2.2 Mamlakatimizda investitsiyalarni keng jalb qilish istiqbollari
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan ivestitsiyalar 2019- yilga nisbatan 32,7 % ga kamaydi.Buni o‘tgan yilda amalga oshirilgan sement ishlab chiqarishini tashki etish, “Tashkent city” XIM hududida “Congress Hall” va besh yulduzli Hilton mehmonhonasining qurilishi, metallni qayta ishlash zavodi qurilishi, to‘qimachilik fabrikasi qurilishi va boshqa loyihalar bo‘yicha investitsion faollik bilan izohlash mumkin.
Prezident qarori (PQ–4937-son, 28.12.2020-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi.
Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
➖ 928,7 trln miqdordagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 37,5 mln mlrd AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishini nazarda tutuvchi 2021-2023-yillarda kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishning yigʻma prognoz parametrlari, shuningdek investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;
➖ 226 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 34 mingdan ziyod ish oʻrni yaratilishini nazarda tutuvchi 2021-yilda yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha manzilli dastur.
Qaror bilan Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Investitsiyadan keyingi monitoring boshqarmasi tashkil etildi.
Boshqarma faoliyati asosan investitsiya dasturlari doirasida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlaridan foydalanish darajasini tahlil qilishga, investitsiya loyihalari boʻyicha texnik va iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga koʻmaklashishga qaratiladi.
O`zbekiston Respublikasida 2012 yilda ishlab chiqarish sohalariga yo`naltirilgan investitsiyalar miqdori (mlrd. so`m)
Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi
Rasmdan ko`rnib turibdiki, eng ko`p investitsiyalar transport va aloqa sohasiga yo`naltirilgan bo`lib, 4026,9 mlrd.so`mni tashkil etadi. Issiqlik energiyasiga 3768,4 mlrd.so`m, avtomobilsozlikka 953,8 mlrd.so`m, qishloq xo`jaligiga 905,8 mlrd so`m, metallurgiyaga 649,8 mlrd.so`m, yengil sanoatga 618,8 mlrd.so`m, kimyo va neft-kimyoga 499,9 mlrd. so`m, qurilish materiallariga 415,8 mlrd. so`m va 398 mlrd.so`m mablag` oziq-ovqat sanoatiga yo`naltirilgan.
Ayni vaqtda O'zbekiston chet el investisiyalarini jalb etishda mintaqada Qozog'iston va Turkmanistondan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi. Eksportyor korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga oshdi.
Ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasida ko‘rilayotgan choralar shu yilning to‘qqiz oyida 18,4 ming yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish imkonini berdi. Ushbu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 51 foizga yetdi.
Xulosa
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib borishi va yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga bo’lgan katta e’tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o’sishiga ta’sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko’paytirish;
ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya’ni xomashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish;
uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish;
to’rtinchidan, xorijiy iqtisodiy sub’ektlar bilan o’zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion iqtisodiy zonalarni tashkil etish;
beshinchidan, infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay bo’lgan joylarga investorlarni jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirish;
oltinchidan, uzoq muddatli, past foizli to’g’ridan-to’g’ri xorijiy kredit resurslarini jalb etish ishlarini kuchaytirish; yettinchidan, xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda xorijiy investorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlovchi jamg’armalar tashkil etish.
Yuqoridagi takliflarni amaliyotda joriy etish milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu holat pirovardida ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish asosida, kelgusida mamlakatimizda investitsion siyosatni to’liq amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Davlat Soliq akademiyasi “Moliya va Kredit” kafedrasi, «INVESTITSIYALARNI TASHKIL ETISH VA MOLIYALASHTIRISH» fanidan MA’RUZALAR MATNI
2.www.stat.uz(O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi rasmiy veb sayti).
3.Salaev S.K., Ataev J.E., Makrоiqtisоdiyot (ma’ruzalar matni ) –Ur. UrDU
4.. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni. // “Xalq so’zi”, 8 fevral 2017 yil.
5.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Investitsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |