tayyorlangan variant tasdiqlandi.
Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u 0‘zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi.
0‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar.
Reja;
O‘zini o‘zi boshqarishning huquqiy asoslari
O‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari va faoliyati
Muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga o‘zini o‘zi boshqarish organlarining g‘amxo‘rligi
„Obod mahalla yili“ dasturining vazifalari
O‘zbekiston davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, mahallaga munosabat tubdan o‘zgardi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi tubdan isloh qilindi. Bu borada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini davlat hokimiyati tizimidan ajratish tomon yo‘l tutildi
Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘zini o‘zi boshqarish organlarini shakllantirishning huquqiy asoslari o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 105- moddasida „Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi“, deb belgilab qo‘yildi.
1994- yil 2- sentabrda „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari — qishloq, posyolka sovetlari tuzilmaydigan bo‘ldi, ularning o‘rniga o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahalla qo‘mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko‘rsatmaydi, ularning bog‘liq tomonlari mavjud. Ular o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari „Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi qonunda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yo‘naltirib turadi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari, vazifalari O‘zbekiston Respublikasining „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida“ gi qonunda aniq belgilab qo‘yilgan. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifalari:
• fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini amalga oshirishda ko‘maklashish;
• o‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini hal qilish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazish;
• davlat hokimiyati organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident va hukumat hujjatlarini, xalq deputatlari kengashlari va hokimliklarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtirish.
Fuqarolar yig‘ini kollegial organ bo‘lib, uni rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishgan holda, zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig‘ini, barcha aholini yig‘ishning iloji bo‘lmagan hollarda, belgilangan vakillik me’yorlari asosida o‘tkaziladi. Rais (oqsoqol), uning maslahatchilari fuqarolar yig‘inida saylanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) doimiy ishlovchi bo‘g‘in. Rais o‘z mahkamasiga ega bo‘lib, uning miqdori rais o‘z vazifasini bajarishga imkoniyat yaratadigan darajada tuziladi.
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini takomillashtirish, zarur holatlarda yiriklashtirish tadbirlari ko‘rilmoqda. Agar 1994- yilda 12 mingdan ortiq o‘zini o‘zi boshqarish organlari shakllantirilgan bo‘lsa, ularning soni 2001- yilda 7847 tani tashkil etdi. 1999- yil 14- aprelda qabul qilingan „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘- risida“gi yangi tahrirdagi qonunda ularning vakolatlari va huquqi kengaytirildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘iniga: aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan qarorlar qabul qilish; qonun hujjatlarining, shuningdek o‘z qarorlarining ijro etilishi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish yuzasidan o‘z hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish huquqlari berildi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar aholining ijtimoiy faolligi, siyosiy ongi tobora yuksalib borayotganligidan guvohlik beradi. 1998- yil noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tgan saylovlar bilan bog‘liq bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida 8,4 mln kishi yoki respublikadagi katta yoshdagi aholining 70 foizi ishtirok etdi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga 7574 nafar rais va 71034 nafar maslahatchi saylandi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlarining ma’lumot darajasi ham oshib bormoqda. 1998- yilda saylangan rais (oqsoqol)larning 65,5 foizi oliy ma’lumotli mutaxassislar ekanligi buning guvohidir.
2001- yil iyun-iyul oylarida Samarqand viloyatidagi 1042 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bo‘lgan saylovlarga 1 mln. 120 mingdan ortiq fuqaro vakillari ishtirok etdi. 1042 nafar rais (oqsoqol) saylandi, ularning 68 nafari xotin-qizlardir.
2001- yilda respublikamizda 6289 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 108 ta shaharcha, 1320 ta qishloq va 131 ta ovul fuqarolar yig‘ini, ular tomonidan saylangan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyat ko‘rsatdi. Ular qonunchilikni ta’minlash, Prezident farmonlarini, hukumatning, hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning qarorlarini ijro etish borasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ko‘maklashmoqda.
Hududlarni obodonlashtirish, kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish masalalarini hal qilish o‘zini o‘zi boshqarish organlarining diqqat markazida turibdi. Bu organlar barqarorlikni saqlab turish, diniy mutaassiblik kayfiyatidagi ko‘rinishlarning oldini olish, „o‘zingni, o‘z oilangni o‘zing asra“ shiori ostida odamlarni ogohlikka chaqirish, mahalla posbonlarini shakllantirish va ularning faoliyatini yo‘naltirish, oilaviy tantanalar va marosimlarni o‘tkazishda dabdababozlik va manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Prezidentining 1999- yil 13- yanvarda chiqqan „Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida“ gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 25- yanvardagi „Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002—2003- yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida“ gi Qarori talablarini amalga oshirmoqdalar. Kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, ko‘p bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash bo‘yicha ajratilgan mablag‘lardan o‘z o‘rnida samarali foydalanishni ta’minlamoqdalar. Faqat 2000- yilning o‘zida aholining kam ta’minlangan qismiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali 54,2 mlrd so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash, ularning huquqlarini himoya qilish, qariyalarga shafelik qilish, aholini ish bilan ta’minlash kabi ishlarga bosh-qosh bo‘lmoqdalar.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2003- yil „Obod mahalla yili“ deb e’lon qilindi va „Obod mahalla yili“ dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya yil davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarning dasturini ishlab chiqdi. 2003- yil 7- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Obod mahalla yili“ dasturi to‘g‘risida qarori e’lon qilindi.
Mazkur dastur quyidagi muhim maqsad va vazifalarni hayotda ro‘yobga chiqarishga qaratilgan:
• mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi roli va maqomini mustahkamlash;
• mahalla faoliyatining amaldagi me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, uning vakolatlarini kengaytirish va fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi mas’uliyatini oshirish;
• mahalla faoliyatining moddiy bazasini mustahkamlash, mahalla hududida tadbirkorlikni, xizmatlar ko‘rsatish va savdo sohalarini rivojlantirish, shular hisobiga yangi ish o‘rinlari barpo etish;
• mahallaning ijtimoiy-infratuzilmasini rivojlantirish, uning hududlarini obodonlashtirish, kommunal tarmoqlarni rivojlantirish;
• mahalla tomonidan kam ta’minlangan oilalarga aniq yo‘nalishli moddiy yordamni va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish;
• keksa avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish;
• mahalla aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati ko‘rsatilishini yaxshilash, bolalar sportini rivojlantirish;
• mahallaning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy adolat, o‘zaro mehr-oqibat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan bog‘liq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish, ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish.
„Obod mahalla yili“ dasturini bajarilishini ta’minlash maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini rivojlantirish bo‘yicha maxsus jamg‘armalar tashkil etildi. Mahallalarda kichik va o‘rta biznes, shuningdek xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shular hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tarmoqlar qurish, uy-joy fondini va yo‘llarni ta’mirlash, mahallalarni obodonlashtirish, zamonaviy mahalla guzarlarini va bolalar sport inshootlarini barpo etish borasidagi ishlar hajmi aniq belgilandi.
XULOSA
Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi O‘zbekiston xalqi hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo'ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun. huqu- qiy islohotlar uchun asos bo'lib qoldi. Yuzlab qonunlar. ko- dekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi. umumxalq muhoka- masidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda.
0‘zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz suverenitetini ro'yobga chiqardi. O'zbekistonni dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi. ular bilan siyosiy. diplomatik, iqtisodiy, madaniy, aloqalar o'rnatildi
0‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach o’zining bayrog’i, gerbi, madhiyasi va milliy valyutasiga ya’ni Davlat ramzlariga ega boldi.
Mahalla O‘zbekistonda tarixda birinchi marta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilotga aylandi. Mahalla yig‘ini raisi (oqsoqol), mas’ul kotibi lavozimi qonuniy asosda ta’sis etildi. Mahalla yig‘ini raisi (oqsoqoli) va mas’ul kotiblariga oylik maosh beriladigan bo‘ldi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqillik yillaridagi faoliyatiga baho berib, ishonch bilan aytish mumkinki, ular jamiyatni boshqarishning sharqona va milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan fuqarolik jamiyatining negizi, demokratik institut sifatida o‘zini to‘la oqladi. Jamiyatni demokratiyalashda, ijtimoiy adolatni ro‘yobga chiqarishda Vatan ichra kichik bir vatan bo‘lmish mahallaning roli g‘oyat kattadir. O‘zbekistonda mahalla xalq ishonchini qozongan adolat maskani hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi bo‘lib qoldi. Mahallalari obod bo‘lgan mamlakatgina ildam qadamlar bilan taraqqiy etadi, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: |