Turizm va iqtisodiyot



Download 1,34 Mb.
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi1,34 Mb.
#211097
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
makro

Investorlar — investitsiya jarayonining asosiy subyektlari bo‘lib, o‘z mablag‘lari,
qarz va jalb qilingan mablag‘larni investitsiyalar shaklida kiritishni amalga oshiradi va ulardan foyda olish maqsadida foydalanishni amalga oshiradi.
Investitsion jarayonni subyektlari sifatida tadbirkorlar, tashkilotlar (korxonalar)
va ularning birlashmalari, muayyan obyektga mablag‘lar kiritishdan foyda (yoki
boshqa foydali samara) olishni rejalashtirgan davlat organlari va investitsion fondlar qatnashishi mumkin.

Quyidagilar investorlar bo‘lishi mumkin:



  • O‘zbekiston Respublikasi hukumati davlat mulkini boshqarish yoki mulk
    huquqlari bilan ta’minlangan organlar shaklida;

  • mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qonunchilik tartibida belgilangan organlar va xizmatlar shaklida;

  • mahalliy korxonalar, shuningdek, nizomida zarur huquqlar bilan ta’minlangan tadbirkorlik birlashmalari, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar;

  • xorijiy mamlakatlar bilan tashkil etilgan qo‘shma korxonalar, tashkilotlar va
    boshqa yuridik shaxslar;

  • milliy va xorijiy kredit tashkilotlari;

  • xorijiy davlatlar ularning hukumatlari tomonidan vakil qilingan organlar
    shaklida;

Jamg‘arilgan resurslar investitsion obyektlariga qarab real, moliyaviy va
intellektual investitsiyalarga bo‘linadi. Mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish jarayonining rivojlanishi bilan qimmatli qog‘ozlar
taraqqiy etib, moliyaviy invеstitsiyalar qo‘yish jarayoni faollashadi. Bu holatlarning
kеng tarzda rivojlanishi va jadallashuvi oqibatida iqtisodiyotimizda umumiy
invеstitsion jarayon faolligi oshadi. Rеsurslarning turli xil invеstitsiya obyektlariga qo‘yilishi natijasida molmulklar kapitallashuvi yuzaga kеladi. Bular xo‘jalik subyektlarining daromad olishlari uchun imkoniyat yaratuvchi vositalardir. Shuning uchun invеstorlar mol-mulklarining daromad kеltirish jarayonida ishtiroki darajasiga qarab invеstitsiyalaydi. Daromad xo‘jalik subyektlarining tushunchasiga kirmaydi. Daromad har qanday invеstitsiyaning manbai bo‘lganligi uchun uning tarkibiy qismini tashkil etadi.

1.1-rasm. “Investitsiyalar” tushunchasi mazmunini tavsiflovchi zaruriy belgilar

Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko’rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo’yadi. Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proportsional tarzda o’zgarishini ko’rsatadi. Avtonom invstitsiya funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:

I = e - dR

Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;

e – foiz stavkasi 0 ga teng bo’lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar resurs imkoniyatldari, er, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;

R – real foiz stavkasi;

D – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.

Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi.

1.2-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi

Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda normasi dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor.

Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi.

Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.

Investitsiya xarajatlari ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi:

1. Soliqqa tortish darajasi;

2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar;

3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori;

4. Investorlarning kutishi;

5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi.

Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o’zgarmagan sharoitda ham) ko’payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi.

Investitsiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini akselerator modeli aks ettiradi:

I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaMM (Y)ning funktsiyasi ekan.

Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:

I = Ireja+ γY



bu yerda: Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi.

Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funktsiyasini quyidagicha yozish mumkin:

I = e - dR + γY




Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish