Turizm va iqtisodiyot fakulteti



Download 3,77 Mb.
bet9/15
Sana25.06.2022
Hajmi3,77 Mb.
#701670
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Otaxonov Saydamin kurs ishi (1)

Yer osti boyliklari Germaniya hududida bitumli ko'mir, linyit (jigarrang ko'mir), tabiiy gaz, temir rudasi, mis, nikel, uran, kaliy, tuz bor. Tabiiy sharoit va resurslar mamlakatni ko'p sohalarda o'zini ta'minlashga imkon beradi, garchi tog'-kon sanoati etakchi sanoat emas. Masalan, Germaniyaning kaliy mahsulotlari jahon bozorida eng katta ulushga ega. Tuz va kaliy mo'l-ko'l bo'lib, Xarz tog'larida qazib olinadi. Birlashishdan oldin, 1947-1990-yillarda, Sharqiy Germaniyaning "Vismut" kompaniyasi uran qazib olib, Sharqiy Germaniyani dunyo bo'ylab uran rudasi ishlab chiqarish bo'yicha to'rtinchi o'rinni egalladi. Rur va Saar daryolari havzalarida ko'mir konlari mavjud. Metall minerallarning ko'p qismini qazib olish iqtisodiy sabablarga ko'ra G'arbiy Germaniyada birlashishdan oldin ham to'xtatildi; 1990-yillarda Sharqiy Germaniyaning Mansfeld mintaqasida mis rudalarini dunyoviy qazib olish, shuningdek, uranni qazib olish va qayta ishlash to'xtatildi. Shimoliy Germaniya kichik neft va tabiiy gaz zaxiralariga ega, ammo bu xom ashyoning katta qismi Rossiyadan import qilinadi.


II. BOB. GERMANIYANING QISHLOQ XO’JALIGI VA UNING TAVSIFI
2.1. Germaniya qishloq xo’jaligi va uning turlari

Germaniyada qishloq xojaligiga yaroqli 36 mln. ga еr bor. U mo'l-ko'l yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari еtkazib bеradi. Qishloq xo'jalikning asosiy mahsulotlari: bug'doy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, shuningdеk uzum, mеva, sabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol go'shti, cho'chqa go'shti, tovuq go'shti va sut еtishtiriladi. Germaniya hududining g'ariyb uchdan bir qismi (10,7 mln.ga) o'rmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30-40 mln. kub mеtr yog'och tayyorlanadi, bu hajm ichki ehtiyojning uchdan ikki qismini qoplaydi. Germaniya yog'och eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dеngizlarida, Grеnlandiya oroli atroflarida baliq ovlanadi.


Mamlakatdagi qishloq xo’jalik yerlarining 40 foizi o’tloqzor hamda yaylovlarni tashkil qilsa, qolgan qismida javdar, suli, arpa, kartoshka, ozuqa ekinlari yetishtiriladi. Chorvachilik tarmog’i uchun asosiy ekin arpa hisoblanib, shuningdek, undan milliy ichimlik pivo (yiliga 145 ming l) ishlab chiqarishda foydalaniladi.3
Germaniya Federativ Respublikasi oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vazirligi sohani isloh qilish, moliyalashtirish va kreditlash, mahsulotlar bozorini tartibga solish bilan birga, ekologik sof mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda bioenergetika bilan shug’ullanuvchi korxonalarga ko’maklashadi, iste’molchilar huquqlarini himoya qiladi. GFR qishloq xo’jalik korxonalari uch xil huquqiy shaklda – xususiy qishloq xo’jalik korxonalari, mulkdorlar bog’dorchiligi, fuqarolik huquqiga ega huquqiy shaxslardan tarkib topgan. XX asrning oxirlariga kelib Germaniyada ekologik sof qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirishga e’tibor kuchaytirildi. Bunday mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar daromadi 44673 yevroni, har bir korxonaga to’g’ridan-to’g’ri yo’naltiriladigan mablag’ va subsidiyalar 25633 yevroni tashkil qildi.
Namlik yetarli miqdorda bo’lgan dengiz bo’yi, Alp va Alpoldi tog’li hududlaridagi yaylovlarga ega hududlarda sut-go’sht mahsulotlari yetishtirish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Qish fasli ancha sovuq bo’lgani sababli, mollar yopiq molxonalarda parvarishlanadi. Alp o’tloqzorlarida GFRdagi jami sigirlarning 35 foizi boqiladi. Broyler parrandalar, tuxum, mol go’shti, cho’chqachilik mahsulotlari ishlab chiqarish asosan tabiiy omillarga uncha bog‘liq bo‘lmagan yirik chorvachilik xo‘jaliklarida jamlangan. Chorvachilikning muhim yordamchi tarmog‘i o‘simlikshunoslik hisoblanadi. Bavariya va Dunay tekisligi bug‘doy yetishtirishga moslashgan. Moyli ekinlardan rapsga alohida e’tibor qaratilib, u kungaboqarga nisbatan 10 baravar ortiq maydonda yetishtiriladi. Qishloqlardagi fermerlar mamlakatning eng boy kishilari sanaladi. Ular zamonaviy texnikalar yordamida har qarich yerdan unumli foydalanib, mo‘l hosil yetishtiradilar. Bir so‘z bilan aytganda, bu davlatda har bir fermer mehnatsevarligi bilan ajralib turadi. O‘z tomorqasi va yashaydigan hovlisini havas qiladigan darajada go‘zal va ko‘rkam qilishga intiladi.
Tuproq, suv, atrof-muhit turfa xil kimyoviy va maishiy chiqindilar bilan zaharlanayotgan, yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi o‘zgarib, insoniyat sog‘lig‘i xavf ostida qolayotgan bir paytda muammoning yechimi sifatida ekologik toza qishloq xo‘jaligi maydonga chiqadi va u atrof-muhitni ifloslanishidan saqlab qolish uchun eng maqbul yo‘nalish hisoblanadi. Germaniyada ekologik toza qishloq xo‘jaligi 1920-yillarda Rudolf Shtaynerning “biodinamik” falsafiy qarashlari hamda organik-biologik dehqonchilik harakati asosida vujudga kelgan oqim asosida yaratildi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot “iste’molchi sog‘lig‘i va tabiatga zarar yetkazmasligi” shart qilib belgilab qo‘yilgandi. Bugungi kunga kelib mazkur yo‘nalish qo‘llab-quvvatlanib, uning asosiy maqsadi:
- yuqori qiymatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish;
- tabiiy ekotizimni saqlagan va unga zarar yetkazmagan holda faoliyat olib borish;
- dehqonchilikda mikroorganizmlar, tuproq florasi va faunasi, o‘simliklar va hayvonlar dunyosidan iborat bo‘lgan biologik sikllarni rag‘batlantirish va mustahkamlash;
- tuproq unumdorligini uzoq muddat saqlash;
- dehqonchilikda qayta tiklanadigan manbalardan keng foydalanish;
- qoramol va chorvani tabiiy hayot tarziga monand saqlash va rivojlantirish;
- chorvani davolashda antibiotiklardan foydalanmaslik;
- qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasida atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- dehqonchilik tizimida irsiy bioxilma-xillikni saqlash.
2019- yildan ekologik qishloq xo‘jaligi Yevropa Ittifoqining qaroriga asosan moliyaviy ko‘makka ega bo‘ldi. 2020-yilning 1-yanvaridan esa mazkur davlat ko‘magi Yevropa Ittifoqining qaroriga asosan Yevropa iqtisodiy jamg‘armasidan doimiy ravishda ko‘mak olishi belgilandi. 2018-yili ekologik toza qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 121 mln. yevro sarflangan bo‘lsa, 2018-yili mazkur mablag‘ 130 mln. yevroni tashkil etdi. 2020-yili Germaniyada ekologik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun federal dastur (Bundesprogramm Ökologischer Landbau, BÖL) qabul qilinib, unga ko‘ra fermer xo‘jaliklarida qayta ishlab chiqarish, mahsulotni sotuvga tayyorlash va ekologik mahsulotni sotish uchun 15 yilga qo‘shimcha 29 mln. yevro mablag‘ ajratildi.
Parrandachilik
Irsiy modifikatsiyalanmagan broyler jo‘jalar Broyler jo‘ja go‘shti deganda avvalo 20 daqiqa ichida pishadigan va tabiiy tovuq go‘shti ta’midan ancha yiroq bo‘lgan parranda go‘shti tushuniladi. Dunyo iste’molchilarining e’tiborini ham uning aynan shu jihatlari tortadi. Germaniyada parrandachilikni rivojlantirishda broyler jo‘jalarini oziqlantirishga, ularning ozuqasiga kimyoviy moddalar aralashtirmaslikka katta e’tibor beriladi Natijada butun dunyoda Gnermaniya eksport qilayotgan parranda go‘shti irsiy modifikatsiyalanmagan, deya tan olingan. Parrandachilik bilan kichik fermer xo‘jaliklari shug‘ullanib, tovuq, o‘rdak, g‘oz ko‘paytiriladi.
Germaniya qishloq xo‘jaligi yuqori intensivdir. Bu yerda bir gektar yerga AQSh, Fransiya va Angliyadan ko‘ra ko‘proq organik o‘g‘itlar kiritiladi. Shu sababli, qoramolchilik uchun yetishtiriladigan ozuqabop ekinlarning hosili mo‘l. Zamonaviy texnika va fan yutuqlaridan doimiy ravishda samarali foydalanib kelayotgan fermerlar aholini 90 foizga sifatli go‘sht va 100 foizga sut mahsulotlari bilan ta’minlaydilar. Sut mahsulotlari uchun boqiladigan qoramolchilik asosan Alp tog‘lari yonbag‘rida yaxshi rivojlangan. Bu yerdagi tabiiy yaylovlarda mamlakatning 35 foiz sigirlari boqiladi. Qoramolchilikdan so‘ng 2 o‘rinni egallagan Germaniya cho‘chqachiligi son jihatidan (20 million boshdan ortiq) Yevropa mamlakatlari ichida yetakchidir.
Yevropa Ittifoqi davlatlari ichida faqat Germaniyada eng ko‘p kasb malakasiga ega bo‘lgan fermerlar faoliyat yuritadi. Shuningdek, aynan Germaniyada fermerlar, tadbirkorlarga davlat muassasalari, federal yerlar hokimiyatlari malaka oshirish bo‘yicha turli xil kurslar va tadbirlarga taklif etiladi. Yuqori tezlikka ega bo‘lgan internetga ulangan fermer xo‘jaliklari zarur maslahatlarni masofadan turib olishlari, shuningdek o‘z malakalarini ham masofaviy ta’lim orqali oshirishlari mumkin. Aynan muntazam ravishda o‘z ustida ishlash, jahon tajribasini o‘rganish, yangi innovasion usullarni qo‘llash Germaniya fermerlarining daromadini oshishi omillaridan biri bo‘layotir. Bugungi kunda mamlakatda dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan fermer xo‘jaliklari ko‘pchilikni tashkil etib, tarixiy manbalarda Germaniyada dehqonchilik bilan shug‘ullanish eramizdan avval I asrga borib taqalishi qayd etilgan.
Germaniya va O‘zbekiston –o‘zaro samarali hamkorlik Germaniya O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish borasida muhim rol egallagan davlatlardan biri sanaladi. Xususan, moliyaviy va texnikaviy jihatdan ko‘mak berish sohasida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati hamda Germaniya taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ona va bola salomatligini muhofaza qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish hamda mamlakatning chekka hududlarini iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga O‘zbekistonda fermerlar uchun yaratilgan qulay iqtisodiy shart-sharoitlarda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik agrar soha vakillari germaniyalik sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan hamisha manfaatdordir.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish